101a guruh o’quvchisi Polvonnazirova Lolaxon Qadimgi sharq mamlakatlari tibbiyoti



Download 0,58 Mb.
Sana30.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#595340
Bog'liq
101a guruh o’quvchisi Polvonnazirova Lolaxon Qadimgi sharq mamla


101a guruh o’quvchisi Polvonnazirova Lolaxon

1.Qadimgi sharq mamlakatlari tibbiyoti


2.Misr tibbiyotiga oid malumotlar
3.Amaliy tibbiyot va dorishunoslik
4.Misrning mashxur hakimlari haqida

Qadimgi Sharq insoniyat jamiyati taraqqiyotining beshigi hisoblanadi. Ilm-fanning hamma sohalari, shu jumladan tibbiyot ilmi ham dastlab Sharq mamlakatlarida kelib chiqqan. Buni arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan ashyoviy dalillar va qadimgi qo'lyozmalar isbotlaydi. Masalan, Afrika va Osiyo qit’alarida olib borilgan qazilmalar chog'ida qadim zamonlarda yashagan odamlar qanday kasalliklar bilan og'riganlar va qanday usullar bilan davolanganliklarini ko‘rsatuvchi juda ko‘p ashyoviy dalillar topilgan. Shu dalillar asosida biz uzoq o‘tmishning ayrim davrlarida tibbiyot qanday darajada rivojlanganligini bilib olishimiz mumkin.


Qadimgi Misr madaniy hayot, ilm-fanning rivojlanishi jihatidan boshqa Sharq mamlakatlariga nisbatan yetakchi o‘rin egallaydi. Misr tibbiyot sohasida ham eng qadimgi tarixga ega. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Misrda eramizdan oldingi to'rtinchi ming yillikdayoq birinchi tibbiv maskanlar bo'lgan. Xususan, eramizdan oldingi 3600-yilda Fili orolidagi Memfis shahrida afsonaviy tabib lmxoteb1 sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan. Bu yerda kohinlar bemorlarni parvarish qilish va davolash bilan shug‘ullanganlar. Heliopolis va Sais shaharlarida tabiblar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo'lgan. Bu maktablarda turli dorilar tayyorlash va ularni ishlatish usullarini o‘rgatganlar. Bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni tekshirish usullarini ham ko'rsatganlar. Qadimgi Misr tibbiyoti papirus, deb ataluvchi yozma manbalarda bayon etilgan. Shulardan bizga Georg Ebers, Edvin Smit, Brugsha ismli olimlar nomi bilan ataluvchi papiruslar ham ma’lum. Bu olimlar o‘sha papiruslarni o‘rganib izohlab berganlar. Papirusiardan eng diqqatga sazovori Ebers papirusidir. U eramizdan oldingi 1500-yilda yozilgan deb taxmin qiladilar. Tibga oid papiruslarda asosan turli dorilar, ularni tayyorlash va ishlatish usullari bayon etilgan. Kitobda aytilishicha dorining ta’sir kuchi tabiiy sharoit,bemorlarning Yoshi va kasallikning og’ir-yengilligiga bog’liq.
Tabib kasalga dori berishda shu omillami e’tiborga olishi kerakligi ta’kidlangan. Yosh masalasiga alohida e’tiborberilgan. Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarga dori kukun shaklida, sutga qo‘shib berilgan. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun dori xab shaklida tayyorlangan. Qadimgi misrliklar kasallikning sabablari haqida ibtidoiy jamoa davridagi tushunchaga o‘xshash fikrda bo‘lganlar. Misr tabiblari kasalliklarni paydo qiluvchi qandaydir johil kuchlar borligiga ishon- ganlar. Shuning uchun har qanday kasallikni davolashda birinchi galda har xil afsungarlik usullaridan foydalanganlar. Masalan, shu johil kuchni tanadan chiqarib yoborishga harakat qilganlar. So‘ng o‘sha johil kuch (ruh) tanada qoldirgan kasallik alomatlarini dori berib yo‘qotish yo'lini qilganlar. Bu dorilar asosan simptomatik xarakterga ega bo'lardi. Har bir Misrtabibi afsungarlik usulini bilishi shart edi.
lishi shart edi. Qadimgi Misrda tajribaga asoslangan amaliy tibbiyot ham mavjud edi. Amaliy tibbiyot vakillari ko‘pgina kasalliklarning alomatlari va ularning sabablarini bilganlar. Ular hatto ichaklarda gijjalar bo‘lishidan ham xabardor bo‘lganlar. Misr tabiblarining kitoblari asosan har xil retseptlardan iborat edi. Retseptlar juda murakkab tuzilardi. Har bir retseptga 10—15 va undan ortiq moddalarkiritilardi. Retseptlarda faqat dorining nomi ko'rsatilmay, shu bilan birga u qanday kasallikda ishlatilishi va qanday shaklda qo‘llanishi ham ko‘rsatilardi. Misr tabiblarining retseptlarida xatoliklarga ham yo‘1 qo'yilgan. Masalan, ba’zi


zararli moddalar ham uchraydi. Masalan, dorilar qatorida ba’zan sasigan go‘sht, achigan sut, qatiq, hayvonlarning tezagi, hovonchada yanchilgan suyak va h.k. uchraydi. Qadimgi misrliklarning tibga oid kitoblaridan bizga eng ma’lumi Gearg Ebers papirusidir. Bu kitobda o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan kasalliklar va ularni davolash usullari bayon etilgan. Xususan, kishi tanasining har bir a’zosida uchraydigan kasalliklar va shu kasalliklarda ishlatiladigan dorilar ko‘rsatilgan. Kitobda ayollarda uchraydigan kasalliklarga alohida o‘rin berilgan. Homiladorlik, uning dastlabki belgilari ko'rsatib o‘tilgari. Misr amaliy tibbiyotida jarrohiyaga ham alohida o‘rin berilgan. Xususan, har bir a’zoning jarohatlanishi, uning belgilari va davolash usullari ko'rsatilgan. Shu yerda xatna qilish usuli haqida ham so‘z yuritiladi.


Jarrohiya masalalari Edvin Smit papirusida batafsil bayon etilgan. Unda har xil a’zolarning jarrohiy kasalliklari bir tartibda boshdan boshlab, tananing quyi tomonlaridagi a’zolargacha batafsil yozilgan. Kitobda jarohatlar uch guruhga bo‘lingan. 1) davolab bo‘ladigan jarohatlar; 2)davolanishi qiyin bo'lgan jarohatlar; 3)davolab bo‘lmaydigan jarohatlar. Tabiblar uchinchi guruhga kiruvchi jarohatlarni davolashdan qochganlar. Qadimgi Misrda tabiblar birinchilardan bo‘lib ixtisoslasha boshlaganlar. Masalan, o'sha vaqtdayoq, Misrda ichki a’zolar kasalliklari bo‘yicha mutaxassis, ko‘z kasalliklari bo'yicha mutaxassis, tish kasalliklari bo‘yicha mutaxassis, ruhiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassis va jarrohlar bo‘lgan. Tish mutaxassislari hatto tishni metall (oltin) sim bilan bir-biriga bog‘lab qo‘yishni (protez qilishni) ham bilganlar. Qadimgi misrliklar odam o‘lganidan keyin uning ruhi yashashda davom etadi, deb o‘ylaganlar. Ularning fikricha agar marhumning jasadi saqlansa shu abadiy yashashda bo'lgan ruh marhumga qaytarkan. Shu tushunchaga asosan fir’avnlar, saroy amaldorlari va juda badavlat kishilar oiganidan keyin ularning jasadi balzamlangan. Jasadni yorib uning tomirlariga balzam yuborganlar. Shu asosda misrliklar odam anatomiyasini boshqalarga nisbatan yaxshiroq bilganlar. Umuman, Misr tabiblari odam anatomiyasi haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lganlar


Qadimgi Misr hakimlaridan ikkitasi — Erazistrat va Herofil ayniqsa katta shuhrat qozondirlar. Erazistrat o‘zi kichik osiyolik bo‘lgan. U eramizdan oldingi uchunchi asrda yashagan. Tug‘ilgan yili ma'lum emas, vafoti 280-yil. Erazistrat tibbiyot ilmini o‘sha zamon darajasida puxta bilgan va kasalliklarni muvaffaqiyatli davolagan. Erazistrat Aleksandriyaga ko‘chib kelib shu yerda tabiblik kasbi bilan shug‘ullangan. Ma'lumotlarga qaraganda, Erazistrat tibbiyot ilmini dastlab odam anatomiyasini o‘rganishdan boshlagan va bu sohada muhim kashfiyotlarqilgan. Masalan, u birinchilardan bo'lib bosh miya yumshoq va qattiq pardalar bilan qoplangan ekanligini, miya egri-bugri mayda chuqurchalardan iboratligini, miya ichida suyuqliq saqlovchi qorinchalar mavjudligini bilgan. Erazistratning muhim kashfiyotlaridan yana biri shu ediki, u birinchilardan bo‘lib miyada harakatlantiruvchi va sezuvchi asab tomirlari borligini aniqlab bergan edi. Bu bilan u a’zolar (qo‘l-oyoq va boshqalar)ning harakatini bosh miya boshqarishini isbotlab berdi. Bu o‘sha zamon tibbiyoti uchun katta kashfiyot edi.
Erazistrat yurak va qon tomirlarini ham anatomik va fïziologik jihatdan tekshirdi. Ularning harakatini (qisqarish va kengayishini) o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Yurak va yurak dahlizi borligini aniqladi. Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni tekshirib, ichak peristaltikasini ko‘zdan kechirdi. Peristaltika tufayli ovqat ichaklarda mexanik jihatdan ishlanishi haqida fikr yuritdi. Bu fikr so‘nggi tekshirishlarda isbot etildi. Aleksandriyalik ikkinchi buyuk olim Herofil edi. Bu olim eramizdan oldingi 300-yilda tug‘ulgan. Herofil ham o ‘z tabiblik faoliyatini anatomiyani o‘rganishdan boshlagan. U bosh miya, jigar va yurakni sinchiklab tekshirishdan boshlagan. Miya chuqurchalarini tekshirib to‘rtinchi qorincha boshqa qorinchalardan kattaroq ekanligini aniqlagan. Yurak ishini tekshirib, uning harakatida uch davr — sistola, diastola va pauza borligini kuzatgan. Arteriya qo'n tomirlarini tekshirib, uning urishini yurak ishiga monand ekanligini aniqlagan. 0 ‘n ikki barmoq eniga teng keladigan ichak (duodenum)ni birinchi marta ko‘zdan kechirgan. Shunday qilib, Herofil odam anatomiyasini chuqur o‘rganib, bir qancha muhim kashfiyotlar qilgan edi. Kasalliklarning sabablari masalasida Herofil unchalik to‘g‘ri fikrda bo‘lmagan. U kasallik ilohiy kuchlarga bog‘liq degan fikrni ham e’tirof etardi. Lekin, ayrim kasalliklarni davolashda har xil afsunlar o‘qish bilan birga dori-darmonlarni ham ishlatardi. Herofilning fikricha har bir kasallikning o‘ziga xos dorisi bo‘ladi, tabibning vazifasi shu dorini topib, uni ishlata bilish, deb uqtirgan. U amaliy tibbiyotda ko‘p moddalardan iborat bo‘lgan retseptlarni ishlatgan. Shunday qilib, qadimgi Misr tibbiyoti jahon tibbiyoti tarixida o ‘z davrida yetakchi o‘rin tutgan edi. U jahon tibbiyotining rivojlanishiga kata xissa qo’shdi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Tibbiyot tarixi Qodirov 22-27 –betlar

  2. Ziyo.Net

  3. Free-clipart-pictures.com

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish