12-amaliy mashg’ulot Mavzu



Download 39,5 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi39,5 Kb.
#515316

12-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Lug‘at ustida ishlash nuqtayi nazaridan mashq matеriallarini tahlil qilish.
Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. G‘afforova T., Shodmonov E., G’ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2019. – 112 b.
4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho‘lpon, 2018. -144 b.
5. Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo’ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2019. -152 b.
6. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2017. -192 b.\
Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
1. So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar, paronim so‘zlar, shakli bir xil so‘zlarning ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo‘llaniladi: urish – urush: ikki kishining janjallashib qolishi – urish; ukki xalq, ikki davlat orasidagi jang – urush. Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil. 2. So‘zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o‘rgatish. Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil, oq, ko‘k) ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan: gul, guldon, gulchi, gulzor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarining tarkibini kuzatadilar. Bu so‘zlar ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shunday o‘rinda o‘qituvchi so‘zlarni o‘z so‘ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o‘rganish o‘quvchining burchi ekanini aytishi lozim. Kuzatish usuli shakllari o‘zgarayotgan so‘zlarning imlosini o‘rgatishda ham qo‘llaniladi: og‘iz + im – og‘zim, singil + im – singlim, u + ga – unga. 3. So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash – aqliy faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so‘zlarni anglatayotgan ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. Guruhlash, kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog‘liq. So‘zlarni guruhlash Kitobxon.Com 9 uchun avvalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Masalan, qavm-qarindoshlik bo‘yicha guruhlash: 1. Ota urug‘i: ota, amaki, amma, dada, bobo, buvi, buva.
2. Ona urug‘i: ona, xola, tog‘a, oyi, bobo, buva, buvi. Sifatlarda: a) xususiyat bildiruvchi sifat: sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, hayoli, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hokazo; b) ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r, mazali, bemaza, chuchmal va h. Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir guruhdagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish ishini alfavit asosida yozdirish ham mumkin. 1. Bolalar o‘yinlari nomining lug‘atini tuzing. 2. O‘zingiz bilgan she’r nomlari ro‘yxatini tuzing. 3. Ertak nomlari ro‘yxatini tuzing. 4. Joy nomlari ro‘yxatini tuzing. 5. Ohangdosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing. 6. Ma’nodosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing. Bular o‘rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog‘liq holda tashkil etiladi. So‘zlarning izohli lug‘atini sinf va maktab miqyosida tuzib, ko‘rgazmali qilib osib, umumiste’molga kiritish mumkin. Ona tili darsligi oxirida lug‘atcha berilgan. Bu lug‘atchadan o‘quvchilar asosan so‘zning imlosini o‘rganib oladilar. Lug‘atdan foydalanish yo‘1-yo‘riqlarini o‘zlashtiradilar.
1-sinfda o‘tkazilgan imloviy mashqlar
O‘quvchilarning imloviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida
1-sinfdanoq yozma ish turlaridan foydalaniladi. Yozma ishning dastlabki shakli namunadan ko‘chirib yozishdir. O‘quvchilar darslikdan va doskadan so‘z, gap va matnni ko‘chirib yozadilar. Yozganlarini asliga qarab tekshiradilar, xatolarini to‘g‘rilaydilar. Oddiy ko‘chirib yozuvdan asta-sekin grammatik topshiriqli ko‘chirib yozuvga o‘tiladi. O‘quvchilar grammatik topshiriqni bajarish jarayonida imlo yuzasidan umumlashma fikrlarga keladilar. Masalan, ikki bo‘g‘inli so‘zlarning ikkala bo‘g‘inida u kelsa, 2-bo‘g‘indagi u tovushi i tarzida talaffuz qilinadi, lekin u tovushi yoziladi. Keyin bu qoidani boshqa so‘zlarga tatbiq etadilar. Kitobxon.Com 10 Shuning uchun imloviy mashqlarni ko‘chirib yozish, grammatikimloviy tahlil, lug‘aviy-grammatik tahlil, diktant, bayon kiritildi. Barcha imloviy mashqlarda o‘quvchilar bilan so‘zning tarkibini tahlil qilishga, ma’nosini izohlashga, to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlashga, til materialini husnixat bilan yozishlariga alohida e’tibor qaratish zarur.
1-sinfda diktantning ikki turi o‘tkaziladi: 1. Ta’limiy diktant. 2. Tekshiruv diktanti. Ta’limiy diktantlar bilim beruvchi xarakterda bo‘ladi. Shuning uchun diktantning bu turi darsning biror qismida o‘tkazilaveradi. Ta’limiy diktantning quyidagi turlari mavjud bo‘lib, undan bolalarga mos tarzda foydalanish mumkin: 1) lug‘at diktant; 2) saylanma diktant; 3) ko‘rsatuv diktanti; 4) rasm diktant; 5) o‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti; 6) ijodiy diktant; 7) eshituv diktanti.
1-sinfda lug‘aviy diktant imlo qoidalarisiz, ya’ni imlo qoidalari o‘rganilmasa ham o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilar matndagi qaysi so‘zlarni xato yozib qo‘yishlari mumkin deb o‘ylasa, shu so‘zga o‘quvchi diqqatini tortadi, ular bilan birga tahlil qiladi, aytilishi bilan yozilishini taqqoslaydi, farqli o‘rinlarini aniqlaydi. Keyingi darsda shu tahlil qilingan so‘zlarning 3-4 tasini tanlab, diktovka bilan yozdiriladi. O‘quvchilar yozganlarini xattaxtadan yoki lug‘atchadan (o‘qituvchi tuzib qo‘ygan) tekshiradilar. 1-sinfda eng ko‘p o‘tkaziladigan diktantlardan biri saylanma diktantdir. Bu diktant o‘quvchini fikrlashga, o‘ylashga majbur etadi, ziyrak bo‘lishga o‘rgatadi. Saylanma diktant o‘zlashtirgan bilimlarni aniqlash maqsadida ham o‘tkaziladi. Masalan, so‘zlar ichidan shaxs va narsani bildirgan so‘zlarni tanlab yozish va hokazo topshiriqlar asosida o‘tkaziladi. Tanlab olib yoziladigan so‘zlarning ham xato yozib qo‘yishlari mumkin bo‘lgan holatlarini tanlashga, bolalarga mos bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilar yozib bo‘lgach, suhbat yo‘li bilan tanlab olib yozilgan til hodisalari (so‘zlar) tahlil qilinadi.
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish