11-mavzu. Inflyaciya


Inflyaciyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari va inflyaciyaga qarshi



Download 57,88 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2023
Hajmi57,88 Kb.
#948025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-мавзу (1)

10.4. Inflyaciyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari va inflyaciyaga qarshi
siyosat
Iqtisodiyotda inflyaciyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyaciya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyaciya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so’ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyaciyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq.
1. Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati yomonlashadi.
2. Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o’rtasida qayta taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko’ra «Barcha tovarlarning bahosi surunkali o’sib borishi, boshqacha so’z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo’shimcha ishlab chiqarish hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi».
3. Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o’z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko’chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, barqaror horijiy valyutalarni sotib olishga bo’lgan iqtisodiy qiziqishi ortib boradi.
4. Uzoq muddatli investiciyalarga yo’naltiriladigan mablag’lar kamayib boradi va oxir oqibat to’htaydi. Chunki, investiciyalar hisobidan kelgusida olinadigan daromadlar o’z qadrini yo’qotgan pullarda olinadi.
5. Aholining barcha shakldagi pul jamg’armalarining (omonat, naqd pul, obligaciya, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. Shuningdek, korxonalarning jamg’armalari, asosan amortizacion fondlarining qiymati inflyaciya ta’sirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda rekonstrukciya qilishga imkoniyat qolmaydi.
6. Omonatlar bo’yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal ko’rinishda o’sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablag’larning bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi.
7. Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga bo’lgan manfaatdorlik yo’qoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini rag’batlantirish pasayadi.
8. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari markazlashadi. Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada horijiy valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi.
9. Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga shubha tug’iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi pasayadi.
Milliy iqtisodiyotda inflyaciyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyaciya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyaciyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikkita yo’li mavjudligi e’tirof etiladi:
– umumiy talabni tartibga solish;
– umumiy taklifni tartibga solish.
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyaciyaga qarshi kurash keynschilik yo’nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyaciyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydi.
Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko’paytirishdir. Ular o’z navbatida mamlakatda investicion talabni keltirib chiqaradi, investicion talab taklifning o’sishiga olib keladi, taklifning o’sishi esa baholarning pasayishiga, baholarning pasayishi inflyaciyani oldini olish va gipyerinflyaciyani bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Inflyaciyaga qarshi kurashning monetaristik yo’nalishi vakillarining diqqat markazida asosiy masala yalpi taklifni tartibga solishga qaratiladi.
Monetaristlarning fikricha, inflyaciyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyaciyadan qisqa muddat ichida chiqishga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyaciya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyaciya – bu bevosita pul bilan bog’liq bo’lgan holat bo’lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo’shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo’li bilan bartaraf etish lozimligini ta’kidlaydi.
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, buning natijasida, iste’molga bo’lgan ehtiyoj qisqaradi, investiciya hajmi ortadi, samarasiz xo’jalik sub’ektlari bankrot bo’ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular o’z navbatida mamlakatda inflyaciya darajasining tushishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, inflyaciya mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishini bildirib, uning asosiy sababi iqtisodiyotning turli sohalari o’rtasida vujudga kelgan nomutanosibliklardir. Bu avvalom bor jamg’arma va iste’mol o’rtasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi, muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.

Download 57,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish