1. Toshkent vohasining joylashgan o’rni, iqlimi va tabiati. Toshkent vohasining insonlar tomonidan o’zlashtirilishi va ularning mashg’ulotlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana31.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#420337
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu ma'ruzasi Tosh.vil.tarixi

Xo’jakent
– Toshkent sharining shimoli–sharqida 70 km masofada joylashgan 
qadimiy manzilgoh hisonlanadi. Suratlar aks ettirilgan qoyatosh Chirchiq 
daryosining chap sohilida, Chotqol nizmasining g‟arbiy yonbag‟rida joylashgan. 
Shu joydan Chirchiq daryosining vodiysi boshlanadi. Qoyatoshning yonida buloq 
oqib chiqqan. Mazkur buloq hozirgi kungacha muqaddas hisonlanadi.
Xo‟jakentdagi suratlarning balandligi 12,5 metrni, uzunligi 18 metr keladigan 
tik ohaktosh qoyasiga o‟yib chizilgan. Qoyatosh yuzasi shimoli–g‟arbga Chirchiq 
daryosi tomonga qaragan. Suratlarning aksariyati qoyatoshning pastki qismida, 
inson bo‟yi yetadigan balandlikda joylashgan. Qoyatosh yuzasi turli omillar 
ta‟sirida ancha yemirilgan. Dastlab qoyatosh yuzasiga ko‟plab surat va belgilar aks 
ettirilgan. Bir–biriga juda yaqin joylashgan suratlar bir–birining ustiga chiqib 
ketgan. Bundan tashqari qoyatoshda aniq ko‟rinib turgan suratlar bilan birgalikda 
bilinar–bilinmas bo‟lib ketgan suratlar ham uchraydi. Bundan olimlar ushbu 
qoyatosh suratlari turli davrlarda chizilgan degan xulosaga kelishgan. Bu yerda 
asosan turli hayvonlarning noaniq tasvirlarini uchratish mumkin. Xojakentdagi 
suratlar konturli, siluetli, chiziq–chizmali shaklda aks ettirilgan. Qoyatoshlarda 
odam qiyofasi aks ettirilgan suratlar ham ko‟zga tashlanaadi.
Xo‟jakent qoyatosh suratlari petrogliflar asosan bir xil uslubda yaratilgan. 
Dastlab odam va hayvon gavdasining sirtqi qismi belgilab olingan, so‟ng to‟liq 
o‟yib chiqilgan. Suratlarning aksariyat qismi tosh qurollar, kamroq qismi metal 
qurollar bilan chizilgan. Suratlarning aksariyatining yuzalari silliq.
Qadimgi ajdodlarimiz hayotining ko‟p sohalarini qamrab olgan Xo‟jakent 
petrogliflari birinchi navbatda, mavzu rang–barangligi bilan e‟tiborni tortadi. 
Ko‟pgina suratlar yuksak badiiy mahorat bilan ishlanganligi bilan diqqatga 
sazovordir.
Mazkur moddiy madaniyat yodgorligi tarixiy davr doirasining kengligi bilan 
G‟arbiy Tyanshan tog‟laridan topilgan petrogliflardan ajralib turadi. Uning eng 
qadimiy qatlami eneolotik xususiyat kasb etib, mil.avv. IV–III asrlarning birinchi 
yarmiga oid hisoblanadi. Xo‟jakentdan topilgan ayrim qoyatosh suratlari bronza 
(mil.avv.II asr) davriga, aksariyat suratlar esa sak-skiflar (mil.avv. I asr) davriga 
tegishlidir. Keyingi davrlarda, xususan, qadimgi turkiylar davrida yoki o‟rta 
asrlarda chizilgan suratlar qadimgi davrda chizilgan ayrim suratlar ustiga tushib 
qolgan bo‟lishi ham mumkin.
Arxeolog A.Kabirov tomonidan Chotqol tizma tog‟lari hududida o‟ziga 
xosligi bilan ajralib turadigan bir nechta qadimiy qoyatosh suratlari majmualari 
topilgan. Ana shunday topilmalardan biri Boshqizilsoydan topilgan petrogliflardir. 
Ular Chotqol tizmasining g‟arbiy yonbag‟rida, Parkentdan 25–30 km masofada 
joylashgan Nevich qishlog‟i yaqinida Boshqizilsoyning o‟ng sohilida joylashgan.


Bu yerda petrogliflar tik, yonlama va egik shakldagi qoyatoshlarning silliq 
yuzasiga o‟yib chizilgan. Ular mavzu, ijro uslubi va suratlarning hajmi jihatidan
g‟oyat rang-barangdir. Ular orasida qurbonlik keltirish va boshqa rasm-rusumlar
aks ettirilgan sahnalar keng tarqalgan. Bu yerdagi suratlarda samoviy timsollar 
ham qayd etilgan. Yakka va ko‟pchilik bo‟lib ov qilish, hayvonlarni haydash, 
qoplonlarning tog‟ echkisiga hamlasi, raqs sahnalari ham uchrab turadi. Ayniqsa, 
yirtqich hayvonlarning juda jozibali aks ettirilgani diqqatni tortadi. 
Xo‟jakentda topilgan qoyatosh suratlarni o‟rganish ularning aksariyati 
astoydil bajarilgani va aniq-tiniq aks ettirilganini ko‟rsatadi. Bunday suratlar ikki 
asbob (biri toshga o‟yilgan, ikkinchisi bilan zarb berilgan) yordamida yaratilgan 
bo‟lsa kerak. Boshqasi-nisbatan dag‟al suratlar bitta uskuna yordamida o‟yib 
chizilgan. Bir-biridan shakli va katta-kichikligi bilan ajralib turgan har bir 
uskunani yaqqol farqlash mumkin.
Petrogliflar tahlili alohida suratlarda ham, suratlar guruhida ham izlarning 
siljiganidan dalolat beradi. Xususan, Boshqizilsoydagi uskunalardan qolgan 
izlarning bir xili deyarli uchramaydi. Bu hol uskuna shakli va berilayotgan zarba 
kuchi bilan izohlansa kerak. Ko‟pgina suratlarda hajmi kichkina, aylana, to‟pcha 
va egri-bugri shakldagi izlar ko‟zga tashlanadi. Va aksincha, yirik, chuqur va 
uzunchoq shakldagi izlar kam uchraydi. Bularning barchasi suratlarni chizish 
uchun metalldan yasalgan uskunalar qo‟llanganini tasdiqlaydi. Ushbu suratlar 
xronologik jihatdan miloddan avvalgi VII- II asrlar oralig‟ida yaratilgan. Ular bilan 
yonma-yon va yaqin atrofida turli davrlarga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. 
O.M.Rostovtsev tomonidan Chotqol tizmasining janubiy–sharqiy yon 
bag‟rida, Ohangaron daryosi vodiysida ham bir necha petrogliflar manzili topilgan. 
Ushbu suratlar 1966-1967 yillarda J.Kabirov hamda M.M.Xo‟janazarov tomonidan 
o‟rganilgan. Suratlar qoyatoshlarning qulay silliq yuzasiga chizilgan bo‟lib, 
asosan, suv manbalari – soy va buloqlar atrofida jamlangan. Petrogliflar bir-biriga 
nisbatan yaqin joylashgan to‟rt nuqtada- Zag‟daksoy, Jartoshsoy, Urayliksoy va 
Tutlisoyda topilgan. Ularning barchasida echkilar, tuyalar, itlar, otlar, yirtqichlar 
va odamlar galasi aks ettirilgan suratlar asosiy o‟rin egallaydi. Ayrimlarida arab 
alifbosida bitilgan etnografik yozuvlar ko‟zga tashlanadi. Suratlarning aksariyati 
yaxshi saqlangan, biroq ayrimlari yemirilgani uchun aniq baholash imkonini 
bermaydi. Suratlar tabiiy hodisalar ta‟sirida silliqlangan qoyatoshlar yuzasiga 
siluet, kontur va chiziq-chizma shaklida bajarilgan. Ohangaron daryosi vodiysidagi 
petrogliflar chizilish uslubi bilan bir- biridan farqlanmaydi. Barcha suratlar 
o‟yadigan asboblar yordamida chizilgan, ularning shakli, qo‟llangan asboblardan 
qolgan izlar deyarli bir xil. Ohangarondagi qoyatosh suratlar milodiy birinchi asrga 
taalluqli ekanligi aniqlangan. 


1974-yili Piskom arxeologik otryadi nomonidan Chuqursoy va Qoraqiyasoy 
daryolari hamda Kul degan joyda ham qoyatosh suratlar topilgan.
Keyingi o‟n yilliklar mobaynida amalga oshirilgan izlanishlar jarayonida 
ushbu hududning bir qator manzillarida mavzu boyligi, syujetlarning o‟ziga xosligi 
va yuksak badiiy jihatlari bilan ajralib turgan qadimiy qoyatosh suratlar kashf 
qilingan. Ular dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi xushmanzara darada 
joylashgan. Bu yerda tim qora qumloq toshlar va granitning silliq yuzasida 
odamlar, tog‟ echkilari, tog‟ qo‟ylari (arxarlar), ho‟kizlar, tuyalar, otlar, itlar, 
yirtqich hayvonlar, ilonlar va turli belgilar aks ettirilgan suratlar topilgan. 
Suratlardagi guruhiy sahnalar yanada rang- barangdir. Mohiyatiga ko‟ra, ularni 
ikki guruhga ajratish mumkin. Oddiy kompozitsiyali suratlarda tuya va otlarni 
yetaklab borayotgan odamlar, chavondozlar, kamonchilar aks ettirilgan. Murakkab 
kompozitsiyali suratlarda ov jarayoni, karvon, aravalar yurishi, raqs va hakoza 
sahnalarni ko‟rish mumkin. Bu suratlarda xo‟jalik-maishiy turmush va marosimlar 
bilan bog‟liq sahnalar ham ko‟p uchraydi. Ushbu suratlar o‟zida mazkur tog‟larga 
xos bo‟lgan hayvonot dunyosi deyarli to‟liq aks ettirilgani bilan diqqatni tortadi. 
Qiziq jihati shundaki, bu yerda asosan Osiyo va Yevropaning baland tog‟li 
hududlariga xos bo‟lgan yulduzlarga oid timsollar ham ko‟p uchraydi.
Qoraqiyasoydagi hajm jihatidan nisbatan kichikroq qoyatoshlarda Sarmishsoy 
va O‟zbekistonning boshqa hududlarida uchraydigan petrogliflarga o‟xshash 
qoyatosh suratlar topilgan. Betartib joylashgan suratlar ba‟zan bir-birining ustiga 
chiqib ketgan. Bu yerdagi qoyatosh suratlar turli shakldagi uskunalar bilan 
chizilgani ular turli uslubda yaratilganidan dalolat beradi. Mayda nuqtali o‟yib 
chizish uslubidagi suratlar katta nuqtali tasvirlarga qaraganda astoydil va bejirim 
ishlangan. Cho‟l shamoli ta‟sirida qorayib ketgan ayrim suratlarni tosh rangidan 
ajratish ancha qiyin. Bu yerdagi eng qadimiy qoyatosh suratlar miloddan avvalgi II 
asrga oid, deb hisoblanadi. Biroq Qoraqiyasoyda topilgan qoyatosh suratlar orasida 
saklar davriga doir suratlar ham uchraydiki, ular o‟zining nozikligi va jozibasi 
bilan ajralib turadi. Aksariyat hollarda suratlar siluet va kontur uslubida mayda 
toshli qilib yoki o‟yib bajarilgan. Bu yerda keyinroq, xususan, turklar davri- 
ko‟chmanchilar sivilizatsiyasi shakllanish davriga oid tasvirlar ham uchraydi. 
Xulosa qilib aytganda, Toshkent vohasi petrogliflari o‟zining badiiy va ilmiy 
qimmati bilan Markaziy Osiyo qoyatosh san‟ati tizimida alohida o‟rin egallaydi. 
Toshkentning uzoq o‟tmishi va qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi 
ma‟lumotlar yozma manbalarda juda xilma xil va uzuq – yuluq tarzda qayd qayd 
qilingan. Ba‟zi ma‟lumotlar bir – biriga zid ham keladi. 
“Avesto”da Sirdaryo havzasidagi viloyat “Turon”, aholisi turlar deb keltirib 
o‟tilgan. Bu o‟lkada tur qavmlari urug‟ va qavila oqsoqollarining diniy va siyosiy 
qarorgohi Qang‟ (Qang‟a) shahri borligi tilga olinadi. Qadimgi fors manbalaridagi 


ma‟lumotlarda Sirdaryoning shimolida “Sak” nomi bilan shuhrat topgan jangovar 
qabilalardan hisoblangan “Saka Xaumavarka” ya‟ni – zardushtiylarning muqaddas 
taomi “xauma” tayyorlab istemol qiluvchi – saklar yashaganlar. Qadimgi dunyo 
mualliflarining yozishlariga qaraganda Sirdaryoning o\ng qirg‟og‟idagi sak 
qabilalari to‟qayzor va ungurlarda yashaganliklari ularning diyorlarida shaharlar 
mavjud emasligi aytib o‟tilgan. Qadimgi yunon va Rim tarixchilari Sirdaryoning 
o‟ng sohili bo‟ylab dastlabki shaharlarning qad ko‟tarishini ellinlarning 
shaharsozlik faoliyati bilan bog‟laydilar.
Rim tarixchisi Pliniyning xabar berishicha, Salavkiylar lashkarboshisi 
Miletlik Demodem (mil.avv.III asr) uzoq shimoli – sharqda Sirdaryoning o‟rta 
oqimiga tomon harbiy yurish qilib, o‟z qo‟shinlari bilan Sirdaryo sohillariga 
yetgan va daryodan o‟tib, o‟ng qirg‟oqda shahar barpo qildirgan ekan. Salavkiylar 
podshosi Antiox I Soter nomini ulug‟lash maqsadida bu shaharga Yaksart orti 
Antioxiyasi, ya‟ni Sirdaryoning nargi tomonidagi Antioxiya shahri degan nomni 
bergan. Pliniyning bu ma‟lumotiga suyanib, Toshkent vohasidagi eng qadimgi 
shaharlardan biri dastlab mil.avv. III asrda qad ko‟tarilgan degan fikr bildirish 
mumkin. Ammo ellinlar asos solgan bu ko‟hna shaharning Sirdaryo havzasining 
qaysi yerida joylashgani tarixda aniq ma‟lum emas. 
Hozirgi Toshkent vohasida qadimgi shaharsozlik madaniyatining vujudga 
kelishi, ilk bor katta–kichik shaharlarning barpo bo‟lishi haqida tarixiy manbalarda 
tepaliklar qa‟rida joylashganligi aytib o‟tiladi. Shuning uchun ham Toshkent 
shahrining qadimgi tarixini tiklashda bizning davrimizgacha tepa shaklida saqlanib 
qolgan arxeologik obidalar asosiy manba bo‟lib xizmat qiladi. Bunday 
yodgorliklarda arxeologik tadqiqotlar olib boorish natijasida faqat shaharning 
qadimiy qiyofasini tiklab qolmay, ushbu shaharga asos slogan shaharliklarning 
turmush tarsi, xo‟jaligi, madaniyati hamda diniy e‟tiqodlari ham ashyoviy 
topilmalar vositasida aniqlanmoqda.
Ko‟p yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, sirdaryo 
havzasida yashovchi sak qabilalalrining hammasi ham ko‟chmanchi chorvador 
bo‟lmagan. Ohangaron, Chirchiq daryolarining irmoqlari bo‟ylab keng vodiyda 
bundan 3000 yilcha muqaddam qadimiy dehqonchilik xo‟jaliklari shakllangan. 
Ko‟plab o‟troq dehqonchilik manzilgohlarida keyinchalik ilk shaharlar vujudga 
kelgan. 
Toshkentning janubida Chirchiq va Ohangaron vodiylarining quyi qismida 
olib borilgan bir qancha arxeologik tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlanganki, 
miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va mil.avv. I ming yillikning boshlarida 
mazkur hududda yashovchi ko‟chmanchi chorvadorlarning bir qismi o‟troqlashib 
dehqonchilik bilan shug‟ullana boshlagan.


Toshkentning ibtidoiy dehqonlari yashagan qadimgi turar joy qoldiqlari 
dastlab 1940 yil arxeolog A.I.Ternojkin tomonidan Toshkentdan 30 km janubda 
Burganlisoy yoqasidan topib o‟rganilgan. Bu yodgorlikdan bir nechta yerto‟la, 
yarim yerto‟la shaklida qurilgan turarjoy o‟rinlari, idishlar, suyaklar, qurollar 
topilgan.
Toshkent shahri va viloyatida o‟tkazilgan ko‟p yillik arxeologik hamda 
toponomik tadqiqotlar orqali mioddan avvalgi III ming yillik oxiri – II ming 
yillikda sodir bo‟lgan tarixiy jarayonlar qadimdan Markaziy Osiyo aholisi hayotini 
o‟zgartirib yuborganligini ko‟rish mumkin. Aholining tobora o‟troqlashuvi, 
dehqonchilik madaniyatining yuksalishi natijasida ixtisoslashgan ayrim voha va 
yurtlar shakllanib bordi.
Qadimiy o‟lkalardan biri Toshkent ya‟ni Choch, ikkinchisi esa Eloq ya‟ni 
Ohanggar (ma‟danchi)dir. Mazkur ikki tarixiy maskan dehqonchilik, yaylov 
chorvachiligi va hunarmandchilikning konchilik bilan uzviy bog‟langan maxsus 
ixtisoslashgan sohalarining markazidir. Yillar o‟tishi bilan hayotiy omillarning 
o‟zgarishi oqibatida markaz ham hayotiy jihatdan qulayroq tomonga siljib brogan. 
Shu bois shahar va qishloqlarning tarixiy o‟rni ham, hatto nomi ham o‟zgargan. 
Sug‟orma dehqonchilik, yaylov chorvachiligi va hunarmandchilik xo‟jaliklarni 
birlashtirib ommalashtirilgan boshqaruv tizimi shakllanib borgan. Oqibatda 
qishloqlar oqsoqol – katxudo, shahar va vohalar esa kuchli qava ya‟ni Jabg‟u yoki 
Yabg‟u kabi atamalar bilan ulug‟langan shaxslar tomonidan boshqarilgan. Mazkur 
jarayonda qator voha va el – yurtlar oliy darajadagi hukmdorlar qo‟l ostiga 
birlashtirirlib, qadimgi davlatlarning tashkil topishi uchun asos bo‟lgan. Toshkent
vohasidagi eng qadimgi davlatlardan biri Qang‟ davlatidir. 
Qang‟ davlati miloddan avvalgi III asr boshlarida Sirdaryoning o‟rta oqimida 
ko‟chmanchi chorvador Sak qabilalari ittifoqi asosida tashkil topgan. Tarixda bu 
davlat “Qang‟”, “Qanqa”, “Qanha” nomlari bilan yuritilgan. Qadimgi Xitoy 
manbalarida bu davlat “Kangyuy”, “Kandzyuy”, “Yuni”, rus manbalarida 
“Kangyuy” degan nomlar bilan tilga olingan. Aholisi qang‟ar, qayg‟arlik, qang‟li, 
qanqali, qani kabi nomlar bilan yuritilgan.
Qang‟ davlatining dastlabki hududiga qadimgi Choch (Toshkent) vohasi, 
Talos vodiysi va Chu daryosining quyi oqimi kirgan. Qang‟ yabg‟ularining yozgi 
qarorgohi Qorako‟l (Issiqko‟l)da Beshqoq degan yaylovda (hozirgi Bishkek 
yaqinida), qishki qarorgohi esa Ohangaron vodiysida Bitan xitoycha Bityan deb 
atalgan joyda bo‟lgan.
Xitoy manbalarida Qang„ davlati Kanguy yoki Kansuy deb atalgan. Xitoy 
tarixchisi Si Ma Syan o„z xotiralarida kanguylarning joylashishi, harbiy kuchi, urf-
odati, ularga qo„shni xalqlar haqida qisqacha ma‟lumot beradi. Kanguylar haqida 


batafsil ma‟lumot Ban Gu asarida va boshqa Xitoy mualliflarining asarlarida 
berilgan. 
Kanguylarning xo„jaligi, madaniyati va turmush tarzi haqida arxeolog 
olimlarning qovunchi madaniyatiga oid yodgorliklarda olib borgan ilmiy tadqiqot 
ishlari taxsinga sazovar. Qanguy davlati va uning tashkil topgan hududi masalasida 
yaqingacha S.P.Tolstov fikriga suyangan holda O„zbekiston tarixida noto„g„ri 
tasavvurlar hukmron bo„lib keldi. Ammo, keyingi yillarda Toshkent vohasi va 
Janubiy Qozoqistonda olib borilgan keng ko„lamli arxeologik qazishmalar Kanguy 
davlatining joylashgan hududi haqida tarixiy haqiqatni yuzaga chiqardi. Bu 
masalada Ya.G„.G„ulomov, S.G.Klyashtorniy, Yu.F.Buryakov, K.Sh.SHoniyozov, 
M.I.Filanovich va boshqalar katta ish qildilar. 
Avestoda Kanxa, Ptolemeyda “kandar” (qang„ar), “Shohnoma”da turlar deb 
nomlangan qabila aslida saklar edi. Turon podsholarining bosh shahri Qang„diz – 
hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo„rg„on tumanida joylashgan Qang„a shahar 
xarobasi ekanligi aniqlandi. Xitoy manbalariga ko„ra, qang„arlarda davlat 
bo„lganligi haqida ma‟lumotlar bor. Iskandar harbiy yurishlaridan keyin O„rta 
Osiyoning qadimgi erksevar ko„chmanchi qabilalari janubda Yunon-Baqtriya 
davlati tashkil topgach, darhol shimolda ko„chmanchi qabilalar va o„troq aholi 
mahalliy hokimliklari ittifoqi asosida o„z davlatini tuzadilar. Bu davlat yarim 
o„troq, yarim ko„chmanchi qabilalar konfederatsiyasi sifatida tashkil topgan Qang„ 
davlati edi. Muntazam harbiy kuchga ega bo„lgan bu davlat O„rta Osiyo janubida 
tarkib topgan yunonlar hukmronligiga qarshi qaratilgan edi. 
Shunisi alohida tahsinga sazovarki, bu davlat aholisi ikki tilda (sug„diy va 
turkiy) so„zlashuvchi qabila va elatlardan tashkil topgan bo„lib, bu zaminda 
yashovchi qadimgi eroniy tillarda so„zlashuvchi tub joyli xalqlarning Janubiy 
Sibir, Oltoy, janubiy-sharqiy O„ralorti, Sharqiy Turkiston va Ettisuv viloyatlarida 
yashavchi turkiy qabilalar bilan aloqalari, yaqinlashish jarayonlari jadallashadi. 
Natijada, miloddan avvalgi III–asrdan boshlab Sirdaryoning o„rta oqimi 
rayonlarida turkiy tilda so„zlashuvchi yangi etnos vujudga kela boshlaydi. 
Milodning boshlariga kelganda bu yangi etnos son jihatidan ko„payib, O„rta 
Osiyoning ikki azim daryolari oralig„ida va ularning tevarak-atrof rayonlarida o„z 
ustunligini ta‟minlaydi va ular alohida qang„ar elati bo„lib shakllanadi. Ana shu 
elat birligi asosida tarkib topgan siyosiy uyushma, ya‟ni o„zbek davlatchilik 
tizimining boshlangich kurtagi mana shu Qang„ davlati edi. 
Qadimgi manbalarda Qang„ davlatining qanday idora qilinganligi, davlat 
tuzilishi qanday bo„lganligi to„g„risida ma‟lumotlar etib kelmagan. Ammo, 
to„ng„ich Xan sulolasi tarixida (miloddan avvalgi II-I asrlarda) Kanguy podshosi 
o„z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutishi haqida eslab o„tiladi. Osiyocha 
ishlab chiqarish prinsiplari asosida tashkil topgan Qang„ davlatida oqsoqollar 


kengashi katta rol o„ynagan. Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar 
faol qatnashib, muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho 
hokimiyati maslahat majlisi (anchumana) bilan hamnafaslikda ish yuritgan. 
Bunday boshqaruv uslubi tarixda harbiy demokratiya prinsiplari asosida tashkil 
topgan davlat tizimi deb nom olgan. 
Qang„ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlardan tashkil topgan edi. 
Ular agar chorvador qabilalarga tegishli mintaqalar bo„lsa, ularni boshqarish jabg„u 
(yabg„u)larga topshirilgan. Qang„ hoqonlari mamlakatni ana shu jabg„ularga 
tayanib boshqarar ekan, ular, odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning 
qavmu-qorindoshlaridan, yirik urug„ va qabila boshliqlaridan tayinlangan. Qang„ 
davlati tarkibida bo„lgan o„troq aholi viloyatlarini boshqarish esa mahalliy 
hokimliklar tasarrufida qoldirilib, ular hoqon tomonidan tayinlangan tudunlar 
nazoratida markaziy hokimiyatga muntazam ravishda soliq (boj) to„lab turgan. Ana 
shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, Sug„d viloyatlari, O„rol tog„oldi 
rayonlari (alanlar, yan qabilalari) kirgan. 
Qadimgi 
Xitoy 
manbalarida 
Qang„ davlatining chegaralari aniq 
ko„rsatilmasada, ammo, miloddan avvalgi II-asrda Qang„ davlati Dovonning 
shimoliy-g„arbida bo„lganligi eslatib o„tiladi, ya‟ni “Kanguy Davan bilan 
chegaradosh” deyilgan. Milodiy I-III asrlarga oid kichik Xan sulolasi tarixida 
esa Sharqiy Turkiston viloyati shimolda “kang„uylar bilan chegaradosh” deyilgan. 
Xitoy elchisi Chjan Syan bergan ma‟lumotlarda g„arbiy meridional yo„li haqida 
gap ketganda, bu yo„l avval Davandan, so„ngra Kanguydan o„tib, Yansay (alanlar) 
yeriga o„tib boradi, deyilgan. Xitoy manbalariga ko„ra, Qang„ davlatining asosiy 
yerlari Toshkent vohasi, Janubiy Qozoqiston, Talos vodiysi, Chu daryosining quyi 
oqimlari, undan to Sarisuv daryosigacha bo„lgan hududlarni o„z ichiga olgan. Si 
Ma Syanning “Tarixiy xotiralar“ asarida yozilishicha Qang„ davlatining poytaxti 
ikkita bo„lgan. Manbada habar berilishicha, Kanguyning poytaxti Bityanda bo„lgan 
deyiladi. S.P.Tolstov ularni dastlab qadimgi Xorazmdan qidirdi. Ammo, yozma 
manbalarni arxeologik yodgorliklar bilan qiyosiy o„rganish natijasida olimlar 
Bityan (Qang„diz) Xorazmda emas, balki Toshkent vohasida joylashganligini 
isbotladilar. Darhaqiqat, Qang„ davlatining qishki poytaxti sifatida Bityan aynan 
Toshkent viloyatining Oqqo„rg„on tumanida joylashgan Kankatepa shahar harobasi 
ekanligi aniqlandi. 
Qanqa, ya‟ni qadimgi Qang„diz (Bityan) qadimgi ipak yo„li yo„nalishida 
joylashgan, miloddan avvalgi III-asrda qad ko„targan yirik shahar bo„lib, uning 
bizgacha saqlanib qolgan maydoni 150 ga. Uning atrofi mudofaa devorlari bilan 
o„rab olingan. Shahar maydonida Qang„ hoqonining o„rdasi, shahar ibodatxonasi, 
savdo-sotiq va hunarmandchilik mavzelari, yo„llar, hovuzlar, bozor maydonlari, 
turor-joy massivlari ochib o„rganilgan. V asr o„rtalariga kelib Qang„ davlati 


parchalanib ketadi, Qanqa esa endi Choch maliklarining poytaxti bo„lib qoladi. 
Bunday xulosaga kelishga guvohlik beruvchi qo„limizda ashyoviy dalillar bor, 
ya‟ni Qanqadan V asrga oid Choch malikalarining rasmi tushirilgan tangalar, loyga 
Choch malikalarining sur‟ati bosilgan buyumlar topilgan. Xitoy manbalarida 
Qang„ davlati hoqonlarining qishki poytaxti Bityandan boshqa yozgi qarorgohi 
ham bo„lgan deyiladi. Qang„ davlatining yozgi qarorgohi manbalarda eslatib 
o„tilgan Tarband (hozirgi O„tror shahri harobasi) shahri edi. Tarband toponimi 
VIII asrga oid turkiy tosh yozuvida “Qang„u-Tarband” deb eslatiladi. Tarband 
(O„tror) Qang„ davlati parchalanib ketgach (V asr o„rtalari), Choch davlatining 
tarkibida qoladi. 
Shunday qilib, Qang„ davlatining ikkita markazi bo„lgan. Ulardan biri Qanqa 
(Qang„diz) bo„lib, u Toshkent vohasida, Sirdaryoga yaqin yerda joylashgan. Bu 
shahar arxeologik tadqiqot natijalariga ko„ra, miloddan avvalgi III–asrda bunyod 
etilgan bo„lib, u Qang„ podsholarining doimiy qarorgohi bo„lgan. Aris daryosining 
quyi oqimida joylashgan O„tror (Tarband) esa Qang„ davlati hoqonlarining yozgi 
qarorgohi bo„lgan. Qadimgi Xitoy manbalarida qang„arlarga qarashli 5 ta viloyat 
tilga olinadi. Ular Susie, Fumu, Yuni, Gi, Yuegan bo„lib, bu nomlar Xitoy 
tarixchilari tomonidan berilgan mahalliy nomlarning xitoycha tarjimalaridir. 
Tarixiy joylar va shaharlar nomlarini xitoylashtirish (shunday holat yunon 
tarixchilarida ham uchraydi) xansularga xos ulug„ Xitoy shovinizmining asosiy 
maqsadi edi. Afsuski, mahalliy nomlar bizgacha etib kelmagan. Ular haqidagi 
ma‟lumotlar xitoycha nom bilan qadimgi xitoy manbalarida uchraydi. 
Miloddan avvalgi I asr o„rtalarida to„ng„ich Xan sulolasiga mansub Xitoy 
imperatorlari Buyuk ipak yo„lining barcha bo„g„inlarida o„z nazoratini o„rnatish 
maqsadida avvalo xunlarni, so„ngra usunlarni o„ziga bo„y sundirish yo„lida siyosat 
yuritadilar. Miloddan avvalgi 59 yilga kelib, ular Tyanshan orqali o„tgan shimoliy 
yo„lning Yorkentgacha bo„lgan qismini egallaydilar. Xuddi shu kezlarda usun va 
xun munosabatlari keskinlashgan edi. Bundan foydalangan Xitoy usunlarni o„ziga 
ittifoqchi qiladi. Qang„arlar esa xunlar bilan ittifoqda bo„lib, usunlar ustiga qo„shin 
tortib boradi. Natijada Xitoy-Qanguy munosabatlari yanada yomonlashadi. Chunki 
bu adovat miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlangan, ya‟ni Qang„ davlati o„z 
tashqi siyosatida Xitoyning Dovonga uyushtirgan (miloddan avvalgi 104 va 101 
yillar) har ikki yurishida Dovonga madad bo„lib turgan. Miloddan avvalgi 65 yilgi 
Yorkent qo„zg„olonchilariga ham qang„arlar yordam qiladilar. O„sha kezlarda 
qang„arlarga xalqaro maydonda og„ir yillar bo„ldi. Keyinroq qang„arlar bilan 
xunlar o„rtasidagi do„stlik ittifoqiga zil ketadi. Bunga xun hukmdorining parfyanlar 
bilan do„stlik ahdini tuzilishi sabab bo„ladi. Chunki parfyanlar bilan qang„arlar 
o„rtasidagi aloqa yomon edi. Natijada xunlar qang„arlarning ashaddiy dushmaniga 
aylanadi. Endi qang„arlar Xitoyga yaqinlashish yo„lini axtaradi. Ammo, Qanguyga 


kelgan Xitoy elchisiga ko„rsatilgan munosabatni eslab, Xitoy siysatdonlari Xitoy-
Qang„ o„rtasida do„stlik aloqalarini tiklashga yo„l qo„ymaydilar. Hatto ular 
qang„arlarning xunlar bilan ittifoqini ham buzishga muyassar bo„ladilar. 
Xitoy imperatorlarining qang„arlarga nisbatan tashqi siyosati zaminida 
qudratli Qang„ davlatining xalqaro mavqeini zaiflashtirishga qaratilgan edi. Buni 
yaxshi tushungan qang„ar aslzodalari xitoyliklarning bosqinchilik tashqi siyosatiga 
doima qarshi turadilar. Milodiy asrning 80 yillarida Xitoy qo„shinlari Qang„ va 
Dovonni egallash uchun yurish boshlaydi. Dovonliklar Qang„ podsholariga 
yordam so„rab murojat qiladilar. Qang„ harbiy qo„shinlari dushmanni Qashg„arda 
kutib oladi va orada qattiq janglar bo„ladi. Jangda qang„arlarning qo„li baland 
keladi. Sarosimaga tushgan Xitoy darhol yordam so„rab kushonlarga chopar 
yuboradi. Huddi shu kezlarda qang„arlar kushonlarga xiroj to„lar edilar. Ushbu 
majoraga kushonlar aralashgach, qang„arlar Qashg„arni tashlab chiqib ketadilar. 
Xitoy esa sharmandalikdan qutilib qoladi. Birinchi asrda qang„arlar Buxoro va 
Xorazmni egallaydi. Ammo, bu viloyatlar tezda Qang„ davlati ta‟siridan chiqib, 
Kushon saltanati tarkibiga o„tadi. G„arbda esa qang„arlar Parfiyaning kuchsizlanib 
qolishidan foydalanib, Yansayni (alanlar yurtini) egallaydi. 
Qang„ davlatini iqtisodiy hayotiga kelsak, Xitoy tarixchisi Si Ma Syan uni 
ko„chmanchilar davlati deb yozadi. Ammo, milodning boshlariga oid to„ng„ich 
Xan sulolasining tarixida kanguylarni o„troq xalq ekanligiga ishora qilinadi. 
Qanguylarda qora mol va qo„ylar ko„p bo„lgan, ular zotli otlarni ko„plab 
etishtirganlar, chorva mollarining ko„pchilligi Qang„ podsholari va ularning 
yaqinlariga qaragan, deb eslatiladi Xitoy manbalarida. Shuning uchun bo„lsa kerak, 
Qang„ hoqoni va uning urug„lari bahor kelishi bilan qishqi qarorgohdan yozgi 
qarorgohga ko„chib yurgan. Chorvasi kam ovam aholi esa vohadan chiqib 
ketaolmagan. Bu vaziyat qang„arlarning qambag„al qismini o„troq yoki yarim 
o„troq hayot kechirishga majbur etgan. Xitoy manbalari tahliliga asoslangan 
bunday xulosalar Qovunchi madaniyatlari yodgorliklarida olib borilgan arxeologik 
tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi. 
Atoqli olim K.Shoniyozovning fikricha, Qang„ davlati sharqda Farg„ona 
(Davan, Dayyuan), shimoli-sharqda Usun (Uyshun) davlatlari, shimoli-g„arbda 
Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaralangan. Xitoy manbalariga ko„ra, Qang„ 
davlati hududiga Toshkent vohasi, Talos va Chu daryolari vodiysi kirgan. Ayrim 
davrlarda hozirgi Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo„rg„on, Urganch shahri 
va atroflari ham qaragan bo„lib, chegarasi Amudaryogacha borgan. Aholisi esa 
taxminan 120 ming oila yoki 600 ming kishidan iborat bo„lgan. 
Ba‟zi manbalarda u Kengaras davlati ham deb qayd etilgan. Ammo olimlar bu 
so„z “Qang„ar-as”, ya‟ni Qang„ davlati ahli degan ma‟noni bildiradi, deydilar. 
O„zbek urug„lari ichidagi “kenagas”lar nomi o„sha qabila nomi bilan bog„liq, 


degan taxminlar bor. Ko„k tangriga e‟tiqod qilgan bu davlat aholisini asosan 
qangli, kengaras, qipchoq, bajnoq urug„lari tashkil etgan. Shuningdek, bu hududda 
qarluq va o„g„uz qabilalari ham yashagan. Turkiy yozuv amalda bo„lgan. 
Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati 
bilan Qang„ davlatining janubiy chegaralari o„zgargan. Uning qishgi poytaxt 
shaharlari Xitoy solnomalarida Bityan va Sushie deb ko„rsatilgan. 
K.Shoniyozovning fikricha, Bityan qadimgi sharq manbalarida uchraydigan Qanxa 
shahri bo„lib, u Sirdaryoning o„ng irmoqlaridan biri – Ohangaron (hozirgi Angren) 
daryosining quyi oqimida joylashgan. Mo„g„ullar davridagi manbalarda bu daryo 
Ilek deb atalgan. Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So„qoq (Sukeeke) o„rnida 
bo„lgan degan taxminlar bor. Davlatning yozgi qarorgohlari Issiqko„l sohilida, 
hozirgi Qoraqo„l (Prjevalsk) yonida bo„lgan. 
Qang„ davlatining qo„shini 80-90 ming jangchidan iborat bo„lgan. Bu davlat 
aholisining urf-odatlari xunlarnikiga o„xshash bo„lgan. Qang„ davlati hukmdori va 
Xun hoqonligi tangriquti o„rtasida qudachilik munosabatlari o„rnatilgan. Shu 
tufayli xitoylar xunlar ustidan g„olib chiqib, ularni o„z joyidan siqib chiqarganida, 
xun hoqoni o„z avlodi bilan Qang„ davlatiga ko„chib kelgan. 
Qang„ davlatining ko„chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning 
atrofida yashagan o„troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq 
bilan shug„ullangan. 
Milodiy V asrning 2-yarmida Qang„ davlati parchalanib, uning hududida 
Shosh (Xitoy manbalarida Shi), Samarqand (Kan), Maymurg„ (Mi), Shahrisabz 
(Shi), Kattaqo„rg„on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. 
Bu hudud asta-sekin Eftaliylar davlati tarkibiga qo„shib olingan. 
VIII va IX asr boshlarida qarluq, o„g„uzlar tazyiqi va arab istilosi natijasida 
qang„li qabila ittifoqi batamom emirilib, bir necha qismga bo„linib ketadi. Bir 
qismi shimoli sharqqa - Talos va Chu daryolari oralig„iga kelib joylashadi. 
Ikkinchi qismi Kaspiy dengizining shimolidagi Yoyiq (Ural) daryosi atrofidagi 
yaylovlardan makon topadi. Uchinchi qismi esa Orol dengizining janubi sharqiy 
sohillarida, Sirdaryoning quyi oqimlarida qolib, o„g„uzlarga tobe bo„ladilar. 
XII-XIII asrlarda qang„lilar Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol 
o„ynaganlar. Shu davrda Talos va Chu vodiylarida yashovchi qang„lilardan 60 
ming kishi Xorazmga ko„chib keladi. Mo„g„ullar bosqini arafasida Xorazmda 
qang„lilardan tuzilgan qo„shinning soni 90 mingga etgan. Xorazmshoh Tekesh 
qang„li beklaridan birining qizi - Turkon xotunga uylanadi. Keyinchalik bu 
ayolning mamlakat siyosiy hayotiga aralashuvi, kaltabinligi mo„g„ul bosqiniga 
qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga to„sqinlik qilgan. 
Qanglilarning bir guruhi XII-XIII asrlarda Sibir yerlariga borib o„rnashadi 
hamda bu yerdagi Oltoy, Enisey turklari va yoqutlarga aralashib ketadi. Ikkinchi 


bir qismi Zarafshon vodiysiga ko„chib keladi. Mo„g„ullar hujumi arafasida 
Samarqandda 30 ming qangli bo„lgan. 
Keyingi asrlarda qang„lilar o„zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlari tarkibiga 
kirgan. Xorazm, Qoraqalpog„iston, Toshkent, Qashqadaryo va boshqa 
viloyatlardagi “qang„li” so„zi bilan bog„liq etnotoponimlar bu fikrni tasdiqlaydi. 
Qang„ davlati davriga oid yodgorliklar Xorazm vohasidagi Jonbosqal‟a, 
Qo„yqirilgan qal‟a, Kichik Qirqqiz, Qo„narli qal‟a, Oq tepa va boshqa qal‟alar 
qazilmalaridan topilgan. 
Qadimgi Turonning ikkinchi yirik suv manbai hisoblangan Sirdaryoning o„rta 
havzasida shakllangan Choch – qadimda O„rta Osiyoning shimoli-sharqiy 
hududlaridagi yirik mulklardan biri bo„lgan. Chirchiq va Ohangaron vohasidagi 
unumdor erlarni o„z ichiga olgan Toshkent vohasi uning markazi edi. Bu voha uch 
tomondan, shimoli-g„arb, sharq va janub tomondan G„arbiy Tyanshan, Chotqol va 
Qurama tog„lari bilan o„ralgan. Chochning tog„lari turli qimmatbaho ma‟danlarga 
boy bo„lishi bilan birga chorvachilikning rivoji uchun ham qulay edi. 
Geografik jihatdan Choch Markaziy Osiyo xalqlarining savdo-iqtisodiy va 
madaniy-etnik chorrahasidagi qulay joyda joylashgan bo„lib, bu hudud ziroatkor 
ellatlar va ko„chmanchi qabilalar yashaydigan dashtlari yaqinidagi faol aloqalar 
zonasi edi. Ikkinchi tomondan, Chotqol, Qurama va Qoramozor tog„laridan qazib 
olinadigan ma‟danlarning, avvalo, qimmatbaho toshlarning ko„pligi ham vohaga 
xos xususiyat edi. Chunonchi, oltin, kumush va feruza Chochning Sharq va 
Yevropa mamlakatlariga chiqazadigan asosiy xom ashyosi hisoblangan. 
Choch-Iloq vohasining qadimgi tarixiga nazar tashlaydigan bo„lsak, bu erda 
dastlabki ziroatkorlar taxminan bundan uch ming yil ilgari paydo bo„ladi. Mil. avv. 
IX-VII asrlarda hozirgi Tuyabo„g„iz suv ombori o„rnida ilk dehqonlarning 
manzilgohlari mavjud edi. Ularning moddiy madaniyati Burgulik (Burkanlik) soy 
bo„yidan ilk marotaba aniqlanib, shu nom ostidagi madaniyat sifatida fanga 
kiritilgan. 
Ilk yozma manbalar Sirdaryo-Yaksart havzasini dehqonchilik aholisi va 
ko„chmanchilar o„rtasidagi chegara sifatida izohlaydi. Strabonning ma‟lumot 
berishicha, Yaksart sug„diylar va ko„chmanchilarni ajratib turadi. Dionisiy Periget 
esa Sug„diyona ortida Yaksart oqimi bo„ylab saklar joylashganligi haqida yozadi. 
Mil. avv. I mingyillik Toshkent vohasidagi ko„chmanchi aholi haqida 
ma‟lumotlarga ega bo„lsak-da, Ohangaron va Chirchiq vohalarida Burgulik 
madaniyati misolida o„troqlashgan chorvadorlar maskanlari kuzatiladi. Bu 
madaniyatga oid turarjoylar yerto„la va yarim yerto„lalardan iborat bo„lsa, moddiy 
madaniyat buyumlari qo„lda ishlangan sopol idishlar, bronza mehnat qurollari, 
jangovar qurollar va taqinchoqlardan iborat. Ularning moddiy madaniyati g„arbda 
Sirdaryoning chap qirg„og„i, sharqda Ettisuv, Oltoy va Sibirgacha bo„lgan 
hududlardagi madaniyat bilan o„xshashlik topadi. 
Burgulik madaniyatining so„nggi bosqichida Toshkent vohasining janubi-
g„arbidagi yarim erto„lalar o„rnida mustahkam qal‟a va qal‟a devorlariga ega 
bo„lgan shahar qad ko„taradi. Ushbu ko„hna shaharning devorlari va minoralari 
kvadrat shaklidagi g„ishtlar va paxsalardan bunyod etiladi. Ko„hna shaharning 


rejaviy tuzilishi, mudofaa inshootlari uslublari va bu qatlamdan topilgan sopol 
buyumlar qadimgi dehqonchilik madaniyatining G„arb antik me‟morchilik 
an‟analarini eslatadi. Bundan xulosa chiqargan Yu.F.Buryakov, ushbu ko„hna 
shaharni manbalarda eslatilgan va mil. avv. IV-III asrlar qal‟asi Yaksart orti 
Antioxiyasi bilan bog„laydi. 
Yuqorida eslatganimizdek, antik davr mualliflari Yaksart-Sirdaryoni 
sug„diylar va saklar o„rtasidagi chegara sifatida tasvirlab, o„troq sug„diylardan farq 
qilgan holda, saklarning ko„chmanchi turmush tarzida hayot kechirganligini 
ta‟kidlaydilar. Arxeologik ma‟lumotlar natijalariga ko„ra, ko„chmanchi saklar 
o„troqlashib, Burgulik madaniyatiga asos soladilar. Ammo, mil. avv. III asrga 
kelib, bu madaniyat qishloqlari bo„shab qoladi. Chunki aynan mana shu davrda 
Evroosiyo dashtlaridagi xalqlarning katta ko„chishlari (migratsiya) bo„lib o„tadi va 
bu migratsiya jarayonlari O„rta Osiyo hududlariga yangi qabilalarning kirib 
kelishiga sabab bo„ladi. 
Yozma manbalar ma‟lumotlariga ko„ra, Sirdaryo-Yaksartning yuqori oqimi 
bo„ylab Toshkent vohasiga qadimgi dunyoning kuchli uyushmalaridan biri bo„lgan 
dahlar 
konfederatsiyasiga 
kiruvchi 
qabilalar 
guruhi 
kirib 
keladi. 
Bu 
konfederatsiyaga kiruvchi ayrim qabilalar Sirdaryoning quyi oqimlarida, Qadimgi 
Xorazm sivilizatsiyasi ta‟sirida bo„lmagani bois, mil. avv. IV-II asrlardayoq ular 
shahar madaniyatidan xabardor edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, Toshkent 
vohasiga kirib kelgan ko„chmanchilar to„lqini Burgulik madaniyati qishloqlariga 
chek qo„yadi. Shu bilan birgalikda, bu hududlarda ko„p sonli aholining o„z 
madaniyati, dehqon-chorvachilik ko„rinishidagi an‟analari asosidagi o„troqlashuv 
jarayonlari bo„lib o„tadi. 
Bu vohaga ilk shaharsozlikni Sirdaryo-Yaksartning quyi oqimlaridan chiqqan, 
o„zlari bilan xom g„isht va paxsa qurilishi an‟analariga ega aholi olib keldi. 
Nisbatan qadimgi shaharlardan biri Sirdaryo-Yaksartdan 80 km uzoqlikda, uning 
o„ng qirg„og„ida bunyod etilgan Qanqa shahridir. Ayrim tadqiqotchilar bu ko„hna 
shaharni Toshkent viloyatining Oqqo„rg„on tumanida deb hisoblaydilar. Hozirgi 
Toshkent shahri hududlarida ham mil. avv. II asrga kelib, shahar – manzilgohiga 
asos solinadi. Toshkent hududidagi halqa devorlar bilan o„rab olingan Shoshtepa 
aynan mil. avv. II asrga oiddir. 
Xitoy manbalaridan “Katta Xan sulolasi tarixi” ma‟lumotlariga ko„ra, 
Toshkent vohasi Yuni yoki Yuynichen nomi ostida tilga olinadi. Yosha (Yaksart) 
daryosi bo„yidagi bu mulk yarim ko„chmanchi Qang„ ittifoqining beshta kichik 
mulki tarkibida bo„lgan. Qang„ tarkibida Yuni ko„plab mustahkamlangan 
qishloqlari va shaharlari bo„lgan urbanizatsiyalashgan mulklardan biri hisoblangan. 
Toshkent vohasining Qang„ tarkibida bo„lishi ichki iqtisodiy aloqalarning 
rivojlanishiga turtki bo„lgan bo„lsa, uning karvon savdo yo„llari tutashgan joyda 
joylashganligi urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun katta ahamiyatga ega 
bo„ldi. Bu yo„l Xitoy va Sharqiy Turkistondan O„rta Osiyo vohalari orqali Yaqin 
Sharq, Kavkaz, Janubiy va Sharqiy Yevropaga olib borgan. Ilk bosqichlarda asosiy 
trassalar O„rta Osiyoning janubiy hududlarida shakllangan bo„lsa-da, ayni vaqtda, 
o„sha ilk shakllangan davrdan boshlaboq, savdo yo„lining tarmoqlaridan biri 
Sirdaryo orqali o„tgan. Bu yo„llar madaniyatlar almashinuvi va iqtisodiy aloqalarda 


katta ahamiyatga ega bo„lib, bu holatni Toshkent vohasidagi urbanizatsiya 
jarayonlarida ham kuzatishimiz mumkin. 
Urbanizatsiyaning ilk bosqichlarida Yuni mulkining nisbatan yirik ilk 
shaharlari Qanqa, Shohruhiya kabilar bunyod etiladi. Yuni mulkining poytaxti 
Yuynichen shahrini ayrim tadqiqotchilar hozirgi Toshkent o„rnida joylashtirsalar, 
ayrimlari YoshaYaksart vohasidagi Qanqa o„rnida deb biladilar. Fikrimizcha, 
ikkinchi taxmin to„g„ri bo„lishi mumkin. Chunki yozma manbalar ham bu davrga 
oid shu hududlardagi yagona shahar markazi haqida ma‟lumotlar beradi. Aynan 
mil. avv. I asrdan boshlab, bu ko„hna shahar kengayib boradi va Qovunchi 
madaniyati davriga kelib, maydoni 150 gektarga etadi. Qanqa Baqtriya va 
Sug„dning shaharlari kabi chunonchi, quyi va o„rta Sirdaryo havzasidagi eng yirik 
shaharlardan biri edi. 
Ayrim tadqiqotchilar Qanhani Qang„ hukmdorlarining qishki qarorgohi 
bo„lgan deb hisoblaydilar. Xan sulolasi Xitoy solnomalari ma‟lumot berishicha, 
“Qang„ hukmdori Qanqaga tez-tez tashrif buyurishdan mamnun bo„lgan”. 
Sosoniylar davri manbalarida Toshkent vohasi Choch (Chochiston) nomi 
bilan tilga olinadi. Bu voha ko„p qirrali iqtisodiyot va urbanizatsiya 
jarayonlarining rivoji uchun qulay hudud hisoblangan. Shu bilan birga muhim 
savdo-iqtisodiy aloqalar va etnik ko„chishlar chorrahasida joylashgan. Mintaqa 
tog„lari turli foydali qazilmalar va ma‟danlarga, avvalo, oltin va kumush hamda 
foydali minerallarga nihoyatda boy edi. 
Arxeolog M.I.Filanovich yozma va moddiy ma‟lumotlarni qiyosiy o„rganishi 
asosida mil. avv. I asr oxirlarida Toshkent o„rnida shahar mavjud bo„lganligi 
haqida xulosa chiqaradi. Uning fikricha, bu davrda shahar Mingo„rik hududlaridan 
chiqib, ancha kengayadi. Poytaxt ko„chishining asosiy sabablaridan biri – Buyuk 
ipak yo„li asosiy tarmoqlaridan biri yo„nalishining shimol tomonga o„zgarishi 
hisoblanadi. Xitoy manbalarida hozirgi Toshkent o„rnidagi shahar Shi nomi bilan 
tilga olinadi. Manbalardan ma‟lumki, bu mulk kelib chiqishi mahalliy qabilalardan 
bo„lgan zodagonlar tomonidan boshqarilgan. 
Shi dastavval Qang„ tarkibiga kirgan bo„lib, III-VI asrning boshlarida bu 
davlat kichik mulklarga bo„linib ketgach, Shi-Choch uncha katta bo„lmagan 
mustaqil davlatga aylanadi. Ammo, oradan ko„p o„tmasdan O„rta Osiyo 
hududlarida ulkan davlatga asos solgan eftalitlar tomonidan bosib olinadi. 
Choch vohasining qadimgi ajralmas qismi va mulki Ohangaron vodiysidagi 
Iloq edi. Mustaqil siyosiy uyushma sifatida Iloq ilk o„rta asrlar, ya‟ni VII asrga oid 
manbalarda eslatiladi. 630 yilda Choch orqali o„tgan Xitoy missioner-buddaviysi 
Syuan Szyanning ma‟lumot berishicha, Iloqda “o„z harbiy guruhlariga ega bo„lgan 
zodagonlar vakillari ko„p, ular o„zaro urushlar olib boradilar va asosan Turk 
xoqoniga bo„ysunadilar”. Aftidan, aynan mana shu davrdan boshlab, Iloqdagi 
“hukmron dehqon”larning salohiyati iqtisodiy hayotda, birinchi galda, oltin va 
kumush konlariga safarbar etiladi. Ilk o„rta asrlar Ohangaron vodiysida tog„-kon 
ishlarining jadal rivojlanishi shaharsozlik madaniyatiga ham ta‟sir etdi. 
Ta‟kidlash lozimki, ma‟danlar qazib olishning keng ko„lamda bo„lishi Arab 
xalifaligi uchun ham muhim edi. Chunki arablar Movarounnahrni fath qilgach, 
VIII asrdayoq mulklardan markaziy hokimiyat foydasiga maxsus soliqlar joriy 


etilgan. Qizig„i shundaki, ushbu mulklar orasida Choch-Iloq va uning kumush 
konlari alohida soliq to„lovchi mulk sifatida ajratilgan. Ma‟lumotlarga ko„ra, 
Choch mulki 180 ming dirham soliq to„lagan bo„lsa, uning konlari uch marta 
ortiqcha, 607 ming dirhamgacha soliq to„lagan. 
Asosiy konlar Ohangaron daryosi havzasida joylashgan bo„lib, ulardagi 
qazilmalar Iloq tog„-kon hunarmandchiligining asosini tashkil etgan. 
IX-X asrlarga oid arab geograflarining asarlarida Iloqning Chochdan mustaqil 
siyosiy viloyat bo„lganligi nisbatan aniqroq kuzatiladi. Ammo, har ikkala viloyat 
ushbu manbalarda birgalikda, yagona tarixiy-madaniy va siyosiy uyushma sifatida 
eslatiladi. Bular orasida X asrning birinchi yarmida yashab o„tgan yirik arab 
geograflaridan biri Istaxriyning ma‟lumotlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning 
ta‟kidlashicha, Movarounnahrda Choch va Iloq viloyatlari mavjud bo„lib, har 
ikkala viloyatning hududi 2-3 kunlik yo„l va “butun Movarounnahrda aholi soniga 
ko„ra bu viloyatlarga teng keladigan viloyat yo„q”. Istaxriy asarining arab tilidagi 
matnida berilishicha, “bu viloyatlarda qishloqlar, o„zlashtirilgan erlar va jome‟ 
masjidlari juda ko„p va ular tekislikda joylashmagan, yaylovlari va chorvalari ham 
juda ko„p. Chochda (arabchada – Shosh) va Iloqda darvozalari, devorlari rabotlari 
va qal‟alari bo„lgan shaharlar ko„p, kanallar shaharlar ichidan oqib o„tadi”. 
Istaxriy o„z asarida har ikkala viloyatning umumiy chegaralarini berib, barcha 
shaharlarni sanab o„tadi va Turkistonda Shoshdan katta viloyat yo„qligini 
ta‟kidlaydi. Uning yozishicha, “Shosh va Iloq qo„shilgan bo„lib, ular o„rtasida hech 
qanday bo„linish yo„q. Qurilishlar, bog„lar, bo„stonlar Iloqdan to Choch 
vohasigacha (fors matnida) uzluksiz cho„zilib boradi. Iloqda oltin va kumush 
konlari joylashgan”. 
Oradan yarim asr o„tgach, bu mintaqani yaxshi bilgan yana bir arab geografi 
Abulqosim ibn Havqal Istaxriy ma‟lumotlarini deyarli to„liq takrorlaydi. 
Choch va Iloq haqida gapirar ekan Ibn Havqal bu viloyatlarda boy shaharlar 
ko„pligini ta‟kidlaydi. Choch-Iloqning shahar madaniyati rivoji asosan, tog„-kon 
metallurgiyasi ishlab chiqarishi bilan bog„lanadi. Vohadagi shaharlarning nisbatan 
to„liq ro„yxati va ularning tasnifi, shahar madaniyatining gullab-yashnashi X asr 
geograflari tomonidan (10 dan 17 tagacha shahar markazlari) eslatiladi. 
Tadqiqotchilar tomonidan ayrim shahar markazlari Tunket, Abrlig„, 
Namudlig„, Kuxisim kabilarni o„rganish bo„yicha maxsus tadqiqotlar o„tkazilgan. 
Ayrim shaharlar tadqiqotchi mintaqadagi kon markazlari haqida olingan yangi 
ma‟lumotlar natijasida Iloq shaharsozligini yangi asoslarda o„rganish va uni Choch 
– Iloq urbanizatsiyasi rivojlanishidagi o„rnini belgilash imkonini berdi. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, vohada ilk 
shaharsozlik Sirdaryoning madaniy zonasida shakllanadi: Bu siyosiy–iqtisodiy 
hamda etnomadaniy aloqalarda katta ahamiyat kasb etadi. Chirchiq va 
Ohangaronning o„rta oqimlarida Choch va Iloqning asosi bo„lgan shaharsozlik 
madaniyati jadal rivojlanishida tog„ sohasi bilan bog„liq hunarmandchilik va
vohadagi ziroatchilik muhim o„rin tutgan.
VIII asrning birinchi yarmida Choch arablar tomonidan bosib olinishi, uning 
siyosiy va iqtisodiy hayotining qayta tashkil etilishiga olib keldi. Islom davrining 
urbanizatsiyasidagi o'zgarishlar belgini o'z ichiga oladi. Islomni qabul qilgan 


barcha aholi punktlarida masjidlar, keyinroq (10-asrdan) madrasalar, maqbaralar 
va xonqohlar qurulishi boshlangan. 
Toshkent toponimini “Tosh shahar” deb izohlaydilar. Shu so„zda ma‟lum 
ma‟noda shahar tirixi ham o„z aksini topgan. Uning qachon paydo bo„lganligi aniq 
emas. lekin Toshkent juda qadimiy shahar ekanligi aniq. Shahar hududida tosh 
asriga oid buyumlar topilgan. Toshkentdagi qabristonlardan birida topilgan bronza 
ko„zgular, turli mamlakatlarning tangalari shahar tarixi 2000 yildan ortiq 
ekanligidan darak beradi. 
Toshkent tarixiga oid ilk manbalar milodning dastlabki asrlariga to„g„ri 
keladi. Jumladan, yunon olimi Ptolomeyning “Geografiyadan qo„llanma” asarida 
Toshkent haqidagi ma‟lumotlar uchraydi. Ptolomey bu asarida Yer sharining obod 
qismini, ya‟ni oykumenani 26 xaritada tasvirlagan. Shu xaritalardan birida O„rta 
Osiyo va uning atrofidagi o„lkalar ko„rsatilgan. Ana shu xaritada Xitoyga 
boradigan savdo yo„li ustida, Yaksart (Sirdaryo) havzasining sharqida “Terri 
Lapideya” degan joy ko„rsatilgan. Olimlar ana shu yunoncha nomni “Tosh 
qo„rg„on” deb tarjima qilib, uni Toshkentga nisbat berganlar. 
Toshkent shahrining nomi yozma manbalarda Choch, Chochiston, Shosh, 
Shoshkent shakllarida uchraydi. Choch so„zi ham so„g„d tilida “tosh” ma‟nosini 
anglatadi. Shosh esa Choch nomining arabicha shaklidir. Choch yoki Shosh 
deganda Toshkent va uning atroflari tushunilgan. 
X asrda noma‟lum muallif tomonidan fors tilida yozib qoldirilgan “Hududul 
olam” (“Olamlar chegarasi”) asarida bunday deyiladi: “Choch katta viloyat, xalqi 
jangovar, boy va saxiydir. U yerda o„q - yoy tayyorlanadi. Binkat – Chochning 
poytaxti. Bu katta shahara, ayni paytda podshoning qarorgohidir”. 
Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddisiy va boshqalar (IX-X 
asrlar) Shosh viloyati haqida yozganda uning markazini Binkat shahri deb 
ko„rsatadilar. Binkat hozirgi Eskijuva va Chorsu oralig„ida bo„lgan. Binkat nomi 
forscha bo„lib, “ko„rimli shahar” demakdir (bin – ko„rinish, kat – so„g„dcha 
“shahar, qishloq, manzilgoh” degan ma‟noni anglatadi). 
Mahmud Qoshg„ariy o„zining mashhur asarida Shosh bilan bir qatorda 
Toshkent nomini ham keltirgan. Jumladan, u o„zining “Qonuni ma‟sudiy” asarida: 
“Binkat – bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda “Toshkand”, yunonchadan arabchaga 
tarjima qilinsa – “Burjul hijora” (“Tosh minora”) shaklida bo„ladi” deb yozgan. 
Beruniyning so„zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlashgan. Masalan, Mahmud 
qoshg„ariy o„zining “Devonu lug„otit turk” asarida: “Tarkan – Shoshning nomi, 
uning asl nomi Toshkand – toshdan qurilgan shahar demakdir”, deb yozgan. 
Demak, poytaxtimiz nomi “Toshkent” shaklida birinchi bor Beruniy asarlarila 
uchraydi va shahar nomi boshqa nomlar bilan ham atalgan. 


Qoraxoniylar tarkibiga kirgan Choch shahri X asrning oxiri – XII asrning 
boshlarida butunlay Toshkent nomini olgan. 
 
IX–X–asrlarda Shosh Somoniylarga tobe boʻlgan. Yozma manbalar va 
arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat shahrining keyingi 
asrlardagi oʻrni Shosh Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi - Sebzor, 
Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan 
oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda 
ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha 
qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (maydoni 3 ga) va 
shahriston (maydoni 15 gektarcha) shahar markazida hozirgi Shayxontohur 
tumani hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepalikda 
joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza 
(qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. 
Shahar markazida bozor boʻlgan, u “Joʻba“ deb yuritilgan. Markaz bilan shahar 
darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori 
devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 
4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm 
mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan. 
X–asr oxiri – XII – asr oʻrtalarida Choch Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 
1214–1215 yillarda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar qoʻshini hamda 
naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib odli va 
viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib 
yubordi. Shu bois moʻgʻullar 1220-yilda shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan 
boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent 
shahri tilga olinmagan. XIII – XIV asrning 1-yarmida Toshkent viloyati Chig‟atoy 
ulusi tarkibida boʻldi. 
XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrning 80-yillarigacha Toshkent Amir 
Temur va Temuriylar davlati tarkibida bo‟lgan. 1404 yilda Toshkent hududi 
Ulug„bek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht 
chegarasidagi kuchli qal‟aga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish., 
savdosotiq, 
madaniyat 
rivojlandi. 
Registon, 
Shayxontohur 
ansamblidagi 
maqbaralar, Jome maejidi va boshqalar qurildi. Arxeologik topilmalar, me‟moriy 
obidalar mahalliy an‟analarning qo„shni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan 
uyg„unlashib ketganligini ko„rsatadi.
Toshkent shahri va viloyatining o„rta asrlardagi tarixi yozma yodgorliklarda 
ma‟lum darajada o„z aksini topgan va XIV–XV asrlar manbalarida ham bu haqda 
ozmi-ko„pmi ma‟lumot uchraydi; ko„proq tarixiy asarlarda, u yoki bu voqelik 
bayonida so„z yuritiladi va ular mazmun jihatdan ancha tarqoq. XIV–XV asr 
boshlariga oid davr uchun Amir Temur saltanati va XV asr birinchi yarmi uchun 


Mirzo Shohrux hukmdorligi xususida so„z yuritilgan tarixiy asarlar muhim o„rin 
egallaydi. XV asr ikkinchi yarmi uchun tarixiy asarlar bilan bir qatorda, o„sha 
davrga tegishli vaqf hujjatlari, agiografik va boshqa turli mazmundagi asarlardan 
ma‟lumot olish mumkin. 
XIV asr ikkinchi yarmidagi kechinmalarda Toshkent haqida ma‟lumotlar 
Mo„g„uliston xoni Tug„luq Temurxonning Movarounnahrga yurishi, Amir 
Temurning yurtni mo„g„ullar istilosidan ozod qilish uchun olib borgan kurashlari, 
o„lkaning mudofaa quvvatini oshirish va Xitoyga boradigan savdo yo„lini tiklash 
maqsadida Mo„g„ulistonga yurishlari voqealari bayonida qayd etilgan. 
Amir Temur bevosita Toshkent shahrining o„zida ham bir necha marta 
bo„lgan. Shaharni qo„rg„on bilan o„rab, unga o„n ikkita darvoza o„rnatgan, 
safarlaridan birida betob bo„lib, to tuzalguniga qadar ushbu shaharda qolgani ham 
ma‟lum. 
Sohibqiron kechinmalari orasida 766/1365 yili Toshkent bilan Chinoz 
oralig„ida yuz bergan “Loy jangi“ voqealari Sharafiddin Ali Yazdiyning 
“Zafarnoma” asarida ayniqsa batafsil yoritilgan. Unda, bir tomondan, Amir 
Husayn va Amir Temurning birgalikdagi lashkari va ikkinchi tomondan, 
Mo„g„uliston xoni Ilyosxojaxonning lashkari, may oyi bo„lishiga qaramasdan 
qattiq yomg„ir yog„ib erlar loy bo„lgan og„ir bir sharoitda jangga kirishadilar. 
Sohibqiron Amir Temur lashkarning so„l qanotida mardonavor hujumlar olib 
boradi va dushmanni mag„lub qilib, chekinishga majbur qiladi. Biroq Amir 
Husaynning kaltabinligi va uning boshchiligidagi lashkarning sustkashligi tufayli, 
ular g„alabani boy beradilar va jata lashkari ustun keladi. 
Shu davrda Toshkent viloyatida kechgan muhim voqealardan biri – bu Amir 
Temur tomonidan Shohruhiya shahrining barpo etilishidir. Sharafiddin Ali Yazdiy 
“Zafarnoma” asarida yozishicha, sohibqiron Amir Temur o„z vaqtida Chingizxon 
lashkari tomonidan butunlay xarob qilingan Fanokant (Banokat) o„rnida yangi 
shahar barpo etishini buyuradi. Uning qo„l ostidagilar mazkur farmonga muvofiq 
yangi shahar qurib, uni mustahkam qo„rg„on bilan o„raydilar va o„sha atrofda 
yashovchi aholini u erga ko„chiradilar. Amir Temur mazkur shaharni o„g„li Mirzo 
Shohruhga atagani sababli, u “Shohruhiya” degan nom bilan shuhrat topadi.
Toshkent viloyatida Ohangaron vodiysi, Sayhun (Sirdaryo) sohillari va Farak 
(Chirchiq) daryosining quyi havzasida o„tloqlar, to„qayzorlar ko„p bo„lganligi 
sababli, ko„pincha sohibqiron Amir Temur o„z lashkari bilan qishlovni shu erda 
o„tkazgani ham ma‟lum. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida 800 
(1397) yilning qishida, Amir Temur Toshkent viloyatining Chinos (Chinoz) 
qishlog„ida qishlab turganida, bu erga Xitoy podshosi elchilari kelib Sohibqiron 
huzurida bo„lgani, tortiqlar keltirganlari, yaxshi qabul qilingani va qaytishga ruxsat 
etilgani haqida yozilgan.


Bu haqda xitoy manbalarida ham qayd etilgan. Amir Temur saltanati yillari 
Xitoyda, asosan, Min sulolasining dastlabki vakili imperator Chju Yuan Chjan 
(boshqa ismi Tayszu, laqabi Xunu, 1368–1398) hukmronligi vaqtiga to„g„ri keladi. 
Xitoyning XIV-XVII asrlar oralig„idagi tarixi ancha mukammal aks etgan solnoma 
– “Min shi lu” (“Min sulolasi imperatorlari hukmronligi haqidagi haqqoniy 
xotiralar”)da tarixiy kechinmalar yilma-yil yozilgan bo„lib, unda 1388–1398 yillar 
oralig„ida Xitoyga Movarounnahrdan to„qqiz marta elchilar kelganligi va shundan 
1395 yilgacha bevosita Amir Temur nomidan olti marta elchilar tashrif buyurgani 
qayd etilgan 
Xitoyning Amir Temur va Temuriylar davlati bilan elchilik aloqalarida, 
asosan, ikkita diplomat – Fu An (vafoti 1429) va Chen Chenning xizmatlari katta. 
Chunki ular o„z safar xotiralarini yozganlar va bu ma‟lumotlar xitoy solnomalariga 
kiritilib, qimmatli tarixiy manba bo„lib qolgan. Chunonchi xitoy solnomasi “Min 
shi”da yozilishicha, Xitoy imperatori 1395 yili Fu An boshchiligida Samarqandga 
Amir Temur huzuriga elchilar yuborgan va ular orqali imperator muhri bosilgan 
maxsus maktub ham yo„llagan. Boshqa bir solnoma – “Min shi lu” da esa, Fu Anь 
boshchiligidagi elchilar 1395 yili Xitoydan qaytayotgan Amir Temur elchilari 
bilan hamsafar bo„lganlari aytilgan. Mazkur elchilik yuqorida Sharafiddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma” asarida Xitoydan tashrif buyurgan va Amir Temur 
Toshkent viloyatida, aniqrog„i Chinozda turganida qabul qilgan elchilar vaqtiga 
birmuncha mos keladi. Demak, XIV asr oxirlarida Movarounnahr bilan Xitoy 
o„rtasida anchagina muntazam savdo-elchilik aloqalari bo„lgan va uning shimoliy 
bir tarmog„i Toshkent shahri va viloyati orqali o„tgan. Toshkentning mazkur 
savdo-elchilik aloqalarida muhim o„rni bor. 
Amir Temurning Xitoyga yurishi va O„trorda vafoti voqealarida ham 
Toshkent viloyati lashkarining bir qanoti qishlov uchun o„rnashgan joy sifatida 
ma‟lum. 
XV asrning birinchi yarmi, ya‟ni Mirzo Shohruh saltanati va Mirzo 
Ulug„bekning Movarounnahrda hukmdorligi kechinmalari, Halil Sultonning qisqa 
muddat Samarqand taxtida o„tirib, bu o„lkani boshqargani va unga qarshi yuzaga 
kelgan ichki ziddiyatlar bayonida Toshkent shahri va viloyati tilga olingan. Bu 
yerlar Mirzo Ulug„bek tasarrufida bo„lgan. Xuddi shu yillarda Temuriylar 
davlatining xalqaro munosabatlari, jumladan, Xitoy bilan savdo-elchilik 
aloqalarida Toshkent va karvonlarning Sirdaryodan o„tishida asosiy joy sanalmish 
Chinoz hamda Shohruxiya Buyuk Ipak yo„lidagi muhim savdo shaharlari sanalgan. 
XV asr ikkinchi yarmida Movarounnahrda boshqaruv tizimi Amir Temurning 
boshqa o„g„li Mironshoh avlodlari, aniqrog„i Sulton Abusaid va uning o„g„illari 
hukmiga o„tadi. Unda Toshkent viloyati dastlab Sulton Abusaid, uning vafotidan 
keyin, avvaliga katta o„g„li Sulton Ahmad mirzo (vaf. 899/1493-1494), so„ngra 


kichik o„g„li, ya‟ni Farg„ona hukmdori Umarshayx mirzo (vaf. 899/1493-1494) 
tasarrufida edi. 
Xuddi shu davrda Mo„g„uliston xoni Tug„luq Temurxon zurriyotidan 
bo„lmish Yunusxon (873/1468-1469 – 892/1486-1487) temuriy hukmdor Sulton 
Abusaidning sa‟y-harakati bilan Mo„g„ulistonda xonlik taxtini egalladi. SHundan 
so„ng mazkur davlatning siyosiy mavqei kuchaydi. YUnusxon uchta qizini Abu 
Saidning uchta o„g„li – Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud mirzo, Umarshayx 
mirzoga turmushga bergani esa, o„z navbatida Temuriylar va Mo„g„uliston 
hukmdorlari o„rtasida qarindoshlik rishtalari yangilanishi va mustahkamlashuviga 
olib keldi. 
“Boburnoma” dagi ma‟lumotlarga ko„ra Sulton Ahmad mirzo Toshkent, 
Shohruhiya va Sayromni egallab, keyinroq uni Umarshayx mirzoga beradi. 
Keyinchalik Shohruhiya uchun nizo kelib chiqadi; 890/1485 yili Temuriy 
shahzodalar – Andijondan Umarshayx mirzo va Samarqanddan Sulton Ahmad 
mirzo, shuningdek Mo„g„uliston xoni Yunusxon Toshkentdan yo„lga chiqib, 
Shohruhiyaga keladilar. Ulardan har biri Shohruhiyani egallashni va Toshkent 
viloyatida o„z mavqeini kuchaytirishni maqsad qilgan edi. Temuriylar saltanati 
ma‟naviy hamda siyosiy hayotida muhim o„rin egallagan Xoja Ahror Valiy 
Samarqanddan etib kelib, uchala hukmdorni o„z huzuriga chorlaydi va tomonlarni 
yarashtirishga erishadi; 890/1485 yili Shohruxiyada tuzilgan ushbu sulh shartiga 
ko„ra Toshkent viloyati Yunusxonga beriladi. Mazkur voqea mavlono Sayid 
Muhammad Qozining (vaf. 922/1516) “Silsilat ul-orifin” asarida batafsil 
yoritilgan, deb yozadi Mirza Haydar. Bu voqea Ali Safiyning “Rashahot ayn al-
hayot” asarida ham qayd etilgan. Darvoqe, Toshkent shahri Xoja Ahror Valiyning 
tug„ilib- o„sgan joyi sanaladi va o„sha davr vaqf hujjatlarida keltirilgan 
ma‟lumotlarga ko„ra, keyinchalik ham uning Toshkent viloyatida vaqf joylari – 
qishloqlar, ekin erlari, bog„lar va boshqa ko„chmas mulklari bo„lgan. Mazkur vaqf 
hujjatlarida Toshkent viloyati hududida bir qancha joy nomlari ham sanab o„tilgan 
va ular tarixiy toponimik tadqiqot nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Temuriylar o„rtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485 
yilda Mo‟g‟uliston xoni Yunusxon ixtiyoriga o„tdi va uning qarorgohiga aylandi. 
Lekin, u ko„p hukmronlik qilmay, 1487 yilda Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan 
keyin taxtga uning o„g„li Sulton Mahmudxon o„tirdi. Uning hukmronligi ham 
ko„pga bormadi. 
Yunusxon vafotidan (892/1486-1487) so„ng, 893/1487-1488 yili Umarshayx 
mirzo va Sulton Ahmad mirzo Toshkent viloyatini qaytarib olish uchun qo„shin 
tortadilar. Umarshayx qo„shini Toshkent viloyatidagi Ushtur qo„rg„onini egallaydi. 
Sulton Mahmudxon lashkar tortib, qattiq jangdan so„ng, qo„rg„onni qaytarib oladi. 
Shu yili Samarqanddan Sulton Ahmad mirzo Toshkentga yurish qiladi. Shohibek 


(Shayboniy) uning lashkarida edi, u o„z qo„shini bilan Sulton Mahmudxon 
tomonga o„tib ketadi. Sulton Ahmad Mirzo engilib, Samarqandga qaytadi va uning 
Toshkent viloyatini olish uchun harakati amalga oshmaydi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish