11-sinf fan olipiadasi uchun ona tili va adabiyot fanidan testlar 1-variant



Download 76 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi76 Kb.
#656458
Bog'liq
Она тили ва адабиёт 11 Т


11-SINF FAN OLIPIADASI UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TESTLAR


1-VARIANT
1. Quyidagi javoblarda berilgan birliklarning qaysi biri ibora sifatida uchramaydi?
A) yuziga oyoq bosmoq
B) yuziga oyoq tiramoq
C) yuziga oyoq qo‘ymoq
D) yuziga oyoq uzatmoq
2. Olmoshining qaysi turi egalik qo‘shimchalari bilan turlanmaydi?
A) so‘roq olmoshlari
B) ko‘rsatish olmoshlari
C) belgilash olmoshlari
D) kishilik olmoshlari
3. Qo‘shib yozish qoidasi qaysi qatorda noto‘g‘ri berilgan?
A) mingoyoq, gulxayri, asalari
B) timqora, harbir buyer
C) ishxona, umumxalq, ishyoqmas
D) tuyaqush, tomorqa, baqaterak
4. Gumon olmoshi berilgan qatorni aniqlang.
A) Kimdir uni izlab kelgan.
B) Topshiriqlarni daftariga yozdir
C) Uning orzulari ko‘pdir.
D) Izlagan odamim shudir.
5. Qaysi qatorda so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida u unlisi yoziladi?
A) mur..d
B) marvar..d
C) mushk..l
D) mujr..m
6. She’rda olmoshning qaysi turlari qo‘llangan?
Siz o‘shasiz, siz hamon o‘sha,
Kamtarin ham oddiy muallim.
Boringizga shukurlar bo‘lsin,
Poyingizga qilurman ta’zim.
A) So‘roq, o‘zlik olmoshlari
B) Kishilik, ko‘rsatish olmoshi
C) Ko‘rsatish, belgilash olmoshi
D) Gumon, belgilash olmoshi
7. Qaysi yordamchi so’zlardan oldin vergul qo‘yiladi?
A) ko‘makchi
B) bog’lovchi
C) yuklama
D) ko’makchi, yuklama
8. Chiqish kelishigidagi so‘zlar gapda qanday bo‘lak vazifasida kelishi mumkin?
A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol
B) to‘ldiruvchi, kesim, hol
C) vositali to‘ldiruvchi, ega, kesim
D) hol, aniqlovchi, ega
9. Bolalarni tarbiyachi o‘z oldiga chaqirib, minnatdorchik bildirdi. Jumlada qanday nutqiy kamchilik borligini aniqlang.
A) Mantiqiylik buzilgan.
B) Jo‘yali emas.
C) Ifodalilikka putur yetgan.
D) Imloviy xatolik bor.
10. Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor… misrada qanday ma’no ko‘chish hodisasi ro‘y bergan?
A) Metonemiya
B) Metafora
C) Sinekdoxa
D) Vazifadoshlik
11. Tomdan tarasha tushgandek iborasi qanday ma’no anglatadi?
A) tez
B) ataylab
C) noiloj
D) to‘satdan
12. Ko‘p ma’nolilik qanday sodir bo‘ladi?
A) chetdan so‘z olish orqali
B) shevadan so‘z olish orqali
C) ma’no ko‘chish yo‘llari orqali
D) ma’nodoshlik orqali
13. Nuqtali vergul qanday birliklarni bog‘lashga xizmat qiladi?
A) so‘zlarni, so‘z birikmalarini
B) gaplarni, uyushiq bo‘laklarni
C) so‘zlarni va gaplarni
D) ajratilgan bo‘laklarni, murakkab qo‘shma gaplarni
14. Yuklamalar quyidagi qaysi vazifalarni bajara oladi?
1. So‘zlarni bog‘laydi. 2. Gaplarni bog‘laydi. 3. Teng bog‘lanishda ishtirok etadi. 4. Tobe bog‘lanishda ishtirok etadi. 5. Gaplarga qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi.
A) 1,2,5,4
B) 1,2,3,5
C) 4,5
D) 2,3,4
15. Ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan qo‘shma otlar qanday yoziladi?
A) qo‘shib
B) ajratib
C) chiziqcha bilan
D) ham qo‘shib, ham ajratib
16. Heynrix Heynening hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarning aniqlang.
1. 1843 yilda insoniyatning hayotini tamomila o‘zgartirib yuborish davosi bilan chiqqan Karl Mars bilan tanishadi.
2. Onasi-Meri Robert Ardenning qizi edi.
3. “Romansero”, “E’tirof” she’riy kitoblari mavjud
4. Birorta pyesasi hayotlik chog‘ida risoladagidek nashr qilinmagan edi.
5. Shoirning dastlabki she’ri 1814 yil “Ovrupa xabarlari” nomli jurnalida chop etilgan.
6. 1830 yilda “Yo‘l lavhalari” nomli ikkinchi kitobi bosilib chiqdi.
7. Yaponiyaga qarshi olib borgan urushda qatnashgan
A) 1. 3. 6
C) 2. 4. 7.
B) 3. 5. 6
D) 2. 3. 5.
17. “Alpomish”dostonida Ko‘sa sinchining Boychiborga bergan ta’rifini aniqlang.
А) “...qarichlab ko‘rdi: qo‘ltig‘ining ostidan qulog‘ining o‘rtasigacha to‘qson to‘rt qarich, qo‘ltig‘idan qanotigacha to‘rt yarim gaz chiqdi”.
B) “...qarichlab ko‘rdi: sarg‘isining ustidan qulog‘ining o‘rtasigacha to‘qson olti qarich, ayl tortuvi oltmish uch qarich chiqdi”.
C) “...qarichlab ko‘rdi: sarg‘isining ustidan qulog‘ining o‘rtasigacha to‘qson to‘qqiz qarich, qo‘ltig‘idan to‘rt yarim gaz qarich chiqdi”.
D) “...qarichlab ko‘rdi: ayl tortuvidan oltmish uch qarich, qo‘ltig‘ining ustidan qulog‘igacha to‘qson olti qarich chiqdi”.
18. “Tong o‘rniga qayg‘ular otar kimni?” misralari muallifining she’riy asarlari berilgan qatorni toping?
А) “Izohsiz lug‘at”, “Qora devor”
B) “Turkiylar”, “Iqror”
C) “Ayolg‘u”, “Bo‘g‘zimda sirqirar tovush qon”
D) “Munojat”, “Sensiz”, “Istig‘for”
19. Har kimning ham yaxshi yashagisi keladi. Mazkur gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap?
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
20. Yuzi shamgin bo‘lmoq iborasiga (zidi) antonym bo‘ladigan ibora qaysi?
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
21. Kishilik olmoshlari o’rnida qo’llanib, shaxsni, ba’zan predmetni ko’rsatuvchi olmosh qaysi?
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
22. Keldi – qadam ranjida qildi – tashrif buyurdi. Uslubiy xoslanishiga ko‘ra tavsif bering.
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
23. Qamishdan bel bog‘lamoq iborasini izohlang.
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
24. “Kuntug‘mish” dostonida qaysi qahramon Xolbekaga “Kofirmisan, dorga yalinasan?” deya tanbeh beradi?
___________________________________________________
25. Usmon Nosir ijodida 1927-1932 villarda qaysi yo‘nalish ko‘proq ko‘zga tashlanadi?
___________________________________________________
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish