11-amaliy mashg’ulot Texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizasining mazmuni. Ishning maqsadi



Download 17,41 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2022
Hajmi17,41 Kb.
#435534
  1   2
Bog'liq
11-amaliy


11-amaliy mashg’ulot

Texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizasining mazmuni.

Ishning maqsadi: Texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi, texnologik hujjatlarni tekshirish turlarini o‘rganish.
Texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi
Texnologik hujjatlarining metrologik ekspertizasi - bu o‘lchanishi lozim bo‘lgan parametrlarni tanlash, o‘lchash aniqligi me'yorlarini o‘rnatish va mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va qo‘llashda o‘lchash vositalari va usullari bilan ta'minlash bo‘yicha texnik yechimlarni tahlil qilish va baholashdir.
Mahsulot sifatini oshirishda me'yoriy-texnik, konstruktorlik va texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Hujjatlarni metrologik ekspertizaga tortiladigan mahsulotlarning nomenklaturasini aniqlashda barcha ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish talabi metrologik ta'minot masalalari bo‘yicha qo‘llaniladigan yechimlarning bir tipli bo‘lishi evaziga ko‘pincha rasional bo‘lmasligidan kelib chiqishlozim bo‘ladi. Bundan tashqari bunday hollarda metrologik ekspertizaning yuzaki, tekshirilayotgan hujjatlarni etarlicha taxlil qilmasdan o‘tkazilish xavfi paydo bo‘ladi. Metrologik ekspertizani tashkil qilishda ekspertizani yangi mahsulotlardan, buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinadigan mahsulotlardan, sertifikatlashtirishga taqdim qilingan mahsulotlardan, shuningdek, eksportga yuboriladigan mahsulotlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Mahsulotlar nomenklaturasini belgilashda o‘lchashlarning holatini tahlil qilish ma'lumotlaridan, o‘lchashlar holatini taxlil qilish natijalaridan, shuningdek, ishlab chiqarishda yaroqsiz mahsulot chiqarilishining sabablarini taxlil qilish natijalaridan va iste'molchilardan kelgan reklamasiyalardan (reklamasiya - mahsulot sifati iste'molchini qanoatlantirmagan taqdirda mahsulotni ishlab chiqaruvchiga qaytarish) foydalanish lozim.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqishning metrologik ekspertiza o‘tkaziladigan bosqichlarini va metrologik ekspertizaga tortiladigan hujjatlarning turlarini aniqlash - muhim tashkiliy jihatlardan biridir.
Hujjatlarni ishlab chiqishning metrologik ekspertiza o‘tkaziladigan bosqichlarini aniqlashda shuni nazarda tutish kerak- ki, bu o‘rinda metrologik ekspertizani texnik hujjatlarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida o‘tkazish ko‘proq yuqori samaralarni beradi, bunda metrologik ekspertiza natijalarini amalga oshirish uchun ketadigan harajatlar minimal bo‘ladi.
Har bir tarmoq va korxona uchun texnik hujjatlarning metrologik ekspertizaga tortiladigan muayyan turlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Faqatgina o‘lchanadigan parametrlar, o‘lchashlar aniqligining me'yorlari, o‘lchash, sinovlardan o‘tkazish va nazorat qilishning uslublari va vositalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan texnik hujjatlarni tekshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Download 17,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish