14-mavzu. Insho haqida nazariy ma’lumot



Download 257,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana11.01.2022
Hajmi257,02 Kb.
#352519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
INSHO HAQIDA NAZARIY MA’LUMOT

Adabiy mavzudagi insho

 ta’lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida 

o‘tilgan  mavzular  asosida  yoziladigan,  darslar  va  darsliklardagi  ma’lumotlarga 

o‘quvchining  munosabati,  shaxsiy  fikrlari  ifodalanadigan,  ijodiy  yondashuv 

asosidagi yozma ishdir. Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning 

hayoti va ijodi, qahramonlar xarakteri, fe’l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil qilinadi, 

ijodkor  faoliyati,  asarlariga  doir  umumiy  ma’lumotlar  bayon  etiladi,  badiiy  asar 

mazmuni, g‘oyasi hamda undagi qahramonlar xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil 

qilishda  o‘quvchining  mustaqil yondashuvi aks  etadi.  Ijodiy yondashuv,  mustaqil 

fikr  inshoning  zarur  shartlaridan  biridir.  Ta’lim  jarayonida  adabiy  mavzudagi 

insholar keng qo‘llanadi. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar, deb 

ham yuritiladi. 

Adabiy  mavzudagi  insholardan  ona  tili  va  adabiyot  darslarida    keng 

foydalanish, reyting tizimining oraliq va yakuniy  nazoratlarini insho  ko‘rinishida 

o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 

Adabiy mavzudagi insholar o‘quvchining badiiy nutqini rivojlantiradi, unga 

o‘xshatish,  sifatlash,  jonlantirish,  mubolag‘a  singari  adabiy  tasvir  vositalaridan 

foydalanishni,  oddiy  so‘zlar  bilan  ma’nosi  kuchaytirilgan  bo‘yoqdor  so‘zlarni 

farqlash va qo‘llay bilishni o‘rgatadi.  Shuningdek, yozuvchi uslubini tushunish, asar 

kulminatsiyasi va yechimidagi voqea-hodisalarni anglash, asar yuzasidan o‘z fikr-

mulohazalarini keng, aniq va izchil, erkin ravishda bayon qilish  imkonini beradi.   

Adabiy  insholardan  faqat  adabiyot  darslarida  emas,  balki  ona  tili 

mashg‘ulotlarida  ham  keng  foydalaniladi.  Bunday  insholar  yozuvchi  mahoratini 

aniqlashga,  asar  qahramonlari  olamiga  kirishga,  ularni  bir-biri  bilan  taqqoslab, 

yaxshilik va yomonlikning tub mohiyatini anglashga yordam beradi. Shu bilan bir 

qatorda  ona  tili  qoidalarini,  badiiy  uslub  xususiyatlarini  o‘zlashtirishda 

ahamiyatlidir.  Adabiy  insholar  o‘quvchidan  badiiy  nutq  ko‘nikmasini  talab  etadi. 

Masalan, “Ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar” mavzusi o‘rganilgandan 

so‘ng  o‘quvchilarga  yaxshilikni,  insonning,  ijobiy,  ezgu    fazilatlarini  ifodalovchi 

so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolilarini toptirish, ma’lum bir asar misolida “Yaxshi 

fazilatlar – inson ziynati” adabiy inshosini yozdirish mumkin bo‘ladi. 

Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi. O‘quvchilar 

o‘rganilayotgan  til  hodisalari  bilan  bog‘liq  holda  badiiy  asarlar,  ulardagi 

qahramonlar,  bayon  qilingan  qiziqarli  voqea-hodisalarni  tahlil  qiladilar,  o‘z 

munosabatlarini bildiradilar. 



2. 


Download 257,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish