1. Yuqori siydik chiqarish yo‘llarining tug‘ma nuqsonlari


Buyrak joylashuv patologiyasi



Download 1,27 Mb.
bet5/12
Sana11.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#602153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-mavzu

3.17.1.2. Buyrak joylashuv patologiyasi




Buyrak distopiyasi. Qayerda joylashganligiga ko‘ra buyrakning ko‘krak distopiyasi, yonbosh distopiyasi, tos distopiyasi va qarama-qarshi distopiyalar tafovut etiladi. Bu patologiyaning asosiy sababi, birlamchi buyrak rivojlanishida uning chanoq sohasidan bel tomon siljish jarayonining buzilishidir.
Ko‘krak distopiyasi kam uchraydi, odatda, to‘satdan aniqlanadi. Ko‘krak qafasi rentgen yoki flyuorografiya qilinganida diafragma ustida soya borligi qayd qilinadi. Bu holda o‘sma yoki exinokokkoz tashxisi qoyiladi. Biroq; ekskretor urologiya bajarilganida haqiqiy hol aniqlanadi. Ba’zan bu xastalik diafragma relaksatsiyasi bilan birgalikda uchraydi. Ko‘krak distopiyasida siydik nayi odatdagidan uzun bo‘lib, qon tomirlari ham shox tomirning yuqorisidan boshlanadi.
Yonbosh distopiyasida buyrak yonbosh chuqurchasida joylashadi. Bu holda buyrakning nerv chigallari va qo‘shni a’zolarga ta’siridan qorinda og‘riq bo‘lishi mumkin. Qorin paypaslanganda yonbosh sohasida o‘smasimon hosila borligi aniqlanadi. Bu og‘riq bemor harakat qilganda yoki yuk ko‘targanida uni ko‘proq bezovta qiladi. Tashxis asosan ekskretor urografiya yordamida qo‘yiladi.
Bel distopiyasida buyrak odatdagi topografik holatdan pastroqda joylashgan bo‘lib, ko‘pincha nefroptoz yoki buyrak o‘smasi bilan chalkashtiriladi. Bunda bel sohasida og‘riq paydo bo‘ladi.
Chanoq distopiyasida buyrak chanoq chuqurligida joylashadi. O‘g‘il bolalarda to‘g‘ri ichak bilan qovuq orasida, qizlarda esa bachadon bilan to‘g‘ri ichak orasida joylashadi. Qo‘shni a’zolarga bosilishidan og‘riq va shu a’zolar funksiyasining buzilishi bilan klinik manzarasini namoyon qiladi. Anus teshigidan barmoq bilan tekshirilganda to‘g‘ri ichak old devori tomonda qattiq muhitli o‘smasimon hosilani paypaslash mumkin. Ekskretor urografiya, ayrim hollarda retrograd pielografiya ham qo‘llaniladi. Kesishma distopiya juda kam uchraydi. Bu bir buyrakning o‘rta chiziqdan qarama-qarshi tomonga o‘tib, ikkala buyrakning ham bir tomonda bo‘lib qolishidir. Ko‘pincha ikkala buyrakning bir-biri bilan birlashib qolishi ko‘rinishida bo‘ladi. Xastalik ekskretor urografiya yordamida aniqlanadi (17.5-rasm).





17.5-rasm. O‘ng buyrakning geterolateral distopiyasi (sxematik ko‘rinishi va rentgen tasviri).

Shuni ta’kidlash lozimki, distopiyaga uchragan buyrakda pielonefrit va gidronefroz ko‘proq aniqlanadi. Bu paytda shu kasalliklarga oid belgilar paydo bo‘ladi.


Buyrak distopiyasini buyrak o‘smasi va nefroptozidan farqlashga to‘g‘ri keladi. Ekskretor yoki retrograd urogrammada nefroptozda siydik nayining egri-bugriligi qayd etiladi (17.6-rasm).

A

B

17.6-rasm. Chap buyrak chanoq distopiyasi:
A – ekskretor urografiya. B – retrograd urografiya.

Nefroptozda buyrak hatto qovurg‘a ostigacha siljiydi, distopiyada esa bu holat kuzatilmaydi. Nefroptozdan farqli o‘laroq buyrak angiografiyasida buyrak qon tomirlari kalta bo‘ladi. Buyrak distopiyasi qanchalik past joylashgan bo‘lsa, uning rotatsiya darajasi ham shunchalik kuchli bo‘ladi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish