1. Urugʻchilikda innovatsion yondashuvlarning nima keragi bor?



Download 31,5 Kb.
Sana19.09.2021
Hajmi31,5 Kb.
#178856
Bog'liq
ivitish


1. Urugʻchilikda innovatsion yondashuvlarning nima keragi bor?
Agrar sohada yuzaga kelgan qator muammolar seleksiya-urugʻchilik kompleksini isloh qilish va uni bozor sharoitlariga moslashtirishni, shuningdek, sohaga innovatsion texnologiyalar olib kirishni talab qilmoqda.
Qishloq xoʻjaligida talabga ega boʻlgan yangi nav – innovatsion mahsulot hisoblanadi. Yangi nav esa faqatgina yaxshi tashkil etilgan urugʻchilik tizimi tomonidan yetkazib beriladigan sifatli urugʻ ekilgandagina bor boʻy-bastini namoyish etadi.Shu bois urugʻchilik raqobatbardosh mahsulot yetishtirishning asosi boʻlib, strategik jihatdan mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini va xalq xoʻjaligining samarali rivojlanishini taʼminlaydi.
Bugunda sohaning barcha yoʻnalishlariga foyda keltiradigan innovatsiyalar ishlab chiqilmoqda: ekinlarning hosildorligi hamda ozuqaviy qiymatining oshishi, begona oʻtlar va zararkunandalar bilan kurashdan boshlab isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan tayyor mahsulotning sifatigacha.
2. Mavjud urugʻlarning sifatini oshirish usullari ham bormi?
Urugʻlarning sifatini oshirish uchun urugʻlarning turli xil saralash usullaridan foydalaniladi.
Urugʻlar oʻlchami, shakli, qalinligi, rangi va boshqa xususiyatlariga koʻra odatda urugʻchilik xoʻjaliklarida saralanadi, ammo zaruriyat tugʻilganida buni bevosita ekishdan avval ham amalga oshirish mumkin. Yomon saralangan urugʻlarning unib chiqish darajasi past boʻladi, ekilganda esaunib chiqqan nihollar soni kam, kuchsiz va nimjon boʻladi, ekinlar kam hosil beradi.
Urugʻlarni oʻlchamiga qarab saralash kalibrovka deb ataladi. Shuningdek urugʻlarning elektr potensialining turli xilligiga koʻra elektrseperatsiya ham qoʻllaniladi. Bundan tashqari, havo yordamida urugʻ hajmi fraksiyalarga ajratiladigan havo separatsiyasi (aeroseparatsiya)dan ham foydalaniladi.
Soʻnggi yillarda urugʻlarni optik saralash texnologiyasi joriy etilgan. Bunda elektromagnit nurlanish (X-nurlari, ultra nurlanish, zohir va IK nurlanish) va tovush toʻlqinlari usullari kengroq yoyilgan. Bu usullar urugʻlarning tashqi (shakli, rangi, oʻlchami, tuzilishi) va ichki (embrion holati, endospermasi, urugʻ qatlami, muayyan birikmalarning mavjudligi, patogenlarning borligi va hokazo) xususiyatlarini baholashga imkon beradi.
3. Dorilash nima degani?
Urugʻlarni ekishdan avvalgi ishlov muhim bosqich sanalib, ularning unib chiqishi oshadi, nish urgan ekinlarning salbiy abiotik va biotik stresslarga chidamliligini oshiradi. Bularga urugʻlarni zararlantirish, ivitish, ragʻbatlantiruvchi vositalar bilan ishlov berish, kapsulalash va b.lar kiradi.
Urugʻlarni zararlantirishda, odatda, dorilash usulidan foydalaniladi. Urugʻlarni kimyoviy moddalar yordamida dorilash –qishloq xoʻjaligi ekinlarining kasalliklari va zararkunandalari bilan kurashishning umumiy tizimdagi eng muhim, maqsadga yoʻnaltirilgan, samarali, iqtisodiy jihatdan maqbul, atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan tadbirlardan biri.
4. Dorilashning qaysi turi eng xavfsiz sanaladi?
Dehqonchilikni biologizatsiya qilish zarurati munosabati bilan oxirgi yillarda urugʻlarni ekishdan avvalgi ishlovining atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan turi – ozonlashtirish keng qoʻllanilmoqda.
Ozonlashtirish – urugʻlarga ishlov berish jarayoning eng zamonaviy va ilgʻor texnologiyalaridan biri. Ozondan foydalanishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: yuqori oksidlanish imkoniyati, havodagi kisloroddan istalgan joyda olish mumkinligi, elektr apparatlari yordamida ozon olishning osonligi va qulayligi, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, chiqindilarsiz ishlab chiqarish, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi.
Ekishdan avvalgi ishlovning yana bir usullaridan biri urugʻlarga gidrotermik taʼsir koʻrsatishdir. “Gidrotermik ishlov” deganda urugʻlarga ekishga tayyorlashning bir necha usullari nazarda tutilsa-da, ammo ularning barida urugʻlar turli daraja issiqlikdagi suvga ivitib qoʻyiladi.
5. Ekinlar hosildorligini urugʻ qadashdan avval ham oshirish mumkinmi?
Albatta, mumkin! Buning bir necha usullari bor:
– Urugʻlarni mikroelementlar eritmasida ivitish. Urugʻlarning unib chiqishini ragʻbatlantirish, oʻsish va rivojlanish surʼatini tezlashtirish uchun ular mikroelementlar va biologik faol moddalar eritmalarida ivitiladi. Urugʻlarni ivitish zaruriyati va eritmalarning tarkibi muayyan ekinning ehtiyoji va u ekiladigan tuproqning turiga bogʻliq boʻladi.
– Oʻsish stimulyatorlaridan foydalanish. Ishlab chiqarishda eng koʻp qoʻllaniladigan oʻsish stimulyatorlariga gibberellin, sitokinin, 2-xloretilfosfon kislotasi hosilalari (etefon, etrel), fuzikoksin, tarkibida kremniy boʻlgan birikmalar va hokazo. Ularning taʼsirida nimjon urugʻlarning unib chiqishi tezlashadi, urugʻlarning unib chiqish salmogʻi oshadi, nish urgan ekinlar baquvvat boʻladi.
– Barbotaj. Bu usul suvga solingan urugʻlarga kislorod yoki havo yordamida ishlov berishga asoslangan. Barbotaj jarayonida kislorod yoki havo bilan toʻyingan suvga solingan urugʻlar tezroq shishib, urugʻlarning nish urishini toʻxtatib turadigan tashqi qobiq – ingibitorlaridan xalos boʻladi. Shu munosabat bilan barbotaj qilingan urugʻlarning unib chiqish muddati anchayin qisqaradi, bu oʻz navbatida tez qurib qolish xususiyatiga ega tuproqli yer maydonlarida dehqonchilik qilganda muhim ahamiyat kasb etadi.
6. Ishlov berilgan urugʻlarni saqlash muddatini qanday uzaytirish mumkin?
Buning uchun osmo (grek. osmos – zarba, bosim) ishlovdan foydalanish mumkin.Osmo ishlov AQSH, Buyuk Britaniya, Polsha va boshqa davlatlarda tobora keng yoyilmoqda. Bu usulning mohiyati shundaki, urugʻlar kimyoviy nofaol moddaning (aksariyat hollarda polietilenglikol 6000dan foydalaniladi) ichiga solinadi, bunda urugʻlar shishishi, ammo nish urmaydigan miqdorda konsetratsiya tayyorlanadi. Shunday qilib, ishlov berilgan urugʻlar tez bir maromda unib chiqadi. Bunday urugʻlarni quritib, bir qancha vaqt mobaynida saqlash mumkin boʻladi. Bunday urugʻlar tuproqqa qadalganidan soʻng, hatto, past haroratda ham unib chiqishi mumkinligi bilan eʼtiborga loyiqdir.
7. Urugʻlarni bahorda havo haroratining keskin oʻzgarishidan qanday himoyalash mumkin?
Sabzavotlar yetishtirishda oʻsimliklarni bahorda tez-tez uchrab turadigan ob-havoning keskin oʻzgarishlariga, shuningdek, past harorat sharoitlariga tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Urugʻlarni chiniqtirish unib chiqayotgan urugʻlarda shakar moddasining yigʻilishini kuchaytiradi, koʻchatning biometrik koʻrsatkichlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Inkrustatsiya (kapsulalalash) – texnologik jarayon boʻlib, unda urugʻlar sirti parda hosil qiluvchi maxsus suyuqlik bilan qoplanadi. Uning tarkibidagi moddalar himoya muhitini yaratib, oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishini ragʻbatlantiradi, urugʻni zararli mikroblardan tozalab, urugʻ ustidagi biologik faol moddalarning parchalanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Mikroelementlar taʼsirida oʻsimliklarning zamburugʻlar va bakterial kasalliklarga, shuningdek atrof-muhitning salbiy taʼsiriga – atmosfera va tuproqdagi qurgʻoqchilikka, yuqori va past havo haroratiga, qishlash sharoitlariga chidamlilikni oshiradi. Dorilashdan avval inkrustatsiya qilishning asosiy afzalligi – preparatlar iqtisod qilinadi. Inkrustatsiyadan soʻng pestitsisidlarni 1,5—3 martagacha kamaytirish mumkin.
8. Urugʻchilikning innovatsion usullari yordamida ekologik toza mahsulotlar yetishtirish mumkinmi?
Sabzavotlar yetishtirishda pestitsidlar miqdorini kamayirish zamonaviy dehqonchilikning muhim vazifalaridan sanaladi. Mazkur muammoning yechimlaridan biri – tabiiylikka maksimal darajada yaqinlashtirilgan moddalar va birikmalardan foydalanishdir. Mana shunday moddalar qatoriga biosferaning asosini tashkil etuvchi temir, rux, alyuminiy, kremniy kabi metallarning ultradispers kukunlari (UDK)ni kiritish mumkin.
Taxminlarga koʻra, UDK metallarining mikrozarralari urugʻlar poʻstining teshikchalari orqali bir tekisda kirarkan, oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirilib, ularning oʻsishi va rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Boshqa nuqtai nazar ham mavjud: UDK urugʻlardagi “shikastlangan darvoza”ni berkitadi, zamburugʻlarning giflari metallga tegib, oʻsishdan toʻxtaydi-da, metallar UDKsi urugʻlarning sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
9. Drajelash nima degani?
Drajelash deganda urugʻni sunʼiy qoplama bilan oʻrash tushuniladi. Aksariyat hollarda urugʻlar shaklini tekislash,oʻlchami va ogʻirligini oshirish maqsadida drajelanadi, bunda urugʻlarni sepish ham, birma-bir ekish ham osonlashadi.
Drajening asosiy komponentlariga torf, kukunsimon koʻrinishdagi diatomit, dala shpati qumi va bentonit tuprogʻini kiritish mumkin. Draje tarkibiga, shuningdek, maxsus urugʻdorilagichlar, mikroelementarni ham qoʻshish mumkin.
10. Urugʻlarga ishlov berishning qaysi usullari eng samarali?
Urugʻlarga taʼsir koʻrsatishning fizik usullaridan elektromagnit nurlanish, ultrabinafsha nurlar, lazer uskunalar, tojli razryad va boshqalarga katta ahamiyat berilgan.
Taʼsir usullaridan qatʼi nazar (doimiy yoki oʻzgaruvchan magnit maydoni, oʻta yuqori chastotali nurlanish, radiotoʻlqinlar, lazer va hokazo) urugʻlarni faollashtirish hosilning deyarli bir xil oʻsishiga olib keladi. Shu bois usullarni birortasini tanlashda undan foydalanishning qulayligi va ekologik tozaligi inobatga olinadi.
Shunday qilib, xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi paytga kelib urugʻchilikda anʼanaviy usullar bilan bir qatorda urugʻchilik materialining sifatini oshirishga hamda ekishga moʻljallangan urugʻlar sarfini kamaytirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlardan tobora koʻproq foydalanilmoqda.
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish