1-variant Sug’urtaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tarif bering



Download 3,1 Mb.
bet1/74
Sana28.09.2022
Hajmi3,1 Mb.
#850609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
2 5195366739604413946


1-variant
1.Sug’urtaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tarif bering
2.Sug’urta iqtisodiy kategoriyasining muhim belgilarini izohlab bering
3.Sug’urta bozori infratuzilmasi va uning tarkibiy qismini tariflab bering


1. Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo’lgan va uzoq
tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning
muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki bosqichni boshidan kechirgan.
1. Tijoratga asoslanmagan sug'urta.
2. Tijoratga asoslangan sug'urta.
Tijoratga asoslanmagan sug’urta ibtidoiy jamoa, quldoriik va lcodal
jamivatlariga xos bo'Iib. unda sug’urtalovchilar ittifoqi o‘z oldiga foyda olishni
maqsad qilib qo'yishmagan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida qabila shaklida turmush kechirgan insonlar
qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun oziq-ovqat, suv zaxiralarini
shakllantirganlar. Keyinchalik. qo’l mehnatining takomillashishi va ishlab chiqarish
jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish (texnik, ijtimoiy xavf-xatarlar) va astasekinlik bilan tabiiy bovliklami sanoat usulida o'zlashtirilishi qo’shimcha xavfxatarlami: ishlab chiqarish, texnik omillami paydo bo’lishiga olib kcldi.
Dastlab, insonlar turli tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko'rib bo’lmaydigan
hodisalar ro‘y berishini oldini olish maqsadida xudolarga sig'inishgan. Stixiyali
hodisalaming ro’y berishi, bu tabiiy hoi ekanligini anglagan insonlar quldoriik
davridayoq, yong’in, qurg‘oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug'urta
fondlarini tashkil etishgan.
Tarixiy hujjatlarga ko'ra, notijorat sug'urtaning dastlabki shakllari. eramizdan
2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek. Forsko’rfazi,
Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o’zaro tuzgan
bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida
savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi
oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi
belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta tashkilotlari boTmagan va sug’urta
badallari to'lanmagan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug’urtaning mazmuni takomillashib,
uning yangi turlari paydo bo'lgan. Xususan, Qadimgi Rimda kasbiv (savdogarlar,
hunarmandlar, harbiylar) va diniy belgilarga ko'ra, o'z ustavlariga ega bo'lgan
kollegiya, ittifoqlar bo'lgan. Kollegiya yoki ittifoq a’zolari sug'urta badallarini
to'lashgan hamda Ustavda qayd etilgan shartlarda ko'rilgan zarami qoplash uchun
qoplamalar olish huquqiga ega bo'lgan. Qadimgi Rimda birinchi bizning eramizdan
133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan.
Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana birmisol keltirish
mumkin. Harbiy kollegiyaga a'zo boigan shaxslar kassaga 750 dinariy (1 dinariy 4
sistern) to‘lashgan. Bu badal bir marotaba to'liq to'lanmasdan, oy-ov to'lanishiga
ruxsat etilgan. To'langan badal evaziga. kollegiva a’zosi xizmat yuzasidan ko'tarilsa.
unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tkazilganda 500 dinariy; vafot etsa. uning
merosxo'riga 500 dinariy to'langan.
X-XI1I asrlarda sug'urta gildiy va sexlar tomonidan arnalga oshirila boshladi.
Masalan. X asrda Anglivada gildiya a'zolariga tegishli o'g'irlangan hayvonlami
qoplash uchun anglosaksoniva Gildiyasi tashkil etilgan. XI asrda Danivada gildiya
a’zolari. ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa. imga umumiy
kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib olingan.
Keyinchalik gildiya sug'urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga
bo'lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o'z a'zolarining mol-mulkini turli xavfxatarlardan himoya qilishgan.
Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslar sexlarga birlashishgan. Sex
o'z a’zolariga baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini
yo'qotganda va vafot etganda yordam ko’rsatgan. Sex halok bo'lgan a'zosining

oilasini boqish majburiyatini olgan.
Notijorat shaklidagi sug'urta Qadimgi Rusda ham mavjud bo'lgan. Jumladan.
agar okrug hududida o'lim hodisasi ro'y berib. qotil aniqlanmasa: knyazlik erkagi
uchun - 80 griven (1 griven-409,536 gr. og'irlikka ega kumush qo'vilmasi), oddiy
fuqaro uchun esa - 40 griven qoplama to'langan.
Tijorat sug'urtasi paydo bo'lishining birinchi bosqichida sug'urta xizmati oldisotdi obvektiga aylandi; ikkinchidan, sug'urta faoliyati shakllanavotgan bozor
xo'jaligining muhim tannog'iga aylandi; uchinchidan. sug'urta bitimlari shartnoma
asosida tuziladigan bo'ldi.
12 asrda sug'urta operatsiyalarini arnalga oshirish orqali fovda olish. Italivada,
dengiz orqali yuk tashish amalivotida joriy etilgan. O'sha davrda O'rta yer dengizi
orqali yuklami tashishda Italiya ustun mavqega ega bo'lgan. Dengiz sug'urtasi
rivojlanganligini, 1393 yilda birgina notarius orqali bir haflada 80 ta sug'urta
shartnomasi tuzilganligi bilan izohlash mumkin.
Bu davrlarda dengiz sug'urtasi Ispaniya va Portugaliyada ham taraqqiy eta
boshlagan. Birinchi sug'urta polisi 1347 yilda Barselonada berilgan. 1468 yilda
dengiz sug'urtasi bo'yicha Venetsiya Kodeksi yaratildi.
Keyinchalik, XVF asrga kelib dengiz sug'urtasi bo'yicha xizmatlami ko'rsatish
Angliyaga ko'chadi. 1601 yilda bu yerda dengiz sug'iutasida vuzaga keladigan
nizolami ko'rib chiqadigan sudlar tashkil etilgan. XVI asrda sanoat ishlab
chiqarishining manufaktura shakli o'z o'mini fabrika shakliga berdi. Bu o'z
navbatida, sug'urta yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
Tijorat sug'urtasi shakllanishining ikkinchi bosqichida mulk sug'urtasining bir
shakli sifatida dengiz sug'urtasi asosiy sug‘urta turi sifatida o‘z mavqeini saqlab
qoidi.
Dengiz sug'urtasi bo'yicha dastlabki jamivat 1668 yilda Fransiyada tashkil
etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug‘urtalovchilaming uvushmasi tashkil
etilgan. 1871 yilgacha ushbu uyushma “London lloydi" nomi bilan faolivat ko'rsatib
kelgan. Germanivadagi dastlabki sug'urta jamiyatlari 1765 yilda Gamburg va
Berlinda tuzilgan.
Dengiz sug'urtasini paydo bo'lishi va rivojlanishiga stixiyali hodisalar.
qurg'oqchilik ta’sir ko‘rsatgan bo'Isa, vevropa mamlakatlaridagi urbanizatsiya mulk
sug‘urtasining boshqa turlarini vujudga kelishiga olib kelgan. 1666 yilda Londonda
katta yong'in bo'lgan va natijada 70.0 ming kishi halok bo'lgan. Bu Yevropada
yong'indan sug'urtalashni paydo bo'lishiga sharoit yaratgan. Angliyada ko'plab
yongdndan sug'urtalash bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlar barpo etilgan.
Germaniyada dastlabki yongdndan sug‘urtalash bo'yicha aksiyadorlik sug'urta
jamiyati 1812 yilda tuzilgan.
Hayotni sug'urtasi bo‘yicha birinchi sug'urta jamiyati “Ekvitebl” nomi bilan
1762 yilda tashkil etilgan. 1830 yilga kelib, Angliyada 35 ta yirik hayot sug'urtasi
bo;yicha jamiyatlar faoliyat ko'rsatgan. Hayotni sug'urtalash bo'yicha dastlabki
aksiyadorlik sug'urta jamiyatlari 1787 yilda Fransiyada tashkil etilgan. Germaniyada
esa 1806 yilga kelib hayot sug'urtasi bo'yicha aksiyadorlik jamiyati tuzilgan.
XVI asr oxiri va XX asming boshlariga kelib sanoat ishlab chiqarilishini
rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi.
XX asr oxirlarida sanoat sohasidagi tub o'zgarishlar, xususan. ishlab
chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish, elektr energiyasidan keng
fovdalanish texnologik xarakterdagi risklami keltirib chiqardi.
1776 yili Rossiyada Davlat banki huzurida sug'urta ekspeditsiyasi tashkil
etilgan.
1800 yilda Imperator farmoni bilan kema va tovarlami sug'urtalash bo'yicha
sug'urta jamiyati tashkil etildi, biroq uning mijozlari bo'lmaganligi uchun tugatilgan.
Bu sug'urta jamiyatini qo'llab-quvvatlash uchun Rossiya hukumati unga eng asosiy
gubemalarda sug'urta ishini mutloq amalga oshirish uchun 20 yil muddatga huquq
bergan.


1835 yilda ikkinchi yong'indan sug'urtalash bo'yicha jamiyat tuzilgan. 1890-
1900 yillarga kelib. o'zaro sug'urtalash bo'yicha shahar jamiyatlari bo'lgan va
rivojlangan. 1909 yilda markazi Peterburg shahrida bo'lgan o'zaro sug'urtalash
jamiyatlarining Rossiya ittifoqi tashkil etilib, 1914 yilda uning tarkibida 300 ga yaqin
sug'urta tashkiloti bo'lgan. 1894 yilda Rossiya Ichki Ishlar Vazirligiga sug'urta
jamiyatlari ustidan nazorat olib borish yuklatiladi. 1917 yilga qadar,
Rossiyada sug'urta ishi raqobatga asoslangan holda rivojlanishning yuqori darajasiga
erishishgan edi.
Yong'indan sug'urta qildirish sug'urta kompaniyalari faoliyat yurita boshlagan
ilk soha bo'ldi. XVII asrda aholi gavjum bo'lgan shaharlarda aksariyat uylar
yog'ochdan qurilgan cdi. Uylami isitish va ovqat tayvorlashni uchun olov, uyni
yoritish uchun esa shamlardan foydalanilgan. SHu sababli shahar uylarida yong'in
riski juda yuqori bo'lgan. Urbanizatsiyadan chetda qolgan qishloq joylarda hamma
qo'shnilar yong'inga uchragan uyni tiklashga yordam berish uchun to'planishgan.
U yerda o'zaro yordam tamoyili amal qilgan. Bundan farqli ravishda. shahar
ko'chalarida masalan, to'qimachilar, etikdo'zlar. klerklar yoki baliqchilar yong'in
oqibatida uvsiz qolgan kishilaming qo'shnisi bo'lishi mumkin bo'lib. ularda
qo'shnilarga uyini tiklashga yordam berish uchun vaqti ham bo'lmaydi, amaliy
jihatdan yordam ham ko'rsata olmaydi. Buning o'rniga ular ikkita narsa - yong'inga
qarshi kurash jamoasi xizmatlarini taqdim etish (ya’ni yong'inning qo'shni binolarga
o'tib ketishining oldini olish va yangi yong'inlami minimallashtirish) va sug'urta
qildirgan shaxsga zarur mutaxassislar (quruvchi, duradgor va h.k.) vollash uchun
vctarli miqdorda pul to'lashni va'da qilgan sug'urta kompaniyasiga sug'urta mukofoti
to'lashga tayyor bo'lgan.
Mulkni va javobgarlikni sug'urta qilishda u sug'urta qildiruvchiga risk ro'y
bermaganda kuzatilgandagi bilan bir xilda, undan ko'p ham ernas, kam ham emas
darajada moliyaviy holat ta'minlashni anglatadi. Maqsad vaziyatni go'yoki risk ro'y
bennagan kabi tiklash hisoblanadi. Buning uchun sug'urta qiluvchida pul
to'lovlaridan boshqa imkoniyatlar ham bor. Yong'indan sug'urta qilish bilan bir
paytda havotni sug'urta qildirish bo'yicha fondlar ham vujudga kelgan. Hayotni
sug'urta qildirish haqida shartnoma tovon to'lash haqida shartnoma hisoblanmagan.
Ushbu shartnomadan maqsad - shartnomada ko'rsatilgan holatlar ro'y
berganda belgilangan miqdordagi pul mablag'lari bilan ta’minlashdir. O'lim muqarrar
ekanligiga hech qanday shubha yo'q: bir kun kelib baribir hammamiz o'lamiz. Lekin
har bir alohida olingan kishi qanchalik uzoq umr ko'rishi borasida katta noaniqlik
mavjud. Har vili qanchadir miqdorda odamlar o'ladi va o'limi holati yangi tug'ilgan
chaqaloqlardan tortib yuz yoshdan oshgan qariyalargacha kuzatiladi (garchi
ko'pchilik 80 yoshgacha yashasada). XVII asming o'rtalariga kelib, hayotni sug'urta
qildirish bilan shug'ullangan o'zaro yordam jamiyatlari va sug'urta kompaniyalari
vujudga keldi.



Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish