1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining metodik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 29,58 Kb.
bet2/2
Sana09.02.2022
Hajmi29,58 Kb.
#438431
1   2
Bog'liq
2781 03.05.2016

NAMUNAVIY NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (bundan buyon matnda umumta’lim muassasasi deb yuritiladi) metodik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 17-dekabrdagi 35-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2781-1, 28.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/2781-1/1202-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Metodik kengash umumta’lim muassasasining ta’lim, metodik va innovatsion faoliyatini ta’minlash yuzasidan metodik xizmatni amalga oshiradigan jamoaviy organ hisoblanadi. Metodik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Mazkur Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Metodik kengash pedagogik jamoaning innovatsiya, tajriba-sinov, ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirishda uslubiy birlashmalarning ishini muvofiqlashtiradi.
3. Metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta’lim muassasasining ustaviga amal qiladi.
2-bob. Metodik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Metodik kengashning maqsadi umumta’lim muassasasi o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy mahoratini o‘stirish hamda metodik ishlarga tez moslashuvchanligini ta’minlashdan iborat.
5. Metodik kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
umumta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik faoliyatni muvofiqlashtirish, pedagog xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish;
umumta’lim muassasasining o‘quv dasturi, o‘quv rejasi va uning rivojlantirish dasturlarini birlamchi ekspertizadan o‘tkazish hamda tasdiqlash uchun umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga tavsiya etish;
umumta’lim muassasasi o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ta’lim metodlari, shakli va vositalarini izlab topishga ko‘maklashish, dars jarayonida qo‘llashga sharoit yaratish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagogik xodimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berish;
o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarining davlat ta’lim standartiga mosligini o‘rganish, tahlil qilish, monitoring qilish va natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
o‘quv yili yakunida o‘quvchilarni keyingi sinfga ko‘chirish yoki sinfda qoldirish masalasini ko‘rib chiqish;
pedagog xodimlarning oxirgi uch yildagi ish natijalarini tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish, pedagog xodimlar va uslubiy birlashma rahbarlariga metodik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berish;
pedagog xodimning innovatsion faoliyatini tashkil qilish, ularning ijodiy izlanishlari uchun seminarlar, trening mashg‘ulotlari, pedagogik texnologiyalar bo‘yicha taqdimotlar hamda ochiq darslar tashkil etish;
umumta’lim muassasasi pedagog xodimlarining malaka oshirishlarini tashkil etish;
pedagog xodimlarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatlarini tahlil qilish, ularning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlari asosida o‘quv seminarlar tashkil etish, ularning ish rejasi asosida ijodiy hisobotlarini eshitish;
fanlar bo‘yicha sinfdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlarni muvofiqlashtirish;
fan olimpiadalari va tanlovlarning maktab bosqichlarini o‘tkazish hamda ularning samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga va amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot, innovatsion, ijodiy faoliyatiga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
pedagogik xodimlarni ilmiy, metodik, didaktik materiallar, o‘quv dasturlari bilan ta’minlash;
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars o‘tishning yangi metodlarini sinovdan o‘tkazish;
ta’lim sohasida tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
uslubiy birlashmalar hisobotini eshitish, muhokama qilish va ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
ta’lim mazmunini rivojlantirishga oid masalalarni hal qilish, innovatsion dasturlar tuzish, diagnostik tahlil o‘tkazish, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlar faoliyatini tashkil etish;
pedagog xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni muhokamadan o‘tkazish.
3-bob. Metodik kengashning tarkibi va uning faoliyatini tashkil qilish
6. Metodik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan shakllantiriladi.
7. Metodik kengash umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini pedagogik kengash qarorlarini bajarishga yo‘naltiradi.
8. Metodik kengash a’zoligiga umumta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosarlari, uslubiy birlashmalar rahbarlari, oliy, birinchi va ikkinchi toifali o‘qituvchilar kiritiladi. Metodik kengash umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari soni va o‘quvchilar kontingentidan kelib chiqib 5 — 15 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
9. Metodik kengash raisi umumta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Metodik kengash kotibi o‘qituvchilar orasidan tayinlanadi.
10. Metodik kengashning faoliyati umumta’lim muassasasi direktori tomonidan nazorat qilinadi.
11. Metodik kengash faoliyati yillik ish reja asosida tashkil etiladi. Ish reja metodik kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va umumta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga asosan umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
12. Metodik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Metodik kengash bayonnomasi kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma metodik kengash raisi, kengash a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomalarning raqami, sanasi va yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar metodik kengash bayonnomalarini qayd etish daftariga yozib boriladi. Bayonnomalarni qayd etish daftari raqamlanadi, ip o‘tkazib tikiladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan imzolanib muhrlanadi.
Metodik kengashda o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, xo‘jalik va boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar muhokama qilingan taqdirda, mazkur yo‘nalish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs muhokama jarayoniga jalb etiladi.
4-bob. Metodik kengashning huquq va majburiyatlari
13. Metodik kengash quyidagi huquqlarga ega:
umumta’lim muassasasining o‘quv jarayonini takomillashtirishda ishtirok etish;
pedagog xodimlarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va amaliyotga joriy etishga oid masalalarni ko‘rib chiqish;
o‘quv yili yakunida o‘quvchilarni keyingi sinfga ko‘chirish yoki sinfda qoldirish masalalari bo‘yicha maktab pedagogika kengashiga tavsiyalar berish;
umumta’lim muassasasi rahbariyatiga o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlarida faol ishtirok etgan pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida taklif kiritish;
pedagog xodimning malaka toifasini oshirish bo‘yicha taklif berish;
pedagog xodimlarga malaka oshirish shakllari bo‘yicha tavsiyalar berish;
fan olimpiadalari, tanlovlar va turli musobaqalarda qatnashish uchun o‘qituvchilar va o‘quvchilar nomzodini tavsiya etish;
umumta’lim muassasasi faoliyatiga oid ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish, uning natijalaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
14. Metodik kengash quyidagilarga majbur:
har chorakda faoliyati yuzasidan umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga hisobot topshirish;
ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va pedagogik kengashga taqdim etish;
o‘quv rejasini ishlashda ishtirok etish;
yangi axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik izlanishlar olib borish;
iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida reja asosida ishlashni tashkil etish;
pedagog xodimlarga umumiy o‘rta ta’limga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlar yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berish.
5-bob. Metodik kengash hujjatlari
15. Metodik kengashda uning faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
umumta’lim muassasasi direktorining metodik kengash to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i;
metodik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;
umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va ularning metodik ishlari haqida ma’lumotlar yig‘majildi;
pedagog xodimlar tomonidan tashkil etiladigan ochiq dars mashg‘ulotlari va tarbiyaviy soatlar jadvallari;
fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalarni o‘tkazish reja-jadvali;
uslubiy birlashmalarning hisobotlari;
yig‘ilish bayonnomalari;
metodik kengashda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.
16. Metodik kengash hujjatlarining saqlanishiga metodik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.
Metodik kengash hujjatlari kengashda uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
6-bob. Yakuniy qoida
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 18-son, 205-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/2781-1/1202-son)

Download 29,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish