10-mavzu: O’zbekiston viloyatlarining tarixiy-madaniy yodgorliklari



Download 33,05 Kb.
bet7/12
Sana02.06.2022
Hajmi33,05 Kb.
#630062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10 mavzu

Samarqand viloyati tarixiy-me’moriy yodgorliklari
Bibixonim masjidi -O’rta Osiyo me’morchilik san’atining mumtoz namunasi, maxobatli inshoot bo’lib, Amir Temurning far-moni bilan 1399-1404 yillarda qurilgan. Xalq orasida Amir Temurning xotini Bibixonim (asli Saroymulkxonim) nomi bilan mashxur. U O’rta Osiyodagi eng yirik jome’ masjid bo’lib, xovlisi saxni 63.8 x 76.0 m. Masjidning umumiy s axni esa 167x109 m.
Burchaklarida baland minoralar bo’lgan. Zilzilalar inshootni yemirgan. Obidada so’nggi me’morchilik yutuqlari xamda nafis be-zak san’ati usullari keng qo’llanilgan.
Amir Temur maqbarasi - Go’ri Amir nomi bilan ataluvchi bu noyob me’rmorchilik yodgorligi Samarqandda XV asr boshlarida (1404 y.) Amir Temur farmoni bilan uning 1403 yil fojiali xalok bo’lgan nabirasi Muhammad Sulton xotirasiga qurilgan.
Maqbaraga Amir Temur qabri, uning ikki o’g’li (SHoxrux va Mironshox), ikki nabirasi (Muhammad Sulton va Mirzo Ulug’bek) va boshqalarning qabrlari qo’yilgan. Maqbara o’zining qurilish va ichki dekoratsiyasi (bezaklanishi) bilan dunyodagi eng mash.xur me’morchlik durdonalaridan biri xisoblanadi.
Registon ansambli - XIV-XVII asrlarda Samarqandning Registon ( “rer" - fors-tojikcha - qum, Registon - kumli joy-maydon) maydonida qurilgan me’moriy yodgorliklar majmuasidan iborat. Unda Ulug’bek, Tillakori va SHerdor madrasalari joy-lashgan.
Ulug’bek madrasasi - Mirzo Ulug’bek tomonidan 1417-1420 yil-larda qurdirilgan. Bino ikki qavatli, to’rt burchak bo’lib, saxni -81 x 56 m. 50 ta xujrasi bor.O’rta Osiyodagi eng mukammal va go’zal, yirik Madrasa xisoblanadi.
SHerdor madrasasi - Samarqand xokimi YAlangtushbiy Bahodir tomonidan 1619-1636 yillarda qurdirilgan. YAlangtush Baxodir 1578 yil 15 avgustda Nurota xokimi oilasida tug’ilgan bo’lib, Ashtarxoniylar davridagi xarbiy-mulkdor zodagonlarning yirik vakili bo’lgan.
SHerdor madrasasi Ulug’bek madrasasi ro’parasida bir o’q chizi-G’ida joylash gan bo’lib, u ham ikki qavatli. Peshtoq uzunligi 12.5 m. ikki yonida esa 31m.li minoralar bor. Madrasa peshtoqida YAlangtush Baxodirni ulug;lovchi sher tasviri bitilgan bo’lib. in-shoot shu tufayli SHerdor deb nomlangan.
Tillakori madrasasi - YAlang tushbiy Baxodir tomonidan 1641-1646 yillari qurdirilgan. Madrasa va Jome’ masjidga mo’ljal-langan bu obida registon ansamblining mutanosib ko’rinishiga ega bo’lishini ta’minladi. Xovlining g’arbidagi masjid o’z vaqtida zarxal nakshlar bilan bezatilgan (aslida kichik Madrasa bo’lgan bu bino keyinroq Tillakori madrasasi nomini olgan).
Ruxobot maqbarasi - XIV asrning 80-yillari Samarqandda SHayx Burxoniddin S’ogarjiyga atab qurilgan inshoot. XIX asrda uning oldiga masjid, minora, darvozaxona barpo etilgan. YOdgor-lik Go’ri Amir maqbarasining shimoliy qismida joylashgan.
Ishratxona - Samarqandagi me’moriy yodgorlik bo’lib, u xaqda asharat xona (ya’ni, arabcha o’nta xona) degan fikr xam bor. Bu maq-bara 1464 yili Sulton Abu Saidning xotini Xabiba Sultonbeka tomonidan bevaqt vafog etgan qizi Soxib Davlatbeka sharafiga qurilgan. bino zilziladan kattiq shikastlangan. U Sharq me’mor-chiligining yangi uslub namunalaridan biri xisoblanadi.
SHoxzinda ansambli - XI-XV (XX) asrlar davomida Samar-qandda barpo etilgan tarixiy yodgorliklar majmuasidan iborat. Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbara-lar, masjid, Madrasa, xonaqox va minora kabi inshootlarni o’z ichiga olgan. Ularning eng qadimiysi husan Ion Abbos (Muhammad s.a.v.payg’ambarning amakivachchalari Abbosning o’g’li. Samarqandga 676 yil islom dinini targ’iboti uchun arab isti-lochilari bilan birga kelib, shu yerda o’ldirilgan va dafn etilgan) bo’lib xalq orasida SHohizinda (fors-tojikcha “Tirik shox” ) nomi bilan mashxur. XI asrda Tamg’och Bo’g’raxon madrasasi qurilgan. Ko’pchilik qurilish ishlari XIV-XV asrlarda bajarilgan bo’lib, bu yerda To’g’lu Tekin maqbarasi, Amir Temurning singlisi SHirin-beka og’a a opasi Turkan og’a maqbaralari, shuningdek, lashkarbo-shilardan Amir Burunduq maqbarasi bor. Ansamblda joylashgan 20 dan ortiq inshoot xalq san’atining noyob durdonasi sifatida davlat nazoratiga olingan. 2006 yili bu yerda Davlat tomonidan qayta ta’mirlash ishlari yakunlandi.
Ulug’bek rasadxonasi - Mirzo Ulug’bek farmoni bilan 1428-1429 yili Samarqand shaxrining Ko’xak (Cho’ponota) tepaligida bunyod etilgan. U doira shaklda bo’lib, uch qavatli, balandligi 30,4 m.dan iborat. 1908 yili arxeolog V.Vyatkip xaroba xolidagi rasad-xona qoldig’ini tarixiy xujjatlar asosida izlab topgan.
Rasadxona o’rta asrlarda asbob-uskunasi jixatidan ham beqiyos bo’lgan. Ulug’bekning mashxur asari “Ziji ko’rogoniy” shu yerda yozilgan. Rasadxona Ulug’bek o’ldirilgandan (1449 yil) keyin vay-ron etilgan. Xozirgacha oz qismi saqlangan.
Xazrati Xizr masjidi - XIX asr o’rtalarida Afrosiyobning janubida qurilgan bu inshoot afsonaviy o’lmas shaxs Xazrati Xizr nomi bilan bog’lik. Bino qadimiy masjid poydevori ustuniga bar-po bo’lgan. K eyinchalik binoga qo’sh imcha ayvon (1899 yil), darvoza-xona (1919 yil) qurilgan. M asjid 1913 yilda (usta Abduqodir Boqiev raxbarligida) xamda 2006 yilda davlatimiz tomonidan qayta ta’mirlandi.

Download 33,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish