1. Рентгенологик текширув учун пациентни тайёрлаш



Download 20,66 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi20,66 Kb.
#812774
Bog'liq
Виденные в медицине (Экзамен)


2-bilet
1.Рентгенологик текширув учун пациентни тайёрлаш.


Bоlа stаtsiоnаrgа kеlgаndа аvvаlо mахsus tеkshiruvlаr tаlаb qilinаdi. Tibbiyot hаmshirаsi tаyyorgаrlik dаrаjаsini оldindаn ko‘rishi kеrаk. Аsbоblаrning sоzligini muоlаjа uchun еtаrliligini dоimо nаzоrаtgа оlib bоrishi 222 kеrаk chunki bu bеmоrning tаshхisi vа to‘g‘ri dаvоlаnishi sоg‘аyib kеtishi yoki аsоrаtlаrning оldini оlishgа qаrаtilgаn chоrа tаdbirlаrdir. Оshqоzоn vа ichаkni rеntgоnоlоgik tеkshiruvgа tаyyorlаsh. Bоlаlаrni rеjаli tеkshiruvlаrdа gаz vа mеtеоrizm ko‘zg‘аtuvchi mоddаlаr diеtаdаn оlib tаshlаnаdi: qоrа nоn, kаrtоshkа, dukkаklilаr, sut. Bоlа 20:00 dа kеchki оvqаt istеmоl qilinishi kеrаk. Kunduzi bоlа хеch nаrsа еmаydi vа ichmаydi. Kеchqurun vа kunduzi 2 mаrtа tоzаlоvchi хuqnа qilinаdi. Muоlаjаdаn 30 minut оldin kаttа miqdоrdаgi gаzlаrni хаydаsh uchun qаytа klizmа qilinаdi. SHоshilinch хоllаrdа оldindаn tаyyorlаnish o‘tkаzilmаydi. Tеzkоr хuqnа qilinib muоlаjа bаjаrilаdi. Qizilo‟ngаchni rеntgеn tеkshiruvigа tаyyorlаsh. Tеkshirishni оshqоzоn vа ingichkа ichаkni tеkshirilаyotgаn vаqtdаn оldin tеzkоrlik vа sinchkоvlik bilаn tеkshirilаdi. Tеkshiruvni shifоkоr bаjаrаdi. Tеkshirishgа tаyyorlаshni o‘shа zахоtiyoq bоshlаsh kеrаk. Bundа tеkshiruvni o‘tkаzish uchun bоlа Trеndеlеnburg хоlаtini egаllаydi ya‘ni, bоlаning chаnоq qismi bоshdаn bаlаndrоqdа jоylаshаdi. Yo‟g‟оn ichаkni rеntgеn tеkshiruvigа tаyyorlаsh. Tеkshiruvni kоntrаst mоddа ichilgаnidаn 24 sоаtdаn so‘ng bаjаrilаdi. Bundаy tеkshiruv kuchli tаyyorgаrlik tаlаb qilmаydi. Irrigоskоpiyadа, yo‘g‘оn ichаk bаriy bilаn to‘lg‘аzilаdi. 2-3 kun gаz хоsil qiluvchi mоddаlаr rаtsiоndаn chiqаzilаdi. Mеtеоrizmdа bоlаgа 3 mаrtа kunigа rоmаshkа nаstоykаsi bеrilаdi, kеchki оvqаtdаn kеyin еl хаydоvchi nаy o‘rnаtilаdi. Irrigоskоp qo‘yishdа pеshindаgi оvqаtdаn оldin kаstоrа yog‘i (5-15gr) bеrilаdi, kеchqurun 1 sоаt intеrvаl bilаn 2 mаrtа еl хаydоvchi nаychа qo‘yilаdi. Ertаlаb еngil оvqаtdаn so‘ng 30 min оrаlig‘idаn 2 mаrtа еl хаydоvchi nаy o‘rnаtilаdi. O‟t chiqаruv yo‟lini rеntgеn tеkshiruvi. Bundаy tеkshiruvdа оrgаnizmgа kоntrаst mоddа kiritilаdi. Оrаl (muоlаjа bоshlаgаn vаqtdа tаrkibidа yod tutuvchi dоri mоddаlаrni to‘хtаtish mumkin emаs) vа tоmir ichi хоlеtsistоgrаfiyasi fаrq qilinаdi. 223 Kоntrаst mоddаlаrni tоmir ichidаn yubоrilаdi. Muоlаjа vаqtidа kоntrаst mоddаlаrgа bеmоr sеzuvchаnligi оrtgаndа dоri mоddаlаrni to‘хtаtilаdi. Qichishish, titrаsh, bоsh оg‘rig‘i, tоshmа pаydо bo‘lishi bеmоr yod mоddаsini ko‘tаrа оlmаyotgаnidаn dаrаk bеrаdi. Bundаy хоldа хоlеtsistоgrаfiya o‘tkаzilmаydi. Siydik аjrаtish tizimini rеntgеn tеkshiruvi. Siydik yo‘llаrini rеntgоnоlоgik tеkshiruvdаn o‘tkаzish uchun kоntrаst mоddаning 0,5 – 1,5 ml sinаmаsi yubоrilаdi. Dоrigа sеzuvchаnlik kuzаtilmаsа tоmir ichigа jo‘nаtilаdi. Tibbiyot hаmshirаsi sinchkоvlik bilаn rеаktsiya аlоmаtlаrini tеkshirib bоrishi kеrаk. Tаnа хаrоrаt оrtishi, bоsh аylаnishi, ko‘ngil аynish, qаyd qilish, yurak o‘ynаshi, eshаk emi pаydо bo‘lishi vа bоshqаlаr kuzаtilgаndа shifоkоrgа murоjааt kilinаdi. Kеchqurun vа kunduzi tеkshiruvdаn 2 sоаt оldin еl chiqаruvchi nаy o‘rnаtilаdi. Tеkshiruvdаn оldin bоlа siyib оlishi kеrаk . Аgаr ichаk fаоliyati buzilgаn bulsа ichаklаrdа kаttа miqdоrdа gаz pаydо bo‘lаdi, bundаy хоllаrdа qаytаdаn klizmа qilinаdi.

2.Кислород ёстиғидан кислород бериш.


3.Гипертоник кризда биринчи ёрдам кўрсатиш.


Gipertonik kriz — arterial bosimning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynish, qusishning kuchayishi bilan keskin oshib ketish xuruji; krizis gipertoniya kasalligi kechishini qiyinlashtirib, miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari, ko’rish qobiliyatining pasayishi, harakatlarning qisqa muddatli buzilishlari, qisqa muddatli nutq buzilishi bilan kechishi mumkin. Og’ir hollarda kasallik yurak yetishmovchiligi (yurak astmasi), yurak muskulining qisqarish xususiyati buzilishi, miokard infarktiga olib keladi. Gipertonik krizda birinchi yordam 1. Bemorni tinchlantiring, uning uchun qulay holat yarating toza havo kelishini ta’minlang. 2. Yurak sohasida og’riq bo’lganda bemor tilining ostiga validol yoki nitroglitserin bering. 3. Ensa qismiga xantal, oyoqlarni issiq vanna qilish yaxshi samara beradi. 4. Bemor shifokorning ko’rsatmasi bo’yicha dori qabul qilishi kerak. 5. Arterial bosimni doimiy ravishda nazorat qiling (bemor ushbu muolajani o’zi bajarishi mumkin), shifokor maslahatini ta’minlang. Arterial bosimi oshgan bemorlarga yordam berishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: 1. Ruhiy tinchlik, chuqur va davomli uyquni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. 2. Bemorning ratsionida osh tuzi cheklanadi; dudlama, achchiq taomlar, kuchli bulyonlar man qilinadi; semirib ketishning oldini olish uchun ovqatning energetik qiymatini kamaytirish zarur. 3. Asab tizimi va tomir tonusi regulyatsiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi sababli spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekish qat’iyan man qilinadi. 4. Davolovchi terapiya tayinlanganda bemor qabul qilish qoidalari, organizmning mumkin bo’lgan reaksiyalari (arterial 155 bosim normadan pastga tushishi, siydik haydovchi dorilar ta’siri va boshqalar) haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. 5. Arterial bosimning ishchi raqamlarida bemorlar odatdagi ishlarini bajarishlari mumkin; bo’sh vaqtning bir qismini toza havoda o’tkazishlari zarur; uzoq bo’lmagan piyoda sayr qilish foydali.


Arterial gipertenziyali bemorlarni parvarishlashda bemorlarni davolash profilartika muolajalari olishini nazorat qilish bilan bir qatorda salbiy emotsiyalar, nevro-psixologik stresslar va yaxshi uxlay olmasligini ham e‘tiborga olish kerak, chunki bu holatlar ham kasallik kechishini og‘irlashtirish mumkin. Gipertonik kriz tezkor ravishda shifokor yordami ko‘rsatish va gipotenziv dori vositalarini qabul qilishni talab qiladi, chunki bu holatda bosh miya va 87 koronar qon aylanishini buzilishi mumkin bo‘ladi.Shifokor kelgunga qadar bemorni to‘liq tinchlik holati va toza havo kelishi bilan ta‘minlash kerak, bemor oyoqlariga issiq vanna va qo‘llari uchun iliq vanna qilish mumkin (suv harorati 37-40 ° C). Arterial gipotenziya ba‘zida sog'lom odamlarda, ayniqsa, asteniklarda kuzatilishi mumkin, ammo ba‘zida yurak qon tomir tizimidagi jiddiy kasalliklar simtomi ham bo‘lishi mumkin (miokard infarkti, qon ketish, shok, kollaps). Bemorda o‘tkir holatda arterial gipotenziya yuzaga kelganda bemorni tekis yotqizish va miyaga qon kelishini yaxshilash maqsadida oyoqlarini teparoq ko‘tarish kerak bo‘ladi va shifokor tavsiyalariga ko‘ra dori vositalari qilinadi. Yurak sohasidagi og'riq har doim ham YQT tizimi kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Og'riq plevra kasalliklari (quruq plevrit), umurtqa va qovurg‘alararo nerv nevralgiyalari (umurtqa osteoxondrozlari, qovurg‘alararo nerv nevralgiyalari), miozit, diafragmaning qizilo'ngach teshigi churrasi va boshqalarda kuzatilishi mumkin. Bunday og'riqlar kardialgiya deb ataladi. Ko‘krak qafasi sohasidagi og‘riqlar qon aylanish tizimining patologiyasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bundan tashqari perikard kasalliklari, aorta kasalliklari va nevrologik holatlarga ham bog'liq bo‘ladi.

3-bilet

1.Гипотонияда биринчи ёрдам кўрсатиш.

2. Коллапсда биринчи ёрдам кўрсатиш.


Kollaps — arterial bosimning keskin pasayishi va periferik qon aylanish buzilishi bilan kuchli tomir yetishmovchiligi. Kelib chiqish sabablari: ko’p miqdorda qon yo’qotish, shikastlanish, miokard infarkti, zaxarlanish, o’tkir infeksiyalar va yurak ritmining buzilishi. Kollaps bemorning o’limiga sabab bo’lishi mumkin. Bemorning tashqi ko’rinishi: yuz bichimlari uchli, terining rangi och-kulrang, mayda ter tomchilari, oyoq-qo’llar sovuq, ko’kimtir rangda. Bemor lanj, sust; nafas olishi tezlashgan, yuzaki; puls tez-tez urib turadi; arterial bosim tushib ketadi. Arterial bosim pasayganda birinchi yordam 1. Zudlik bilan shifokorni chaqirtiring. 2. Toza xavo kirishini ta’minlang. 3. Bemorni gorizontal holatda yotqizing (boshi ostidan yostiqlarni olib tashlang). 4. Oyoq-qo’llariga grelka qo’ying, bemorning ustini yopib qo’ying. Sababini aniqlab, uni bartaraf qiling.


Kollaps (Lotin collapsus.) – AB ning pasayishi, sirkulyatsiyadagi qon miqdorining kamayishi, yurak qisqarish funksiyasining sustlashishi, tomirlar tonusi kamayishi bilan kechadigan o‘tkir tomirlar yetishmovchilgining klinik ko‘rinishidir. Bu o'tkir qon ketishi, miokard infarkti, ortostazda, zaharlanish, antigipertenziv dori vositalarining dozasini oshirib yuborilishi, yuqumli kasalliklar (takroriy qayt qilish, ich ketishi tufayli suvsizlanganda) kuzatiladi. Klinik belgilari hushidan ketish belgilariga o'xshash, lekin kollaps har doim ham hushning yo‘qolishi bilan birga bormaydi, bemor karaxt holatida, atrofdagi sodir bo'layotgan voqealarga befarq, qorachiqlari kengaygan holatda bo‘ladi. Kollaps holatida bemorga yordam ko‘rsatish uchun bemorning boshini past qilib yotqizish, kollaps asosida yotuvchi sabablarni bartaraf qilish, masalan, isitish, qon ketishini to‘xtatish va boshqalar bajariladi. Zarur bo‘lgan holatlarda shifokor ko‘rsatmasi bilan parenteral yo‘l orqali umumiy sirkulyatsiyadagi qon hajmini qoplash maqsadida qon yoki qon o‘rnini bosuvchi, qon tomirlar tonusini oshiruvchi vositalar (niketamid, sulfokamfor kislota+ prokain, fenilefrin) qilinadi
Puls –yurak qisqarib, arterial tizimga qon haydaganda sistolik va diastolik davrida bosim o'zgarishi hisobiga yurak tomir devorlarining sinxron ravishda davriy tebranishi. Impuls to'lqinining tarqalishi arteriya devorlarining moslashuvchan ravishda kengayishi va torayishiga bog‘liq. To'lqin tarqalish tezligi 4 dan 13 m / s gacha, ya'ni, katta arteriyalarda 0,5 m / min dan oshmasa ham, qon oqimining chiziqli tezligini sezilarli darajada oshiradi

Puls –yurak qisqarib, arterial tizimga qon haydaganda sistolik va diastolik davrida bosim o'zgarishi hisobiga yurak tomir devorlarining sinxron ravishda davriy tebranishi. Impuls to'lqinining tarqalishi arteriya devorlarining moslashuvchan ravishda kengayishi va torayishiga bog‘liq. To'lqin tarqalish tezligi 4 dan 13 m / s gacha, ya'ni, katta arteriyalarda 0,5 m / min dan oshmasa ham, qon oqimining chiziqli tezligini sezilarli darajada oshiradi


3. Миокард инфаркти хуружида биринчи ёрдам кўрсатиш.


Miokard infarkti — yurak arteriyalaridan birining teshigi keskin torayishi yoki yopilishi natijasida yurak muskulining kuchli shikastlanishi. Infarktdan oldin yurak shikastlanish belgilari – og’riq, nafas qisish, yurak o’ynashi kuzatiladi; infarkt to’liq, xotirjamlik muhitida ham rivojlanishi mumkin, ayniqsa yosh odamlarda. Asosiy belgi — nitroglitserin qabul qilinganda ham og’rig’i qolmaydigan davomli kuchli og’riq, xuruji (ba’zi vaqtlarda bir necha soatgacha). Miokard infarktiga shubha qilinganda shifokorlarning shoshilinch yordami zarur. Bunday kasallarni transportda olib ketish masalasini faqat shifokor hal qiladi.


4-bilet




  1. Стенокардия хуружида биринчи ёрдам кўрсатиш.

Stenokardiya (lot. angina pectoris), koronar qon tomirlarning aterosklerotik zararlanish natijasida torayishi va tomirlar spazmi tufayli kelib chiqadi. Stenokarditik og‘riq xurujlari koronar qon oqimining buzilishi natijasida miokardning kislorodga bo‘lgan talabi qondirilmasligi va yurak mushaklarida gipoksiya, ishemiya kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Kislorodga bo‘lgan talab qondirilmasligi natijasida moddalar almashinuvi jarayoni buziladito‘liq oksidlanmagan mahsulotlar miokarddagi sezgir nerv oxirlarini ta‘sirlantirib og‘riq hissini keltirib chiqaradi. Tipik stenokardiya xuruji odatda jismoniy yoki ruhiy zo‘riqish natijasida yuzaga keladi. Og'riqlar to'sh ortida joylashib, siquvchi, bosuvchi va kuydiruvchi xarakterda bo‘ladi, o'lim qo'rquvi hissi bilan birga keladi. Chap 88 qo‘lga, chap kurakka, bo‘yinning chap qismiga va pastki jag'ga uzatiladi. Bunday og'riq odatda 1 dan 10 daqiqagacha davom etadi va mustaqil yoki nitrogliserin tabletkasi til ostiga qabul qilgandan so‘ng 1-3 daqiqada o'tib ketadi. Stenokardiya xuruji vaqtida bemorni to‘liq tinchlik holati va toza havo kelishi bilan ta‘minlash kerak, nitrogliserin tabletkasi til ostiga qabul qilinadi va kam hollarda yurak sohasiga xantal qo'yish mumkin.
Download 20,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish