1. Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Tashqi siyosat]



Download 18,3 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi18,3 Kb.
#871232
Bog'liq
PQ-321 11.04.2006




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;

3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.06.00 Tashqi aloqalarni tashkil etishning boshqa masalalari]

[TSZ:

1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Tashqi siyosat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2006 YIL 28—30-MART KUNLARI BO‘LIB O‘TGAN O‘ZBEKISTON—KOREYA SAMMITI DAVOMIDA IMZOLANGAN BITIMLAR VA ERIShILGAN AHDLAShUVLARNI AMALGA OShIRISh BO‘YIChA BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi (2006-yil 28—30-mart) davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida erishilgan ahdlashuvlar keng miqyosda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Davlat tashrifi davomida imzolangan Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar Dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Koreyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hisobiga va bank-moliya hamkorligi doirasida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mazkur qarorning ilovalarida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar, mas’ul ijrochilar Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda ijro etilishini ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Koreya Respublikasining tegishli hukumat muassasalari bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani to‘laqonli amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruhlarni tashkil etsin, shuningdek Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri R.S. Azimov va Tashqi ishlar vaziri E.M. G‘aniyev zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-aprel,
PQ–321-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 15-son, 124-modda; 8-son, 471-modda; 40-son, 395-modda)

Download 18,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish