1. Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari


Banklarning iqtisodiy mazmuni. Bank tizimi



Download 26,48 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2021
Hajmi26,48 Kb.
#56421
1   2   3   4
Bog'liq
22-topshiriq

5.Banklarning iqtisodiy mazmuni. Bank tizimi

«Bank» tushunchasi fransuzcha «banque» va italyancha «banka» so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, «sarrof kursi», «do‘koni» ma’nolarini anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko‘rsatgan dastlabki bankirlar haqida to‘plagan ma’lumotlariga to‘la muvofiq keladi. O‘sha paytdagi bankirlar sarroflik bilan shug‘ullangan, ya’ni pul maydalab yoki almashtirib bergan. Ular savdo-sotiq bo‘lib o‘tadigan joydagi kichik do‘konlarda o‘tirib, shaharga kelgan savdogarlar va sayyohlarning hojatini chiqarish uchun chet el tangalarini mahalliy pullarga almashtirib bergan yoki muayyan xizmat haqi evaziga savdogarlarning mablag‘ aylantirish imkoniga ega bo‘lishi uchun tijorat veksellarini hisoblab bergan. Dastlabki bankirlar faoliyat yuritish uchun o‘z mablag‘laridan foydalanishgan, biroq ko‘p vaqt o‘tmay pul mablag‘lari jalb qilish

hamda boy mijozlar tomonidan beriladigan muddatli qarzlarni kafolatlash g‘oyasi paydo bo‘lgan. Ayni shu mablag‘lar bankirlarning keyinchalik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bankirlar tomonidan qarzlar savdogarlar, dengizchilar va yer egalariga foiz to‘lash evaziga berilgan. Dastlabki bankirlarning qariyb barchasi kelib chiqish jihatidan yunonlarga mansub edi.

Banklar va ularning tashkiliy tuzilmasi. Bank — bu moliyakredit muassasasi bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini o‘zida jamlaydi va ularni muddatlilik qaytarib berish va foiz to‘lash shartlari asosida o‘z nomidan joylashtiradi. Bozorlarda pul mablag‘lari harakatini banklar bilan birgalikda

boshqa moliya-kredit muassasalari: investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, brokerlik, dilerlik firmalari va boshqalar amalga oshiradilar. Lekin banklar moliyaviy tavakkalchilikning subyekti sifatida boshqa subyektlardan farq qiluvchi ikki o‘ziga xos sifatga ega.



Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatining ikki tomonlama almashinuvi xarakterlidir. Ular o‘zlarining qarz majburiyatlarini taqsimlaydilar. Òaqsimlangan yoki jalb qilingan mablag‘larni boshqalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bu esa banklarni moliya bozorida o‘zining qarz majburiyatlarini chiqarmay faoliyat yurgizuvchi

moliyaviy brokerlar va dilerlardan ajratib turadi.



Ikkinchidan, banklar yuridik va jismoniy shaxslar oldida qarzni belgilangan summasiga doir majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladilar. Masalan, mijozlar mablag‘larni hisob raqamlariga va boshqa qo‘yilmalariga joylashtirayotganda, depozit sertifikatlarini chiqarayotganda va boshqa hollarda shunday qiladilar. Bu bilan banklar o‘z aksiyalarini chiqarish orqali resurslarini joylashtiradigan turli

investitsiya fondlaridan farqlanib turadi. Qarz summasi bo‘yicha belgilangan majburiyatlar vositachilar (banklar) uchun yuqori darajali tavakkalchilikni ifodalaydi. Chunki bozor konyunkturasidan qat’i nazar, summalar to‘laligicha qaytarilishi kerak. Investitsiya fondlari esa aktivlar va passivlar qiymatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tavakkalchiliklarni o‘zining aksiyadorlari

orasida taqsimlaydi. Banklar sho‘ba kredit muassasalarini tashkil etish huquqiga ega. Sho‘ba bank (kredit muassasasi) bo‘lib, bosh bankning nizomiy

jamg‘armasining 50 % idan oshig‘ini o‘z foydasi hisobidan ta’minlab beradigan bank hisoblanadi. Bosh bank bilan o‘zaro munosabatlar ta’sis shartnomasi va sho‘ba bankning ustavi bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga sho‘ba bank yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil tijorat tashkiloti sifatida faoliyat yurgizadi. U o‘z mulkiga, jumladan, o‘z kapitaliga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha mas’uliyatlidir va Markaziy bankda o‘zining korrespondent hisob raqamlariga egadir. Nizom jamg‘armasini shakllantirish usuliga ko‘ra, banklar aksiyador (ochiq va yopiq turdagi) va paychilik banklariga bo‘linadi. Hissadorlik banklarda kapital egasi bo‘lib jamiyatning o‘zi, ya’ni bank namoyon bo‘ladi. Payli tijorat banklarida esa bank capital egasi bo‘la olmaydi. Chunki har bir paychi kapitaldagi o‘z ulushiga



egalik qilish huquqini bankka bermaydi, o‘zida saqlab qoladi. Paychi tijorat banklari mas’uliyati cheklangan jamiyat tamoyillari asosida tashkil qilinadi. Bunda har bir ishtirokchi (paychi)ning mas’uliyati bankning umumiy kapitaliga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan banklar qoidaga ko‘ra, aksiya va obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega emaslar. Hissadorlik jamiyati sifatida faoliyat yurgizayotgan banklarda nizom jamg‘armasi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan bo‘ladi. Hissadorlik banklari ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. Tijorat banki faoliyatini «boshqarma» boshqaradi. Boshqarma hissadorlar umumiy yig‘ilishi va bank kengashi oldida javobgar hisoblanadi.

Bank daromadi va uni joylashtirish. Bank daromadlari berilgan kreditlar uchun undirilgan foizlardan, valuta bozoridagi operatsiyalardan olingan daromadlardan, hisob-kitob xizmati ko‘rsatish daromadlaridan va boshqa turdagi daromadlardan tashkil topadi. Foiz darajasi va xizmatlar baholari mijozlar va xaridorlar bilan

kelishilgan holda belgilanadi.
Download 26,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish