1. Xuquq normasi tushunchasi Huquq normasining tuzilishi Huquq normasining turlari va ularning tasnifi



Download 68 Kb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi68 Kb.
#795604
  1   2   3   4
Bog'liq
Turdiyev NAMOZ..




Mavzu:Xuquq normasining tuzilishi:gipateza,dispozisiya va sanksiya
Reja:


1. Xuquq normasi tushunchasi
2. Huquq normasining tuzilishi
3. Huquq normasining turlari va ularning tasnifi
4. Huquq normasining ichki tuzilishi, uning tarkibiy elementlari.

1. Xuquq normasi tushunchasi

Huquq ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida o`zini namoyon etib, u tegishli hayotiy holatlarda huquq subyektlari tomonidan qayta-qayta qo`llanishga mo`ljall angandir.


Huquq o`z ichki tuzilishiga ega. Yaxlit bir tizim sifatidagi huquq tizimi o`z ichiga huquq tarmoklarini, huquq institutlarini oladi. Huquq tizimining eng kichik, birlamchi tarkibiy unsuri bo`lib, huquq normasi hisoblanadi. Agar huquqni, huquq tizimini bir bino deb qaraydigan bo`lsak, huquq normasi uning bir gashti sifatida yoki bir jonli organizmning eng kichik bir hujayrasi sifatida namoyon bo`ladi. Shu bois, unda huquqka xos bo`lgan muhim belgalar jamlangan bo`ladi. Huquq normasi hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amr-irodasini ifodalaydi; davlat tomonidan o`rnatilgan yoki sanksiyalangan bo`ladi; barcha huquq subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy; aks holda davlatning majburlov kuchi bilan ijrosi ta`minlanadi; normativ aktlarda va boshqa huquq manbalarida ifodalanadi.


Ayni paytda, huquq normasiga yaxlit bir tizimning eng kichik bo`lakchasi sifatida o`ziga xos jihatlar ham tegishlidir.


Aslida «norma» so`zi lotincha bo`lib, u o`zbekchada «qoida», «namuna» ma`nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har bir norma o`zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor qoddasini, muayyan yurish-turish modelini ifodalaydi. Masalan, O`zbe-kiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar, - bu huquqiy norma fuqarolarning amaldagi qonunchilikka nisbatan qanday xatti-harakat qilishi to`g`risidagi qoidalarni o`zida mustahkamlagan.


Shunday qilib, huquq normasi - barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo`lgan, davlat tomonidan o`rnatilgan va sanksiyalangan xatti-harakat qoidasi, xulq-atvor namunasi bo`lib, unda ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi.


Huquq normasida mustahkamlangan harakat, xulq-atvor qoidasida jamiyatning, xalq hayotining moddiy sharoitlari bylan belgalanadigan erki, manfaatlari ifodalanadi. Xuko`q normasi shaxslarning bir-biri bilan bo`ladigan o`zaro munosabatida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya`ni qaysi harakatlarni sodir etish yoki etmaslik mumkin ekanligani ko`rsatadi. Shu ma`noda huquq normasi huquqiy xulq mezoni sifatida o`zini ko`rsatadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shunda ko`rinadiki, biron-bir huquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o`z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgalangan tegashli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi, shuningdek, belgilangan qoidaning bajarilmaganligi huquqbuzuvchiga nisbatan ta`sir chorasining qo`llanishiga olib keladi.


Huquq subyekti huquq normasida belgalangan xatti-harakat namunasiga rioya qilgan holatida, huquq normasi o`zini xatti-harakat o`lchovi, xatti-harakat doirasi va chegarasi sifatida namoyon etsa, unda belgalangan qoida buzilganda esa, u huquq subyektining harakatiga baho berish vositasi sifatida o`zini ko`rsatadi.


Ma`lumki, huquqning tartibga soluvchilik roli katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, shu bois huquq normasi ham bo`lishi mumkin bo`lgan huquq buzilishi hollarining oldini olishga xizmat qiladi, chunki huquq subyekti tomonidan belgilangan xatti-harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda unga nisbatan ta`sir choralarining qo`llanishiga olib keladi. Huquq normasi - ijtimoiy normalarning alohida bir turidir, u boshqa ijtimoiy normalardan bir qator jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalambor, huquq normasi umumiy xarakterga egadir. U ijtimoiy munosabat qatnashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog`liq bo`lmagan holda tegashli bo`ladi, ya`ni u biron bir konkret hol va hayotiy holatga mo`ljallangan bo`lmay, balki ularning muayyan bir ko`rinishiga, turiga, ya`ni ijtimoiy munosabatlarning ma`lum bir kategoriyasiga, turkumiga tegashlidir (masalan: bitimlar tuzish, penskyaga chiqish tartibi, nikoxdan o`tish va hokazo).


Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi avvalambor shunda ko`rinadiki, toki huquqiy normada ko`zda tutilgan holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo`llanilaveradi, qo`llanilgach esa kuchini yo`qotmaydi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 125-moddasi - «Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish» - shu paytgacha sodir etilgan va etilishi mumkin bo`lgan ma`muriy huquqbuzarlik holla-rida qo`llaniladi.


Huquqiy normaning yana bir muhim jihati uning davlat erki-irodasini, amrini ifoda etishida ko`rinadi. Shu bois, huquq normasi - muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakatni sodir etishni maslahat beruvchi tavsiyanoma tar-zidagi qoida bo`lmay, balki, shu normada ko`rsatilgan holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi hokimona amr - buyruqdir. Zero, har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomonvdan o`rnatiladi yoki sanksiyalangan bo`ladi, shu bois davlat amri-irodasini ifo-dalaydi, umummajburiy qovda tariqasida amal qiladi. Huquq normasida belgilangan lozim xatti-harakat qoidasi mabodo bajarilmasa, uning bajarilishini ta`minlovchi davlatning majburlov choralari harakatga kiradi. Masalan: huquq subyekti tomonidan qonunga xilof harakatlar sodir etilishi tegishli yuridik javobgarlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi, demak, huquq normasi davlatning salohiyatiga, kuchiga tayanadi.


Davlatning amr-irodasi - huquqiy norma huquq subyektiga muayyan huquqlarni bergan holida ham saklanib qoladi, chunki u huquq subyektining huquqiy kafili sifatida, ya`ni shu huquqning qo`riqchisi va bajarilishini ta`minlovchi kafil tariqasida o`zini namoyon etadi.


Huquq normasi mazmunan va ijtimoiy ahamiyati bois davlat amri irodasini o`zida ifodalaydi. Uning bu jihati, o`z navbatida shakl masalasiga, ya`ni huquqiy normaning ifodalanish shakliga qat`iy talab qo`yadi. Huquqiy norma qonunlarda, normativ aktlarda va boshqa rasmiy huquqiy hujjatlarda shaklan aniq qoidalar tarzida mustahkamlangan bo`ladi, zero, huquq normasini to`g`ri tushunish va o`rinli qo`llash uchun, u albatta puxta ishlangan, aniq va ixcham shakldagi qoida bo`lishi kerak.


Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ichida huquq, aynan o`zining shu jihati bilan, ya`ni shaklan aniq qoida ekanligi bilan axloq normalaridan farq qiladi.


Shunday qilib, huquq normasi davlat tomonidan o`rnatilgan yoki sanksiyalangan, bajarilishi hamma uchun majburiy bo`lgan va aniq shakllangan xatti-harakat, yurish-turish qoidasidir.


Huquq normasi - davlat tomonidan o`rnatiladigan va ma`qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish qoidasidir.



Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish