1. Yapon tili oʼqitish metodikasining nazariy asoslari


Yapon tili grammatikasini oʼqitishda qo’llaniladigan harakatli o’yinlar tizimi



Download 1,48 Mb.
bet9/16
Sana22.07.2022
Hajmi1,48 Mb.
#837001
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
2.2. Yapon tili grammatikasini oʼqitishda qo’llaniladigan harakatli o’yinlar tizimi
Oʼyin oʼynash – xis-hayajonli, diqqatni, imkoniyatni, mujassamlikni, bilimli, kuchli boʼlishni talab qiladi. U mustaqil bir qarorga kelishlikka oʼrgatadi. Oʼyin oʼynayotganlarni yutish, gʼalaba kozonishga intilishlari, irodalari, xoxishlari ularning faoliyatini tezlashtiradi. Mana shu oʼyin uynovchilarning xususiyatlarini yapon tilida oʼyin oʼynatishga asos qilinib olingan. Oʼquvchi, talaba oʼyinlarni yapon tilida oʼynasagina yapon tiliga qiziqadi ham yapon tilini oʼrganadi. Tajribalar shuni koʼrsatdiki, oʼyinning yapon tilida olib borishni taʼlimiy tomoni kuchli ekan. Shu sababdan yapon tilida rolli oʼyinlarini oʼynatish keng qoʼllanilmoqda. Yaponcha oʼquv oʼyinlari oʼquvchi, talaba uchun eng qiziqarli mashgʼulot, oʼqituvchi uchun esa oʼquvchi, talabaning tinglab tushunishini, gapirishini, oʼqishini, yozuvini faollashtirishda, til materiallarini oʼzlashtirishda va mustahkamlashda eng muhim vositadir. Oʼquvchi, talabalar oʼyinlarni qiziqib oʼynaydilar, butun bilimini ishga solib yutishga intiladilar, oʼqituvchi ular orqali taʼlim-tarbiya beradi. Oʼquvchi, talaba yaponcha oʼyin o’ynab, gapira olarkanman, oʼqiy olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, yuta olarkanman deb ragʼbatlanadi, qiziqadi. Metodika oʼyinni vaziyatli o’yin deb talqin qiladi. Oʼyin quyidagi metodik vazifalarni hal qilishga yordam beradi;
1) oʼquvchi, talabalarni nuqtni bajarishi uchun psixologik tayyorgarligini tashkil qiladi;
2) oʼquvchi, talabalarga til materiallarini, nutq namunalarini koʼproq qaytarib qoʼllashga tabiiy vaziyat, holat vujudga keltiradi;
3) oʼquvchi, talabalar sharoitga, vaziyatga qarab, mustaqil tayyorlanmagan nutq bajarishga oʼrganadilar.
Xozirgi paytda bunday oʼyinlar rolli oʼyinlar, deb yuritiladi. Oʼquvchi, talabalar oʼyinlarni rollarga boʼlib oʼynaydilar. Bu esa oʼquvchi, talabani muhitga, rolga tushishga, oʼyinga aktiv kirishishga yordam beradi. Oʼquvchi, talabalar uchuvchi, oʼqituvchi, injener, shifokor, tikuvchi, chet el kishisi, tarjimon, muxbir kabi rollarga kiradilar. Til materiallarini qoʼllashni faollashtirish malakalari uchun leksiq grammatiq fonetiq orfografik oʼyin turlari qoʼllaniladi. Yana ijodiy oʼyin, mazmunli oʼyin, taqlid qilish oʼyin turlari bor. Oʼyinlar koʼpincha musobaqa tarzida oʼtadi, ularda boshlovchi, boshqaruvchilar boʼladi. Leksik oʼyinlar:
1. Oʼqituvchi stol ustiga predmetlarni qoʼyib, yaponcha aytadi va kim tez ola olsa, shu yutadi.
2. Bir oʼquvchi bitta soʼzni oʼylaydi, kolganlari nima ekanini soʼraydi, oʼquvchilar topisha olmasa yoʼq, topishsa ha deb javob beradi. Shu oʼyinni aksini qilib oʼynash mumkin. Oʼquvchilar bitta soʼz oʼylaydi, bir oʼquvchi nimaligini suraydi. Oʼquvchi esa yoʼq deb javob beradi. Oʼyin oʼylangan soʼzni topilishi bilan tugaydi. Leksik oʼyinlarning turlari koʼp.
Yana bir oʼyin turi, kim kup soʼz aytish harfi berilib, shu harfli kim koʼp soʼz aytish kabi oʼyinlarni oʼynatish mumkin.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish