1-топшириқ. Мавзу бўйича саволларга жавоб беринг



Download 23,7 Kb.
bet2/2
Sana26.05.2022
Hajmi23,7 Kb.
#609719
1   2
Bog'liq
1-seminar1- topwiriq

Tilshonoslik yoki lingvistika tillarnioʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. 
5. 18-asrda Germaniyada filolog I.I. Vinkelmanning "neogumanizm" (yangi gumanizm) nazariyasi paydo boʻlishi sababli F.ning yangi davri boshlanadi. Antik dunyoning yaxlit, bir butun obrazi haqidagi masala Uygʻonish davridagidek, hatto yanada koʻproq ilmiy talabchanlik bilan oʻrtaga tashlanadi. Nemis filologi F. A. Volf "F." terminini qadimiyat, antik dunyo haqidagi fanning nomi sifatida amalga kiritadi. Bu davrda F. juda keng maʼnoda tushunilib, nafaqat muayyan xalq tili va adabiyotini, balki tarixi, falsafasi, sanʼati va hatto moddiy madaniyatini oʻrganishni ham oʻz ichiga olgan. F.ning qad. madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi, yunon va rimlik mualliflar asarlarini sharhlovchi boʻlimi keyinchalik "klassik F." deb atalgan. 19-asrda F.ning boshqa fanlardan ajralish jarayoni kuchaygan edi. Nemis filologlari G. Uzener, E. Rode, U. fon VilamovitsMyollendorf va boshqalarning faoliyati natijasida qad. dunyo tarixi mustaqil fan tarmogʻi sifatida F.dan ajralib chiqadi; ayni shu davrda romantizm va boshqa goyaviy oqimlarning taʼsiri ostida "klassik F." bilan bir katorda "yangi F." ham vujudga keldi: germanshunoslik (akauka Ya. va V. Grimmlar), slavyanshunoslik (A. Vostokov, V. Ganka), sharqshunoslik kabi. Shu bilan birga akauka Grimmlar, F.Dits, I. Dobrovskiy, A. Vostokov va boshqa filologlar tillarni oʻrganishning qiyosiytarixiy metodini ishlab chikdilar. 18—19-asrlarda F.ning bir tarmogʻi sifatida turkiyshunoslik fani paydo boʻldi.
F.ning yukrridagidek maxsus boʻlimlari yuzaga kelgan va qiyosiytarixiy metod qoʻllana boshlagan davrda F. tushunchasi torayib, tilshunoslikka tenglashib krlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida F. tushunchasi xiyla oydinlashadi va u tillar va adabiyotlarni urganishni qamrab oladi; matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya kabi fanlar F.ning yordamchi sohalari sifatida paydo boʻladi, ayniqsa, matnshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi qad. qoʻlyozmalarni, mumtoz shoirlarning (mas, Yusuf Xos Hojib, Atoiy, Navoiy, Bobur; Pushkin, Lermontov va boshqalar) asarlarini nashr etishda muhim rol oʻynadi. F.ni tashkil etuvchi tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari, oʻz navbatida, maxsus sohalarga tarmoklanadi: umumiy tilshunoslik, til tarixi, hozirgi tillarni oʻrganish; adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid va boshqa F. doirasiga folklorshunoslik ham taalluqlidir, chunki folklor ham soʻz sanʼati hisoblanadi.
Hozirgi F. til va adabiyotni oʻrganishning yangiyangi muammolarini oʻrtaga tashlab, yangiyangi metodlarni ishlab chiqmoqda; ijtimoiy hayotning barcha davrlariga xos yozma manbalar bilan uzviy bogʻlangan holda rivojlanmokda; filologik tadqiqotlar mavjud manbalarga chuqur ilmiy va tanqidiy nuqtai nazardan yondashgan holda olib borilmokda. Bir paytlar yagona, yaxlit fan hisoblangan F. bagʻridan ajralib chiqib, mustaqil fanlarga aylangan tarix, falsafa, sanʼatshunoslik, madaniyat tarixi kabi soxlarning vazifalari bilan oʻz vazifalarini chegaralab olish, shu bilan birga, ular bilan ijodiy hamkorlik qilish hozirgi F.ning eng muhim oʻziga xos xususiyatidir.
Oʻzbek F.sining asoslari M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy davriga va asarlariga borib taqalsa ham, ayerlar mobaynida oʻziga xos tarzda rivojlanib kelgagʻ! boʻlsa ham, hozirgi maʼnodagi oʻzbek F.si 20-asr boshlaridan shakllana boshladi: oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi, manbashunosligi va matnshunosligi F. fanining tarmoklari sifatida taraqkiy etdi. Hozirgi oʻzbek F.si jahon F. fanining tarkibiy qismi sifatida har tomonlama rivojlanmokda. Oʻzbek F.si taraqqiyotiga M. Behbudiy, Fitrat, Choʻlpon, Avloniy, Elbek, Gʻozi Olim Yunusov, A. Zohiriy, Otajon Hoshim, Hodi Zaripov, S. Ibrohimov, P. Shamsiyev, Sh. Xurshid, Olim Sharafiddinov, S. Mutallibov, Izzat Sulton, O. Usmonov, S. Usmonov, U. Tursunov, F. Kamol, V. Abdullayev, V. Zohidov, Gʻ. Karimov, F. Abdullayev, A. Gʻulomov, H. Sulaymonovlar, rus olimlaridan Ye. Polivanov, K. Yudaxin, A. Borovkov, V. Reshetov, A. Kononov, A. Shcherbak va boshqalarning munosib xissalari bor. Shuningdek, Sh. Shoabdurahmonov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hayitmetov, A. Qayumov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, M. Asqarova, HI. Rahmatullayev, A. Hojiyev, A. Abdugʻafurov, B. Valixoʻjayev, N. Karimov, T. Mirzayev, B. Nazarov, E. Fozilov, E. Begmatov, H. Neʼmatov, A. Nurmonov, N. Maxmudov va boshqa hozirgi kundagi oʻzbek F.sini rivojlantirishda uz ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etib kelmokdalar.
Download 23,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish