1. Sug’urtaning rivojlanishi va paydo bo’lishi


O’zbekistonda sug’urtaning rivojlanish bosqichlari



Download 0,52 Mb.
bet3/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#799377
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sug\'urta ishi \'\'Kurs ishi\'\' (2) (3)

2. O’zbekistonda sug’urtaning rivojlanish bosqichlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI PREZIDENTINING QАRORI
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING SUGʼURTА BOZORINI ISLOH QILISH VА UNING JАDАL RIVOJLАNISHINI TАMINLАSH CH ORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА
Respublikada moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish koʼlamini kengaytirish, sugʼurta tashkilotlari faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror oʼsishini taʼminlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yoʼnaltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sugʼurta bozorining rolini kuchaytirishni va sugʼurta vositalarini keng qoʼllashni taqozo etmoqda.
Milliy sugʼurta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash, sugʼurta xizmatlarining talab yuqori boʼlgan yangi turlarini joriy etish, isteʼmolchilarning sugʼurta bozoriga boʼlgan ishonchini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirish boʼyicha Davlat dasturiga muvofiq:
1. Quyidagilar Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlari etib belgilansin:
-sugʼurta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish;
-tartibga solish va prudentsial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali sugʼurta bozorining ishonchliligi va barqarorligini taʼminlashga qaratilgan sugʼurta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish;
-sugʼurta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, toʼlov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sugʼurtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirish;
-sugʼurta brokerlari faoliyatini faollashtirish, sugʼurta agentlarining ishlash tizimini takomillashtirish, banksugʼurta mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, umuman sugʼurta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sugʼurta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish;
-sugʼurta xizmatlari isteʼmolchilari va sugʼurta faoliyatining boshqa subʼektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sugʼurta savodxonligini va sugʼurtaga boʼlgan ishonchini oshirish, sugʼurta bozorining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
-yangi innovatsion sugʼurta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori boʼlgan anʼanaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali koʼrsatilayotgan sugʼurta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
-sugʼurta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sugʼurta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish;
-sugʼurta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sugʼurta sohasida taʼlim berishning zamonaviy usullarini qoʼllash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini ragʼbatlantirish;
-milliy sugʼurta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turish hamda investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan milliy sugʼurta bozorini xalqaro va xorijiy sugʼurta bozorlari bilan integratsiyalash orqali oshirish.
2. Quyidagilar:
2019-2020 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini jadal rivojlantirish boʼyicha «Yoʼl xaritasi» (keyingi oʼrinlarda — «Yoʼl xaritasi») 1-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli koʼrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga «Yoʼl xaritasi»da nazarda tutilgan tadbirlarni oʼz vaqtida, toʼliq va sifatli amalga oshirish, shuningdek, maqsadli koʼrsatkichlarga erishish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
sugʼurtalovchilarning sugʼurta faoliyati turlariga bogʼliq holda differentsiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini 3-ilovaga muvofiq 2020 — 2022 yillarda bosqichma-bosqich oshirish toʼgʼrisidagi;
daromadlarning 20 foizigacha miqdoridagi ajratmalar hisobiga, ularni chegiriladigan xarajatlarga kiritgan holda shakllantiriladigan sugʼurta tashkiloti zaxira jamgʼarmasining cheklangan miqdorini sugʼurta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshirish toʼgʼrisidagi;
sugʼurtaning ayrim turlari boʼyicha elektron polislarni («E-polis»), shu jumladan Internet, mobil ilovalar, infokiosklar orqali rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish, ularni qogʼoz shaklidagi sugʼurta shartnomalariga (polislariga) tenglashtirish toʼgʼrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
yuridik shaxslar — sugʼurta (qayta sugʼurta) brokerlari va sugʼurta agentlari uchun yagona soliq toʼlovi stavkasi komissiya mukofotining 13 foizi miqdorida belgilanadi;
sugʼurta (qayta sugʼurta) tashkilotining boshqa sugʼurta (qayta sugʼurta) tashkilotlari ustav fondlarida ishtirok etishiga yoʼl qoʼyilmaydi, sugʼurtaning boshqa tarmoqlaridagi sugʼurta tashkilotlari ustav fondlarida ularning oʼzaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish bundan mustasno;
vakolatli davlat organi sugʼurtalovchilar tomonidan qoʼllanilayotgan sugʼurta tariflarini, isteʼmolchilarning sugʼurta xizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek, sugʼurta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sugʼurta zaxiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini taʼminlaydigan sugʼurta zaxiralarining minimal darajasini belgilaydi.
5. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq qayta sugʼurtalovchi (qayta sugʼurta brokeri) sugʼurta majburiyatlarini qayta sugʼurtalash uchun xorijiy sugʼurta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sugʼurta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sugʼurtalash boʼyicha ofertani (qayta sugʼurtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) Oʼzbekiston Respublikasi hududida qayta sugʼurtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʼlgan sugʼurta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:
oferta shartlari sugʼurta majburiyatlarini xorijiy sugʼurta tashkilotlariga qayta sugʼurtalashga berish shartlariga muvofiq boʼlishi kerak;
oferta aktsepti yoki aktseptni rad etish qayta sugʼurtalovchilar — mahalliy sugʼurta tashkilotlari tomonidan, agar ofertada aktsept uchun kechroq muddat koʼrsatilmagan boʼlsa, ikki ish kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi;
sugʼurta majburiyatlari qayta sugʼurtalovchi — mahalliy sugʼurta tashkiloti tomonidan oʼzining ushlab qolish hajmi doirasida qabul qilinadi;
qayta sugʼurtalovchi — mahalliy sugʼurta tashkiloti sugʼurta hodisasi sodir boʼlgan taqdirda va asosiy sugʼurta shartnomasi boʼyicha sugʼurta toʼlovini amalga oshirishda qayta sugʼurtalash shartnomasi shartlari doirasida qayta sugʼurta qildiruvchining qarorlariga amal qiladi.
Belgilansinki, ushbu band talablari obligator qayta sugʼurtalashga tatbiq etilmaydi hamda Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida oʼzgacha tartib nazarda tutilgan boʼlsa, qoʼllanilmaydi.
6. Belgilab qoʼyilsinki, jismoniy shaxslar daromadlarining hayotni uzoq muddatli sugʼurtalash (barcha toifadagi hayot sugʼurtasi sohasi) boʼyicha sugʼurta mukofotlarini toʼlash uchun Oʼzbekiston Respublikasida sugʼurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʼlgan yuridik shaxslarga yoʼnaltiriladigan qismi yuzasidan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda qoʼllaniladi:
a) sugʼurta summasi shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan soʼng biryoʼla toʼlanganda. Bunda sugʼurta badallarini toʼlash sugʼurta summasini toʼlash sanasidan oldingi 12 oylik davrda oʼsib bormaydigan tartib boʼyicha amalga oshirilgan boʼlishi kerak.
Shartnoma boʼyicha sugʼurtalangan shaxsning hayotni uzoq muddatli sugʼurtalash (barcha toifadagi hayot sugʼurtasi sohasi) boʼyicha muayyan yoshgacha yoki sanagacha yashashidan boshqacha tarzdagi sugʼurta hodisasi sodir boʼlgan taqdirda sugʼurta qoplamasini yoki sugʼurta summasini toʼlash koʼrsatib oʼtilgan imtiyoz qoʼllanilgan holda shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʼtmasdan amalga oshirilishi mumkin;
b) renta (annuitet) toʼlash shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan soʼng boshlanganda. Bunda joriy rentani (annuitetni) toʼlash sanasida shartnoma boʼyicha haqiqatda jamlangan mablagʼlar (zaxira) summasi koʼrsatib oʼtilgan renta (annuitet)ning toʼrt baravaridan kam boʼlmasligi kerak;
v) rentani (annuitetni) toʼlash shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʼtmasdan boshlanganda. Bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʼlash boshlanadigan paytda haqiqatda toʼlangan sugʼurta badallari summasi shartnoma boʼyicha sugʼurta mukofotining yillik miqdoridan kam boʼlmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) toʼlash ushbu bandning «b» kichik bandi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hayotni uzoq muddatli sugʼurtalash shartnomasi muddatidan oldin toʼxtatilishi yoki ushbu band talablari buzilishi munosabati bilan jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq toʼlov manbaida ushlab qolingan va byudjetga oʼtkazilganda sugʼurtalovchi tomonidan sugʼurtalanuvchiga olingan sugʼurta mukofotlari summasi, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolingan soliq va qaytariladigan mablagʼlar toʼgʼrisida maʼlumotnoma beriladi.
7. 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari xodimlarini sohaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarining «Sugʼurta ishi» taʼlim yoʼnalishi boʼyicha sirtqi va kechki boʼlimlarga test sinovlari oʼtkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish tartibi joriy etilsin.
Bunda oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish suhbat yakunlari boʼyicha va quyidagilar:
xodimda umumiy oʼrta yoki oʼrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti va sugʼurta bozorida kamida 2 yil amaliy ish staji mavjud boʼlishi;
kontrakt ish beruvchi — sugʼurta bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kafolatli toʼlanishi va xodim — bitiruvchi oʼqishni tamomlagandan keyin sugʼurta bozorining professional ishtirokchisi shtatida 3 yil mobaynida majburiy ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.
8. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʼyicha «El-yurt umidi» jamgʼarmasi bilan birgalikda sugʼurta bozori mutaxassislarining xorijiy taʼlim va boshqa tashkilotlarda taʼlim olishi, malaka oshirishi va stajirovka oʼtashi tizimli asosda tashkil etilishini belgilangan tartibda taʼminlasin. Oʼzbekiston sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga sugʼurta bozori mutaxassisining chet elda oʼqishi, malakasini oshirishi yoki stajirovka oʼtashi zarurligini asoslantirgan holda unga nisbatan tavsiya xatini belgilangan tartibda «El-yurt umidi» jamgʼarmasiga kiritish huquqi berilsin.
9. Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2019 yil 30 noyabrga qadar Birlashgan Аrab Аmirliklari hukumatining texnik koʼmagida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturiga sugʼurta faoliyati sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish boʼyicha alohida yoʼnalish kiritish masalasini koʼrib chiqsin.
10. Moliya vazirligining Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta nazorati davlat inspektsiyasi negizida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligini (keyingi oʼrinlarda — Аgentlik) tashkil etish toʼgʼrisidagi taklifi maʼqullansin.
11. Quyidagilar Аgentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sugʼurta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan sugʼurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy koʼrsatkichlarni muntazam eʼlon qilish yoʼli bilan taʼminlash;
sugʼurta xizmatlari isteʼmolchilari va sugʼurta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, aholining sugʼurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sugʼurta madaniyatini rivojlantirishga koʼmaklashish;
sugʼurta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet elda, shuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga koʼmaklashish;
sugʼurtalovchilarning toʼlov qobiliyati, sugʼurta zaxiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʼyicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, samarali sugʼurta faoliyatini tashkil etish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʼurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʼyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
sugʼurtalovchilar (qayta sugʼurtalovchilar) va sugʼurta brokerlarining sugʼurta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;
sugʼurta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish boʼyicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantirish va yuritish;
aholi va tadbirkorlik subʼektlarining oʼsib borayotgan ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan sugʼurta xizmatlarining talab yuqori boʼlgan anʼanaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga koʼmaklashish, qishloq xoʼjaligi faoliyati sohasida sugʼurta himoyasini kuchaytirish;
xorijiy davlatlarning oʼxshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sugʼurta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.
12. Belgilansinki:
Аgentlik sugʼurta bozorini tartibga solish va rivojlantirish boʼyicha vakolatli davlat organi, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sugʼurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish qismidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʼyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi;
Аgentlikni saqlash Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʼlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Аgentlikka Oʼzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;
Аgentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʼlash, tibbiy va transport xizmati koʼrsatish shartlari boʼyicha vazirning oʼrinbosariga tenglashtiriladi;
Аgentlik xodimlariga Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʼlash shartlari tatbiq etiladi.
13. Аgentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 28 birlik etib belgilansin.
14. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 30 noyabrga qadar: majburiy tibbiy sugʼurta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini;
Sirdaryo viloyatida 2020 yildan boshlab «davolangan holat» uchun tibbiy xizmatlar toʼlovi mexanizmini va «jon boshi normativi» asosida moliyalashtirish tizimi metodologiyasini, shuningdek, 2021 yildan boshlab — majburiy tibbiy sugʼurta tizimini tajriba-sinov tarzida joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
a) ikki oy muddatda:
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi Hukumat qarori loyihasini, shu jumladan Аgentlik tuzilmasi va Аgentlik toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutgan holda;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʼzgartirish va qoʼshimchalar toʼgʼrisidagi takliflarni;
b) 2020 yil 1 yanvarga qadar sugʼurta tashkilotlarining faoliyatini tavakkalchilikka qaratilgan yondashuv asosida tartibga solishga yoʼnaltirilgan, sugʼurtalovchilarning kapitali yetarliligi va toʼlov qobiliyati boʼyicha xalqaro standartlarni sugʼurta faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasi loyihasini kiritsin.
16. Quyidagilar:
Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishga koʼmaklashish boʼyicha ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
ushbu qarorni amalga oshirish boʼyicha Batafsil amaliy tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ishchi guruh (J. Qoʼchqorov):
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar soʼzsiz ijro etilishining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, shuningdek, ularning oʼz vaqtida, toʼliq va sifatli amalga oshirilishining tashkil etilishini;
2019 — 2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli koʼrsatkichlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda mazkur qarorning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borilishini taʼminlasin.
17. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish boʼyicha chiqishlar hamda mavzuli koʼrsatuvlar va eshittirishlarni tashkil etsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N. Аripov, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.А. Gʼulomov va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari — moliya vaziri J.А. Qoʼchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
2019-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini jadal rivojlantirishning
MАQSАDLI KOʼRSАTKIChLАRI




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish