1-topshiriq. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Download 35 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi35 Kb.
#535672
Bog'liq
Tapsırma1. Qulımbetov Arıslanbek

1-topshiriq. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.


Organizm va muhit. Nerv tizimining fiziologiyasi va oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari
Tushunchalarindizni yozing

O‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh davrlar
ta`rifini keltiring



0 ‘sish va rivojlanish tushunchalari. O 'sish va rivojlanish jaravonlari tirik materivaning umumbiologik xususiyatlari hisoblanadi. Tuxum hujayrasining urug'lanishidan boshlanadigan odamning o'sish va rivojlanishi. uning butun umri davomida kechadigan uzluksiz bajaraluvchi jarayon namoy on qiladi. Rivojlanish jarayoni poygasimon holatda kechib. uning hayotini bosqichlari yoki davrlari orasidagi farqlar faqatgina miqdoriy jihatdangina emas. balki sifatiy jihatdan ham o'zgarishlarga olib boradi.

Rivojlanish deganda. tom m a'noda odam organizmida kuzatiladigan. uning barcha tizimlarining tashkillanish darajalarini murakkablashishini oshishini chaqiruvchi miqdoriy va sifatiy o'zgarish jaravonlari tushuniladi. Rivojlanish o'z ichiga uchta asosiy omilni qamrab oladi: o'sish a'zo va to'qimalarning tabaqalanishi. shakllanish (organizmga xos va monand boigan shaklni oiishi). Ushbu omillar bir-biri bilan uzviy bogiiq va bir-birini toidirib turadi.


Bolaning organizmi tinimsiz o'sadi va rivojlanadi. Ontogenez jarayonida maxsus anatomik va funksional xususiyatlar yuzaga keladi va ular yoshga oid yoki xos bo'lgan o'zgarishlar deb ataladi. Shunga mos holda, odamning hayot sikli davrlarga yoki bosqichlarga bo'linishi mumkin. Bu davrlar orasida aniq bir chegara yo'q va


ular jiddiy darajada shartlidir

Hozirgi zamon fanida o'sish va rivojlanish davrlari hamda ularni yosh chegaralarining umumiy holda qabul qilingan klassifikatsiyasi yo'q. Shu sababli u yoki bu omillar tomonidan tavsiya qilingan o'sish va rivojlanishning davrlarga bo’linish tartibi haqida munozarali fikrlarga farqli o'laroq RFAning bolalar va o'sm irlar


fiziologivasi instituti tomonidan yoshga oid davrlashlarni quyidagi bo'linishini taklif qilgan va bu taklif qilingan bosqichlar deyarli barcha hamdo'stlik mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilmoqda.


1. Yangi tug'ilgan - 1-10 kunlik.
2. C haqaloqlik- 10 kundan 1 yoshgacha: yilgacha.
3. Bolalikning oldi - 1-3- yillar.
4. Birinchi bolalik - 4-7- yillar.
5. Ikkinchi bolalik - 8-12- yil o 'g 'il bolalar va 8-11- yil qiz bolalar uchun.
6. O'smirlik yoshi - 13-16- yil o’g'il bolalar va 12-15- yil qiz bolalar uchun.
7. Yoshlik davri - 17-21- yil yigitlar. 16-20- yil qizlar.
8. Balog'at yoshi. I davri 22-35 yil erkaklar. 22-35 yil ayollar.
9. Balog'at yoshi. II davri 36-60 yil erkaklar: 36-55 yil ayollar uchun
10. Yoshi o ig an - 61-74 vil erkaklar, 56-74 yil ayollar.
11. Qarilik davri - 75-90 Vil.
12. Uzoq umr ko'ruvchilar - 90 yil va undan yuqori

Irsiyat haqida tushunchalaringizni yozing



Embrionning rivojlanish bosqichlari orasida eng jarohatlovchi bosqich bo'lib, uning ona organizmi bilan bog'lanishining shakllanish davri hisoblanadi (implantasiya bosqichi va yoidoshning shakllanish bosqichi).
Elomilaning rivoj lanishldagi eng kritik va dastlabki noqulay davr bo'lib tuxum hujayra otalanganidan keyingi birinchi va ikkinchi haftaning boshlanish vaqti hisoblanadi.



Nerv tizimining umumiy tuzilishi



Asab tizimi funksional holati va tuzilishiga qarab periferik va markaziy asab tizimlariga farqlanadi. Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyalardan tashkil topgan. Bosh miya, miya qutisi ichida joylashgan bo'lsa, orqa miya esa umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan. Bosh va orqa miyalar ko'ndalangiga kesilganda ancha qoramtir rang ko'k moddasi va ancha yorug' oqimtir rang - oq moddalari ko'rinib turadi. K o‘k moddasi nerv hujayralarining tanalari bilan hosil boigan bo Isa, oq moddasi miyelin po'stlog'i bilan qoplangan nerv tolalarining yig'ilishidan hosil bo'ladi.
Asab tizimining periferik qismi bosh va orqa miyadan tashqariga chiqib gavdaning turli a'zolariga yo'nalgan nerv tolalari bog'idan iborat bo'ladi. Ularga nerv tugunlari yoki gangliyalar bosh va orqa miyadan tashqaridagi nerv hujayralarining boglari ham kiradi.
Asab tizimi yaxlit holatda faoliyat ko'rsatadigan neyronlar - asab tizimining funksional va tuziiish birligi hisoblanadi. Neyron- u murakkab tuzilishga ega yuqori darajada tabaqalashgan asab hujayrasi bo iib , qo'zg'alishni qabul qiladi, qayta ishlab ularni gavdaning turli a’zolariga o'tkazadi. Neyronlar funksiyasining murakkabligi uning tuziiish xususiyatlari bilan ta'minlanadi. Unda tana, bitta uzun kam tarmoqlanuvchi o'sim ta akson va bir necha katta tarmoqlanuvchi o'simtalar - deadritlarga farqlanadi.
Akson o'zining bir necha santimetrdan 1-1,5 m gacha boigan uzunligi bilan ajralib turadi. Aksonning oxirgi uchi katta miqdordagi o'simtalarga shoxlanadi va qaysiki bitta akson yuzlab hujayralar bilan bog'lanishi mumkin.
Dendritlar - kalta, kuchli shoxlanuvchi o'simtalardir. Bitta hujayrada 1 dan 1000 tagacha dendritlar mavjud. Asab tizimining turli qismlarida neyronlarning tanasi turli olcham larda boiadi (uning diametri 4 dan 130 mk gacha) va shakli ham har xil (vulduzsimon, doirasimon. ko'pburchakli) boiishi mumkin.

Oliy nerv faoliyati tiplari haqida

Oliy asab faoliyati haqidagi tushuncha. Shartli reflektor faoliyatlar asab tizim ining shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq.
Asab tizim ining shaxsiy xossalari individning irsiy xususiyatlari va uning hayotiy tajribasi bilan ta’minlanadi. Ushbu xossalarning yigindisi oliy asab faoliyatining tipi deb ataladi.
Asab jaravonining xossalari I. P. Pavlov o'zining ko'p yillar mobaynida hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo'lish xususiyatlari va ularning kechishini o'rganish natijasida oliy faoliyatining

4-ta tipini ajratdi. U kishi tiplarni farqlashni uchta asosiy belgilariga qarab bajarishni taklif qildi: 1) qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari kuchiga qarab; 2) o'zaro muvozanatlashishiga, va'ni qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari kuchi nisbatiga qarab; 3) qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari harakatchanligiga, ya’ni, aksincha. qo'zg'alishni tormozlanishga aylanish tezligiga qarab.


Oliy asab faoliyati tiplarining klassifikatsiyasi I. A. Pavlov ana shu uchta asosiy xossalarning namoyon boiishi asosida quyidagilarni farqlashni taklif qildi:
1) kuchli tip, lekin m u vo zanat I ash m agan qo'zg'alish tormozlanishdan ustun («jonsarak tip»);
2) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jarayonlari tez harakatchan («harakatchantip»);
3) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jarayonlari kam harakatchan («tinch», kam harakatchan, inert tip);
4) zaif-kuchsiz tip, asab hujayralari ish faoliyatining yo'qolishiga olib keluvchi tez charchashi bilan xarakterlanuvchi tip.
I. P. Pavlovning o'qtirishicha. hayvonlarda topilgan oliy asab faoliyatining asosiy tiplari eramizdan oldingi IV asrda yashagan yunon hakami Gippokrat tomonidan aniqlangan odamlarning to'rt temperamenti - mijoziga to’g'ri keladi. Kuchsiz tip melanxolik mijozga. kuchli muvozanatlashmagan tip xolerik mijozga; kuchli
muvozanatlashgan harakatchan tip sangvinik mijozga; kuchli muvozanatlashgan. asab jarayonlari zaif harakatchan flegmatik mijozga to'g'ri keladi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, odamlarning bosh miyasi katta yarimsharlari ijtimoiy jonzot singari hayvonlarnikiga nisbatan ancha takomillashgan sintetik faoliyat xususiyatiga ega. Odamlarga, nutq funksiyasiga ega bo'lgan sifat jihatidan maxsus asab faoliyati xosdir.
1. P. Pavlov odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo'lgan o'zaro aloqasi, muvozanatlashganligi bilan bir-biriga bog'liq bo'lgan signallar tizimi bilan bir qatorda oliy asab faoliyatining maxsus odamlarga xos tiplarini ajratdi.
1. Badiiv tip. Birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimidan ustun boiishi bilan xarakterlanadi. Bu tipga voqelikni to'g'ridan to 'g 'ri qabul qiladigan. undan keng sezgilar tarzida foydalanadigan odamlar kiradi.
2. Tafakkur tipi. Bu tipga kiruvchi odamlarda ikkinchi signal tizimi ustunlik qiladi. «mutafakkirlar» doimo abstrakt fikrlash qobiliyati bilan ajralib turadi.
3. Juda ko'pchilik odamlar. har ikkala signal tizimining faoliyati muvozanatlashgan o'rta-oraliq tipga kiradi. Bu tipga kiruvchi odamlar ko'rgan narsalarini, eshitgan hodisa va jarayonlar haqida o'z fikrlarini to'liq va ajoyib tarzda tahlil qilish va xulosa chiqarish qobilivatiga ega.



Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish