1. s anab sanog’iga yetolmadi



Download 14,09 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2022
Hajmi14,09 Kb.
#608259
  1   2
Bog'liq
Фонетика тест


1. Sanab sanog’iga yetolmadi.


Ushbu gapda nechta so’z fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
2. Qaysi yasama so’zlar faqat jarangli undoshlardan iborat?
A) garmdori B) puldor C) duogo’y D) badnafs
3. Astranomiya so’zida urg’u qaysi bo’g’inga tushadi?
A) 1- bo’g’inga B) 2- bo’g’inga
C) 3- bo’g’inga D) 4-bo’g’inga
4. Unli va til oldi sirg’aluvchilar ishtirok etgan so’z berilgan qatorni toping.
A) sichqon B) vazifa C) ashula D) lazgi
5. « V » tovushiga to’g’ri tasnif berilgan qatorni aniqlang.
A) lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
B) lab-tish, portlovchi, jarangli undosh tovush
C) til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovush
D) lab-tish, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovush
6. Tarkibida keng unli qatnashgan yasama so’zlar qatorini belgilang.
A) o’stirishdi , jiblajibon, sharqiroq B) farosat, an’ana, arxaizm
C) sportchilar, ma’noviy, madaniyat D) qayiqchi, anglashish, zarur
7. Qaysi so’zdagi bir sonor ikkinchi boshqa bir sonor bilan almashib talaffuz qilinadi ?
A) ko’nmaslik B) tambur C) tamanno D) kamyob
8. Tarqoq fikrlarini shuncha jamlashga urinsa-da o’quv jarayonida qiynalganlari yana xayoliga urilar, ko’ngli bezir va bu urinishlari quruq va besamardek tuyilardi.
Ushbu matnda tovush o’zgarishiga uchragan so’zlar miqdori nechta?
A) 7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta
9. ng bir tovushni ifodalagan so’zlar qaysi bandda berilgan?
A) miting, badanga B) unga, singil
C) angla, shudring D) langar, fanga
10. Berilgan qaysi raqam(lar)dagi so’zlar urg’uning o’rniga ko’ra o’zaro sinonimlik ( ma’nodoshlik) hosil qila olmaydi?
1. yangi ́, hоzi ́r 2. yángi, hózir 3. yángi, hоzi ́r, 4. yangi ́, hózir
A) 1,3,4 B) 2 C) 1,2 D) 2,3,4
11. Qaysi so’zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi ? A) manmanlik B) qamchin C) ingichka D) tartib
12. Ochiq bo’g’inlari soni yopiq bo’g’inlaridan bitta ko’p bo’lgan so’zni aniqlang.
A) taassurot B) mudofaa C) sartaroshxona D) andalib
13. Ona haykal… yog’d…lar ich…da oft…bday porl…b tur…bdi.
Nuqtalar o’rniga qo’yilishi lozim bo’lgan unlilardan nechtasi old qator?
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 2 tasi D) 5 tasi
14. 1-tovush: chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz
2-tovush: lablangan, o’rta keng unlisi
3-tovush: sirg’aluvchi, jarangli
Berilgan tovushlar izohidan foydalanib, yashirilgan so’zni toping.
A) gul B) go’r C) qo’l D) qum
15. Malika opaning ikkala o’g’li shaharda o’qib, ulg’ayib yana bag’riga qaytdi.
Ushbu gapda necha o’rinda fonetik hodisa yuz bergan ?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
16. Qaysi so’zni talaffuz qilganimizda bir undosh ortadi ?
A) shunday B) tank C) doim D) go’sht
17. U dengizga o’xshaydi : goh to’lib, goh ozayib turadi.
Ushbu gapdagi yopiq bo’g’inlar soni qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan ?
A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 9 ta
18. Bir bo’g’ini to’rt tovushdan iborat so’z qaysi gapda ishtirok etganini aniqlang.
A) Sizdagi bu mardlik, quvnoqlik qaydan ?
B) Mening do’stim, qushchalar, siz, Kuyni muncha xush chalarsiz.
C) Dilbar endi har kuni ertalab uyni supuradi.
D) Muallim kirgach, bolalar o’rinlaridan turishdi.
19. Zilday zamin darz ketibdi,
Qilday maysa dastidan…
She’riy parchada eng ko’p takrorlangan undoshga xos belgilar qaysi bandda keltirilgan?
A) til oldi, sirg’aluvchi, jarangli
B) til o’rta, sirg’aluvchi, jarangli
C) til oldi, portlovchi, jarangsiz
D) til oldi, portlovchi, jarangli
20. Qator undoshli so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) metall, gramm B) tenglama, bodring
C) go’sht, barvaqt D) izzat, millat
21. Uni hech nima to’xtata olmadi. Ajratib ko’rsatilgan so’zda urg’u qaysi bo’g’inga tushadi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
22. Shahrimizda bo’lib o’tgan musobaqada ular birinchi pog’onaga o’rnashib olib, g’oliblikka da’vogarlik qilayotgan Qozog’istonlik ishtirokchilarning ballari yana teng bo’lib qoldi.
Ushbu gapdagi tovush o’zgarishlari (fonetik hodisalar) ning sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta
23. Qaysi javobda faol nutq a’zolari ko’rsatilgan ? A) o’pka , bo’g’iz , un paychalari B) og’iz bo’shlig’i , til , lablar C) pastki jag’ , til , tishlar D) tovush paychalari , til , lablar
24. U uyiga ketmoqda, shuning uchun kitobni o’qiy olmadi. Ushbu gapda otning birdan ortiq munosabat shakliga ega so’z nechta havo zarbi bilan aytiladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
25. Ozbek tilida nechta jarangli harf mavjud?
A) 30 B) 29 C) 14 D) 13
26. Qaysi undosh tovush lablar bir-biriga yaqinlashganda , ular orasidagi tirqishdan sirg’alib chiqadi ? A) b B) p C) m D) v
27. Qaysi so’zda til oldi undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi ?
1) shanba 2) sunbul 3) yonma-yon 4) tanbur 5) ko’rinmaslik
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5
28. Qaysi javobda til oldi portlovchi jarangsiz undosh tovush ko’rsatilgan ? A) d B) j C) k D) t
29. Qaysi so’zlar asosiga qo’shimcha qo’shilishi natijasida fonetik hodisa sodir bo’lgan ? 1) susaymoq 2) qiynamoq 3) bo’yoqchi 4) yozdirmoq
5) sendagi 6) yig’lamsiramoq A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,6 C) 1,2,3,5,6 D) 2,3,4,6
30. Qaysi javobda hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan so’z berilgan ? A) havoyi B) dabdabali C) bedarak D) suzuvchi
31. Qaysi javobda hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan so’z berilgan ? A) mabodo B) norasida C) ko’rmana D) qalandarlarim
32. To’maris huzuriga Eron shohi Kirdan elchilar keldi . Mazkur gapdagi yopiq bo’g’inlar tarkibida qo’llangan jarangli sirg’aluvchi tiloldi undoshlar nechta ? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
33. Qaysi yasama so’zning yopiq bo’g’inlaridan birida ikkita sirg’aluvchi undosh o’rtasida lablangan til orqa unli qatnashgan?
A) avtobuschi B) vijdon C) suvchi D) velosiped
34. Qaysi so’zda sh undoshining jarangli jufti qo’llangan ? A) jamoa B) masjid C) tijorat D) vijdon
35. Bilim mehnat bilan , tilak g’ayrat bilan aziz . Ushbu gap qanday unlilardan tuzilgan ? A) til o’rta , lablanmagan B) til orqa , lablanmagan C) til oldi , lablanmagan D) til orqa , lablangan
36. Qaysi jarangsiz undoshlar sirg’aluvchilarga mansub emas ? A) v , z B) b , d C) k , t D) m , n
37. Yer ochganning baxti ochilar. Gapdagi til undoshlarini aniqlang.
A)1ta til o'rta, 7ta til oldi, 3ta til orqa
B)1ta til o'rta, 9ta til oldi,1ta til orqa
C)1ta til o'rta, 8ta til oldi, 2ta til orqa
D) 2ta til o'rta,7ta til oldi, 4ta til orqa
38. Shudring so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
B) 4 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
C) 4 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
D) 3 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
39. Kongress so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari
B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari
D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
40. So‘z tarkibida n harfi qaysi shovqinlidan oldin kelganda ba’zan m tarzida talaffuz qilinadi?
A) b, m B) b C) m D) g
41. Qaysi qatordagi so’zda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
A) o‘n bir B)tandir C)o‘n so‘m D)tomonda
42. Jo‘ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi?
A) til qismlarining harakatiga ko‘ra
B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra
C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra
D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra
43. 1) tinmay; 2) o‘n besh; 3) qamchin; 4) qantarmoq;
5) manmanlik; 6) sunbul. Berilgan qaysi so’zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
A) 1, 2, 5, 6 B)1, 3, 4, 5
C) 2, 4, 6 D) 3, 5, 6
44. Qaysi qatorda unli va sirg‘aluvchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?
A) saxovat, xususiylashtirish, g‘azal
B) vazifa, serhafsala, xo’roz
C) suyanish, jirafa, sarosima
D) xushbichim, vazifa
45. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so’zlar berilgan?
A) abadiy, telpak, qadriyat
B) odob, botiq, qanoat
C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir
D) tekintomoq, qanoat, vazifa
46. Qaysi so‘zda hosil bolish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
A) suzuvchi B) bedarak
C) havoyi D) dabdabali
47.1, n tovushlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub emas?
A) sirg‘aluvchi undoshlar
B) jarangli undoshlar
C) til oldi undoshlari
D) jarangli va til oldi undoshlari
48. k undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A) til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
B) til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
C) til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
D) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
49. qol, qor, qot so‘zlarining ma’nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang.
A) bo’g‘iz undoshi
B) chuqur til orqa undoshi
C) til oldi undoshi
D) til orqa undoshi
50. Berilgan qaysi gap tarkibidagi so’zda fonetik jihatdan til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli birgina tovushdan tashkil topgan qo‘shimcha mavjud?
A) Birdan osmon. guldurab, sharros yomg‘ir quydi-yu, tinchidi
B) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi
C) Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do’stini
D) Ishlar shuncha ko‘payib ketdikij bosh qashishga vaqt yo’q
51. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan, hosil bo’lish o’rni va usuliga ko’ra bir umumiy guruhga mansub bo’la olmaydigan so’zni aniqlang.
A) taraqqiyot B) tafakkur
C) shovqin D) huquq
52. x undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
B) bo’g‘iz, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
C) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovush
D) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
53. Ona tili bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bo’lish o‘rniga ko‘ra miqdori to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo’g‘iz
C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa
D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
54. Yopiq bo'g'inlardan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so'zni toping.
A) konduktor
B) bolg'a
C) mavsum
D) maktab
55. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda ng tovushi qo’llangan?
A) tongga, nonga, keng
B) o‘nga, donga, o’tinga
C) maymunga, yurganga, borganga
D) tongga, mingga, zangga

Download 14,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish