ruxsat etilgan cheklangan tashlama — tashlanmalarda atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan yer usti konsentratsiyani shakllantiradigan vaqt birligidagi ifloslantiruvchi moddalar massasi;
ruxsat etilgan cheklangan oqava — oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini ta’minlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi;
atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqavalarini, chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishini normalashtirish — o‘zgarishlarga eng sezgir bo‘lgan organizmlar (indikatorlar) turining ta’sirlanishi bo‘yicha aniqlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar va chiqindilarning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirishga ruxsat etiladigan chegaralarni belgilash;