1. Uzluksiz ta’lim tizimi



Download 28,61 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi28,61 Kb.
#651399
Bog'liq
Joraboyeva Dilmura


Mavzu: Uzluksiz ta’lim tizimida mutaxassislik fanlarining didaktik ta’minotini ishlab chiqish, mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlash,o’quv uslubiy majmualarini ishlab chiqish.

Reja:
1.Uzluksiz ta’lim tizimi.


2.Mutaxassislik fanlar mazmunini belgilovchi muhim g’oyalar. 3.Boshlang’ich sinflarda o’qitishning vazifasi. 4.Uzluksiz ta’lim tizimida mutaxassislik fanlarining didaktik ta’minotini ishlab chiqish. 5.Mutaxassislik fanlaridan o’quv uslubiy majmualar tarkibi.

Tayanch so’zlar:Uzluksiz ta’lim,ta’lim ustuvorligi,mutaxassislik fanlari,o’quv uslubiy majmua, qollanma, faoliyat, tahlil, tehnologiya, funksional didaktik material.


Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish masalalari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “da aniq belgilab berilgan.Unda uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi shaxs,jamiyat va davlatning iqtisodiy,ijtimoiy,ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha ekanligi ta’kidlangan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni tashkil etish printsiplari quydagicha belgilangan:
1.Ta’limning ustuvorligi printsipi
2.Ta’limning demokratlashuvi printsipi
3.Ta’limning insonparvarlashuvi printsipi
4.Ta’limning ijtimoiylashuvi printsipi
5.Ta’limning milliy yo’naltirilganligi printsipi
6.Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi printsipi
7.Iqtidorli yoshlarni aniqlash,ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish printsipi
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida , turli darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quydagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
-maktabgacha ta’lim;
-umumiy o’rta ta’lim;
-o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi;
-oliy ta’lim;
-oliy o’quv yurtidan keying ta’lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy mo’delining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir.
Ta’lim mazmuni -bu jamiyaning shaxsni ma’naviy rivojlanishga qo’yilgan talablar. Jamiyatning ijtimoi tajriba va ma’daniyatni aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.Hozirgi sharoitda ta’lim mazmuni ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quydagi g’oyalar yetakchi o’rin tutadi: -insonparvarlashtirish;
-integratsiya;
-standartlashtirish;
-axborotlashtirish-individuallashtirish-ketma-ketlik.
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quydagilardan iborat bo’ladi.
fan-texnika madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
ta’limning maqsad va vazifalari ;
o’quvchilarning yosh xusisiyatlari,o’quvchi shaxsining ehtiyojlari;
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish ta’lim muassasasining o’quvchiga e’tibor qaratishi uning shaxsi,xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilish , birinchi navbatda bolalarning qobilyatlarini rivojlantirish,ularning mustaqil hayotda o’z yo’llarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko’zda tutadi.
Insonparvarlashtirish gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatda bo’lishi,matematik,biologik,texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko’zda tutadi.Talim mazmunida insonparvarlik g’oyalarining aks etishi o’quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi.Ta’limni insonparvar (gumanitar)lashtirish yangi tayanch o’quv rejasining ikkinchi muhim g’oyasidir.Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o’quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirish o’z ifodasini topadi.
1997-yilda o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim tizimida yangi bosqich bo’ldi.DTS talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o’zgarib borishi odamni doimiy ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon mohiyatini anglatadi.

Boshlang’ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo’yilgan “o’quvchilarga fan asosidan puxta bilim berish ,ularda yuqori darajadagi onglilikni shakllantirish,kasblarni ongli tanlashga o’rgatish” kabi vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat.Shunday qilib,boshqa har qanday o’quv predmet kabi,matematika boshlang’ich kursi ta’limiy,tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi lozim.Mtematika o’qitish asosiy vaqzifalardan biri o’quvchilarda hisoblash,o’lchash va grafik ko’nikmalarning ma’lum aniq sistemasini hosil qilshdan iborat,boshqacha aytganda,bu sistema eng soda amallarni bajarishdan iborat bo’lib,ko’p marta takrorlanishi hisobiga avtomatizmga yetkaziladi.Bu vazifa yetarli sifatning pasayishiga olib keladi.Shunga qaramay,hozirgi vaqtda boshlang’ich matematika kursini o’rganishni faqatgina ko’nikmalar hosil qilish va bir xildagi faklar o’zlashtirish bilan almashtirish mumkin emas.O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat va munosabatlarni ochishni,kuchlar yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishni o’rganishlari kerak.


Boshlang’ich matematika kursi nazaryasida o’qtuvchi turli metod va didaktikalardan foydalinishi o’quvchilar dunyo qarashini kengaytirib “minimal harajat qilib,maksimal samara”olish imkonini beradi.
Metodika va didaktika uzviy bog’liqdir.Metodika deganda bilish faolyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushunilishiniladi.Bu fan didaktikaning bo’limidir.Didaktika (yunon-didaklikos-o’qitadigan,o’rgatadigan)-pedagogikaning bilim olish ta’lim va tarbiya nazaryasiga oid sohasi.Mutaxasislik fanlarini o’rganishda didaktik printsiplar muhim o’rin tutadi.
Didaktik printsiplar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir.Didaktiki tamoyillarga o’qitish va o’qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zaruz.Mutaxassislik fanlarini o’qitishda ular bir-biriga bog’lanib ketadi,quydagi printsiplar o’qitish va o’qish jarayonini samarali tashkil qilish bo’yicha qoidalar bo’lib,ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan.Ta’lim berish didaktikaning asosiy tamoyillari quydagilar:
1.Faollik tamoyili.
2Nazariya bilan amolyotning bir-biri bilan bog’liqligi.
3.Ko’rgazmalilik
4.tushunarlilik
5.Namunalardan foydalanish.
6.Ilmiylik.
7.Bilimlarni qo’llash.
Didaktik tamoyillar o’qtuvchi faolyatining yo’l-yo’rig’i sifatida xizmat qiladi,alohida olganda esa tushunarlilik printsipini qo’llab-quvvatlaydi.Bu o’z navbatida o’quv –uslubiy majmualarini tayyorlashga asos bo’ladi.
Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Oliy v aorta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 1-martdagi Yangi o’quv uslubiy majmualarini tayyorlash bo;yicha ko’rsatmalar 107-son buyurig’I asosida tayyorlanadi
O’quv uslubiy majmua DTS va fan dasturlarida belgilangan talablarga muvofiq egallanishi lozim bo’lgan bilim,ko’nikma va malaka kopetensiyalarni shakllantirish,o’quv jarayonini kopleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarga erishish,mustaqil bilim olish va o’rganish,hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan o’quv uslubiy vositadir.O’quv uslubiy majmua talabaning ijodiy qobilyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv uslubiy manbalar,didaktik vositalar va materiallar,electron ta’lim resurslari,o’qitish texnologiyasi,baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.O’quv uslubiy majmua DTS,ta’lim yo’nalishlari va mutaxasisliklarning malaka talablari asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq shaxsga yo’naltirilgan rivojlantiruvchi va mustaqil ta’lim olish texnologiyalari,tamoyillati asosida ishlab chiqiladi.O’quv uslubiy majmualarini ishlab chiqish uchun mualliflar jamoasi tashkil qilinishi mutaxassis dasturchilar va dizaynerlar, uslubchilar kiritilishi maqsaddga muvofiq.Mualliflar jamoasi yaratilgan o’quv uslubiy majmuaning konsepsiyasini ishlab chiqilishi,reja tuzishi,shu bilan birga o’zlarining ijodiy qobilyatlarini ko’rsatishga zamin yaratadi.Oliy ta’lim muassasalarida o’quv uslubiy majmualarini yaratish va takomillashtirish bo’yicha seminar va treninglar tashkil qilinishi tavsiya etiladi.
Ishlab chiqilayotgan o’quv uslubiy majmualar tegishli ta’lim yo’nalishlar va mutaxassisliklarining malaka talablari,fan dasturiga to’liq javob berish,soha va fan bo’yicha zamonaviy xorijiy adabiyotlar,ilm-fan,texnika va texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlarini qamrab olgan bo’lishi lozim.
Savol va topshiriqlar.
1.Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish masalasi qaysi dasturda aniq ko’rsatib berilgan?
2.Uzliksiz ta’lim tizimi qaysi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi?
3.Mutaxassislik fanlarida ta’lim mazmunini aniqlovchi omillar?
4.Ta’lim mazmunini ishlab chiqishda qaysi g’oyalar yetakchi o’rin tutadi?
5.Ta’lim to’g’risidagi qonun qachon tuzilgan?
6.O’qtuvchi kadrlarni qaysi muasasa tayyorlaydi>
7.Mutaxassislik fanlarini o’qitishda boshlang’ich matematika kursi vazifasi nimalardan iborat?
8.Mutaxassislik fanlarini o’qitishda didaktikaning asosiy tamoyili qaysilar,didaktik sakkiz burchak nimani ifodalaydi?Nega olti yoki yeti burchak emas?
9.Mutaxassislik fanlari o’quv uslubiy majmualar qachondan boshlab tayyorlangan?
10.O’quv uslubiy majmualar nima aosda ishlab chiqariladi?
Topshiriqlar.
1.Uzliksiz ta’lim tizimini siz qanday tushunasiz ? Izohlab bering.
2.Kaedra o’qtuvchilari tomonidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmualarini tahlil qiling?
3.O’zbekiston Respublikasi ‘Ta’lim to’g’risida’gi qonuni ta’lim tizimida qanday yangilanishlarga olib keldi?Ta’lim qonunidan qoidalarni ochib bering.
4.Xalq ta’lim tizimiga kirgan muassasalarni sanab bering va ta’riflang.
5.O’qtuvchi yordamida pedagogika fanidan o’quv uslubiy majmua tayyotlang.
6.Hozirgi zamon shaxsini shakllantirish haqidagi fikrlaringizni yozma bayon qiling.

TEST

  1. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakillantirishning nechta bosqichlari ko’rsatiladi?

  1. 3 ta B) 4 ta S) 5 ta D) 6 ta

  1. O’rta mahsus kasb-xunar va oily ta’lim mazmuni davlat ta’lim standarti qnday dastur mazmunida namoyon bo’ladi?

  1. O’quv reja B) darslik S) tayanch reja D) na’munaviy reja

  1. Umumiy o’rta hamda o’rta mahsus kasb-xunar ta’limi muassasalari uchun qaysi o’quv rejasi asosiy meyoriy xujjat bo’lib hizmat qiladi?

  1. Tayanch o’quv rejasi B) na’munaviy o’quv rejasi

S) darsliklar D) mualliflik dasturlari
4. Na’munaviy va amaliy rejalarni ishlab chiqish uchun asos bo’lib hizmat qiluvchi o’quv rejasi qaysi?
A) Tayanch B)darslik S) na’munaviy D) mualliflik
5. Tayanch o’quv reja DTS ning tarkibiy qismi sifatida kim tomonidan tasdiqlanadi?
A) O’zbekistor Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan
B) oily majlis tomonidan
S) oily ta’lim tomonidan
D) senat tomonidan
6. Muayyan o’quv fan bo’yicha ko’nikma va malakalarning mazmuni , mavzularning ketma-ketligini belgilashda hamda ularni o’rganish darajasini yorituvchi meyoriy xujjat nima?
A) O’quv reja B) tayanch reja S) na’munaviy reja D) darsliklar
7. Darsga qo’yilgan maqsadlar nechta?
A) 3ta B) 4 ta S) 5ta D) 6ta
8. Maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlari xaftasiga necha soat dars kuzatishi belgilangan?
A) 4 soat B) 3 soat S) 5 soat D) 6 soat
9. U yoki bu sohasiga nisbatan DTS asoslari talablari asosida ishlab chiqilgan o’quv dasturi qaysi?
A) Na’munaviy o’quv dastur B) tayanch o’quv dastur
S) darsliklar D) dars rejasi
10. Majburiy va fakultativ kurslar tashkil etishda qaysi o’quv dasturidan foydalaniladi?
A) Mualliflik B) na’munaviy S) ishchi D) darsliklar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


1.,,Pedagogika nazaryasi va tarixi’’ R.Movlonova ,N.Vohidova; Toshkent 2010.
2.,,Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi’’ D.Tojiboyeva.A.Yoldoshev; Toshkent 2009.
3.,,Mutaxassislik fanlarining o’qitish metodikasi’’ G.Q.Hasanova,Z.B.Jalilov; ,,Durdona’’nashryoti Buxoro-2021
4.O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risida’’ qonuni.Oliy ta’lim.Me’yoriy hujjatlar to’plami.T.:,,Sharq’’2001.
5.O’zbekiston Respublikasining ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida’’qonun.Oliy ta’lim.Meyoriy hujjatlar to’plami.T.:,,Sharq’’2001.
6.I.A.Karimov ,,O’zbekiston buyuk kelajak sari’’. T.:,,O’zbekiston’’1998.
7.N.Azizxojayeva.,,Pedagogik mahorat va pedagogic texnologiya,Toshkent.
8.A.Minavarov.,,Pedagogika’’.:T.,,O’qtuvchi’’1996.
9. T.Atamurodov, X. Ergasheva, M.Qurbonov “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikasi” Toshkent “Yangi asr avlodi” - 2008
Download 28,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish