1. Quyidagilar



Download 130,5 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi130,5 Kb.
#917692
Bog'liq
VM-704


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI IXTIYORIY TUGATISH VA ULARNING FAOLIYATINI TO‘XTATISH TARTIBI HAMDA MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRMAYOTGAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT REYESTRIDAN CHIQARISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Ushbu qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-avgust,
704-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari ― yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda tijorat tashkilotlari deb ataladi) ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyektlari ― jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatish tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya-xo‘jalik faoliyati ― tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bog‘liq faoliyati;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ― Davlat xizmatlari markazlari;
tugatish ― ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) tadbirkorlik subyektini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etish;
to‘xtatish ― yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining faoliyatini o‘z tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda to‘xtatishi;
tugatuvchi ― tijorat tashkiloti muassisi(lari) (qatnashchilari) yoki u(lar) tomonidan tayinlangan shaxs(lar) (tugatish komissiyasi). Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning faoliyatini to‘xtatish uchun belgilangan tartibda tayinlangan jismoniy shaxs ham tugatuvchining vakolatlaridan foydalanadi;
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) ― tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini ta’minlash tizimi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/664/1007-son)
4. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, ularning yuridik shaxs hisoblanadigan alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qo‘llanmaydi.
5. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.
6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi.
7. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning qaroriga (arizasiga) ko‘ra amalga oshiriladi.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat reyestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan hisoblanadi.
9. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tugatishning, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa to‘xtatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Bunda, tadbirkorlik subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha boshlangan tekshiruv (taftish) belgilangan tartibda yakuniga yetkaziladi.
2-bob. Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish
10. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaxs unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek,tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa)va boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshirishi shart.
11. Tugatuvchi:
a) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va tijorat tashkilotining kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
b) tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
v) ishonchnomasiz tijorat tashkiloti nomidan vakillik qiladi, tijorat tashkilotining moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
g) tijorat tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
d) ushbu Nizomda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek, muassislar (qatnashchilar) qaroriga ko‘ra berilgan taqdirda boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;
12. Tugatuvchi vazifalarini bajarish tugatish komissiyasiga yuklangan taqdirda, tijorat tashkiloti faoliyatini boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yo‘li bilan hal etiladi va tugatish komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda, tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Tugatish komissiyasi majlislarini o‘tkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
14. Tugatuvchining vakolatlari:
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda ― tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
b) tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganda ― tugatish ishlari to‘xtatilganligi va tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda;
v) tadbirkorlik subyekti bankrot deb e’tirof etilganda ― tadbirkorlik subyekti bankrot deb e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan kunda;
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda ― muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda to‘xtatiladi. Ushbu holatda tijorat tashkilotining barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddatda ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi.
3-bob. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish
15. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan tijorat tashkilotlarini ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay:
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ― ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
b) tijorat tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvarag‘i deb ataladi), xizmat ko‘rsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan bankka:
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga ― ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
Oldingi tahrirga qarang.
g) tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
(16-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi organlarni xabardor qiladi:
ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limini (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi);
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini;
b) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lon joylashtiradi, e’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
tijorat tashkilotining to‘liq va qisqartirilgan nomi (shuningdek, tijorat tashkilotining tugatishdan oldingi yil mobaynida o‘zgartirilgan barcha to‘liq va qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi);
tijorat tashkilotining joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sanasi, raqami);
kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Ushbu bandning “a” kichik bandi uchinchi ― oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan organlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘zlarining ma’lumotlar bazasida tijorat tashkiloti to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
18. Quyidagilar:
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va yig‘imlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va to‘lanadi, ushbu xatboshida ko‘rsatilganlar bundan mustasno;
(18-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi;
tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitimlar faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
barcha majburiyatlarni, shuningdek, muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisobvarag‘iga va ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
2-son kartotekaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi.
Tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamg‘ariladigan hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan ushbu hisobvaraqlar yopilib, hisobvaraqdagi milliy valyuta qoldiqlarini asosiy hisobvarag‘iga, xorijiy valyuta qoldiqlarini xorijiy valyutada ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
19. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
20. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.
21. Tugatilayotgan tijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tekshirishda tijorat tashkilotining oxirgi tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab (tijorat tashkilotini tekshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa ― davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) tijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Tekshirish yakuniga ko‘ra soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi.
22. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach tugatuvchi davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek, tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oraliq tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
23. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida tasdiqnomani olgan holda har qaysi kreditorlarni ularning talablari e’tirof etilganligi yoki rad qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda xabardor qiladi.
24. Oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda ― fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari bo‘yicha pul to‘lovlariga doir talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat tashkiloti tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish;
ikkinchi navbatda ― Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar;
uchinchi navbatda ― boshqa kreditorlarning talablari.
25. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish tijorat tashkilotining garovga qo‘yilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar qoldig‘i kreditorlar talablarini Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan navbat bo‘yicha qondirish uchun yo‘naltiriladi.
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda talablarning qolgan qismi Nizomning 24-bandida belgilangan navbat bo‘yicha qondiriladi.
26. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
tijorat tashkiloti mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
27. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etiladi.
28. Garovga qo‘yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori o‘rtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil bo‘lgan tafovut besh ish kuni muddatida kreditor tomonidan to‘lanadi.
29. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan tijorat tashkilotining bankdagi hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
30. Kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda, tugatuvchi tijorat tashkilotini to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yig‘imlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari bo‘yicha hisoblangan summalar to‘langandan keyin;
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
32. Tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga so‘rov yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Byuro tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga uch ish kuni mobaynida xabarnoma yuborishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Davlat soliq xizmati organi tomonidan taqdim etilgan tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli bo‘lgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Tijorat tashkilotining hisobvaraqlari xatlangan bo‘lsa, ularning yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash (qaytarish) va xatlashni bekor qilish choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
35. Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
tijorat tashkilotining barcha hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;
tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo‘lsa);
vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
36. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ushbu Nizomning 35-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 32 — 34-bandlari ijrosi ta’minlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi.
Nizomning 32 — 34-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar Tizimda mavjud bo‘lmasa yoki 35-banddagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa) qaytariladi.
37. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:
tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qiladi;
tugatilgan tijorat tashkilotining muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) belgilangan tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘radi;
tijorat tashkilotiga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga topshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
38. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgunga qadar ushbu Nizomning 35-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga to‘liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to‘xtatilganligi to‘g‘risida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.
39. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 38-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek, ixtiyoriy tugatish va tijorat tashkiloti faoliyatini tiklash tartiboti to‘xtatilganda ushbu Nizomning 18-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qo‘llanmaydi hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda undiriladi.
4-bob. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish
40. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish:
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ― ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
qat’iy belgilangan soliqlarni to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);
barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligini, shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan deb ko‘rsatilgan bo‘lsa) tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabarnoma yuboradi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
43. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ quyidagi hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi:
ushbu Nizomning 41-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan xabarnomasi.
44. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi.
45. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;
faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;
litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.
46. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs, tugatuvchi o‘zlari tayyorlagan, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning to‘g‘riligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
2-ILOVA
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda tijorat tashkiloti deb ataladi) Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya-xo‘jalik faoliyati — tijorat tashkilotining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bog‘liq faoliyati;
harakatsiz holatga o‘tkazish — moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar qo‘llaniladigan chora;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazlari;
tugatish — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat reyestriga tijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etish;
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini ta’minlovchi tizim.
3. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, ularning yuridik shaxslari hisoblanadigan alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qo‘llanmaydi.
4. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini davlat reyestridan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini aniqlash
5. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.
6. Tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganda tijorat banklari uch ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ma’lumot taqdim etadi.
7. Davlat soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot tushgach va (yoki) hisobot topshirish muddati tugagach uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 5-bandi talablari bo‘yicha tijorat tashkilotlari to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarni:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat statistika organlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limini (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi);
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini xabardor qiladi.
Ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan idora va tashkilotlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘zlarining ma’lumotlar bazalarida tijorat tashkiloti to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
8. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar bo‘yicha:
a) quyidagilarni:
tijorat tashkiloti haqiqatda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligini;
mol-mulki mavjudligini;
yuridik va faoliyat ko‘rsatish manzilida mavjudligini;
tijorat tashkilotining barcha qarzdorliklari (2-son kartotekasi) tahlilini;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini;
(8-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
b) muassislarining (qatnashchilarining) turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb qilish choralarini ko‘radi;
v) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif etadi. Tijorat tashkiloti o‘n ish kunida ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
g) tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo‘lsa tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani tijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazgan organga topshirtirish choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) yig‘ilgan va mavjud ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazadi.
(8-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
3-bob. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini harakatsiz holatga o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tijorat tashkilotining soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki mavjud bo‘lmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini tugatish jarayoniga jalb etish imkoni bo‘lmaganda, davlat soliq xizmati organlari Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘n ish kunida tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazish to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
10. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga asosan tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazadi, bu haqida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritadi;
tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida o‘zining rasmiy saytida e’lonni joylashtiradi;
tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga) Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
11. Tijorat banklari harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlarini bir ish kunida yopib, pul mablag‘larini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlariga kelib tushgan mablag‘lar ularning harakatsiz depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Ushbu tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga qo‘yilgan talablar harakatsiz depozit hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
12. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar natijasida soliq qarzdorliklari aniqlangan taqdirda,ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari ko‘riladi.
Soliqlar bo‘yicha qarzdorliklari undirilgan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ish yuritish ushbu Nizomning 9-bandi asosida davom ettiriladi.
13. Tijorat tashkilotining debitorlik-kreditorlik qarzdorliklarini undirish manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar toifasiga o‘tkazilgandan keyin davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish to‘xtatiladi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
14. Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkiloti faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan quyidagi holatlarda:
tijorat tashkilotining muassisi(lari), uning qonuniy vakillari yoki vorisi uch yilda tijorat tashkiloti faoliyatini davom ettirish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilgan taqdirda — muassisi(lar), qonuniy vakil yoki vorislarning qaroriga asosan;
tijorat tashkiloti sud yoki ijro ishi yuritish jarayoniga da’vogar yoxud javobgar sifatida e’tirof etilgan yoki unga nisbatan bankrotlik ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda, qayta tiklanadi.
Bunda tijorat tashkiloti yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning faoliyati qayta tiklanganligi to‘g‘risida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi.
15. Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotini javobgar yoki da’vogar sifatida e’tirof etgan organ (mansabdor shaxs) bu haqida uch ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilishi shart.
4-bob. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini davlat reyestridan chiqarish
16. Tijorat tashkilotlari harakatsiz holatida saqlanishiga uch yil to‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ:
harakatsiz holatiga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlari faoliyati tiklanmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch ish kunida davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi;
tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo‘lsa tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qiladi. Agar ularni topish imkoni mavjud bo‘lmasa, uch ish kunida bekor qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga olish organi saytida e’lon beriladi.
Davlat reyestriga tugatish haqida yozib qo‘yilgandan so‘ng tijorat tashkilotini tugatish yakunlangan, tijorat tashkiloti esa mavjud emas deb hisoblanadi.
17. Davlat reyestridan chiqarilgan tijorat tashkilotining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar tijorat banklari tomonidan besh ish kunida tijorat tashkilotlarining pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga tegishli tijorat banki tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Harakatsiz holatda turgan tijorat tashkiloti davlat reyestridan chiqarilgandan so‘ng uning soliq va yig‘imlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalari mahalliy budjetlarning daromadi hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti, tugatuvchi o‘zlari tayyorlagan, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)


Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari kelib tushmagan tijorat tashkiloti to‘g‘risida
MA’LUMOT
T/r

Ma’lumot turlari

Izoh

1.

Tijorat tashkilotining to‘liq nomi



2.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami

3.

Pochta manzili



4.

Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankning nomi

5.

Bank hisob raqami



6.

Hisob raqamdagi qoldiq pul mablag‘lari miqdor

7.

Hisob raqam ochilgan sana



8.

Hisob raqam to‘xtatilgan sana

9.

Tijorat tashkilotining kreditor, debitor qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari (mavjud bo‘lsa)



10.

Kartoteka 2 qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa)



Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida” 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (“O‘zbekiston Respublikasi HT”, 1999-y., 7-son, 35-modda.).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda) 1-ilovaning 23-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori)” 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 23-son, 237-modda) ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 52-son, 523-modda) 3-ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni)” 2012-yil 19-iyuldagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 29-son, 339-modda) ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 25-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori)” 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 100-modda) ilovaning 2-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2017-yil 18-maydagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 372-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 10-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/664/1007-son)
Download 130,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish