1. Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug`diyona davlatlari



Download 34,83 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi34,83 Kb.
#784635
Bog'liq
5-variant javoblari


Variant – 5
1. Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug`diyona davlatlari.
2. Turk hoqonligining vujudga kelishi va uning O`rta Osiyo hududini egallashi. Turk hoqonligi davrida mamlakatni idora etish usuli.
3. IX-XII asrlarda O`rta Osiyolik buyuk olim va mutafakkirlar va ularning jahon taraqqiyotiga qo`shgan hissasi.
4. O`zbek xalqi etnogenezi.
5. ХХ-asrning 50-80 yillarida O`zbekistonningi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli.
Javoblar
1. Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida paydo bo‘lgan. Bu jarayon sug‘orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari – O‘rta va Yaqin Sharq, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, O‘rta Osiyodagi ilk davlatlar deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VII – VI asrlarda vujudga kelgan «Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya» podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. So‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ular miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol tariqasida shu davrda yuzaga kelgan Jarqo‘ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin.
Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma – bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopollitepa, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:
Ш aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;
Ш hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;
Ш qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda
savdo – sotiqning taraqqiy etishi;
Ш tabiiy – geografik hamda harbiy – strategik shart – sharoitlar.
Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna shaharlarning yoshi 2700 – 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar – tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishida uning tabiiy – geografik hududi va joylashuvi ham muhim omil hisoblanadi. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘i – alohida tarixiy – geografik va tarixiy – madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan.
O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko‘rsatish mumkin:
1 – davr. Miloddan avvalgi II ming yillikning II yarmi – O‘zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‘tonda topilgan.
2 – davr. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshi – Xorazm, Baqtriya, Sug‘d tarixiy – madaniy viloyatlarining shakllanishi.
3 –davr. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Ahamoniylar bosqini va O‘rta Osiyoning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
4 – davr. Miloddan avvalgi IV – II asrning yarmi. Yunon – Makedon qo‘shinlari bosib olgandan boshlab, Yunon–Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi.
5 – davr. Miloddan avvalgi II asrning yarmi va milodiy I asri boshi. Mahalliy davlatlar: Qang‘, Xorazm podshohligi, Sug‘d, Davan davlatlarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi.
6 – davr. Milodiy I asri boshidan III asr yarmigacha. Mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O‘zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.
Salkam uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishining keyingi davrlari quyidagilardan iborat:
1. Ilk o‘rta asr davlatchiligi tarixi (IV – VIII asr o‘rtalarigacha);
2. Rivojlangan o‘rta asr davlatchiligi tarixi (IX – XIII asr boshlari);
3. Amir Temur va temuriylar davlati (XIV asr ikkinchi yarmi – XVI asr boshlari);
4. XVI – XIX asr birinchi yarmi davlatchiligi tarixi;
5. O‘zbek davlatchiligi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr mustamlakachiligi davrida;
6. Mustaqil O‘zbekiston davlatchiligi bir necha ming yillik o‘zbek davlatchiligining davomi va
vorisi sifatida.
Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida paydo bo`lgan ilk davlat uyushmalari - bu "Katta Xorazm" va "Qadimgi Baqtriya" davlatlaridir.
Ma‘lumki so`ngi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro`y beradi. Dehqonchilik chorvachilikdan ajralib chiqadi hamda iqtisodiy hayotdagi siljishlar natijasida ortiqcha mahsulot paydo bo`lib,bu mahsulot ma‘lum shaxslar qo`lida to`plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmlarining ma‘muriy markaziga aylana boshlaydi.
Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan eng qadimgi davlatlar tarixini o`rganishda bizga arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar, yozma manbalar, masalan "Avesto", Beruniyning "Osorul-boqiya"..("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") kabi asarlar, ko`hna Eroniy yozuvlar, yunon xitoy muarrixlarining yozib qoldirgan ma‘naviy meroslari yordam beradi. Manbalarning guvohlik berishicha o`tmish ajdodlarimiz miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida temirni kashf etdilar. Natijada har qanday taraqqiyotning to`rt qism bo`lib kelgan mehnat qurollarining takomillashuvi uchun keng imkoniyat tug’ildi. Oqibatda inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. O`tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmidayoq mintaqada tog’ jinslarini, xususan, temir, oltin, qalay, qo`rg’oshin va hokozolarni qayta ishlash, ulardan jang, mehnat qurollari yasash, kulolchilik, to`quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalarda keng foydalanilgan bundan tashqari, miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha o‘n kilometr, eni bir necha o‘n metrni tashkil etgan ulkan sun‘iy sug’orish kanallari mavjud bo`lganligi tarixdan ma‘lum. Bu hol sun‘iy sug’orish ishlarining ajdodlarimiz chiqishida hayotida katta o`rin tutganligini ko`rsatadi. Bunday katta hajmdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo`lgan ishlarni e‘tiborli va nufuzli kuchga ega bo`lgan davlat tuzilmasi mavjud bo`lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. Demak, o`z-o`zidan xulosa chiqarish mumkinki, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birnchi yarmidayoq vatanimiz hududida dastlab davlat uyushmlari tashkil topganligiga shubha yo`q.
O‘zbekistonning miloddan avvalgi VII–VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalari Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Bu davlatlar o‘ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o‘tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo‘lgan davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi.
Katta Xorazm – Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar, shuningdek, O‘rta Osiyoning markaziy tumanlarini o‘ziga birlashtirgan, O‘rta Osiyoning keng hududlarini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi hisoblangan. Xorazm davlati egallagan hududlar ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya‘ni Murg‘ob va Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy o‘lka fanda 2 xil: Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm nomlari bilan ma‘lum.
«Avesto»da Katta Xorazm davlati haqida bir qancha ma‘lumot bor. Unda Xorazm O‘rta Osiyodagi rivoj topgan, o‘z hududiy chegaralariga ega bo‘lgan o‘lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma‘lumoticha, qadimda Oks (Amudaryo) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun‘iy sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho‘lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo‘lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug‘doy, suli, arpa, meva – sabzavotchilik mahsulotlarini mo‘l-ko‘l yetishtirganligi qayd etib o‘tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta‘minlangan. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog‘ – kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olingan qimmatbaho ma‘danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko‘rsatkichiga yetganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan, ularning tuya, ot, qo‘y – echkilardan iborat ko‘plab chorva mollari bo‘lgan. Savdo bozorlarida g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan.
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to‘g‘risida ma‘lumotlar hozirgacha yetarli emas. Rivoyatlarga ko‘ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi – Siyovushiylar bo‘lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta‘kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o‘g‘li bo‘lgan. Siyovarshon o‘limidan so‘ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o‘ch olib, hokimiyatni egallab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos soladi.
Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Ushbu asrda Katta Xorazmning Amudaryoning quyi oqimidagi hududi Qadimgi Xorazm davlatiga uyushadi. Bu paytda Xorazmda Farasman ismli shoh bo‘lganligi manbalarda tilga olinadi. U g‘oyatda tadbirkor xukmdor bo‘lgan. U Iskandar Zulqarnaynga elchi jo‘natib, uning Xorazm tomonga yurishini oldini oladi.
Qadimgi Baqtriya – O‘zbekiston janubi, Janubiy – sharqiy O‘rta Osiyoning katta hududlarini, jumladan, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori oqimi, shuningdek, Afg‘oniston shimolini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi hisoblangan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuv¬larida) deb nomlangan. Yunon – rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Baqtriyaning o‘tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan guvoxlik beradi.
Baqtriyadagi ko‘pdan – ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo‘lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podshoh qal‘asi alohida ajralib turgan.
Ba‘zi yozma manbalarda qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga So‘g‘d va Marg‘iyona hududlari ham kirgan. Qadimgi Baqtriya davlati to‘g‘risida yunon olimi Ktesiy ma‘lumotlari qimmatlidir. U Baqtriyadagi ko‘plab shaharlar, uning poytaxti Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiard, unga qarashli behisob boyliklar haqida ma‘lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi Gerodot ham Baqtriya davlati haqida qimmatli ma‘lumotlar yozib qoldirgan. U Baqtriya xalqi, bu davlatning qudrati jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo‘lganligi haqida yozadi.
Qadimgi So‘g‘diyona – bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlariga qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari yerlari kirgan. Davlatning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Arxeologlar bergan ma‘lumotlarga qaraganda tub yerli aholi shaharni Smarakansa (Smarakansa) deb atagan. Bu shahar qadimgi «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan bo‘lib, savdo – iqtisodiy jihatdan Sharq va G‘arbni bog‘lagan. Sug‘d tili qadimda va ilk o‘rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo‘lgan. So‘g‘diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo‘lgan.
Mil. avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil. avv. 558 yilda podsho Kayxusrav II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‘ni, mil. avv. 330 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli – G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. Axomaniylar (ko‘plab adabiyotlarda ahamoniylar) saltanatini Kir II (qad. eron – Kurush, grek. – Kyros) barpo etdi. Mil. avv. 558 – 530 yillarda esa Axomaniylar davlatini boshqargan. Axomaniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O‘rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘radi. Kirning sharqiy hududlarga, xususan, O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi 545 – 540 yillarga to‘g‘ri keladi. Kir II ning O‘rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan avvalgi 539 – 530 yillarni o‘z ichiga oladi. Harbiy yurishlarning birinchi bosqichida Parfiya, Baqtriya, Marg‘iyona hududlarini bosib oladi. Ammo O‘rta Osiyo xalqlari har doim erk, ozodlik va hurlikni hamma narsadan ustun qo‘yganlar. Shu bois ular bosqinchi Axomaniylar zulmiga qarshi muttasil kurash olib borganlar. Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi malika To‘marisning Kir II ustidan qozongan yorqin g‘alabasi bunga misol bo‘la oladi. Axomaniylar shohi Kir II ning tanadan judo etilgan boshini odamlar qoni bilan to‘ldirilgan mesh — qopga solar ekan, To‘maris shunday deydi: «Ey, Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingcha ich!».
Ammo Kir II ning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlariga kutilgan ozodlikni olib kelmadi. Kir II o‘limi uchun uning avlodlari o‘ch oldilar. Xususan, o‘rta osiyoliklar axomaniylar podshosi Doro I davrida qattiq jafo chekdilar. Axomaniylar shohi Doro I (522 – 486) davrida O‘rta Osiyo hududlari bosib olinadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. 522 yilda podsholik taxtini egallagan Doro I ga qarshi Marg‘iyonada Frada boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Doro I qo‘zg‘olonni bostirish uchun Baqtriya satrapi Dodarshishni yubordi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostirildi, 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo‘lga olinib, mil. avv. 521 yilda qiynab o‘ldiriladi. Ammo qo‘zgolonlar davom etavergan. Axomaniylar shohi Doro I ning shaxsan o‘zi mil. avv. 519 yilda parfiyonaliklar va sak qabilalari ustiga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘lgan.
Doro I O‘rta Osiyo xalqlaridan qattiq o‘ch oldi, ammo ayni paytda o‘zi ham katta talafotlar ko‘rdi. Bu o‘rinda muarrix Polienning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning (asarda Shiroq — Siyrak deb nomlangan) afsonaviy harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, chalg‘itib, Qizilqumning halokatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa–da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. O‘rta Osiyo xalqlari Eron axomaniylariga qarshi qat‘iy kurash harakatlari olib borilayotgan bir davrda chetdan yangi xavf kirib kelayotgan edi. Mil. avv. IV asrning o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar – davlatlar kuchaya boshlaydi. Mil. avv. 359 yilda Fillip II (mil.av. taxm. 382 – 336) Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tuzadi.
Yunoniston hududlarini egallab olgan Filipp II 337 yilda Korinf shaxridagi anjumanda o‘zini Yunoniston podshosi deb e‘lon qildi. Bu davrda axomaniylar bilan Yunoniston o‘rtasida ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II mil. avv. 336 yilda axomaniylarga qarshi urush e‘lon qildi. Ammo shu yili Filipp II o‘ldirilganligi tufayli urush harakatlari to‘xtab qoldi.
Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr, Iskandar Maqduniy (mil. avv. 356, Pella — 323, Bobil) egalladi. U Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn (Zulqarnayn – Aleksandr Makedonskiyning laqabi. Sharqda shu laqab bilan atalgan. Bu laqab tojining ikki cheti shoxsimon bo‘lganligi sababli «ikki shohli» yoki «ikki tomon — ham G‘arb, ham Sharq hukmdori» degan ma‘nolarni anglatgan) nomi bilan mashhur edi.
Aleksandr otasi Filipp II yo‘lini davom ettirdi. Ammo u dastlab mamlakat ichki hayotini mustahkamladi. Davlat hokimiyatiga qarshi bo‘lgan amaldorlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rdi. U Bolqon yarim orolida o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Mil. avv. 334 – 330 yillarda o‘zining asosiy raqibi Doro III qo‘shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya, Misr yerlarini egallab axomaniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III Midiyaga qochdi. Iskandar qo‘shinlari mil. avv. 330 – 329 yillarda Afg‘onistonning janubiy tomonlarini egallab Hindiqush tog‘lari orqali O‘rta Osiyoga yurish boshladi.
Tarixiy manbalarda Aleksandrga qarshi butun O‘rta Osiyo xalqlari oyoqqa turganligi hikoya qilinadi. Ayniqsa baqtriyaliklar, so‘g‘diyonaliklar xalq qasoskorlari Spitamen, Oksiard rahbarligida qahramonlik ko‘rsatgan. Iskandar hiyla–nayranglar va shafqatsiz qirg‘inlar evazigagina o‘z maqsadini ro‘yobga chiqara olgan. Jumladan, Samarqand (Marokand)da Spitamen boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni Aleksandr ikki yildan so‘nggina — mil. avv. 328 yil kuzida bostira oldi, xolos. Diodor bergan ma‘lumotlarga qaraganda, qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida so‘g‘dliklardan 120 ming kishi shafqatsizlarcha qirib tashlangan. Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘idagi tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda tub yerli 30 ming aholidan 22 minggi qilichdan o‘tkazilgan. Ammo vatanparvarlar taslim bo‘lmaganlar. Iskandar hiyla ishlatib mahalliy hukmdorlardan So‘g‘d qal‘asining hokimi Oksiardning qizi Roksana (Raxshona, Ravshanak)ga uylanadi, mahalliy xalqqa o‘zini yaqin tutib, uning milliy urf – odatlarini qabul qiladi, milliy kiyimlarini kiyib yuradi. Shundan so‘nggina mahalliy hukmdorlarning bir qismi uning tomoniga o‘tadi va Aleksandr o‘z niyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Juda katta va dahshatli janglardan so‘ng Aleksandr mil. avv. 327 yilgacha uncha katta bo‘lmagan hududlarni: Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, hozirgi Bekabod va Xo‘janddan iborat Sirdaryo bo‘ylarini egallay oldi xolos. Xullas, Eronday qudratli davlatni uch oy ichida bo‘ysundirgan Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoni bo‘ysundirishga uch yil sarfladi. Mil. avv. 327 – 325 yillarda Iskandar Hindistonni zabt etdi. Mil. avv. 325 yili Bobilni egallaldi. U yangi urushlarga tayyorgarlik ko‘rish paytida bezgak kasaliga chalinib, 34 yoshida, ya‘ni mil. avv. 323 yilda o‘z davlatining yangi poytaxti Bobil shahrida vafot etdi. Shunday qilib, makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn olib borgan bosqinchilik va adolatsiz urushlar oqibatida O‘rta Osiyoda axomaniylar zulmi yunon – makedon istilochilari zulmi bilan almashdi. Bu zulmdan qutulish uchun So‘g‘diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo‘ldi. Bu jarayonda o‘lkamiz xalqlarining erk va ozodlik uchun olib borgan kurashlari hal qiluvchi rol o‘ynadi.

2.VI asr O’rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko‘chmanchi davlat – Turk xoqonligi tarkib


topdi. Turk atamasi etnik mazmunni anglatmay bir necha qabila va xalqlar birlashuvini bildiruvchi
siyosiy atama sanaladi. «Turkiy» so‘zi «yosh», «uylanmagan jangchi» ma`nosini bildiradi.
VI asrning 2-yarmida Oltoydagi turkiy xalqlar Yettisuv xalqlari bilan Turk xoqonligiga
birlashgan. Xoqonlikni ilk bor aka-uka Ilixon, Bumin va Istemilar boshqargan. Xoqonlik markazi
Oltoy edi. 560-570 yillarda xoqonlik kuch kudratli davlatga aylandi. Bu davrda turklar Xitoyga bir
necha bor xarbiy yurishlar qilgan.
580 yillarda xoqonlik 2 qismga Sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi. 630 yildan g‘arbiy
turk xoqonligi yo’qola boshlaydi. Uning chegaralari Xind daryosi qirg‘oqlarigacha borgan. 660
yilda turklar ma`lum muddat Xitoyliklarga tobe` bo‘lib qolgan, biroq bu uzoq davom etmadi. VI asr
oxirida O’rta Osiyoda xoqonlikni tiklash uchun harakat boshlandi. Biroq bu vaqtda g‘arbdan arablar
bostirib kirdi.
Turk xoqonligiga birlashgan xalqlar taraqqiyotining turli bosqichini boshdan kechirmoqda edi.
Xoqonlikdagi xalqlar o‘troq zamindorlar va ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo’lgan. Turk
xoqonligida davlat boshqaruvi urug‘-aymoqchilik an`analariga asoslangan edi. Yuqori lavozimlar
xoqonning aka-ukalari, qarindosh-urug‘lari o’rtasida taqsimlangan. V-VI asrlarda qishloq,
shaharlarda zodagonlarning iqtisodiy va siyosiy hokimiyati kuchayib borgan. Ko‘chmanchi turklar
bu paytda urug’ jamoatchiligidan quldorlik tuzumiga o‘tish davrida edi. Jamoani «xoqon» va
«Qurultoy» -ayyonlar kengashi boshqargan.
G‘arbiy turk xoqonligi markazlashgan davlat emas edi. U o‘nlab turkiy qabilalardan tashkil
topgan va ularni alohida xonlar idora qilgan. Bu paytda Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo
bo‘yiga 9 ta mustaqil hokimlik bo’lgan. Buxoro vohasi ham bir nechta mustaqil hokimlikka
bo‘lingan.
VI asrning o’rtalaridan Markaziy Osiyo hududi Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan. Turklarning
kelib chiqishi haqida bir qator tarixiy yozma manbalar borligini qayd etish mumkin. Bular orasida
O’rxun-Yenisey yozuvlari, Xitoyning tarixiy manbalari, vizantiyalik va suriyalik tarixchilarning
asarlari bor. O’lkamiz allomalari Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy asarlarida ham
turkiy zabon qabila, elatlar yuzasidan qimmatli ma‘lumotlarni uchratamiz. Tarixiy yozma
manbalardan tashqari umumturkiy xalq og’zaki ijodi namunalari “Alpomish”, “Go’rug’li”, “Manas”
kabi xalq dostonlari, O’rta asrlarda yashab, ijod qilgan Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy,
Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to’g’risida turli qimmatli
ma‘lumotlar keltirilgan. YI asrning o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli
qabilalar va xalqlar birlashib Turk xoqonligini tashkil qildilar. Turklarning Ashin urug’idan bo’lgan
Bumin 551-yilda Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujanlar xonligini yengib, Turk xoqonligi
davlatiga asos soldi. Davlat hukmdori - xoqon (turkcha-qag’an) deb yuritilgan. Bu davlatning
poytaxti Oltoydagi Utugan shahri edi. Bumin Ili daryosi bo’yida hukmdor bo’lgani uchun «Ilixon»
degan unvonini olgan edi. Bumin o’z ukasi Istamiga «yabg’u» (bahodir) unvonini berib, xoqonlik
hududini kengaytirishga kirishdi va 563-567-yillar moboynida o’z qo’shinlari bilan eftaliylarga
zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan
yerlarni eg’allaydi.
Turk xoqonligi davrida mamlakatni idora etish o’ziga xos uslubida olib borilgan. Xususan,
Turk xoqonlari Markaziy Osiyo hududlarida hukmronlik qilsalar-da, biroq o’zlari bu hududga
ko’chib kelmaganlar. Ular o’zlari ilgari istiqomat qilgan cho’l yerlarda qolib, ko’proq vassallik
yerlaridan keltirilgan to’lovlar, sovg’a-salomlar hisobiga hayot kechirishni afzal ko’rganlar. Bu esa
mahalliy boy-zodag’onlarga qo’l kelgan. Ular mamlakatning ichki iqtisodiy va siyosiy hayotini o’z
tasarruflariga olib, uni o’zlari boshqarganlar. Faqat mahalliy zodag’onlar o’rtasida jiddiy ichki
nizolar, kelishilmovchiliklar kelib chiqqandagina Turk xoqonlari ishga aralashganlar. Natijada bu
hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat
bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. 581 yilda Turk xoqonligi ikki qismga – g’arbiy va
sharqiy qismlarga bo’linib ketgan. Sharqiy xoqonlik tarkibiga Mo’g’uliston va Xitoy yerlari kirgan.
G’arbiy Turk xoqonligiga Yettisuv, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston hududlari qarar edi. Xoqonlik
davrida Turonzaminda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning tahlilidan ko’rinadiki, G’arbiy xoqonlikdagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi sharqiy
yerlaridagiga nisbatan yuqori bo’lgan. Sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi
turklarda urug’-qabilachilik munosabatlari kuchli bo’lgan, aholining asosiy qismi chorvador
ko’chmanchilar edi. G’arbiy xoqonlik aholilsining kattagina qismiga ega, o’troq dehqonchilik va
savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Mehnatkash aholisi tabaqasi “Budun” yoki “Qora budun” deb
atalgan. Urug’-qabilaning nomdor vakillari “beklar” deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodag’onlar
kengashi-“qurultoy” boshqargan. Katta patriarhal oilalar-xo’jaliklarning boshliqlari “Kadxudolar”
deb atalgan. Bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yo’qsak darajada
rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm va Zarafshon va Sug’d havzalari bunyod etilgan.
Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda oltin,
mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-uskunalar yasash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Iloqda
qo’rg’oshin, kumush, Keshda qizil tuz qazib olingan. Xoqonlik ikkiga bo’lingach, bizning o’lkamiz
G’arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo’lsada, VI asr o’rtalarida u birnecha mayda davlatlarga bo’linib
ketgan. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, bu hududda o’n beshdan ortiq mayda mahalliy
hokimiyatlar mavjud bo’lgan. Jumladan, Farg’ona hukumatida hokimlarni ixshid deb atashgan; Iloq
hukumatida (hozirgi Ohangaron vodiysi, poytaxti – Tunkat) – dehqon; Shosh (Chirchiq vodiysi,
poytaxti – Binkent) – tudan, Usrushon (hozirgi O’ratepa, Zomin va Jizzax, markazi – Shohriston
harobasi) – afshin; Samarqand (markazi – Samarqand) – ixshid; Dabusiya (Samarqand va Buxoro
o’rtasidagi Miyoqal tumani, poytaxti – Ziyovuddin stantsiyasi yonidagi Dabusiya harobasi) –
dabusshoh; Buxoro – buxorXVdot; Vardana (hozirgi Shofrikon) – vardanXVdod; Termiz –
termizshoh; Chag’aniyon (Surhondaryo o’rta Oqimi) – Chag’anxudod; Xorazm (Xorazm vohasi,
poytaxti – Shabboz qishlog’i yonidagi Kat shahri) – xorazmshoh deb ataganlar. Bulardan tashqari,
Qashqadaryoda Kesh, Nasaf kabi mustaqil hukumatlar bo’lgan. Ularning hukmdorlari o’z atrofidagi
dehqonlarga va harbiy chOkarlarga tayanib, o’zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan.
Turk xoqonligi davrida shaharlar hayoti anchagina rivojlandi. Xitoy manbalarida tilga olingan
Xorazm, Farg’ona, Sug’d, Chu vodiysida Tuproqqal‘a, Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Shosh, Isfara,
Qubo (Quva), Kesh kabi o’sha davrning hunarmandchilik va savdo-sotiq tarmoqlari gurkirab
rivojlangan shaharlari bo’lgan. “Buyuk ipak yo’li” bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok
etishini ta‘minlagan.
Tarixiy manbalar xoqonlikda moddiy va ma‘naviy madaniyat o’z davriga nisbatan yo’qsak
darajada bo’lganligini ko’rsatadi. Xalq sayillari orasida Navro’z juda katta tantanalar bilan
o’tkazilgan. Turk xoqonligi xalqlari qadimiy yozma madaniyatga ega bo’lganlar. Xoqonlikda
oromiy yozuvi, sug’d yozuvi, Xorazm yozuvi bilan bir qatorda “Turk-run yozuvi”, “Urxun-Enasoy
yozuvi”, “Ko’k-turk yozuvi” kabi yozuvlar qo’llanilgan. Turk xoqonligi haqida toshlardagi bitiklar
ayniqsa qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Qultegin bitiktoshi, Bilga xoqon bitiktoshi, To’n-Yuquq
bitiktoshi singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligidan
darak beradi. Turk xoqonligida ko’p xudolik keng tarqalgan. Bu davrda aholi orasida animizm,
otashparastlik, buddizm, nasroniylik va boshqa diniy qarashlar mavjud bo’lgan.

3. IX—XII asrlarda O’rta Osiyo hududida dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatorda islom


madaniyati ham rivojlandi va taraqqiy etdi. Jamiyatda mahalliy dinlar, zardushtiylik, buddizm va
boshqalar surib chiqarildi. Arab tili va arab yozuvi davlat ahamiyatiga ega bo’lgan til va yozuv
darajasiga ko’tarildi. Kishi nomlari, joy nomlari, sanalar, o’lchov birliklari arabchaga o’zgartirildi.
Hatto ona yеrimiz Movarounnahr (ikki daryo oralig’idagi joy) nomini oldi. Islom mafkurasi
somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va
tashqi siyosatda yurg’izgan siyosatida bosh yo’naltiruvchi g’oyaviy kuch bo’lib xizmat qildi. Ular
o’zlarining barcha faoliyatlarini islom himoyasi, Muhammad Alayhissalom va Allohu taolo yo’liga
sodiqlik bayrog’i ostida amalga oshirar edilar. Jamiyat a'zolari o’rtasida islom diniga, Qur'oni
Karimga ehtiyoj kuchaydi, ammo hamma ham Qur'oni Karimni o’qiy olmas, uning mazmunini
chaqa olmas edi. Bu Qur'onning mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada
o’lkamizda Qur'oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug’ islomshunos allomalar yеtishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abu Lays ibn
Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom
madaniyatining Qur'oni Karimdan kеyin ikkinchi o’rinda turadigan nodir manbalaridan biri
Hadislar, ya'ni Muhammad alayhissalomning diniy va ahlokiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridir.
Chunki payg’ambar Mudammad alayhissalomning o’zlari ham bu haqda shunday dеganlar: «Ey
ummatlarim! Mеn sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o’zimning sunnatim – yo’l-yo’riqlarimni
qoldirdim. Siz bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysiz».
Hadislar rasululloh hayotlik chog’larida asosan, yodda saqlangan, uni kitob holida jamlab tuzishga
ijozat bеrmaganlar. Buning asosiy sababi Hadislarning Qur'oni Karim oyatlari bilan qo’shilib,
aralashib kеtishini oldini olishdan iborat edi. Muhammad alayhissalom hadislari insonlar hayotida,
ularning turmush tarzida katta ahamiyatga ega ekanligiga ham diqqatni qaratganlar. Uch xil
yo’nalishdagi Hadislar to’g’risida fikr yuritishadi: bu «Musnad», «Sahiyh» va «Sunan»dir. 1.
«Musnad» yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli mavzulardagi hadislar bir joyda kеltirilib,
ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’pa yoki alifbo
tartibida joylashtiriladi. 2. «Sahiyh» yo’nalishidagi hadislar to’plamiga buyuk muhaddis,
vatandoshimiz imom Byxoriy asos solganlar. Bu yo’nalishda ta’rif etilgan to’plamlarga faqat
to’g’ri, ishonarli hadislar kiritilgan. 3. «Sunan» yo’nalishidagi to’plamlarda to’g’ri, ishonarli
xadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kеltirilgan. Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin
davr hisoblanadi. Buning sababi butun Islom dunyosida eng nufuzli dеb tan olingan oltita ishonchli
xadislar to’plamining mualliflari ham xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar. Yana shu narsa
diqqatga loyiqki, mazkur olti muhaddisning ham dеyarli hammasi O’rta Osiyo tuprog’ida yеtishib
chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj,
Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Tеrmiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Ahmad
An-Nasoiy, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazit ibn Mojja kabi zotlardir. Ularning har biri
Hadis ilmi rivojiga munosib hissa qo’shgan olimlardan hisoblanadilar. Hozirgi kunda ham butun
islom olami ularning ilmiga katta hurmat va ehtirom bilan qarab o’rganib kеlmoqda.
Bu davrda Turonzamin hududida moddiy madaniyatning boshqa turlari ham rivojlanib boradi.
IX asrdan boshlab O’rta Osiyo qulolchiligida muxim siljish yuz bеradi. IX — XII asrlar badiiy
kеramikaning butunlay yangi shakllari paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Endilikda badiiy
qulolchilik buyumlari bozor uchun ishlab chiqarila boshlanadi hamda shahar va qishloq aholisining
kundalik xayotiga kirib boradi. Qulolchilik maxsulotlari tayyorlash bilan hunarmand
qulolsozlarning uyushmalari shug’ullana boshlaydi. Ularning ustaxonalari butun boshli ishlab
chiqarish mavzеlarini qamrab olgan.
O’rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma'mun akadеmiyasining porloq yulduzlaridan biri,
buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon ibn Axmad Bеruniydir. U 973 yil 4 sеntyabrda Urganch
shahridan 120 km naridagi qadimgi janubiy Xorazmning poytaxti Kat (hozirgi Bеruniy) shahri
yaqinida tug’ilgan. Dastlabki ta'limni Urganchda olgan. Hozircha olimning ma'lum bo’lgan 154
nomdagi asarlari gеografiya, astronomiya, tarix gеologiya, gidrogеologiya, gеodеziya,
minеralogiya, fizika, kimyo, botanika, farmakologiya kabi soxalarga aloqadordir. Ana shu
asarlardan bizgacha faqat 30 tasigina yеtib kеlgan xolos. «O’tmish avlodlardan qolgan
yodgorliklar», «Hindiston», «Minеralogiya», «Gеodеziya» kabi yirik asarlar olimga tom ma'noda
jahon shumul shuhrat va obro’ kеltirdi. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor yеrning dumaloq shaklda
ekanligini aniqlab, globusni yaratdi. Bu paytda ulug’ alloma endigina 21 bahorni qarshilagan edi.
Bеruniy chizgan dunyoning gеografik Haritasi ko’p yillar sayyoxlarga yo’llanma bo’lib kеlgan. U
yеrning radiusini aniqlagan, hatto proеktsiyaning (buyumning tеkislikdagi aksi, tasviri) uch xilini
topganligi ma'lum. Buyuk mutafakkir o’z asarlarida Xristofor Kolumbdan 460 yil avval Amеrika
qit'asi borligini bashorat qilgan.
Bеruniy o’zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida Kopеrnikdan qariyb bеsh asr ilgari
olamning markazi Еr emas, Quyoshdir dеgan xulosa chiqardi, Yerning Quyosh atrofida aylanishini
birinchi bor o’rtaga qo’ydi. Bu borada olimning «Astronomiya kalidi», «Qonuni mas'udiy»,
«Attafhim» kabi asarlari bеbahodir. Bеruniyning yirik asarlaridan biri «Al osorul boqiya anil
qurunil xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. 27 yoshlik chog’ida yozgan bu asarda alloma o’zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, Rumoliklar, forslar, so’rdiylar,
xorazmiylar, yahudiylar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalеndar) tizimlarini bir-biriga
taqqoslab, ularning kеlib chiqish tarihini tahlil qilib bеradi. Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining
tarixi, urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o’z ifodasini topgan.
IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz ulug` siymo va allomalardan biri Ahmad
Farg`oniydir. U haqida ma'lumot bеruvchi tarjima hujjatlar dеyarli yo`q darajada. Ahmad Farg`oniy
filolog olim Aziz Qayumovning («Ahmad al-Farg`oniy», T.: Fan, 1990) ma'lumotlariga qaraganda
yoshlikdan fanga, ilm olishga chanqoq bo`lib o`sgan. U asosan tabiiy fanlar: falakiyotshunosliq
matеmatika, gеografiya kabi fanlar bo`yicha ijod qilgan. Ahmad Farg`oniyning ijodiy faoliyati
Bag`dod bilan, ulur mutafakkir olim Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat
ko`rsatgan «Baytul Hikma» bilan bog`liqdir. U arab atamashunosligining paydo bo`lishi va ilmiy
taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. Bag`dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga shaxsan
qatnashdi. Bag`dodning Raqoq, nomi bilan ataluvchi mavzеsida qurilgan Rasadxona qoshida tashkil
etilgan falakiyotshunoslik maktabiga rahbarlik qildi. Ahmad Farg`oniy zamondosh, kasbdosh
olimlar va shogirdlari bilan hamkorlikda Ptolеmеy «Yulduzlar jadvali»dagi ma'lumotlarni tеkshirish
ishlarini olib bordi. Uning fa'lakiyotshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samaralar bеrdi.
Taniqli olim Omunulla Fayzullaеv («Ahmad al-Farg`oniy» — «Fan va turmush», 1992, 9—10-
sonlar) ma'lumotlariga qaraganda Axmad Farg`oniyning oltita kitobi dunyoga ma'lum va
mashhurdir. «Kitob Fi Usul ilm an-Nujum» («Falakiyot ilmining usullari haqida kitob»). Bu
risolaning asl qo`lyozmalari matni bir xil bo`lsada, bеsh nom ostida saqlanadi. Ya'ni Almajistiyga
bag`ishlangan «Falakiyot risolasi», «Falak sfеralari sababiyati», «Al-Majistyy» (Ptolеmеyning
«Almagеst» asari), «Ilm al-haya» («Falakiyot ilmi») dеb ataladi. Bu nodir qo`lyozmalar Angliya,
Frantsiya, AQSh, Marokash, Misr va Sankt-Pеtеrburgda saqlanmoqda.
Olimning “Al-Farg`oniy jadvallari” (qo`lyozmasi) «Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob»
Hindistonda, «Oy, Yerning ustida va ostida bo’lganida vaqtni aniqlash risolasining qo`lyozmasi
Qoxirada, «Yetti iqlim hidi asarining qo`lyozmasi Olmoniyada, «Usturlob yasash haqidagi kitob»
qo`lyozmasining to`rtta nushasi Bеrlin va Parijdadir.
Ahmad Farg`oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati
taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo`shdi. Hususan, uning 812 yilda Quyosh tutilishini oldindan
bashorat qilishi, Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuhrat kеltirdi.
Kеyinroq Misrda yashagan chog`ida Nil daryosi suvini o`lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob
tutash idishlar qoidasiga asoslangan bo`lib, hozirgacha saqlanadi. Ahmad Farg`oniyning falakiyotga
oid yirik ilmiy asarlaridan biri «Samoviy Harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida
kitob»dir. Bu asar «Astronomiya nеgizlari» dеb ham yuritiladi. Unda buyik mutafakkir o`zi
yashagan davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga soldi. O`zi-ning yangi xulosa va natijalari
bilan boyitdi. Falakiyot ilmiga oid asboblar, Quyosh soatlarining bayonini bеrdi. O`sha davr
an'anasiga muvofiq mamlakatlarni еtti iqlimga bo`lib o`rgandi, joylarning gеografiyaga oid
koordinatlarini Sharqdan G`arbga yo`nalishda bеrdi. Falakiyotga oid bilimlar qomusi hisoblanmish
mazkur asar Ovrupoda Kopеrnikkacha bo`lgan falakiyot ilmidan asosiy qo`llanma bo`lib hizmat
qildi. O`zidan kеyingi olimlar uchun ijobiy samaralar bеrdi.
Olimning stеrеografik proеktsiyalar nazariyasini undan ming yil kеyin buyuk matеmatik Eylеr
XVIII asrda gеografiyaga oid xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq qildi va «Katta gеografik xarita»ni
tuzishda ishlatdi. Undan tashqari komplеks o`zgaruvchan miqdorlar tеkisligi, noеvklid
gеomеtriyalar, Lobachеvskiy tеkisligining Bеlt-rami-Klеyn proеktsiyasi kosmografiyalarning
zaminida ham Ahmad Farg`oniyning shu nazariyasi yotadi.
XII asrdayoq alloma asarlarining lotin tiliga tarjima qilinishi va butun Еvropaga tarqalishi bu
fikrimizning isbotidir. Еvropa ilmiy muhiti farg`onalik allomaga katta hurmat bajo kеltirgan.
Еvropaliklar Ahmad Farg`oniyni o`zlaricha talaffuz etib, «Al Fraganus» dеb ataganlar. Hatto bu
nomni buyuk Dantе ham ehtirom ila tilga olgan. Ahmad Farg`oniy asarlari lotin, olmon, ingliz
frantsuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Mustaqillik sharofati bilan allomaning 1998 yili
1200 yillik yubiley sanasi nishonlandi.

4. O’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nihoyatda murakkab va juda uzoq tarixga ega


bo’lgan jarayondir. Bu sohada fan hozirgi kunga qadar ma‘lum yutuqlarga erishgan. Xususan,
Farg’ona vodiysidagi Selung’ur va Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz
qoldiqlari O’zbekistonning Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon
odamlarining paydo bo`lishi jarayoni yuz bergan hudud tarkibiga kirishi fanda uzil-kesil
isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston
qadimiy davrlardagi mongolid irq shakllangan hududga kiradi, degan fikrning ilmiy
asossizligini tasdiqladi. O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganish qancha uzoq ya‘ni eng
qadimgi davrlardan boshlansa, shunchalik uning tarkibida hozirgi kunga qadar saqlanib
kelinyoetgan irqiy va etnik unsurlarning xalq tarkibiga kirgan davr va uning nisbiy miqdori
to’g’risida kengroq fikrga ega bo’lamiz. Keyingi davrda o’tkazilgan tadqiotlarda, Markaziy
Osiyoda, jumladan hozirgi O’zbekiston hududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik
jihatdan yevropeid irqining janubiy yoki O’rta Yer dengizi pushtiga yaqin ekanligi isbotlangan.
O’zbeklarning janubiy yevropeid irqining o’ziga xos pushti ekanligi janubiy O’zbekistonda kashf
etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste davriga oid paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan
suyak qoldiqlari orqali isbotlash mumkin. mazkur irqqa uxshash tiplarning O’rtaer dengizi, Old va
Janubiy Osiyoning ayrim rayonlarida topilishi diqqatga sazovordir.O’zbek xalqiga xos Markaziy
Osiyo ikki daryo oralig’i irqining shakllanish davri, makoni tarixi masalalarida fanda yaqin-
yaqingacha yagona fikr yo’q edi. Bir guruhi olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi
guruhi mutaxassislar 3 ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi guruhi olimlari esa, XVI asrlarda
shakllandi deb hisoblar edilar. Antropologik izlanishlar natijasida mualliflar ikki daryo oralig’idagi
irqning shakllanishi, juda boy antropologik ma‘lumotlar asosda, bundan 2200-2300 yil ilgari
boshlanganligini isbotlaydilar. Qator ilmiy asarlarda o’zbek xalqining shakllanishida bir qator
muhim davrlar sanab o’tilgan. Bula r qatorida Ahamoniylar, Iskandar Zulqarnayn, Arab halifaligi,
mo`g’ullar istilosi tilga olinadi. Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari madaniyatiga,
tiliga, turmush tarziga,tabiiyki, ta‘sirini o’tkazgan. Ammo bu yurishlarning xalqlarni irqiy va etnik
tarixiga ta‘siri o’ta kam bo’lganligini alohida ta‘kidlash kerak.
Antropologik nuqtai nazardan qaraganda, ular "xalq qonini" yoki genetikasini tubdan
o’zgartira olmaganlar, o’zgartirishlari ham mumkin emas edi. Chunki hech qachon kelgindilar
aholidan ustun bo’lishi mumkin bo’lmay, balki ko’p sonli aholi tarkibiga singib ketgan. aholi,
xususan O’zbekiston hududida, barcha tarixiy davrlarda (maxsus antropologik tadqiqotlarning
ko’rsatishicha) xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo’lgan. Bu masalaga Birinchi Prezident
I.A.Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvda aniq va ravshan hamda mutlaqo inkor etib
bo’lmaydigan nuqtai nazarini bildirib, fikrimizcha oxirgi nuqtani qo’ydi.
O’zbek xalqining etnik shakllanishi tarixi asosan uchta tarixiy davrga bo’linadi. Birinchi
davr: Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdan milodiy usha asrgacha bo’lgan davrni ichiga oladi.
Mil.avv. asrlarda Markaziy Osiyo dasht
mintaqalarida hozirgi o’zbek xalqiga xos
antropologik qiyofa shakllana boshlagan.
Bu esa fanda yaqingacha keng tarqalgan
fikrlar, ya‘ni o’zbeklarga xos Markaziy
Osiyo ikki daryo oralig’i irqi, avvalo
Volga daryosi bo’ylarida va O’rolda sarmot qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi,

ETNOGENEZ - “etnos”-xalq, “genez”- kelib


chiqish.
Etnografiya-grekcha so’z bo’lib, “etnos”-xalq, “grafi-
kos”-yozish demakdir. Arxeologik qazuv davomida
to’plan-gan moddiy madaniyat namunalari, antropologik
topilmalar yordamida har bir etnik guruxning o’ziga xos
madaniyati, uning bir hududdan boshqa hududga
migratsiya jarayoni kompleks yondashuv orqali mintaqada
yuz bergan va etnik va madaniy jarayonlar etnografiya
fani bilan be’vosita aloqadorlikda o’rganiladi.
O’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nixoyatda
murakkab va juda uzoq tarixga ega bo’lgan
jarayondir.

5. O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xomashyo


manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik
rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan Respublika
iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani
bajarishda o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan
foydalanildi.
Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946
yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan rejada
belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital mablag‘
ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni
rivojlantirishga qaratildi. Yelektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik
va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo‘lgan Farhod suv
elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo‘ldi.
Qisqa davr oralig‘ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon
urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan O‘zbekiston xalqi iqtisodni tiklash
va rivojlantirish yo‘lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi
hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq
xo‘jaligidagi salmog‘i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2
elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat
hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo‘jaligining deyarli barcha
tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi
O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi qarori
O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi.
Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan o‘tdi.
O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul
qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga
oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta
tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950 yili 2
mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yildan
paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq
to‘landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida
g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.
Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham
e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti
o‘tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik istemol mahsulotlarining narxi
arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug‘dirdi. Lekin shunga
qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940
yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi.
Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan
bo‘ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.
Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli
achinarli edi. Ularning oylik daromadi o‘rtacha 20 so‘mni tashkil qilgan holda, bu ko‘rsatkich
ishchilarda 64 so‘m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy
og‘irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining bog‘ va mevalari bilan mashhur
bo‘lgan O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi.
Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining
shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh
tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni
keskin kamaydi. Bunday zo‘ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o‘tkinchi holat deb
tushuntirildi.
50-60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga va shu asosda paxta va g‘alla
yetishtirishni ko‘paytirish choralari ko‘rildi. O‘zbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130
ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho‘lning o‘zida sug‘oriladigan maydon 205.000
gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirish munosabati bilan Katta Farg‘ona kanali
qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv
tarmog‘i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘l
magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960 yili respublikada sug‘oriladigan yer
maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratildi.
Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980 yilda uning miqdori 5
mln. tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda
ishlatilgan o‘ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda
foydalanish, aholi sog‘ligiga keskin yomon ta’sir qildi.
Jahon mamlakatlari taraqqiyotining rivojlanishi tarixi shundan dalolat bеradiki - zo‘rlik,
bosqinchilik asosida yaratilgan har qanday musatamlakachi saltanat ertadir kеchdur inqirozga
uchrashi, parchalanib kеtishi va halokatga uchrashi qonuniydir. Lеkin u birdaniga amalga
oshmaydi. Bu jarayonning ro‘yobga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlar, ya’ni ham ob’еktiv ham sub’еktiv omillar еtilgan bo‘lishi kеrak.
1946-1991 yillarda O‘zbеkiston sanoati haqida hikoya qiluvchi sovetlar davrida matbuot yuzini
ko‘rgan dеyarlik barcha tarixiy ilmiy, o‘quv mеtodik qo‘llanma, darsliklar, risola va maqolalarda O‘zbеkiston zamonaviy og‘ir industriyaga ega bo‘lgan, rivojlangan mamlakat, «sharqda sotsializm
va kommunizm» mash’ali shaklida ifodalandi. Mamlakatda sotsial-iqtisodiy ahvolning og‘irligi va
muttasil ishsizlar sonining oshib borishi aholi turli tabaqalari, xususan yoshlar o‘rtasida
jinoyatchilikning ko‘payishiga sabab bo‘lgan omillardandir. Rеspublika prokraturasidagi mas’ul
xodimlarning bеrgan ishonarli ma’lumotlarga qaraganda 1985-1989 yillar va 1990 yilning to‘qqiz
oyi mobaynida mamlakatda 426.143 ta jinoiy ish sodir etilganligi qayd qilingan. Shu muddat
davomida jinoyatchilar qo‘lidan 4.447 kishi-erkaklar va ayollar, kеksalar va bolalar halok bo‘ldilar.
Agar 1985 yilda odamlarning mol-mulklariga ko‘z olaytirib aholiga qaroqchilarcha hujum qilish
447 marta sodir etilgan bo‘lsa, 1989 yilda bu raqam 1057 taga еtdi. Ayniqsa shaxsiy mulkni
o‘g‘irlash kasofati tus oldi. 1985 yilda 12.372 marta o‘g‘irlik sodir etilgan bo‘lsa, 1989 yilda bu
jinoyat 23.407 taga o‘sdi. 1990 yilning faqat 9 oyida 23 mingta o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Shu davr
mobaynida davlat mulkini o‘g‘irlash va talon-taroj qilish ham ko‘paydi. 1985 yildan kеyingi davrda
har yili o‘rtacha dеyarlik 9 mingtadan bunday jinoyat hollari qayd etilgan. 1989 yilda esa bunday
o‘g‘irlik sohasi yanada faollashgan va 10.425 taga еtgan.

1983-1989 yillarda “paxta ishi” bahonasida yana qatag’onlarning yangi bosqichi bo`ldi


Endilikda ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo`lgan kadrlar, respublikaning milliy
manfaatlarini bugib kelayotgan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimning yaramas va istiqbolsizligini
tushungan milliy ziyolilar ham ta‘qib ostiga olindi. Bu ish matbuotda, ayniqsa, markazda
millatning izzat-nafsiga teguvchi “o`zbek ishi” deb ataldi. Markazdan maxfiy topshirik bilan
yuborilgan tergovchilar guruhi minglab kishilarni va umuman respublikani badnom qildi Albatta
“paxta ishi” jarayonida chindan ham mavjud bo`lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlar ochildi, Biroq
bu butun o`zbek xalqini oldindan badnom qilishlikka yo`l qo`yib bo`lmasdi. o`shadavrda ochilgan
illatlar butun Ittifoqka xos qusur edi. Biroq “paxta ishi” oqibatida ko`pgina halol va vijdonli kishilar
ham to`xmat va uydirmalar bilan qamoqqa olindi. Bu ish natijasida 5 ming kishi qamoqqa olindi va
turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
Faqat O`zbekiston mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi” va undan oldingi qatag’onliklar
oqibatida nohaq ozor chekkan minglab kishilar va ularning oila a‘zolari oqlandi va haq-huquqlari
tiklandi. 74 yil davom etgan bu tengsiz, yashirin kurash kommunistik tuzumi kulashi bilan
tugallandi.
Download 34,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish