1. Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini izohlang?



Download 77,91 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi77,91 Kb.
#896139
Bog'liq
javob13


Savollar:
1.Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini izohlang?
2.Tarbiyaviy ishlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar qaysilar?
3.Konsepsiya tushunchasini ta’riflab bering?
3- savol .
Konsepsiya (lot. Conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli,

4.Tarbiyaviy konsepsiyalarda madaniyat, axloq, tarbiya, xalq, psixologiya va shaxsning milliyligi ilmiy-pedagogik jihatdan qanday yoritilgan?


5.Tarbiya tushunchasiga ta’rif bering?

5. Tarbiya tushunchasi


O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo’lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo’naltirilgan qizg’in faoliyat jarayoni.

6.Tarbiyaviy ishlar fanining maqsad va vazifalari?


6- savol.


Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
6-savol Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, milliy istiqlol talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan

7.Tarbiyaviy ishlar tizimi va uning asosiy bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?


7Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchi-


Ning mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda
Tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga
Tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi.
Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchi-
Larni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbi-
Yalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilat-
Larning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchin-
Chidan, o‘qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini
Kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati
Darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u
Murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab
Omillarga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi:

  • Tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab

Qo‘ymaslik kerak.

  • Tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin

Ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim.

  • Hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning

Nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

  • Nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish.

  • Bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib bo-

Rish lozim.

  • Natijalarni e’lon qilish.

  • Jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil ham-

Da yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘-
Yiladi.
Tarbiyaviy ishlarning tahlili

8.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsadi, boshqa fanlar bilan aloqadorligini bilasizmi?


8. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsadi- talaba yoshlarga tarbiyaviy ishlarni tashkil etilishini amaliy asoslari bilan tanishtirish tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish sifat va samaradorlikni oshirishda yangicha metod va shakllardan foydalanish sog’lom avlodni tarbiyalash masalalariga oid bilim, ko’nikma va malakalarni berish.


Boshqa fanlar bilan aloqasi: psixologiya, Pedagogika ,etika estetika, falsafa, ma’naviyat asoslari, madaniyatshunoslik, sotsiologiya fanlari bilan aloqador.

9. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.


9. Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari:


1.Bir-biriga g’amxo’rlik qilish
2.o’zaro yordam berish
3.jamoada o’rtoqlik va do’stlikni o’rnatish.
4. Bir -birini xurmat qilish
5.jamoa manfaatlarini o’z manfaatlaridan ustun qo’yish
6. Jamoaning umumiy maqsadining mavjudligi.
7. Tartibli, ishchan harakatga undovchi faollik.
8. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorgarligi.
9. O’z jamoasi qatriyatlarining mohiyatini tushunish.
10.Avestoning ahloqiy uchlik tamoyili nechta va qanday izohlanadi?

10. Avestoda 3ta axloqiy tamoyil ilgari suriladi:


- gumata(yaxshi fikr)
- gukta(yaxshi soʻz)
- bashta(yaxshi ish)
Inson avvalo fikrlarini yaxshilashi soʻng soʻzlashi va uni amalda bajarishi kerak.

11.Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot kim tomonidan ishlab chiqilgan va necha bosqichdan iborat?


11-savol
Tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoili prinsipini birinchi bo’lib Slavyan pedogogi YAN AMON Komenskiy o’zining “Buyuk dedaktika” asarida izohlab bergan
Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot Ya.A. Kamenskiy tomonidan ishlab chiqilgan va 3 bosqichdan iborat:
- oʻzini va tevarak odamni bilish;
- oʻzini oʻzi boshqarish axloqi;
- xudoni tanishgan intilish.

12. “Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”, “Har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani kim ilgari surgan?





13. Tarbiyaviy jarayonga tayanuvchi prinsiplar nechta va ularni izohlang?


14 “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi fanlar turkumi nechta va ularni izohlang?

14.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani turkumiga tasir kursativchi fanlar I turkumi VA izohi


Psixologiya
Pedagogika
Etika
Estetika
Estetika
Falsafa
Ma’naviyat asoslari
Madaniyatshunoslik
Sotsiologiya
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi

15.Ta’lim muassasasida yoshlar tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda qanday ilmiy-pedagogik metodlardan foydalaniladi?


15.Talim muasalarida tarbiya ishlarini tashkil etishda qanday metodalrdan foydalaniladi.Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lgan munosabat muhim rol o’ynaydi.


Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday usuldan foydalanishiga bog’liq.
Usul- yunoncha atama bo’lib- aynan nimagadir yo’l, usul orqali maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
So’z orqali ifodalash usuli
Ko’rgazmalilik usuli
Amaliy namuna usuli
Rag’batlantirish va jazo usuli

16 Pedagogik kuzatish metodi qanday amalga oshiriladi?


16- savol.


Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

17.Ta’lim muassasasida yoshlar tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangan ishlarni amalga oshirish jarayonida anketa metodini qo‘llashda qanday shartlarga amal qilish talab etiladi?


18. Nechanchi yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, pedagogikaga “Umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash” tushunchasi kirib kelgan?

18javob 20asrning ikkinchi yarmidan boshlab Pedagogikada umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tushunchasi kirib keldi


19.Pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasining mohiyati


20.Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni tekshirish.
20.Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish…..

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bogliq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.


Тarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha goyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Тarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamgarmalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashgulotlaridan tashqari xilmagxil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashgulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:

  • Pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;

Ulg`atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.
21.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlari.

21


Birinchidan: pedagogik mahorat – shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ikkinchidan: pedagog kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, uning chuqur, tushunib, anglab etadigan pedagogik bilim muhim hisoblanadi. Yo‘naltirilgan kasbiy bilim, yaxlit o‘z – o‘zini tashkil etuvchi yuqori kasbiy faoliyat asosini tashkil etadi.


Uchinchidan: pedagogik qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini ta’minlaydigan omildir.


To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barcha vositalarni maqsad bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat strukturasini kengaytiradi.


Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi barcha elementlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida o‘sishigina emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. Muvaffaqiyatning muhim sharti qobiliyat yaxlitlik beruvchi vosita: yo‘naltiruvchanlik va natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik texnika hisoblanadi.


O‘qituvchining mahorati. Kitobdagini auditoriyaga, sinfga yetkazuvchi emas, egallagan bilimlarni o‘zlashtira olishi o‘ziniki qilishida dunyoga o‘zining nuqtai nazaridan qarashlari tarzida bayon etilgan bo‘lishi kerak.

22.Guruh rahbarining o‘quvchilar bilan muomalasining o‘ziga xos xususiyatlari.


22. Savol Guruh rahbarining o’quvchilar bilan muomilasining o’ziga xos xususiyatlari.1. Muloqot qobiliyatlari


Aloqa ikki yo’nalishda ishlashi kerak: g’oyalar, ko’rsatmalar va fikrlarni aniq va qat’iyatli ifoda etish, shuningdek xabarning eshitilishi va tushunilishini ta’minlash. Unga keladigan individual va jamoaviy fikrlarni tinglash va hisobga olish qobiliyati ham rahbarga xosdir.


2. Hissiy aql


Tadqiqotchilar Salovey va Mayer (1990) dastlab hissiy intellektni “o’z va boshqalarning his-tuyg’ulari va hissiyotlarini boshqarish qobiliyati, bunday his-tuyg’ularni farqlash va ushbu ma’lumotlardan aniq harakatlar bilan mos kelish uchun foydalanish qobiliyati” deb ta’rifladilar. Tuyg’ular mavzuni harakatga keltiradi, shuning uchun hissiy aql – bu rahbarning asosiy xususiyati.

3. Maqsad va vazifalarni aniqlash qobiliyati


Guruhning yo’nalishi bilishni talab qiladi uni boshqaradigan yo’l xaritasi qanday bo’lishi kerak. Aniq maqsad va vazifalar bo’lmagan taqdirda, harakat steril bo’lishi mumkin va guruh hafsalasi pir bo’lishi mumkin. Maqsadlar guruhning imkoniyatlariga mos kelishi kerak: erishib bo’lmaydigan maqsadlarni belgilash samarali emas.

4. Rejalashtirish va rivojlanish salohiyati


Maqsadlar qo’yilganda, ularga erishish uchun reja tuzish zarur. Ushbu reja shart amalga oshiriladigan barcha tadbirlarni rejalashtirish, vaqt, ularni amalga oshiradigan odamlar, foydalaniladigan resurslar …


5. Proaktiv o’z-o’zini anglash


Yaxshi rahbar bo’lishi kerak uning fazilatlaridan xabardor va ulardan maksimal darajada foydalanishlari kerak. Shubhasiz, u o’zining zaif tomonlarini ham biladi va yaxshilanishga intilish uchun kurashadi.

6. O’z-o’zini rivojlantirish va tengdoshlarga yordam


Rahbar o’sishga qodir, boshqalarga esa rivojlanishiga yordam beradi. Yaxshilash uchun siz buni “mudofaada” qilishingiz shart emas; ularning guruh roli yoki obro’sining quli emas. Boshqalarni o’rgatish, vazifalarni topshirish va harakatlar va muloqot uchun joylar yaratish orqali guruhning o’sishiga yordam bering, shunda boshqa odamlar o’zlarini foydali va qadrli his etadilar.

7. Innovatsiya


Topishga harakat qilaman faoliyatni amalga oshirishning yangi va yaxshiroq usullari. Ushbu xususiyat majburiy yurishlarda ilgarilab boradigan, texnologiya, kommunikatsiyalar va doimiy raqobatbardoshlikdagi doimiy o’zgarishlarga ega bo’lgan jamiyat sharoitida juda muhimdir.


8. Mas’uliyat


Uning guruhdagi mavqei unga kuch berishidan xabardor va undan qanday foyda olish uchun foydalanishni biladi. Bu xudbin emas; jarayonlarni faollashtirish va potentsiallarni energiya bilan ta’minlash uchun sizning mavqeingizdan foydalanadi.

9. Axborot


Yaxshi rahbarga ma’lumot berish kerak. Axborot bilan ishlashni biladigan rahbarlarning ishtirokisiz biron bir korporatsiya yashay olmaydi. Axborotni qayta ishlashni biling, to’g’ri va ayyorlik bilan izohlang va undan eng foydali va ijodiy usulda foydalaning, bu asosiy ko’nikma.

10. Xarizma


Ushbu so’nggi nuqta bahsli. Ba’zi mualliflar, xarizma xususiyati juda boshqacha ta’riflarga ega va ularning qaysi biri ishlatilishiga qarab, bu etakchilik qobiliyatiga ega odamlarda xarakterli bo’ladi yoki yo’q deb hisoblaydi. Haqiqatan ham, rahbarlar orasida ma’lum bir umumiy yuz xususiyatlari bor ekan.


Kontseptsiyani quyidagicha aniqlash jalb qilish va yaxshi his-tuyg’ularni keltirib chiqarish qobiliyatiXarizma e’tiborni jalb qilish va boshqa odamlar oldida yoqimli va hamdard bo’lish bilan birga, yaxshi rahbarning hal qiluvchi xususiyatidir. Xarizma bilan muloqot qilish va odamlarga chinakam qiziqish ko’rsatish orqali o’qitish mumkin. Xarizma xudbinlikning yo’qligi bilan bog’liq, insonni etakchi sifatida idrok etishda hal qiluvchi omil.


23.Buyuk mutafakkirlarning o‘quvchilarni tarbiyalashda ta’lim-tarbiya va muomalaning roli xaqidagi fikrlari

23.Buyuk mutafakkirlarning o’quvchilarni o’quvchilarni tarbiyalashda ta’lim tarbiya va muomalaning ro’li haqidagi fikrlari.


Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».


Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’I lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.

Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.


Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’I kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’I lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.


Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’I shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.

Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.


Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.


Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi kerak.


Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.


Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.

Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.


Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.

Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o’rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi.


Muxammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo’stlikni go’zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi.


Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish xayotda o’z o’rnini topib olishda g’oyat muximdir. Uning fikricha to’g’ri so’z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.
Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo’lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do’stlikni mehmondo’stlikni axloqiy go’zallikni ulug’ladi. Insonlarni ziyraklikka, to’g’ri so’zli bo’lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o’gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.

Berdimurod Berdaq Qaraqolpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarini olg’a suradi.


Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog’liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg’arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim.
Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqyei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o’z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.

Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.


Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.


24. Darsdan tashqari olib boriladigan tadbirlarning turlari va mazmuni


24.Darsdan tashqari olib boriladigan tadbirlarning turlari va mazmuni.


Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin

Taqvimda respublikamiz hududida oʻtkaziladigan ichki va хalqaro miqyosdagi tadbirlar roʻyхati va ularni oʻtkazish muddatlari koʻrsatiladi. Uning asosiy vazifasi sayyohlarni jalb etish va хalqaro turizm bozorida «Oʻzbekiston» brendini keng miqyosda targʻib qilishdan iborat boʻladi.


Taqvimga quyidagi tadbirlar kiritilishi mumkin:
Хalqaro konferensiyalar, seminarlar;
Хalqaro va milliy koʻrgazmalar hamda yarmarkalar;
Milliy cholgʻulardan iborat konsertlar;
Sport musobaqalari va tadbirlari;
Milliy hunarmandchilik yoʻnalishidagi tadbirlar;
Ommaviy teatr-tomosha va milliy oʻyinlar namoyishlari;
Turizm va madaniy meros ob’yektlaridagi tadbirlar va b.

25.Muomalaning individual xususiyatlari, turlari, darajalari


25. Muomalaning individual xususiyatlari,turlari va darajalari.


Muomalaning individual xususiyatlariga aniq ta’rif yoq manimcha bunaqa javob berse bo’ladi:


Muomalaning individual xususiyatlari har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasi, uning ijtimoiy hayotdagi o’rni, unda shakllangan shaxs sifatlariga bog’liq bo’ladi, yani har bir shaxsning muomalasi unda axloqiy, ma’naviy fazilatlarning qay darajada shakllanganligini ko’rsatib beruvchi omil hisoblanadi. Uning muomalasi qanchalik chiroyli va samimiy bo’lsa, biz bu shaxsni yetuk inson deb atay olamiz.
Muomala mohiyati jihatdan 2ta turga bo’linadi:
1. Rollararo muomala
2. Shaxslararo muomala.

Muomalaning 4 darajasi:


1.Faktik
2. Axborot
3. Munozaraviy
4. Oshkoralik
.
Download 77,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish