1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 164,67 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2022
Hajmi164,67 Kb.
#495928
1   2   3   4
Bog'liq
405 21.06.2017

reabilitatsiya — boshdan kechirilgan kasallikdan so‘ng qo‘llaniladigan, odam organizmining kasallik yoki jarohat tufayli buzilgan yoki to‘liq yo‘qotilgan normal ruhiy va fiziologik funksiyalari (ehtiyojlari)ni, uning mehnatga layoqatini eng yuqori darajada tiklash yoki o‘rnini bosishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmui.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalaridagi sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziya talabgorining xohishiga ko‘ra, umumiy (1-ilova) yoki tezlashtirilgan (1a-ilova) tartibda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan, xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ huzurida tashkil etilgan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda Tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash maxsus komissiyasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 15-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 09/19/15/2454-son)
5. Tibbiy xizmatlar maslahatlar, diagnostika, davolash va reabilitatsiya shaklida tegishli ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda ko‘rsatiladi.
Tibbiy faoliyat litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan tibbiy ixtisoslashuv shakllari nomenklaturasiga (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashuv shakllari deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar (keyingi o‘rinlarda kam talablar deb ataladi), shuningdek tibbiy asbob-uskunaning ma’nan eskirganligi darajasini aniqlovchi mezonlar tibbiy tashkilotning turidan kelib chiqib, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
6. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
8. Litsenziya talabgorlari litsenziya talablariga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishi lozim.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan tashkil etilgan davlat tibbiy unitar korxonalari va muassasalari, ularning tibbiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan taqdirda litsenziya olmasdan tibbiy faoliyat yuritishga haqlidir. Ushbu qoida sanab o‘tilgan tashkilotlarni litsenziya talablari va shartlarini (mutaxassislarning malakaviy toifasiga nisbatan litsenziya talablari bundan mustasno), shuningdek tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
10. Quyidagilar tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) quyidagilarning mavjudligi:
Oldingi tahrirga qarang.
bosh shifokorda — oliy tibbiy ma’lumot, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot;
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
statsionar turdagi nodavlat tibbiy tashkilotda operatsiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda operatsiya qiluvchi vrachda — kamida birinchi malakaviy toifa;
Oldingi tahrirga qarang.
ish staji besh yildan oshgan oliy tibbiy ma’lumotli shifokorda ixtisosligi bo‘yicha malaka toifa;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;
mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat;
xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi;
xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya talabgorida — talabgorga mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan, sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga mos bo‘lgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar;
litsenziya talabgorida — talabgorga mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan, tegishli metrologik me’yorlar va texnika xavfsizligi me’yorlariga mos bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika;
terapevtik yo‘nalish va diagnostika ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya bo‘limi;
xirurgiya yo‘nalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya bo‘yicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya bo‘limi;
tibbiy xodimda — sterilizatsiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat;
b) qonunchilikka qat’iyan rioya qilgan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirish, bunda quyidagilarga rioya qilish:
litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar bo‘yicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika ma’lumotlarini taqdim etish;
(10-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tug‘ruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga rioya qilish;
litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan o‘tgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish;
litsenziyalovchi organ tomonidan ruxsat berilgan dorivor, dezinfeksiya va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda FHDY organlari bilan tugilish va o‘lim to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
tibbiy faoliyatni qat’iyan litsenziyada ko‘rsatilgan doirada amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
statsionar davolash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari turistik yig‘im hisobini yuritishning yagona tizimiga ulanish;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
v) ushbu Nizomda belgilangan holatlarda, muddatda va miqdorda yig‘imlarni, davlat bojlarini to‘lash.
3-bob. Litsenziyani olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya olish uchun talabgor markazlarga yoki Yagona portal orqali elektron shaklda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan shaklga muvofiq litsenziya berilishi haqidagi arizani taqdim etadi va unda quyidagilarni ko‘rsatadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, joylashgan manzili (pochta manzili) va tibbiy faoliyatni amalga oshirish manzili, elektron pochtasi, bank rekvizitlari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
tibbiy tashkilotning turi va yuridik shaxs ko‘rsatmoqchi bo‘lgan ixtisoslashuvlar shakllari va ko‘rsatilgan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni, shu jumladan boshqa identifikatorli qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga hamda idoralararo axborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
13. Litsenziya beruvchi organ litsenziya berish uchun zarur bo‘lgan, boshqa vakolatli organlarning ixtiyorida bo‘lgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda, belgilangan tartibda, shu jumladan elektron shaklda oladi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya talabgori litsenziya berish haqidagi arizani mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markazga shaxsan topshiradi yoki Yagona portal orqali yetkazadi. Litsenziya berish haqidagi arizani mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni ilova qilgan holda elektron shaklda Yagona portal orqali yetkazishda ariza litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya talabgori arizada topshirilgan arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani olish shaklini ko‘rsatadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziyalarni berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, ular bo‘yicha xulosalarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nodavlat tashkilotlari tibbiy faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgori tomonidan Yagona portal orqali taqdim etilgan, kerakli ma’lumotlar ko‘rsatilgan ariza ishchi organning mas’ul xodimi tomonidan qabul qilinadi va uning olinganligi xabar qilinadi, shuningdek avtomatik tarzda Yagona portalda ro‘yxatga olinadi va takrorlanmaydigan ro‘yxatga olish raqami beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori tomonidan markaz orqali zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgani holda ariza berilganda, “yagona darcha” markazi xodimi ushbu arizani qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya beruvchi organga yuboradi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
15. Litsenziya talabgori ishonchli bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgani uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.
4-bob. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya berish haqidagi arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish uchun litsenziya talabgoridan ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Arizani tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun ushbu xatboshida nazarda tutilgan yig‘imdan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziya olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tezlashtirilgan tartibda litsenziya berish bo‘yicha ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan bosh tortgan taqdirda, to‘langan yigim summasi qaytarilmaydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgor arizasi olingandan so‘ng umumiy tartib bo‘yicha yigirma kundan oshmaydigan muddatda, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha esa besh ish kunidan oshmaydigan muddatda, uning berilishi shaklidan qat’i nazar, zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda qabul qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng litsenziya talabgori arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqida litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega bo‘ladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati hamda litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bunda litsenziya talabgori litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qaroriga asosan xatboshlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
19. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur ma’lumotlar bilan birga berilgan kunda ishchi organga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlarning belgilangan litsenziya talablari va shartlariga mosligini aniqlash uchun ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga muvofiqligi haqidagi xulosani olish uchun Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tegishli hududiy bo‘limiga uni yo‘llashi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy bo‘limi umumiy tartib bo‘yicha bir hafta davomida, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha esa 3 ish kuni davomida ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib, o‘rganish xulosalari asosida tuzilgan xonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi xulosasini taqdim etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ishchi organ eksperti xonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi xulosa olingandan so‘ng joyiga borgan holda umumiy tartib bo‘yicha bir hafta muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turini yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti filialini litsenziyalashda uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkaziladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tezlashtirilgan tartibdagi murojaat qabul qilingan kundan boshlab, 4 ish kuni davomida litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ekspertiza ishchi organ eksperti tomonidan joyiga borgan holda o‘tkaziladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ekspertiza litsenziyalovchi organning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ekspertizani amalga oshirishda ekspert xulosasini asoslash uchun zarur hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga haqli.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra ekspert tomonidan litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert xulosasi tuziladi.
Tegishli xulosalarni tayyorlash uchun litsenziyalovchi organ shartnomaviy asosda qo‘shimcha ekspertlarni jalb etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organning litsenziya berish, muassasa turini o‘zgartirish (ambulator yoki statsionar), filial ochish, litsenziyaga yangi tibbiy ixtisosliklarni qo‘shish, tibbiy xizmat hajmini o‘zgartirish (konservativ yoki operativ) yoki uni berishni rad etish haqidagi qarori umumiy tartib bo‘yicha uch kun muddatda, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha bir ish kuni davomida tasdiqlanadi va litsenziya berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(22-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ umumiy tartib bo‘yicha ikki kun muddatda, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha esa litsenziya berish, muassasa turini o‘zgartirish (ambulator yoki statsionar), filial ochish, litsenziyaga yangi tibbiy ixtisosliklarni qo‘shish, tibbiy xizmat hajmini o‘zgartirish (konservativ yoki operativ) haqida qaror qabul qilingan kunning o‘zida litsenziya talabgorini u o‘z arizasida ko‘rsatgan shaklda, bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
(22-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muassasa turi o‘zgarganda (ambulator yoki statsionar), filial ochilganda, litsenziyaga yangi tibbiy ixtisosliklar qo‘shilganda, tibbiy xizmat hajmi o‘zgarganda (konservativ yoki operativ) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar mavjud litsenziyaga kiritiladi, bunda litsenziyaning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
23. Litsenziya litsenziya talabgori davlat boji to‘laganligi haqidagi hujjat yoki to‘langanligining elektron tasdig‘ini taqdim etgan kunda beriladi.
24. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi to‘xtatilgan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.
25. Litsenziat litsenziya berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy muddatda litsenziya berilishi uchun davlat bojini to‘lamagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish haqida qaror qabul qilishga haqli.
26. O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha litsenziya berish rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya beruvchi organning litsenziya berishni rad etish, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
27. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga u arizada ko‘rsatgan shaklda yo‘llanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan takroran ko‘rib chiqilishi litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga taqdim etilgandan so‘ng umumiy tartibda ko‘rib chiqib rad etilgan arizalar bo‘yicha o‘n kundan, tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqib rad etilgan arizalar bo‘yicha to‘rt ish kunidan oshmasligi kerak.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Bunda takroran berilgan ariza ishchi organga ko‘rib chiqish uchun ular qabul qilingan kunda beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar va takroriy ekspertiza xulosalari bo‘yicha litsenziyalovchi organning litsenziyani berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi protokoli tuziladi.
Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im undirilmaydi.
Talabgorning arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi avvalgi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
28. Tibbiy faoliyatning amalga oshirilish joyi, tashkilot turi, ixtisoslashuv turi o‘zgargan yoki filiali ochilgan taqdirda litsenziat litsenziya olish uchun qayta ariza berishi shart. Bunda yangi litsenziya olingungacha litsenziat avval berilgan litsenziya asosida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi, joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat va uning huquqiy vorisi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga markazlar yoki Yagona portal orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi, unga tegishli ma’lumotlarni va amaldagi litsenziyaning asl nusxasini ilova qilishi shart.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziatlar — yuridik shaxslar birlashgan, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanaga ko‘ra yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs tashkil qilib, aynan o‘sha faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan taqdirda, litsenziyaning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyalovchi organ qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning hisobini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim orqali ko‘rsatilgan ma’lumotlarning tasdig‘ini oladi.
Faoliyatning bir qismi (qismlari) bo‘yicha litsenziyaning amal qilish muddati tugagan taqdirda litsenziya qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgungacha litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyat turi bilan avval berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ elektron shaklda shakllantiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziatga litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha ariza olingani haqida xabarnoma yo‘llangandan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan so‘ng umumiy tartib bo‘yicha besh kun mobaynida, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha esa bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyani umumiy tartibda qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyat Yagona portal orqali murojaat etganda ushbu bandda ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Litsenziyani tezlashtirilgan tartibda qayta rasmiylashtirishda ushbu xatboshida nazarda tutilgan yig‘imdan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda, yig‘im summasining:
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
(30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilinganda umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi, arizalarni ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(30-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Litsenziat arizadan voz kechgan taqdirda, to‘langan summa qaytarilmaydi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda davlat boji undirilmaydi.
Tezlashtirilgan tartib bo‘yicha litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqidagi ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy avval berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziya yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, uning dublikati beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat markazlarga yoki Yagona portal orqali ariza va litsenziyaning yo‘qolganligini tasdiqlovchi hujjat bilan, shuningdek, litsenziyani olish uchun nazarda tutiladigan yig‘imning yarmini to‘lagan holda umumiy tartibda yoki ushbu xatboshida nazarda tutilgan to‘lovdan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lagan holda tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun murojaat qiladi. Litsenziat Yagona portal orqali murojaat etganda ushbu bandda ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yig‘im summasining:
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamga o‘tkaziladi;
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, arizalarni ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
Tezlashtirilgan tartib bo‘yicha litsenziya dublikatini olish haqidagi ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
33. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marta (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish;
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlarni o‘tkazishda paydo bo‘ladigan savollar bo‘yicha litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari bo‘yicha dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish va unda litsenziat tomonidan yo‘l qo‘yilgan muayyan litsenziya talablari va shartlari buzilishini ko‘rsatish;
bajarilishi shart bo‘lgan, litsenziat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmalarni qabul qilish, bunday buzilishlarni tuzatish uchun yetarli bo‘lgan muddatni belgilash;
qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish hamda litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan litsenziya olmasdan tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish va/yoki litsenziyada nazarda tutilmagan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda choralar ko‘rish uchun ularga oid materialarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.
34. Litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazish paytida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
35. Litsenziyalovchi organ, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi yo‘llar bilan monitoring olib borishi mumkin:
fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda qabul qilish va o‘rganish;
litsenziatlardan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni, axborotlarni va yozma tushuntirishlarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida va sog‘liqni saqlash boshqarmalari hududiy organlarida o‘rnatilgan “ishonch telefonlari” orqali ma’lumotlar olish;
nazorat qiluvchi boshqa organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha kelib tushayotgan ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish;
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirilayotgan litsenziyaviy faoliyatning holati va shartlari bilan joyida tanishish.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
36. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida to‘xtatiladi (tugatiladi) (amaldagi boshqa tibbiy ixtisosliklar faoliyatini ta’minlovchi ixtisoslik turlaridan tashqari) va litsenziya amaldagi boshqa tibbiy ixtisoslik turlari qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi;
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Amal qilishi to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan, bekor qilingan litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.
37. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga ariza berilishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi qaror asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar hisoblanadi.
8-bob. Litsenziyalar reyestri
38. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
39. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, shu jumladan, tashkilotning nomi va indentifikatsiya raqami, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) tibbiy faoliyatning litsenziyalanayotgan yo‘nalishi (uning qismi) amalga oshiriladigan manzil, ish joyi telefoni, faks;
v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyaning amal qilishi muddati;
d) tibbiy ixtisoslashuvning litsenziyalanayotgan turi;
e) litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi, uning amal qilish muddatining uzaytirilishi va tiklanishi;
j) litsenziyaning amal qilish muddatini to‘xtatish asoslari va sanasi;
z) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
9-bob. Litsenziya berilishi uchun undiriladigan davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
40. Tibbiy faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji to‘lanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. To‘lanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
(41-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)
11,25 foizi — litsenziya beruvchi organ hisobi raqamiga o‘tkaziladi;
22,5 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi;
b) Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
20 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi;
qolgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
10-bob. Yakunlovchi qoida
42. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani umumiy tartibda berish
SXEMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani tezlashtirilgan tartibda berish

Download 164,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish