13-Mavzu. Narx siyosati


 Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini



Download 160,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi160,55 Kb.
#894779
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza 13 Нарх сиёсати

 
13.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini 
hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni 
iqtisodiy tamoyillar: talab konuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi 
bilan izoxlash mumikn. Talab konuni iste’molchilar odatda kimmat narxlarga 
karaganda arzon narxlarda ko’prok tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har 
qanday tovar ham “narx-mikdor” aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim 
mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqorirok narxlar ko’prok 
tovar oboroti xajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga 
mo’ljalalngan – bular kimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, 
muyna va boshqalar. 
Ikki narx segmenti yakkol ko’zga tashlanadi: “narx” haridori va “sifat” haridori 
bor. Ko’pincha haridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortikcha pul sarflaydilar. 
Yuqorirok narxlar guyo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniksa noxush 
okibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mahsulotlar haridida ko’p kuzatiladi. 
Narx ravonligi iste’molchilarning harid qilinadigan tovarlar mikdori nuktai 
nazaridan narx o’zgarishlariga uta sezuvchanligini belgilaydi. 
Amalda talab ravonligini uch ko’rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab hamda 
yakka (unitar) talabga bo’lish mumkin. 
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga uta sezuvchan bo’ladi. 
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga yetarli darajada 
sezgirlik ko’rsatmaydi. 


Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko’p bo’lgan, ularning bir mahsulot 
urnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko’zga tashlanadi. Ko’pgina 
kishlok xujaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. Shunday qilib, 
narxlardagi o’zgarishlar talab va taklifga muvofik kutarilib-pasayib turadi, mahsulot 
ishlab chiqaruvchilar hohishi bilan narx belgilanmaydi. 
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko’rsatadi, ya’ni bu 
chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo’lmaydi. Ammo 
iste’molchilar mahsulotni xayolidagi yagona kat’iy narxda izlaydi. Marketologning 
vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida makbul narxlarni topish 
hisoblanadi. Ko’pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish va tekshirish, 
o’rinbosar tovarlar narxi darajasini rakiblar narxni o’rganish yo’li bilan statistik 
tahlil qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab 
o’zgarishini ulchashni o’tkazishga intiladi. 
Ma’lumki, harajatlar ishlab chiqarish xajmining ko’payishi yoki kamayishi 
bilan bog’liq holda o’zgarish-o’zgarmasligia qarab doimiy, sharli-doimiy
o’zgaruvchan turlarga bo’linadi. Doimiy harajatlar chiqarilgan mahsulot xajmiga 
qarab o’zgarmaydi. Bu harajatlar tarkibiga ko’rilma va asbob-uskunalar 
amortizasiyasi, mulk soligi (daromad soligi), kushimcha harajatlar va boshqa chiqim 
turlari kiradi. 
O’zgaruvchan harajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq holda o’zgarib 
boradi, unga xom-ashyo, materiallar, ish xaki va boshqalar kiradi. Shartli-doimiy 
harajatlar boshqarish bilan bog’liq ayrim harajatlar, yordamchi materiallar olishga 
ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi. 
To’liq harajatlar jami doimiy va o’zgaruvchan harajatlar yigindisidan tashkil 
topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) harajatlar ham 
hisoblanadi. Bu harajatlar ishlab chiqarish xajmi ko’paygan (kamaygan) hollarda bir 
mahsulot birligiga to’liq harajatlarning ko’payishi (kamayishi)ni ifoda etadi. 
Shunday qilib, firma harajatlari tarkibi, dinamikasi, mikdori narx uchun minimal 
darajani tashkil etadi, chunki bu harajatlarlardan pastrok narx xech qanday foyda 
bermaydi. 


Korxona narxni belgilar ekan, harajatlarning jami manzarasi ko’rib 
chiqiladigan, zarar kurmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday 
tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab chiqarish 
ixtisoslashuvi sharoitida, o’zgaruvchan harajatlarni oson hisoblash mumkin bo’lgan 
paytlarda uni qo’llash yaxshi natija beradi. Zarar kurmaslikni tahlil etishda asosiy 
e’tibor mahsulot sotish xajmi nuktasiga, to’liq daromad to’liq harajatlarga teng 
bo’lgan, ya’ni na foyda na zarar bo’lmagan nuktaga karatiladi. 
Marketologlar bir kator har xil narxlarni tadqiq etadilar, sungra har bir narx 
uchun zaruriy xajmlar kiyoslanadi. 
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat kiladi. Korxonalarning 
narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan To’rt bozor 
tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof 
monopoliya. 
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx 
bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida 
firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zur beradi, mahsulot sotish
tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing kismlariga katta 
e’tibor beradi. 
Bozorda narx uchta gurux omil natijasida shakllanadi: 
1.Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan 
narxlar, bozorga kirish, haridorlar daromadlari, haridorni talablari, talabga 
yo’naltirilgan narx) 
2.Harajat omillari (ishlab chiqarish harajatlari, marketing harajatlari, foyda). 
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, 
raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish. 
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: 
- narxlashtirish masalasi kuyiladi,
- talabi aniqlanadi, 
- harajatlari baholanadi, 
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,


- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, 
- oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi. 
Firma talab chizmasiga asoslanib, harajatlarning mikdorini belgilab, rakiblar 
narxlarini o’rganib, o’z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx 
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin. 
Ko’pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan 
foydalanadi. Formulalarga ko’ra narx belgilash narx belgilashning boshqa jami 
usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga karatadi, talabni hisobga olmaydi. 
“O’rtacha harajatlar plyus foyda” tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning 
tannarxiga muayyan ustama kuyishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy 
usuli hisoblanadi. Ustama narx mikdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda 
tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada 
iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo kuyadigan 
ustama narxlar yakunini ifodalaydi. 
“Ko’zlangan foyda normasi” olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini 
qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan 
kaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma harajatlarni 
hisoblashga asoslanadi. 
Narxni chegaraviy harajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma 
mahsulotning kushimcha xajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning aloxida 
kiymatiga sotadi, bu holda harajatlarning faqat bir kismi koplanadi, foyda amalga 
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni tuxtatish xavfi ostida 
kolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saklab kolishni xozlagan sharoitlarda naf 
keltirishi mumkin. 
Savdoda dukonlarga haridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni to’liq harajatlaridan pastrok baholab, “jalb etuvchi” narxlar 
yaratadilar. Haridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovrlar bilan birga bunga 
kushimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham harid kiladilar. 

Download 160,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish