1. Taqdimot nutqi Badiiy uslub haqida ma`lumot



Download 29,21 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi29,21 Kb.
#819257
Bog'liq
Otabekakademik (1)


26-variant
1.Taqdimot nutqi
2.Badiiy uslub haqida ma`lumot
3.Rasmiy ish hujjatlari
Javoblar
1. Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi.
Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.
Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
1.Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).

2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq).

3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).

4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).

Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:

1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi.

2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi.

3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.

1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,

2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.

4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi.
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim:
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);

- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);

havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);

ixchamlik, harakatchanlik;

chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);

moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);

qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi);

- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati).

Taqdimot jarayonida korgazmali vositalardan foydalanish.
Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda ozgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
2. Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir alohida narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.

Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.

Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalarini yaratish imkonini beradi.
Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Bu uslub o’zining obrazliligi bilan adabiy boshqa fuktsional uslublaridan ajralib turadi.
Badiiy U. — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa U.ga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va sh.k. belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq U.ining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy U.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy U.da oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy U.ning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq U.idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik boʻladi. Bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq U.ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy U.da faol qoʻllanishi bu U.ning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Adabiyotning asosiy maqsadi badiiy uslub- dunyoni go'zallik qonunlari bo'yicha o'rganish, muallif sifatida estetik ehtiyojlarni qondirish san'at asari, va o'quvchi, badiiy tasvirlar yordamida o'quvchiga estetik ta'sir.

U turli xil va janrdagi adabiy asarlarda qo'llaniladi: hikoyalar, romanlar, romanlar, she'rlar, she'rlar, tragediyalar, komediyalar va boshqalar.

Badiiy adabiyot tili, uslubiy xilma-xilligiga qaramay, muallifning individualligi unda aniq namoyon bo'lishiga qaramay, badiiy nutqni boshqa uslublardan ajratish imkonini beradigan bir qator o'ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi.

Umuman badiiy adabiyot tilining xususiyatlari bir qancha omillar bilan belgilanadi. U keng metafora, deyarli barcha darajadagi til birliklarining obrazliligi, barcha turdagi sinonimlardan foydalanish, noaniqlik, lug'atning turli stilistik qatlamlari bilan ajralib turadi. Badiiy uslubda (boshqa funksional uslublarga nisbatan) so`zni idrok etish qonuniyatlari mavjud. So'zning ma'nosi asosan muallifning maqsad qo'yishi, janri va janri bilan belgilanadi kompozitsion xususiyatlar bu so‘z elementi bo‘lgan o‘sha badiiy asarning: birinchidan, berilgan adabiy asar kontekstida lug‘atlarda qayd etilmagan badiiy noaniqlikka ega bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, g‘oyaviy-estetik tizim bilan bog‘liqligini saqlab qoladi. Bu asarning va biz tomonidan go'zal yoki xunuk, ulug'vor yoki past, fojiali yoki kulgili sifatida baholanadi:

Badiiy adabiyotda lingvistik vositalardan foydalanish pirovard natijada muallif niyatiga, asar mazmuniga, obraz yaratish va u orqali adresatga ta’sir qilishiga bo‘ysunadi. Yozuvchilar o‘z asarlarida birinchi navbatda fikr, tuyg‘uni to‘g‘ri yetkazish, qahramonning ma’naviy olamini haqqoniy ochib berish, til va obrazni real qayta yaratishdan kelib chiqadi. Tilning me’yoriy faktlarigina emas, balki umumiy adabiy me’yorlardan chetga chiqish ham muallif niyatiga, badiiy haqiqat istagiga bo‘ysunadi.

Qoplash badiiy nutq Milliy til vositalarining soni shunchalik ko'pki, u bizga barcha mavjud lingvistik vositalarni (ma'lum bir tarzda bog'langan bo'lsa ham) badiiy adabiyot uslubiga kiritishning asosiy potentsial imkoniyati g'oyasini ilgari surishga imkon beradi.

Bu faktlar badiiy adabiyot uslubi rus tilining funksional uslublari tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallash imkonini beruvchi qator xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.


3. Rasmiy ish qog'ozlari uslubi. Bu uslub hozirgi o'zbek adabiy tiliga xosdir. U ma'muriy va yuridik quvvatga egadir. Bu uslubda fikr aniq va bir xil qolipda ifoda etiladi.
Qonun matnlari, farmonlar, buyruq va qo'llanmalar, shartnomalar, ijozatnomalar, aktlar, turli rasmiy hujjatlar, tashkilotlararo yozishmalar, yuridik hujjatlar, ma'lumotnoma, bavonnoma va boshqalar rasmiy ish uslubida yoziladi.

Talabalar ariza, ishonchnoma, tushuntirish xati, bayonnoma, bayonnomadan ko'chirma, dorinoma, kasallik tarixi, kasallik varaqasi kabi o'nlab rasmiy ish qog'ozlarini to'g'ri to'ldirish va yozish ko'nikmasini egailashlari zarur.

Bu kabi hujjatlarda qolip jumlalar mavjud bo'lishi bilan birga ular har qanday his-hayajondan xoli bo'lishi talab etiladi. O'nlab atama va iboralar rasmiy ish qog'ozlari uslubiga tegishlidir. Masalan: bayonnoma, qarov, shartnoma.deklaratsiya; ma'lumotnoma berildi shu haqidakim... biz quyida imzo chekuvchilar... kabi.

Rasmiy ish qog'ozlarida fe'llar majhul nisbatda qo'llaniladi. Xususan, hukm chiqarildi; buyruq shaklida - bajarilsin, yuklatilsin kabi.


Ilmiy uslub - fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog'liqdir Maqola, monografiya, ilmiy ma'ruzalar qat'i ravishda ilmiy uslub asosida yoziladi.
Ilmiy-ommabop uslub ilmiy uslub sirasiga kiradi. U ilmiy ma'lumotini, axborotni ommabop qilib yetkazishga xizmat qiladi. Ilmiy uslub. tabiiyki, har bir alohida fan yo'nalishida o'ziga xos atamalar, iboralarga boy bo'ladi. Tibbiyotda kasallik nomlari, tibbiy atamalar, dori nomlari kabilarning bo'lishi odatiy holdir.
Ilmiy uslubning o ziga xos belgilari bor:
Axborotning ob'ektivligi, aniqligi.
Ma'lumotlarning izchilligi, ularning ko'pligi.
Fikrning qisqa ifodalanishi.
So'zlashuv uslubi va sheva belgilarining mutlaqo ishtirok etmasligi.

Yuqorida sanalgan belgilari bilan yana ta'kidlash kerakki, ilmiy uslub boshqa uslublardan keskin farqlanadi. O'rni kelganda aytish kerakki, ilmiy asarlar, dissertatsiyalar, yoki ilmiy (ommabop) maqolalarda muallifning kamtarligi tufayli «men» kishilik olmoshi o'rnida «biz» shakli qo'llaniladi.


DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
Tuzilgan sanasi va joyi.
Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollar da).
Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
Matn sarlavhasi.
Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbari ning buyrug‘i, yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
Dalolatnoma matni.
Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi).
Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
Ijro haqidagi belgi.

Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.


Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi:
Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi «TASDIQLAYMAN»
DALOLATNOMA (Tasdiqlangan)
Sana va tuzilgan joyi (Imzo) Familiya, sana
Matn sarlavhasi: («...haqida»)
Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)-raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning № -raqamli qarori)
Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
A’zolari:
(lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
(lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
(lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar) lavozimi, init siallari, familiyasi) ishtirokida tuzildi.
MATN
ILOVALAR
Komissiya raisi (imzo) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiya
Komissiya a’zolari (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyalar
Ishtirok etganlar (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyalar.
Download 29,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish