1. Xalq og`zaki badiiy ijodi haqida ma‘lumot. Bolalar folklori haqida tushuncha. Bolalar folklori tabiati va janriy tarkibi


III.Bolalarning o`z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo`lgan qo`shiqlar va o`yinlar – o`zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi



Download 22,65 Kb.
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi22,65 Kb.
#728177
1   2   3
Bog'liq
Bolalar folklori haqida

III.Bolalarning o`z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo`lgan qo`shiqlar va o`yinlar – o`zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi.
So`z va harakatning nisbatiga ko`ra bularni ikki katta guruhga bo`lish mumkin:
1. Bolalarning maishiy qo`shiqlari.
2. Bolalarning o`yin folklori.
ALLALAR. «Alla» istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir uni arabcha «olloh» so`zining fonetik o`zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o`zbekcha «aldamoq» so`zidan kelib chiqqan, shunga ko`ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma`nosiga ega deya izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o`z-o`zidan ayonlashib turibdi. L.Z.Budagov chig`atoychada «allala» boshning orqasi, ya`ni «ensa»ni anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi–allalasi bilan chalqanchasiga cho`zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo`llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan. Bunda «allala» shakli «alla, alla-yo, alla-yo alla» tarzidagi ko`rinishlar bilan to`lishib, uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Chaqaloq yoshini to`ldira borishi jarayonida bu so`zdagi tovushlarni idrok etishi tufayli uyqusi kelganda o`zining ham «alla» so`zi lug`aviy jihatdan «bosh orqasi» va «uxlamoq» ma`nolarini anglatsa, istilohiy ma`nosiga ko`ra uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo`shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e`tirof etgan: «... bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak: Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo`lib qolgan muzika va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan muzikaga bo`lgan iste`dodi hosil qilinadi». Bu mulohazadan to`rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari – ibn Sino zamonida ham mavjudligi bo`lib, janrning genetik asosiga nazar solish imkonini beradi. Ikkinchisi, allaning ijrosi – sekin-asta tebratishga omuxta holda kechishi, uchinchisi esa, bolani uxlatishgagina xizmat qilishi va nihoyat to`rtinchisi, bolaning ham jismoniy, ham ma`naviy chiniqishida muhim ahamiyat kasb etishi to`g`ri ilg`angan. Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida – ular to 3 yoshini to`ldirgunlarigacha aytiladi. Ularning bolalarning shu yoshi bilan bog`lanishi qat`iy bo`lib, beshik qo`shig`i sifatida tavsiflanishiga yo`l ochgan. Allalarni ona suti bilan bog`lab «sutda qorilgan va mehrga yo`g`rilgan qo`shiq» tarzida muqaddaslashtirilishi sababi shunda Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish yo deklomatsiya qilish mumkin emas. Monoton ohang o`zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir.Odatda, allalar kuyi bilangina bolaga orom bag`ishlaydi, uni elitadi. Bola uchun uning so`zi emas, balki kuyi muhim. Chunki u hali so`zni anglamaydi. Alladagi so`zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari. Allalarning bir maromdagi tebranishga mos mayin ohangi bola ma`naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta boshlaydi. Zero, tadqiqot va kuzatishlarning tasdiqlashicha, chaqaloq tug`ilgach, uchinchi kundan e`tiboran kuy va ovozni idrok eta boshlaydi.
Birinchi oydaligidayoq musiqiy idrokini – ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon eta boradi, lekin unga u qadar murakkab bo`lmagan tovushlarning o`zaro almashishi ohangi va ritmikasigina o`ngg`ay hisoblanadi.

Binobarin, so`z ohang va harakat birligi, aniqrog`i, shu uzvlarning o`zaro mantiqiy aloqadorligi tufayli allalarning kompozicion butunligi yuzaga keladi. Allalarda to`rtlik band tuzilishi yetakchi bo`lsa-da, uchlik, beshlik, oltilik, ettilik va sakkizlik tarzida bir butun tugallangan allalar ham, shuningdek, shu xildagi band asosida to`qilgan namunalar ham ancha.


Jumladan, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalaridagi allalarning aksariyati, asosan, to`rtliklar, beshliklar va sakkizliklar shaklida bo`lsa, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Farg`ona vodiysida hajman bir necha to`rtlik yo beshlikdan iborat voqeaband yo lirik allalar salmog`i baland. Bunday strofik xilma-xillik onalarning alla kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo`lib, allada kuylanishi kutilgan g`oyaviy niyatning salmog`iga, ko`tarinkiligiga, yo`nalishiga bog`liq. O`zbek allalarida shunday bir ichki mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta`minlab turadi. Onalar o`zlari xush yoki noxushliklaridan qat`iy nazar farzandlariga hamisha mehribonlik bilan kuylaydilar: farzandlarini erkalata turib uyqu chaqirganlarida eng nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni g`oyat nazokat bilan ishlatishga e`tibor beradilar.
Bolalari tabiatini toblantirishda doimo tiniqlik va quvnoqlikka aloqador tuyg`ularni teran ifodalashga xizmat qiluvchi poetik obrazlarga, sifatlash va o`xshatishlarga murojaat qiladilar, shu maqsadda qo`zichoq, qo`chqor, olqor, toychoq, saman, toyloq, bo`taloq, kiyik(ohu), quralay, serka, bulbul, to`ti, lochin, tog`, shahm, chirog`, qizil gulobrazlarida farzandlari qiyofasi va taqdiriga xos fazilatlarni umumlashtirib e`zozlaydilar:
Bulbul qushning bolasi,
Alla, qo`zim-o, alla.
Daraxtda bo`lar uyasi,
Alla, bolam-o, alla.
Daraxt boshini sel olsa,
Alla, qo`zim-o, alla.
Shaydolar bo`lar onasi,
Alla, bolam-o, alla.
Xulosa qilib aytganda bolalar adabiyotining bola tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi muhim o`rni bu sohadagi yangi izlanishlar orqali asoslandi. O`zbek bolalar adabiyotiga uzoq yillardagi bir yoqlamalik va uning salbiy oqibatlari ham inkor etilmagani holda, milliy bolalar savodxonligi darajasini oshirish borasidagi sa`y- harakatlar badiiy so`z vositasida qayta jonlanayotir. Qolaversa, o`zbek bolalar adabiyotini chet el, rus va boshqa hamdo`stlik mamllakat bolalar adabiyotiga muqoyasalab o`rganish samarali natija berayotir.



Download 22,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish