11-variant Savollar


Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli



Download 104,03 Kb.
bet20/26
Sana20.03.2022
Hajmi104,03 Kb.
#502939
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Falsafa javoblari suhrobjon

1. Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli.
Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.
«Moziyga qaytib ish qo’rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o’zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi.
Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.
Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq, hususan O’zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Nomlari civilizaciyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir.

2. Axloqiy tamoyillarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari. Vatanparvarlik; insonparvarlik; erkparvarlik; fidoiylik; ziyolilik; mehnatsevarlik; tinchlikparvarlik; jo‘mardlik; o‘zbekchilik; mehmondo‘stlik

Aхloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – insonparvarlik. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr - qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, Ovro’po Uyg’onish mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so’zi bundan 3 - 4 ming yillar avvalgi qadimgi Somir mih hatlarida uchraydi. Insonparvarlik – umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho’rolar davridagi sinfiylik nuqtai nazaridan sohtalashtirish proletar diktaturasi va totalitar sosialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko’rdi. Sosializm mafkurachilarining bu boradagi sayi - harakatlari o’sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg’onga sug’orilganligi bilan kishilarning g’ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. Chunki u aynan o’ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog’i lozim. har bir shaxs insoniy huquqlarini ta’minlash uchun kurashish – mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo miqyosida ko’zga ko’rinarli ishlar qilmoqda. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq - huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero erksiz inson – asir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z millati o’z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo’ygan insonlar tamoyilidir. Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy siyosiy ma’noda ham qo’llaniladi. Buni erkparvar davlatlar faoliyatida ko’rish mumkin.


Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero ular o’zgalar erki uchun o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar. Buning yorqin misoli buyuk ingliz mumtoz shoiri Jorj Bayron siymosidir. U ingliz bo’laturib, o’z vatani Angliyada Irlandiya ozodligi, irlandlar erki uchun kurashdi: ko’pchilikning hayrati va nafratiga uchradi, Vatanni tark etishga majbur bo’ldi. o’z yurtida erk uchun kurashish baxtidan mahrum bo’lgan shoir o’zga vatanlar erki uchun kurashga otlandi, Italiyani Avstriya istibdodidan ozod qilish harakatining rahbarlaridan biriga aylandi. Bu haqda u shunday deb yozgan edi:

Download 104,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish