1. Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari. Muxandis xodimlari faoliyatiga psixologik tavsif


Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahurat



Download 20,8 Kb.
bet3/4
Sana13.05.2023
Hajmi20,8 Kb.
#938255
1   2   3   4
Bog'liq
resurs 777777 (3)

3.Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahurat
Muxandis xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini takomillashtirishning etakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir. Kasbiy faoliyat – bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat – bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat 134 xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi. Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o’ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to’rt guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat: – xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va histuyg’ulari (o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi); – xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo’llay olishda namoyon bo’ladi; – xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo’llash mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik; – psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi). Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi 135 muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir. Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir. Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim. Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: – kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish; – hamkasblar bilan psixologik aloqa o’rnatish ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish; – operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko’nikmalarini shakllantirish; – fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish; – og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish; – shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rgatish; – irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish; – ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish. Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy 136 ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi. Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o’rnatish uquv mahorati hamda ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o’rnatish usullari va yo’llari tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o’rnatish va ularni o’ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to’siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo’lishi kerak. Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o’rnatish jarayonini engillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o’zlashtirishlarini taqozo etadi. Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish. Xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini o’rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishning ishontirish, majburlash, rag’batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanishlariga bog’liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o’zini tutish, turli taktik usullarini qo’llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foydalanish ko’nikmalari ham shakllangan bo’lishi kerak. O’zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan ko’plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo’ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o’rinda xizmat vazifalarini bajarish 137 chog’ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko’rish qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqa- rorlikning shakllanganligi xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o’z vazifalarini kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy mashg’ulotlar jarayonida og’ir vaziyatlarni modellashtirish yo’li bilan erishish mumkin. Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rga- tish. Xodimlarning psixologik barqarorlik va og’ir vaziyatlarda o’zini tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat, muvaffaqiyat- sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o’zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar o’z xatti- harakatlari va his-tuyg’ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. Ular mashg’ulot va mashqlar jarayonida o’zlarini boshqarish, asabiy zo’riqishni yo’qotish, ichki imkoniyatlarni qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar qilish usullarini egallashlari kerak. Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish. Ish faoliyatida qiyinchiliklar va to’siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik va to’siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish etishlariga to’g’ri keladi. Irodaviy harakat ko’nikmalarini rivojlantirishga mashg’ulotlar jarayonida qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida to’plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi. Ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyorlik. Muxandis xodimlar faoliyatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko’pincha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og’irlik tushadi. Bu, o’z navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo’riqishni bartaraf etishga yordam beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanish bo’lishlari lozim. 138 Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega bo’lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beruvchi maqsad, ob’ekt, sharoit va usullarga bog’liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi bilish jarayoni ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo’lgan va bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar rivojlantiriladi.

Download 20,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish