13-§ O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi. Foydali qazilmalari



Download 25,31 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi25,31 Kb.
#626229
Bog'liq
7sinf13-16


13-§ O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi.Foydali qazilmalari
1. Yer yuzasining rivojlanish tarixida sodir bo’lgan proterozoy erasining oxiri paleozoy erasining boshida
qanday burmalanish sodir bo’lgan? Baykal
2. Paleozoy erasining birinchi yarmida qanday burmalanish sodir boldi?Kaledon
3. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida qanday burmalanish sodir boldi?Gersin
4. Mezazoy erasida qanday burmalanishlar sodir bo’lgan?Kimmeriy,laramiy va nevadiy
5. Kaynazoy erasida qanday burmalanishlar sodir bo’lgan?Alp
6. Qaysi eralarda O’rta Osiyo hududi dengiz ostida bo’lgan va cho’kindi jinslar toplangan?Arxey va
proterazoy
7. Qaysi erada O’rta Osiyoni qoplab yotgan Tetis dengizi ichida katta kichik orollar paydo bola boshladi?
Paleozoy
8. Paleozoy erasining birinchi yarmida sodir bolgan kaledon tog hosil bo’lish davrida qayerlar
ko’tarilgan?Qozogiston past toglarining garbiy qismi,shimoliy Tyanshan
9. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida gersin tog hosil bolish davrida qayerlar ko’tarilgan?Quruqlik
maydoni kengaygan,dengiz chekina borgan,Tyanshan togining qolgan qismlari,Qozogiston past
toglarining sharqiy qismi,Markaziy Qizilqum past toglari kotarilgan
10. Mezazoy erasida yuz bergan burmalanishda qanday jarayonlar kuzatilgan? Kaspiybo’yidagi past
toglar,tog’ oraliqlarida va botiqlarida ko’llar,botqoqliklar va sayoz dengiz qoltiqlari
11. Qaysi davrda dengiz qayta bostirib kelgan toglar yemirilib qolgan? Kaynazoy erasining paleogen davrida
12. Qaysi burmalanishda Orqaoloy, Pomir, Kopetdog, Bolxon, Paropamiz, Safedkox, Hindikush,Bandi-
Turkiston toglari kotarilgan
13. Qaysi burmalanishda O’rta Osiyoning janubida toglar kotarilib Hind okeanidan to’silib qolgan? Alp
14. O’rta Osiyo hududida juda ko’plab zilzila bo’lishiga sabab nimada?Pomir va Tyanshan ikkita litosfera
plitalarida joylashganligi
15. Pomir va Tyanshan qaysi plitalarda joylashgan?Yevrosiyo va Hindiston-Avstraliya plitalarida
16. Kuchsiz zilzilalar O’rta Osiyo hududida yiliga necha marta kuzatiladi?1000 marta
17. Kuchsiz zilzilalar qayerlarda kuzatilgan?1930-yil Dushanbeda,1946-yil Qozonjiqda, Chotqolda,1948-
yilda Ashxobodda,1966-yilda Toshkentda,1976-yilda Gazlida 1992-yilda Toxtagulda,2008-yilda
Oloy(Nurada)
18. O’rta Osiyoda qaysi foydali qazilma konlari mavjud?Yoqilgi,rudali,rudamas
19. Yoqilgi foydali qazilmalarga nimalar kiradi?Ko’mir,neft,gaz va yonuvchi slanets
20. Yuqori sifatli yirik toshkomir konlari qayerlarda joylashgan?Markaziy Qozogiston
(Qaraganda,Ekibastuz)
21. Uncha katta bo’lmagan toshkomir konlari qayerlarda joylashgan?Fargona vodiysini orab turuvchi
toglarda(Ko’kyongoq,Qizilqiya,Toshkomir),Surxondaryoning shimolida (Shargun va Boysun).
22. Qo’ngir komirning yirik koni qayerda joylashgan?Ohangaron vodiysida
23. Birinchi neft koni qayerda ochilgan?Fargona vodiysida Chimyon koni 1880-yilda ochilgan 1904-yilda
ishga tushirilgan
24. Fargona vodiysining sharqida qaysi neft konlari joylashgan? Polvontosh,Xojaobod, Janubiy Olamushuk
25. Yirik gaz va neft konlari qayerlarda ochildi va ishga tushirildi?Qoraqumda,Qizilqumda,
Kaspiyboyida,Ustyurtda,Qarshi cholida,Surxondaryoda,
26. Keyingi paytlarda qayerlarda yirik neft konlari ochildi?Qozogistonda Tengiz, O’zbekistonda
Kokdumaloq
27. O’rta Osiyoda rudali qazilmalardan qaysi konlar keng tarqalgan?Rangli va qora metal konlari
28. Yirik temir ruda konlari qaysi davlatda ochilgan?Qozogistonda To’rgay supasimon o’lkasida
29. Qaysi davlatlardagi temir ruda konlari hali ishga tushirilgani yoq?O’zbekiston va Qirgiziston
30. Rangli metal konlari qayerlarda tarqalgan?Qozogiston past toglarida,Tyanshan va Pomirda,Markaziy
Qizilqum past toglarida (Olmaliq,Jezqazgan,Muruntov,Uchquloch)
31. Fosforit konlari qayerlarda topilgan?Qoratov va Qizilqum
32. Osh tuzi va tosh tuzi konlari qayerlarda bor?Zarafshon,Qashqadaryo,Surxondaryo, Kaspiyboyida
33. Marmar konlarining eng yiriklari qayerlarda joylashgan?O’zbekistonda Nurota togida,(Gozgon)
Omonqoton va Oqtoshda

14-§ Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari


1. O’rta Osiyo hududi shakllanish tarixiga kora necha qismga bolinadi? 2 qism:Tekislik va toglik
2. Tekisliklar O’rta Osiyoning qaysi qismlarida joylashgan?Markaziy,garbiy, va shimoliy
3. O’rta Osiyoning katta qismini qaysi tekislik egallagan?Turon tekisligi
4. Turon tekisligida O’rta Osiyoning qaysi yirik cho’llari joylashgan?Qoraqum va Qizilqum
5. Qoraqum va Qizilqumda nurash va shamol qanday omil hisoblanadi? Relef hosil qiluvchi omil
6. Cho’llarda asosiy relef shakllariga nimalar kiradi?Barxanlar,qum tepalari,qator qum tepalari
7. Qoraqumning janubi-sharqida qaysi platolar joylashgan?Badxiz va Qorabel platolari
8. Tekislikning shimoli va shimoli-garbida qaysi platolar joylashgan?Ustyurt va To’rgay platolari
9. Ustyurt paltosi qaysi dengizlar orasida joylashgan? Orol va Kaspiy dengizlari
10. Ustyurt paltosini qanday farqlash mumkin? U atrofidagi tekisliklardan “Chink” deb ataladigan baland,tik
jarliklar bilan ko’tarilib turadi
11. Ustyurt platosi qanday qismlardan iborat?Shimoliy qismi–qumli tekislik,markaziy qismi–qirlar,janubiy
qismi–qir va botiqlar
12. Platoning janubiy qismida qaysi botiqlar joylashgan? Borsakelmas, Sariqamish, Qorniyoriq
13. To’rgay platosi qanday shakldagi tekislikdan iborat?To’lqinsimon
14. To’rgay platosining markaziy qismida qaysi botiq joylashgan?Torgay botigi
15. O’rta Osiyodagi togoldi va toglar oraligidagi tekisliklar qanday hosil bolgan?Tog’larda yemirilgan
jinslarni vaqtinchalik va doimiy oqar suvlar oqizib yotqizishidan hosil bo’lgan
16. O’rta Osiyodagi togoldi va toglar oraligidagi tekisliklarga misol?Fargona vodiysi, Mirzachol,
Zarafshon,Qashqadaryo,Surxondaryo
17. Tog’lar tekisliklarni qaysi tomondan o’rab turadi?Sharq va janubdan
18. Tekisliklarning shimolida qaysi tog joylashgan?Qozogiston past togi
19. Qozogistonning sharqiy qismida qaysi toglar yakka-yakka holda joylashgan?
Chingiztog,Torbog’otoy,Jungoriya olatovi
20. O’rta Osiyoning sharqiy qismida qaysi tizma joylashgan?Tyanshan tizmasi
21. Tyanshan tizmasining eng baland joyi qayer?Xontagri togi (G’alaba choqqisi 7439 m)
22. Tyanshan qanday qismlarga bo’linadi?Shimoliy,markaziy,garbiy va janubiy
23. Pomir toglari O’rta Osiyoning qaysi qismda joylashgan?Janubida
24. Pomir toglarining eng baland qismi qayer?Somoniy balandligi 7495 m
25. O’rta Osiyoda eng uzun muzlik qaysi?Fedchenko muzligi
26. Pomirning janubida qaysi tog joylashgan?Shimoli-sharqdan janubi garbga yonalgan Hindikush toglari
27. O’rta Osiyoning janubiy qismi qaysi toglar bilan o’ralgan?Turkman-Xuroson
28. Turkman-Xuroson qanday shaklda joylashgan?Yoy shaklida
29. Turkman-Xuroson qanday qismlardan iborat?Kopetdog’,Nishopur,Bandi-Turkiston, Safedko’x va
Paropamiz

15-§ O’rta Osiyo iqlimi.Iqlimga tasir ko’rsatuvchi omillar


1. O’rta Osiyoda iqlimiy sharoit qaysi omillar tasirida vujudga keladi?Joyning geografik o’rni,quyosh
radiatsiyasi,havo massalarining harakati,joining relyef tuzilishi
2. O’rta Osiyo qaysi materikning qoq o’rtasida joylashgan?Yevrosiyo materigi
3. Quyosh radiatsiyasi deb nimaga aytiladi?Quyoshninig yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi
4. Quyosh radiatsiyasining miqdori qanday o’lchanadi?Muayyan vaqt mobaynida 1 sm² yer yuziga kaloriya
miqdorida tushgan energiya bilan ifodalanadi
5. Quyosh radiatsiyasining yer yuzida taqsimlanishi nimag bogliq? Geografik kenglikka
6. O’rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o’rtasidagi kunlarning uzunligidagi eng katta farqi qaysi
fasllarga togri keladi?Yoz va qish
7. Dekabrning oxirida o’lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan necha soat uzun
bo’ladi?1 soat 10 minut
8. O’lkaning janubiy qismida iyunda shimolga nisbatan kun necha soat qisqa boladi?1soat 50 minut
9. Quyoshdan keladigan energiyaning necha foizi yetib kelmay havoda qaytib ketadi? 20%
10. Tarqoq radiatsiya qanday vujudga keladi?Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv
buglari,changlar,bulutlar yutishi va tarqatib yuborishi natijasida
11. Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya qanday radiatsiya deb nomlanadi?To’gri radiatsiya
12. Yer yuziga tushadigan togri va tarqoq radiatsiya birgalikda qanday radiatsiyani tashkil etadi?Yalpi
radiatsiya
13. Yalpi radiatsiya Qoraqum cho’lining janubida 1 sm² yuzada qancha issiqlikka teng?150 kkal ga teng

16-§ Havo massalari.Siklon va Antisiklonlar


1. Atmosferaning quyi chegarasi Troposfera necha km balandlikgacha qismlarni egallaydi? 8-10 km
2. Havo massalari deb nimaga aytiladi?Troposferaning katta hududlar ustidagi bir biridan farq qiluvchi katta ko’lamdagi toplamlari
3. Havo massalari qaysi kenglikda hosil bo’lganiga qarab qanday massalarga bo’linadi?
Arktika,motadil,tropic,ekvator
4. Mo’tadil va tropic havo massalari yana qanday havo massalariga bolinadi?Dengiz va continental
(quruqlik)
5. O’rta Osiyo iqlimini shakllanishida qaysi havo massalarini ishtiroki katta?Arktika, motadil,tropic
6. Arktika havo massalari O’rta Osiyo hududiga qayerdan kirib keladi?Qishda Shimoliy Muz okeanidan
G’arbiy Sibir va Ural orqali,Shimoli-sharq tomondan Sharqiy Sibir orqali kirib keladi
7. G’arbdan va shimoli-garbdan,Volgaboyi va Sharqiy Yevropa tekisligidan qaysi havo massalari kirib
keladi?Kontinental mo’tadil havo massalari
8. Yoz oylarida o’lkaning tekisliklari ustida qaysi havo massalari tarkib topadi? Kontinental tropic havo
massalari
9. O’rta Osiyo iqlimini ob-havo turlari,havo harorati,namligi va tiniqlik xossalari qaysi havo massalariga
bog’liq? Kontinental tropic havo massalari
10. Havo fronti qanday hosil boladi?Turli xususiyatlarga ega bo’lgan havo massalari bir-biri bilan tutashgan joylarda oraliq zona yani havo fronti hosil boladi
11. Front zo’nasi qaysi havo massasining kuchli ekaniga qarab qanday nomlanadi?Iliq yoki sovuq front
12. Iliq frontda sovuq havo bilan qoplangan joyga iliq havoning bostirib kirib kelishi natijasida qanday
jarayon kuzatiladi?Ob havoning asta sekin ilishiga sabab bo’ladi
13. Sovuq front uchun hos xususiyat?Ob-havoning tez o’zgarishi,haroratning keskin pasayishi,yogin sochin bolishi
14. Siklonlar deb nimaga aytiladi?Front zo’nasining turli qismlarida atmosferada diametri bir necha yuz hatto minglab kilometrga teng bo’lgan juda katta havo girdoblari uchraydi.Ularning bazilari markazida havo bosimi past bolib,atrofga tomon ortib boradi va havo atrofdan markazga tomon soat strelkasiga teskari yo’nalishda harakat qiladi bunday girdoblar siklonlar deyiladi
15. Antisiklonlar deb nimaga aytiladi?Front zo’nasida atmosfera bosimi markazdan atrofga tomon kamayib boradigan,shamollar soat strelkasi harakati yo’nalishida esadigan havo girdoblari
16. Siklonga xos xususiyatlar?Siklonda havo bosimi atrofdan markazga tomon kamayib kelganligi uchun
uning markaziy qismlarida havoning yuqoriga ko’tarilishi kuzatiladi. Yuqoriga ko’tarilayotgan havo
sovib suv buglariga to’yinadi va yogingarchilik boladi
17. Antisiklonga xos xususiyatlar?Antisiklon markazida esa, havo yuqoridan pastga tushadi va yer betiga
tarqaydi.Antisiklonda havoning toyinishi,bulut hosil bolishi,yogingarchilik bo’lishi uchun sharoit yoq.
18. Qaysi siklon yozda havoni yanada qizishiga,qishda sovib ketishiga sabab bo’ladi?Antisiklon
Download 25,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish