1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet13/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

10-variant

  1. Inson uchun munosib hayot tamoyillarini shakllantirish va ularni kasbiy ma’naviyat nuqtai nazaridan asoslash.

Prezidentimizning ushbu asarida aynan shu jihatdan o’qituvchilar mehnatiga yuksak baho berilgan. «SHu nuqtai nazardan qaraganda, - deb ta’kidladilar Yurtboshimiz, - ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. CHindan ham o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi».Olamni go’zallik qutqaradi, degan purma’no so’zlarning mag’zini chaqsak aslida go’zallik inson ma’naviyatida zohir bo’lishini anglaymiz.Har qanday inson o’zining ma’naviyati bilan go’zal. Demak, olamni ma’naviy go’zal insonlar qutqaradi. SHu ma’noda odamlarga ma’rifat nuri ulashadigan muallim, ta’bir joiz bo’lsa, ma’naviyatning chinakam timsolidir.Darhaqiqat, shunday. O’qituvchi tom ma’noda odamlarga nur, ziyo, go’zallik baxshida etuvchi inson. U o’zining ana shu xislati bilan boshqalar uchun ibrat namunasidir. Zero, el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etgan o’qituvchi, ya’ni ustoz, murabbiy har doim odamlar izzat-ikromiga sazovor bo’lib kelgan. Xalqimiz muallim hurmatini doimo joyiga qo’ygan. Ilm-ma’rifatga havas, intilish bizning zaminimizda azaldan oliy qadriyat hisoblanib kelingan. Xalqimiz ziyo ulashuvchi odamlarni mulla (ziyoli), ilmu-urfon ahlini esa domulla (katta mulla, katta ziyoli) deb atash bilan ma’rifat ahliga bo’lgan hurmatini ifoda etgan.

Bugun o’qituvchilik mas’uliyati har qachongidan ham yuksak va sharafli. Bu mas’uliyat XXI asr kishisini kamol toptirish demakdir. Yigirma birinchi asr - aql zakovat asri deya e’tirof etilganligini inobatga olsak, o’qituvchi mas’uliyati naqadar muhimligini anglab yetamiz.

2. Hozirgi davrda jamiyatda fan, ta’lim, ma’naviyatning rivojlanishi.

Fan - jamiyatning ijtimoiy instituti. Jamiyat hayotining mavjudligi va muttasil taraqqiy etib borishi muhim ijtimoiy institutlar faoliyati bilan belgilanadi. Ana shunday ijtimoiy institutlardan biri fandir. Fan boshqa ijtimoiy institutlarga xos bo‘lmagan noyob o‘ziga xos jixatlari bilan jamiyat hayotini ratsional tashkil etishi va ijtimoiy muammolarni samarali hal etishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Fan – ijtimoiy ong shakllari orasida ilmiyligi va yuqori tartiblashganligi bilan ajralib turadi.

Fanni dunyo to‘g‘risidagi, shu jumladan odamning o‘zi to‘g‘risidagi, ob’ektiv bilimlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyatdir, deb ta’riflash qabul qilingan.

Xususan, rus faylasufi V.P.Koxanovskiy bergan ta’rifga ko‘ra “Fan – bu real faktlarni umumlashtirib ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar asosida haqiqatni anglash va ob’ektiv qonunlarni kashf etishni bevosita maqsad qilgan kishilarning tabiat, jamiyat va o‘zini anglash to‘g‘risida bilimlarni ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ma’naviy faoliyatlari shaklidir”208.

Fan - dunyo xaqidagi bilimlar tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bog‘liq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli - olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o‘z ichiga oladi va inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi o‘zining o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

Fanning quyidagi asosiy funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin:

- ishlab chiqaruvchi kuchlarni takomillashtirish uchun ilmiy bilimlardan foydalanish (fanning texnologik funksiyasi);

- ilmiy bilimlardan fanning o‘zini rivojlantirish uchun foydalanish;

- ilmiy bilimlarni shaxsning har tomonlama kamol topishiga (ijtimoiy progressga) imkon yaratish maqsadida insonni rivojlantirish uchun qo‘llash;

- fandan turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vositasi sifatida foydalanish.

Ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan fanning roli, uning tashkiliy tuzilishining murakkabligi, ilmiy faoliyat jarayonida foydalaniladigan resurslarning turli tumanligi fan taraqqiyotini prognozlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ijtimoiy hayot dinamikasi bilimlarning rivojlanish jarayonlariga muhim ta’sir qilib, fanni tuzilmaviy va gnoseologik-metodologik jihatdan ancha ilgari siljitadi. Bu - fanning asosan oddiyroq tizimlarni (eng avvalo fizik va injenerlik tizimlarni) o‘rganishdan murakkab va o‘ta murakkab tizimlarni (ekologik, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni) tadqiq qilishga o‘tishidir

3. Shaxs ma’naviyati va kasbiy ma’naviyat bilan uzviyligi va o‘ziga xosligi.

Ma’naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat’i nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy sifatlardir. Demak, ma’naviyat asosini bilim tashkil qilar ekan, bilim turlariga mos ravishda ma’naviyat turlarini sanab chiqsak bo‘ladi. Bularga diniy ma’naviyat, axloq va odob ma’naviyati,dunyoni ilmiy bilish ma’naviyati, texnik ma’naviyat, kasbiy ma’naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma’naviyati inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini, ya’ni qobig‘ini tashkil qilgani uchun, ba’zilar ma’naviyat‘deganda, kishining axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi deb tushunishadi. Bu ma’naviyatni tor ma’noda tushunishdir.

Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko‘p. O‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, o‘z ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko‘ra mehribon, aziz va mo`tabar zot yo‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-tuganmas boyligidir.

Ota-ona o‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. O‘zbek xalqi odob-axloqi bo‘yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan o‘tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo‘lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.



Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat qilish «…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» so‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish