1. Tajriba ishi Texnik suvni tahlil qilish



Download 77,2 Kb.
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi77,2 Kb.
#904284
  1   2   3

1. Tajriba ishi
Texnik suvni tahlil qilish:
Karbonatli va umumiy qattiqlikni aniqlash
Suvning qattiqlngi va uni yo’qotish usullari
Suvning qattiqligi suv tarkibida mineral va organik aralashmalarning borligi bilan izoxlanadi. Bu aralashmalarning miqdori 110°C doimiy haroratda bir litr suvni bug’lantirilganda, qoldiq cho’kma (mg/dm3) hisobida tarozida tortib aniqlanadi. Quruq cho’kmaning o’zi doimiy og’irlikka keltirilgach, cho’kma qizdirilib, laxcha cho’g’ holiga keltiriladi. Cho’g’ bo’lguncha va keyingi og’irliklari orasidagi farqqa qarab mineral organik moddalarning miqdori aniqlanadi. Ko’pgina ishlab chiqarish korxonalarida suvning asosiy sifat ko’rsatgichi uning qattiqligi bilan belgilanadi. Ya’ni kalstiy va magniy tuzlarining suv tarkibida qanchalik darajada borligiga qarab, qattiqlik haqida xulosaga kelinadi. Suvning qattiqligi graduslarda ifodalanadi. Suvning qattiqligi bir litr suvdagi kalstiy va magniy ionlari miqdorining milligramm ekvivalenti bilan ifodalanadi. Bir gradus qattiqlik 0,35663 mg-ekv. Kalstiy yoki magniy ionlariga teng. Kalstiy uchun 20,04 mg/dm3 va magniy uchun 12, 16 mg/dm3 ionlarining qattiqligi birlik qilib olingandir. Agar suvda bu kationlarning konstentrastiyasi yuqori bo’lsa, u holda suv qattiq. Agar kam bo’lsa suv yumshoq deyiladi. Xuddi ana shu kationlar tabiiy suvlarda o’ziga xos xususiyatlar baxsh etadi. Kir yuvilganda qattiq suv gazlamalarning sifatini yomonlashtiradi va ko’p miqdorda sovun ishlatishga majbur bo’lamiz. Sovun material tarkibidagi kirni tozalashdan oldin Sa2+, Mg2+ kationlarini bog’lashga sarflanadi.
2S17N35SOO + Sa2+ = (S17N35SOO)2Sa


2S17N35SOO + Mg2+ = (S17N35SOO)2 Mg

Ko’pik shu kationlar to’liq cho’kkandan keyingina hosil bo’ladi. Ma’lum bir sintetik yuvish vositalari qattiq suvda gazlamalarni yaxshi yuvadi, chunki ularda kalstiy va magniy tuzlari oson eriydi. Qattiq suvda ovqat maxsulotlarning pishishi qiyin bo’ladi, qattiq suvda qaynatilgan sabzavotlarning esa ta’mi bo’lmaydi. Choy yaxshi chiqmaydi va ta’mi yo’qoladi. Shuningdek, bu kationlar sanitariya – gigiena jihatidan xavfli emas; magniy kationining miqdori ko’p bo’lsa, suv taxirroq bo’ladi va odam ichagida surgi sifatida ta’sir etadi. Qattiq suv bug’ qozonlarida foydalanish uchun yaroqsizdir; qaynatilganda unda erigan tuzlar qozonlarning devorlarida quyqa qatlami hosil qilib, bu qatlam issiqlikni yaxshi o’tkazmaydi. Bu yoqilg’ining ko’p sarflanishiga, qozonlarning muddatidan ilgari ishdan chiqishiga olib keladi. Qattiq suv metall konstrukstiyalar, truboprovodlar, sovutiladigan mashinalarning g’iloflari uchun zararlidir. Shunday qilib, odatda suvning qattiqligi uch xil bo’ladi.


Muvaqqat (vaqtinchalik) qattiqlik;
Doimiy qattiqlik;
Umumiy qattiqlik; – ya’ni muvaqqat va doimiy qattiqlikning yig’indisidan iborat.
Muvaqqat qattiqlikka misol qilib suvni qaynatish bilan nordon tuz o’rta tuzga aylantirilishini keltirish mumkin. Buni qattiqlikni yo’qotishning termik usuli deyiladi.
Sa(NSO3)2 T SaSO3 + N2O + SO2
2Mg(NSO3)2 T MgSO3 + Mg(ON)2 + 2SO2 + N2O
yoki so’ndirilgan ohak bilan ham yumshatish mumkin.
Sa(NSO3)2 + Sa(ON)2 = 2SaSO3 + 2N2O
2Mg(NSO3)2 + 2Sa(ON)2 = 2SaSO3 + 2 Mg(ON)2 2N2O
Doimiy qattiqlik – esa kalstiy va magniyning sulfatli va xlorli tuzlari soda ishtirokida yo’qotiladi. Masalan:
MgSO4 + Na2CO3 = MgCO3 + Na2SO4
MgCl2 + Na2CO3 = MgCO3 + 2NaCl
SaSO4 + Na2CO3 = SaSO3 + Na2SO4
Yuqoridagi usullardan boshqa bir necha usullar mavjud ammo ular ustida to’xtalishni lozim topmadik. Tabiiy suvning qattiqligi quyidagicha klassifikastiyalanadi. Bir litr suvdagi Sa2+ va Mg2+ ionlarning miqdori mg-ekv/l. hisobida berilmoqda

Download 77,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish