14 Amaliy mashg’ulot


kilogramm barg sarflanadi. Bir kunda 5 - 6 marotaba barg beriladi



Download 0,61 Mb.
bet2/6
Sana19.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#562977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 - Amaliy mashg’ulot. Ipak qurtlarini katta yoshlarda boqish agrotexnikasi (1)

800 kilogramm barg sarflanadi. Bir kunda 5 - 6 marotaba barg beriladi. 51
Uchinchi uyqudan turgan qurtlar katta yosh hisoblanadi. Bu yoshdagi qurtlar tez harakatlanadigan, tut barglarining yumshoq joylarini to‘liq yeydigan va tanasi birmuncha yiriklashgan bo‘ladi. Qurtlai'ning yoshi kattalashgan sari, ularning harorat va nisbiy namlikka bo‘lgan talabi (kichik yoshdagiga nisbatan) birmuncha pasayib boradi. Agarda qurtning kichik yoshida qurtxonadagi harorat 26-27°C, havoning nisbiy namligi 65-75 foiz bo‘lgan bo‘lsa, to‘rtinchi yoshida harorat 2625°C va nisbiy namlik 60-70 foiz, beshinchi yoshida esa harorat 24-25°C va nisbiy namlik 60-65 foiz bo‘lishi lozim.
To‘rtinchi yoshga o‘tgan qurtlar endi oldingi joylashgan maydonga sig‘may qoladi. Shuning uchun ularga ikkinchi bargni berishdayoq oziqlanish maydonini kengaytirib, siyraklashtirish lozim. Yoshining oxiriga kelib, bir quti qurt 25-30 m2 joyni egallaydi. Qurtlarning to‘rtinchi yoshi 4-5 kun davom etib, jami 170 kg barg beriladi. Oziqa uchun tut daraxti asosiy novdalarining pastki shoxlari kesib olinadi va bog‘ holida keltirilib, salqin xonalarga qo‘yiladi. To‘rtinchi yoshdagi qurtlarga barg yashil novdachalar va kichik novdalar (40-50 sm uzunlikda) holida beriladi. Bir kunda 6-7 marotaba (shundan 1-2 marotaba kechasi) barg beriladi. Barg berishda qurtlar oldingi berilgan barglarni to‘liq yeganligiga e’tibor berish zarur. Chala yeyilgan barg ustiga yana yangi barg solinsa, eski barglar qolib ketib, g‘ana qalinlashadi va uni mog‘or bosadi. Natijada mikroorganizmlaming rivojlanishi uchun sharoit yaratilib kasallik kelib chiqadi. Bu davrda g‘ana 2 marotaba, ya’ni to‘rtinchi yoshning ikkinchi kuni va beshinchi yoshga o‘tish oldidan olinadi.
Qurtning yoshi kattalashib, tanasi yiriklashgan sari u nafas olish uchun shunchalik ko‘p kislorod talab qiladi va karbonad angidrid chiqaradi. Shuning uchun bu yoshida qurtxona har 2-3,5 soatda 20-25 daqiqa deraza yoki eshikni ochib shamollatiladi. Qurtxona shamollatilganda harorat bir darajadan, havoning nisbiy namligi 5-6 foizdan ortiq kamaymasligi lozim. Harorat pasayganda pechkalar qizdiriladi, havo namligi kamayganda choyshab yoki matoni hoilab, qurtxonaga osib qo‘yiladi. Qurtlar to‘rtinchi yoshida 4-5 kun oziqlangach, to‘rtinchi uyquga kirishadi.
Qurtlami yoshdan yoshga o‘tish (uyqu) davrida parvarish qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Maiumki, ipak qurtlarining o‘sishi va rivojlanishi tashqi sharoit omillari bilan uzviy bogiiq boiib, ularga harorat, namlik, yorugiik, havo almashinishi, oziqa va boshqalar ta’sir etadi. Shu tufayli qurtlar bir vaqtda yoppasiga uyquga kirishmaydi. Rivojlanishdan sal ilgarilab ketgan va uyquga ketgan qurtlarga qarab, barg berishni to‘xtatib qo'yish hali oziqlanishni davom ettirayotgan qurtlaming och qolishiga va ulaming po‘st tashlash jarayonining cho‘zilib ketishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun barcha qurtlar uyquga kirgimcha ularga oz-ozdan barg berish davom ettiriladi. Hamma qurtlar uyquga ketgach, barg berish to‘xtatiladi.
Yuqorida bay on etganimizdek, rivojlanishda ilgarilab ketgan qurtlar tezroq po‘st tashlaydi. Agarda shu qurtlarga qarab, qolganlari uyqudan uyg‘onmasdan barg berish boshlansa, oldin uyg‘ongan qurtlar barg yeyishga kirishadi va rivojlanishda yana ilgarilab ketadi. Shu bilan bir vaqtda, hali po‘st tashlab ulgurmagan qurtlar barglar tagida qoladi va rivojlanishda yanada orqada qoladi. Natijada bir so‘kchakda boqilayotgan qurtlar katta-kichik boiib qoladi. Bu esa ularni g‘analash va dasta qo‘yishda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun qurtlar 97-98 foiz po‘st tashlab boigandan so‘ng barg berishni boshlash kerak.
Qurtlar po‘st tashlash (uyqu) davrida qurtxonadagi harorat va nisbiy namlikka alohida e’tibor berish zamr. Haroratning me’yoridan koiarilishi qurt tanasidagi suvning ortiqcha bugianib, tana va terisining qurishiga olib keladi, oqibatda yangi terini ishlash jarayoni buziladi. Shuningdek, eski teri yangi teriga yopishib qolib, qurtlar eski terisini tashlay olmasdan nobud bo‘lishi mumkin. Agarda harorat pasayib ketsa, yangi terini ishlash va eskisini tashlash jarayoni cho‘zilib ketadi. Bu davrda qurtxona havosida nisbiy namlik ortib ketsa, yeyilmay qolgan barg qoldiqlari qurib ulgurmaydi, natijada oldinroq uyqudan turgan qurtlar shu barglarni yeya boshlaydi, g‘ana mog‘orlaydi va qurtlar kasallikka chalinadi.
Qurtlarning yoshdan yoshga o‘tish davrida kunduz kuni qurtxonaga yorug‘lik me’yorida tushib turishi, kechasi esa qorong‘i bo‘lishi lozim. Qurtlar to‘liq uxlagan vaqtda barg berish, g‘analash, siyraklashtirish, boshqa joylarga ko‘chirish va boshqa tadbirlar o‘tkazish qat’iyan man etiladi. Aksincha, yuqorida qayd etilgan agrotexnika qoidalariga rioya qilinsa, qurtlar bir tekisda uyquga kiradi, yangi terini o‘z vaqtida ishlab, eskisini osonlik bilan tashlaydi va yoppasiga bir vaqtda uyg‘onadi.
Qurtlarning to‘rtinchi uyqusi 1,5-2 kun davom etadi. Uyqudan uyg‘ongan qurtlar 5-yosh hisoblanadi.
Beshinchi yoshida qurtlarga tut daraxtining asosiy shoxlari va novdalari kesib keltiriladi. Agarda tut daraxtidagi barg olirmiagan bo‘lsa, bu daraxtning barcha shox-shabbalari kesib olinadi va sochilib ketmasUgi uchun bog‘-bog‘ qilib boylab keltiriladi. Kesib kelingan barglar so‘lib qolmasligi uchun 16-17°C dan yuqori bo‘lmagan salqin xonalarda saqlanadi.
Qurtlarning beshinchi yoshi 7-8 kun davom etib, bir quti qurt uchun jami 750-800 kg barg sarflanadi. Bir kunda 5-6 marotaba barg beriladi. Shundan 1-2 martasi kechasi beriladi. Bu yoshda qurtlarga barglar novdasi bilan beriladi. Buning uchun uzun shox-shabba va novdalami qurtlarga berishdan oldin ular uzunligi 70-80 sm dan qilib qirqib tayyorlanadi. Shox va novdalarning kesib olgandan qolgan yo‘g‘on qismlaridan barglar terib olinib, qurtlarga solinadi.
Berilgan barglarning to‘liq yeyilishiga erishish uchun novdalarni ma’lum muddatda ag‘darib qo‘yish mumkin. Qurtlarga barg berishda qirqib tayyorlangan tut novdalari so‘kchakdagi qurtlar ustiga hir gal uzunasiga, ikkinchi gal ko‘ndalangiga qo‘yiladi. Qo‘yilgan lut novdalarining usti tekis bo‘lishi uchun uchi chiqib qolgan qismi bog‘ qaychisi bilan qirqib tashlanadi. Tut novdalari so‘kchak qavatlaridan chiqib yoki osilib tursa, ularda o‘rmalab yurgan qurtlar pastga tushib ketadi va shikastlanadi (hatto nobud bo‘ladi).
Ipak qurtlariga barg ma’lum tartibda (navbatma-navbat), ya’ni bir safar qurtxonaning kiraverishidan, ikkinchi marta qurtxonaning yuqori qismi (to‘ri) yoki javonning pastidan yuqorisiga, keyingi gal yuqorisidan pastga qarab berish tavsiya etiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, qurtlarga beriladigan bargning asosiy qismi (75% i) beshinchi yoshiga to‘g‘ri kelar ekan. Shuni e’tiborga olib, qurtlaming 1-4-yoshlarida bargni nihoyatda tejash kerak. Bundan tashqari, serqatnov yo‘l yoqalaridan kesilgan va chang bosgan barglarni, albatta, yuvish kerak. Barg yuvilgandan so‘ng 15-20 daqiqa silkitib, nami qochgach solinadi, aks holda, xonaning namligi oshib ketib, qurtlar turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Beshinchi yoshdagi qiutlar tanasi juda yirik, hajmi kattalashgan va serharakat bo‘ladi. Bir quti qurt bir kunda o‘zidan 60 l suvni bug‘laydi. Natijada qurtxonadagi namlik ortib boradi. Shuning uchun qurtxona har 2-2,5 soatda 30-40 daqiqa davomida eshik yoki derazalami ochib shamollatiladi. Qurtxonaga doimo toza havo kirib turishi uchun derazaning bironta ko‘ziga yoki yon devorning yuqori qismiga muallif tomonidan ishlab chiqarishga tavsiya etilgan maxsus moslama - VK-3 msumli elektroventilator o‘matilgani ma’qul.
Beshinchi yoshida qurtxona haroratining me’yoridan ortiq boiishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu yoshda xonadagi harorat 24-25°C, havo namligi esa 60-65 foiz bo‘lishi lozim. Yomg‘likning me’yorida bo‘lishi va quyosh nuri tik tushmasligini ta’minlash zarur. Qurtlarga berilgan oziqaning yaxshi yeyilishi ular joylashtirilgan so‘kchaklar yuzasi (oziqlanish maydoni)ga bog‘liq. Shuning uchun bir quti qurtga beshinchi yoshida 60 m2 maydon bo‘iishi shart. Agar bir qutida o‘rtacha 45 ming dona qurt bo‘lsa, 1 m2 joyga 700-750 dona qurt joylashadi. Soddaroq qilib aytganda, 10 sm2 (10 sm X 10 sm) joyda o‘rtacha 7-8 dona qurt bo‘Isa, qurtlarning joylashish zichligi talabga javob beradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, ipak bezida ipak moddasining hosil bo‘lishi qurtning beshinchi yoshida, ayniqsa, dahaga kirgan kunlari amalga oshadi. Shuning uchun ham daliadagi qurtlami to‘ydirib boqish katta ahamiyatga ega. Bu vaqtda qurtlarga barg berishda uzilish ro‘y bersa, ipak sintez bo‘lishi susayadi. Dahaga kirgan qurtlar yetarli miqdorda barg bilan ta’minlarmiasa, ular o‘ragan pillalar mayda va ipak miqdori kam bo‘lib qoladi, navi past baholanadi.
To‘rtinchi yoshda 170 kg, beshinchi yoshda 750 kg barg berish tavsiya etiladi. Ipak qurtlari turli nav barglar bilan oziqlantirilganda, ulaming hayotchanligi va lichinkalik davrlari turlicha bo‘ladi (muallifning 1982-99-yillardagi ma’lumouari) (1-jadval).
1-jadval


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish