14-mavzu XVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar Reja


gratsiya, dengizda suzish erkinligi, raqib mulkining daxlsizligiga e’tibor berishi kerak. Gratsiy



Download 34,14 Kb.
bet2/2
Sana04.06.2022
Hajmi34,14 Kb.
#636513
1   2
Bog'liq
14-MAVZU XVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar

gratsiya, dengizda suzish erkinligi, raqib mulkining daxlsizligiga e’tibor berishi kerak.
Gratsiy o‘z asarining bir bobini (XVIII bobi) elchi huquqiga bag‘ishlagan. Ta’kidlangan faktlar XVII asr davomida takomillashib bordi. Gratsiyga ko‘ra elchining asosiy huquqi quyidagilardir: 1) elchi jo‘natilgan mamlakat bo‘yicha suveren; 2) elchi shaxsi, uning vakillari va mulkining daxlsizligi. Gratsiy ta’kidlashicha, elchi huquqi nafaqat o‘zgarmaydigan tamoyillardan, balki alohida xalqlarning yoki boshqacha qilib aytganda xalqlarning odat va an’analaridan kelib chiqadi. Shuning uchun elchining birinchi va ikkinchi huquqi turli mamlakatlarda turlicha bo‘ladi. Elchi huquqining suverenligi haqidagi masala elchi jo‘natilgan mamalakat tomonidan qabul qilinishi shart edi. Elchining marosimda qabul qilinmasligiga qat’iy ravishda izoh berilishi kerak. Agar elchi dushman sifatida boshqa mamlakatga jo‘natilsa, u yerda xalqni qo‘zg‘alon ko‘tarishiga undaydigan bo‘lsa, u elchilikdan mahrum qilinishi mumkin. Elchining u yoki bu darajdagi daxlsizligi akkredatsiya qilingan mamlakat odatlariga bog‘liq. Gratsiy ta’kidlashicha, har bir chet ellik o‘sha mamlakat qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Elchining shaxsiy daxlsizligi uning eksterritoriallik huquqiga bog‘liq. Gratsiyga ko‘ra, xalqaro huquqqa ko‘ra, elchining huquqi o‘z monarxning vakili bo‘lishidir , o‘z davlatidan tashqarisida bo‘lishiga qaramasdan, o‘z funksiyasini bajarishi kerak edi. Bu yerdan elchi jo‘natilgan mamlakat qonunlariga bo‘ysunmasligi mumkin degan hulosa qilish mumkin. Agar elchi jinoyat sodir eqa yo hukmdor bunga ko‘z yumishi, yoki uni mamlakat hududidan tashqariga chiqarib yuborishi kerak. Agar elchi jo‘natilgan mamlakatga moddiy zarar yetkazadigan bo‘lsa, elchi sifatida jo‘natilgan mamlakat hukmdoridan uni jazolashni yoki uni chaqirib olishni talab qilingan. Bunday daxlsizlik elchining a’yonlari va mulkiga ham tegishgli edi.
XVII asrda elchilik va diplomatik tizim, unga beriladigan topshiriqlar haqida nazariyalar paydo bo‘la boshladi. Bundaylardan, diplomatiyaga oid qo‘llanma Richard Zauch (1650) va Gollandiyalik Abraam Vikfor tomonidan “Elchi va uning funksiyasi” (1676) kitoblari nashr etilgan. Vikforning kitoblari bir necha marta nashr qilinib, o’z oq yillar davomida diplomatlarning asosiy qo‘llanmasi bo‘lgan.
XVI asrdan boshlab Yevropa gazetalarida tashqi siyosat masalalariga oid maqolalar paydo bo‘la boshladi. Ular orasida “Fransuz gazetasi” asoschisi Teofrast Renodo (1586-1653) Rishel’e va gugenot Yuber Lange (1518-1581-yy.) ning siyosiy tahlilchisi bo‘lgan.
XVI asrda Angliya ham uncha katta bo‘lmagan 3,5-4 millionli aholiga ega bo‘lgan davlat edi. Sharqiy Yevropada Rossiya kuchli davlatga aylanayotgan bo‘lsada, ammo g‘arbda o‘zini unchalik kuchli sezmas edi. Bu davr g‘arbda eng kuchli davlat Fransiya va Ispaniya edi. XVI asrda bu ikki davlatning aholisi birinchisiniki 15 million, ikkinchisiniki 10 millionga yetgan edi. Xalqaro ahvolda XVI asr davomida Ispaniya birinchi o‘ringa chiqadi.
Uzoq harakatlardan so‘ng XVI asr oxiriga kelganda portugallar va ispanlar Yangi Dunyoni, ya’ni Amerikani (1492-y) va Hindistonga dengiz yo‘lini (1498-y) ochadilar. Dengiz orti mamlakatlarini talash Pireney yarim orolidagi ikki mamlakatni tezda boyib ketishiga sabab bo‘ldi. 1516-yil Ispaniyada qirol Karl I (1500-yilda tug‘ilgan) taxtga chiqadi. U birlashgan Ispaniya qiroli Ferdinand va Izabella Katolikning nevarasi edi. Otasi Avstriyalik gersog bo‘lgan Karl I Maksimillian I Gabsburgning ham nevarasi edi. Maksimillian vafotidan keyin nemis knyazlari Karlni Muqaddas Rim Imperatori etib sayladilar (1519-y). Bu davrda Ispaniya hukmronligiga yangi ochilgan Amerika hududlari, Niderlandiya, Neopolitan qirolligi va Sardiniyalar kirar edi. Karl I haqida (Imperator bo‘lgach Karl V nomini olgan) Ispaniya bilan birgalikda, Germaniya Italiya va okeanortidagi hududlar ham kirib, bu yerlar haqida “Quyosh hech qachon botmas edi”. Bu imperiya Yevropadagi hajmiga ko‘ra, haqiqatdan ham dunyoviy imperiya edi.
Amerikadagi yangi yerlar qimmatbaho metallarning oqib kelishi ispan yuqori tabaqalarini nihoyatda boyitgan. Ammo Ispaniyada sanoat ishlab chiqarish deyarli turg‘un edi. Hatto Ispaniya iqtisodiy munosabatlarda XIV asr darajasiga tushib qoladi. Oltin va kumush feodal aslzodalarga daryodek oqib, ularni rohat-farog‘atda yashatgan bo‘lsa, dvoryanlar massasi-idalgolar hayoti u qadar yaxshi emasdi. Oddiy aholi tabaqalari esa juda past darajada edi. Yuz minglab monaxlar esa absolyutizmning quroli bo‘lgan inkivizatsiya tufayli boyiyotgan edilar. Ispaniya qiroli va Muqaddas Rim imperatori Karl V butun katoliklarni birlashtirishni orzu qilar edi.
Karl V tashqi siyosatda reallik bilan fantastikani qo‘shib olib bergan. “Ideal” davlat tuzish haqidagi g‘oyalar uning bosqinchilik va talonchilik siyosatini berkitar edi.
Ispaniya dvoryanlari boylik orttirish uchun urush va o‘ljalarini talab qilar edi. Bu borada Karl V ning raqibi Fransiya qiroli edi. Fransiya salib yurishlari orqali boyishni mo‘ljallayotgan edi. Aynan mana shu sabablar XVI asr I yarmida italyan urushlarini kelib chiqaradi. Ikki raqib, ispan va fransuz dvoryanlari o‘lja uchun unchalik kuchli bo‘lmagan, va siyosiy tarqoq Italiyani talaydilar.
Karl V ning butun dunyo monarxiyasini tuzish g‘oyasi edi, xolos. Muqaddas Rim imperiyasi nemis millati “turli xalqlardan” jumladan, Germaniya, Italiya, Niderlandiyadan iborat bo‘lib, reallikdan ko‘ra sharpaga aylanib qoladi. Karl V ni imperator etib saylagan nemis kurfyuristlari 1520-yil 23-oktyabr kuni Axendagi toj kiyish marosimida unga: “Bu toj senga nasliy emas, senga knyaz va kurfyuristlarning hohishi bilan berildi”, deb ochiq aytishgan edi. Lo‘ndasini aytganda toj Karl V uchun sotib olingan edi. Karl V tojni sotib olish uchun katta mablag‘ sarf qilgan. Bu mablag‘ imperatorning moliyachisi, janubiy Germaniyadagi bankirlar xonadoni Fulgerlar tomonidan to‘langan. Bu xonadon boshlig‘i Yakov Fulger 1523-yil Karl V buni ochiq yozgan edi: “Kunday ravshanki, siz oliy hazratlari mening yordamimsiz Rim imperatorlik tojini ololmagan bo‘lar edingiz!”.
Imperatorning dunyoda katoliklikni hukmron dinga aylantirish siyosati natijasiz tugadi. Chunki bu davrda milliy davlatchilikning paydo bo‘lishi uning rejalariga zid edi. Tug‘ilayotgan burjuaziya tabaqasi milliy manfaatlarning ximoyachisi sifatida, kuchli markazlashgan davlat tarafdori edi.
Karl V yangi tabaqaning istaklarini hukmronligining oxiridagina tushundi. Ispaniyada shahar kommunarlari isyonini bostirib, absolyutizimni shakllantirgan bo‘lsa, Germaniyada mutlaqo boshqacha siyosat olib borgan. Knyazlar tomonidan o‘tkazilgan reformatsiya va dehqonlar qo‘zg‘alonining bostirilishi, cherkov mulklarining musodara qilinishi Germaniyada knyazlar hokimiyatini kuchayishiga olib keldi. Rasman Germaniya mayda knyazlik-davlatlariga aylandi. Ularning ko‘pchiligi imperator tomonida edi.
Bunday qarama-qarshilik davrida Karl V o‘zining diplomatik san’atini ko‘sata oladi. 1531-yili protestant knyazlar Shmalkaldenda Karl V oshkora qarshi chiqadi. Karl V o‘zining ayyorona diplomatiyasi bilan uning ichidan eng kuchli va prinsipiga ega bo‘lgan, Makiavelli tarafdori Morits Saksoniskiyni o‘z tomoniga og‘diradi. Bu kelishuvga ko‘ra, Karl V Moritsga kurfyurist titulini va’da qiladi. Protestant knyazlar tarqatib yuboriladi. 1547-1548-yilgi Seymda Karl V o‘zi va Gabsburglar foydasiga bir qancha qarorlar qabul qiladi. Uning maqsadlari qisman amalga oshadi. Unga ko‘ra, nemis knyazlarini bo‘ysundirish yaqinda amalga oshadigandek edi.
Ammo imperator xokimiyatining bunday kuchayishi nafaqat Germaniyadagi katolik knyazlarni, balki papani ham cho‘chitib qo‘yadi. Morits Saksoniskiy ham imperatorga qarshi chiqa boshladi. U protestant knyazlar bilan yashirincha kelishadi, oldindan fransuz subsidiyalari bilan ta’minlanib, kutilmaganda Karl V dushmanlari tarafiga o‘tadi. 1552-yili knyazlar manifest e’lon qiladilar. Unda Germaniya qullikdan qutqarilishi qo‘llariga qurol olishi e’lon qilingan edi. Morits imperator turgan Girol tomonga tezda harakat qiladi. Imperator u yerdan qochadi. Qo‘zg‘alon ko‘targan knyazlar bilan muzokaralar olib borishni imperatorning akasi, “Vim qiroli” Ferdinand I Augsburg olib boradi. Bu 1555-yilda bo‘lib, shartnomaga ko‘ra, imperator hokimiyati kuchsizlanib, knyazlarning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Knyazlar diniy jihatdan o‘zlariga to‘g‘ri keladigan axloqiy normalarga rioya qiladigan bo‘ldilar, ularning fuqarolari esa xo‘jayinlari diniga sig‘inishlari shart edi. Imperator hokimiyatidan qutilgan knyazlar papaning ta’siridan ham qutildilar. Diniy erkinlikka erishgan knyazlar o‘zlarining mustaqilliklarini mustahkamladilar. Karl V ning siyosati mag‘lubiyatga uchradi.
O‘rta asrlarga oid davlat boshqaruviga ko‘ra, hukmdor-sen’orlar davlat va manzilgohlari o‘rtasida, ijtimoiy va shaxsiy huquqlari o‘rtasidagi chegaralar ajratilmagan edi. Eski Gabsburglar an’anasiga ko‘ra, Karl V hokimiyati va oilasi ta’sirini nikohlar vositasida mustahkamlashni maqsad qiladi. Ma’lumki Yelizaveta Angliyiskiy bir necha marotaba unashtirilganligiga qaramasdan, turmushga chiqmagan edi. Yekaterina Medichi ham ortiqcha harakatlarsiz uylanish rejasi orqali o‘zining ko‘p sonli oilasiga siyosiy nikohlar rejasini amalga oshirmoqchi bo‘ladi. Eski feodal xonadonlar milliy davlatlarga aylangan davrda siyosiy birlashmalarni nikoh vositasida amalga oshirish qiyinlashgan. Karl V ozmi-ko‘pmi darajasida o‘g‘li Filippni Angliya qirolichasi Mariyaga uylantirish va u orqali mamlakatni bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi. Uning o‘zi Mariya 6 yoshligida unga unashtirilgan edi. Mariya qirol Genrix XVIII va Yekaterina Aragonning qizi edi. Yekaterina Aragon esa Karl V ning xolasi bo‘lgan. Keyinchalik rejalashtirilgan bu nikoh buziladi. Ammo Karl V ning qarindoshi, mamlakatni “homiysi” deb hisoblaydi va XVI asr 50-yillari boshida o‘z rejasini o‘zgartirgan holda, Filippdan 10 yosh katta Mariya bilan nikohi orqali amalga oshirmoqchi bo‘ladi. Ispaniya elchisi Rekar Londonga topshiriqni bajarishga jo‘naydi. Fransuz elchisi rejadan xabar topib, unga turli yo‘llar bilan rejani buzishga urinsada, Karl taklifi Mariya tomonidan qabul qilinadi. Ispanlar ingliz savdogarlari va dvoryanlarining asosiy raqibi bo‘lsalarda, ular qirolning istagiga qarshi chiqmaydilar. Mariya Filippga turmushga chiqishga qattiq ahd qiladi. Ammo qirolichaning vazirlari tomonidan tuzilgan nikoh shartnomasi mohiyati jihatdan Karlning haqiqiy mag‘lubiyati edi. Shartnomaga ko‘ra, Filipp atigi “qirolichaning turmush o‘rtog‘i” edi, xolos. 1558-yili Mariya vafot etgach, inglizlar o‘zlarining “qirollari” haqida unutdilar.
Karl V ning butun rejalari yo‘qqa chiqadi. 1555-yildayoq u taxtdan voz kechib monastirga ketishga majbur bo‘ladi.
Karl taxtdan voz kechgach, uning imperiyasi ikkiga bo‘linadi. Muqaddas Rim imperiyasi uning akasi Ferdinandga; Ispaniya, Niderlandiya, Italyanlar hududlari va koloniyalari o‘z o‘g‘li Filipp II ixtiyoriga o‘tadi.
Karl V ning siyosati amalga oshmagan bo‘lsada, buyuk edi. Filipp II butun dunyo monarxiyasi haqida o‘ylash uchun asos yo‘qligini yaxshi tushunar edi. Ammo uning siyosati otasi siyosatiga nisbatan biroz fantastik edi. Qoniqtiradigan va og‘ishmaydigan siyosatiga ko‘ra, uning asosi absolyutizm va katolitsizm edi. Filipp II o‘z hududida ispan odatlarini o‘rnatishga harakat qilgan. Qayerda imkon bo‘lsa, o‘sha yerda protestantlikka qarshi kurashgan. O‘z maqsadiga yetishish uchun har qanday vositadan voz kechmagan.
Filippning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jaholatlarga siyosati Yevropada birinchi Niderlandiya burjua inqilobining g‘alabasiga olib keladi. XVI asr ikkinchi yarmida Fransiyadagi diniy urushlarga aralashish hatto katolik vatanparvarlarining Filippga qarshi bo‘lishlariga olib keladi. Uning Angliyadagi hiyla nayranglari, Mariya Styuart orqali o‘zining dengizdagi raqibini yo‘qotishga harakat qilishi, 1588-yili eng katta eskadrali “Yengilmas armada” ning halokati bilan tugadi.
XIX asrning birinchi yarmida tarixchilar uchun ispan arxivlarini o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Arxivlarda ispan monarxiyasining inqirozi davridagi diplomatiyani o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Unda Filipp II ning Fransiya, Angliya va Niderlandiyada rasmiy elchilaridan tashqari, ko‘plab yollangan va ko‘ngilli josuslari mavjud edi. Ular nafaqat Ispaniyaga do‘stlik va dushmanlik haqidagi ma’lumotlarni, balki elchilar haqida ham ma’lumot jo‘natar edilar. Niderlandiyada ular ispan qirolining hokimi nazoratida ish olib borardilar. Bunday ish yuritish Madriddan chiqmasdan kuzatishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan qirolni ham chalkashtirib yuborar edi. Uning hukmronligi Ispaniya uchun achinarli bo‘ldi.
XVI asrning II yarmida Ispaniya iqtisodiy jihatdan inqiroz davri boshlanib, yarim asr so‘ngra siyosiy jihatdan inqirozga uchragan bo‘lsa, Fransiyada Lyudovik XI dan boshlab, XVI-XVII asrlarda iqtisodiy rivojlanish bosqichi kuchaydi. Markazlashgan davlatda feodal unsurlar saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Yuz yillik urushning asoratlarini unutmagan burjuaziyaning harakatlari tufayli rivojlana boshladi. Shaharliklar doimo qirol hokimiyati tarafida edilar. XVI asrning II yarmida Fransiyada feodal tarqoqlik uchun diniy urushlar bo‘lib o‘tdi. Shaharliklar bu davrda ham qirol hokimiyati va sodiq katolik sifatida qoldilar. Mayda va o‘rta dvoryanlarning kattagina qismi burjuaziya tomoniga o‘tgan. Chunki markazlashgan kuchli hokimiyat dvoryanlar uchun harbiy xizmat kafolotini berar edi.
Lyudovik XI ning to‘rt vorisi Karl VIII (1483-1498) Lyudovik XII (1498-1515-yy), Fransisk I (1515-1547-yy) va Genrix II (1547-1559-yy) lar absolyut monarxlar sifatida, Makiavelli ko‘rsatmasi bo‘yicha hukmron bo‘lgan hukmdor bo‘ldilar. Bu davrda Fransiya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllandi. XVI asrning butun davomida Ispaniya, Italiya, Germaniya va Niderlandiyalar Karl V hukmi ostida bo‘lib, fransuz hukumati Italiyadagi boyliklardan o‘z ulushini olishga harakat qilgan. Natijada italiyan vorisi uchun kurash va XVI-XVII va XVIII asrlarda davom etgan. Frank-Avstriya (boshqacha nomlanishi frank-gabsburg) raqobatini keltirib chiqaradi. XVI asrda Gabsburglar yordamida ustunlik Ispaniya tomonida bo‘lgan.
Katolik Fransiyaning Gabsburglar bilan dushmancha munosabat natijasida fransuzlar ashaddiy dushman turklari va protestant nemis knyazlari bilan yaqinlasha boshladi. Xristianlar o‘rtasidagi kurash davom etayotgan bir paytda Fransisk I turk sultoni Buyuk Sulaymon bilan muzokaralar yurita boshlagan. Bu Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan to‘rt urushdan birinchisi (1521-1526-yy) bo‘lib o‘tgan edi. Paviya yonidagi jangda Fransisk I asir olinadi. Maxsus elchini Konstantinopolga jo‘natadi. Birinchi elchilik muvaffaqqiyaqiz tugaydi. elchi Bosniyada 12 ta hamrohlari bilan o‘ldiriladi. Uning yorliqlari va qirolning uzugi Konstantinopolga jo‘natiladi. Lekin ikkinchi elchi Ioann Franjinani Konstantinopolga yetib borishga muvaffaq bo‘ladi va sultonga fransuz qiroli maktubini topshiradi.
Birinchi jo‘natilgan elchining xati ham sultonga yetib borgan. Bosh vazir Ibrohim sultonni Vengriyani bosib olishga undaydi. Sulton go‘yo Fransisk taqdiridan “xavotir” olib Karlga qarshi urush boshlaydi. Aslida turk feodallarining o‘zlari ham to‘xtovsiz urushni talab qilayotgan edi. Bolqon yarim orolini bosib olgach Sulton Sulaymon Yevropaga qarab harakat qila boshladi. Keyingi yil sulton qo‘shini birlashgan chex-venger qo‘shinini Janubiy Vengriyadagi Moxachda mag‘lubiyatga uchratadi. 1529-yili esa Vena qamal qilinadi. Shunday qilib, xalqaro ahvol Fransiya va Turkiya o‘rtasidagi ittifoqni shart qilib qo‘yadi. Fransiya va Turkiyaning o‘sha davrdagi raqibi Gabsburglar edi. Shuning uchun ittifoq mustahkam bo‘lgan. 1535-yili birinchi shartnoma tuziladi. Ushbu shartnoma keyingi shartnomalarga asos bo‘ladi. Shartnomaning maxfiy qismida Fransiya Turkiyaning Avstriya va Venetsiya davlatlariga qarshi kurashida yordam berishga va’da qilgan edi. Evaziga Fransiya Turkiyaning Yevropa davlatlari bilan savdo qilishida vositachilik huquqini oladi.
Fransiyaning Gabsburglarga qarshi kurashi davomida Fransiyaning German knyazlari bilan munosabatiga aniqlik kiritiladi. Fransiya protestant nemis knyazlari tomonida turib, Gabsburglarni kuchsizlantirishga harakat qilar edi.
XVI asr Angliya diplomatiyasi fransuz diplomatiyasidan farq qilar edi. Fransiyada absolyut monarxiya kuchli bo‘lgan bo‘lsa, Angliyada qirol hokimiyati kuchli bo‘lgan davrda ham lordlar va savdo burjuaziyasi ustunlik qilgan parlament ta’sirchan kuchga ega edi. Ular qirolga o‘z faoliyati bilan ta’sir eta olar edi. Burjualashgan dvoryan va burjuaziya XVI asrdayoq iqtisodida muhim rol o‘ynar edi. XVIII asrda ro‘y bergan burjua inqilobi esa kapitalistlarning keyingi tartiblarini belgilab beradi.
XVI asrning II yarmida Angliya Ispaniyaga qarshi qattiq kurash olib borgan. Bunday siyosatni nafaqat ingliz qiroli, balki ingliz qaroqchilari, flot egalari va savdogarlar ham hohlaganlar. Ingliz qirolichasi Yelizaveta Tyudor o‘ziga sodiq odamlarini ko‘p bora bunday siyosatga undab turgan. Mashhur qaroqchilar admirallarga aylandilar: Dreyk, Gaukins va Relilar xalqning ko‘z o‘ngida ispan kemalaridagi oltin kumushlarni talab, kemalarni cho‘ktirib yuboradilar. Bu davrda ingliz diplomatlari Yevropa davlatlari saroyida ta’sirchan siyosat olib borayotgan edilar.
XVI asrdagi iqtidorli diplomatlardan biri, Angliyaning Fransiyadagi elchisi Uolsing edi. Ushbu diplomatga mashhur shotland qirolichasi Mariya Styuart taqdirida muhim rol o‘ynagan. Bu qirolicha lotaringiyalik gersog Gizning qizi va qirol Genrix VII ning qizi Margaritaning nevarasi edi. Mariya Styuart Shotlandiya qiroli Yakov V Styuartga turmushga chiqqan edi. Gizlar sodiq katoliklar edi. Keyinchalik ular katoliklar partiyasiga boshchilik qilib Fransiyadagi Varfolemey kechasida protestantlar qirg‘inini uyushtirgan edilar. Shotlandiyada reformatsiya boshlangach, murosasiz katolik sifatida Shotlandiyadan quvg‘in qilinadi. U Angliyaga qochib kelib, Yelizaveta homiyligiga o‘tadi. Uning qarorgohi tez orada Yelizavetaga qarshi fitna markaziga aylanadi. Genrix VIII ning xotinlaridan biri (Anna Boleyn) ning qizi bo‘lgan qirolicha sifatida katoliklar bilan sira kelisha olmagan, Mariya Styuart esa Angliya taxtiga da’vo qila boshlagan. Lekin Angliyaliklarning ko‘pchiligi buni eshitishni ham istamas edilar. Ular uchun Mariya Styuart Angliyaning ashaddiy dushmani Filipp II ning vakili edi. U yashirincha katolikni quvvatlar va Yelizavetaga qarshi fitna markazi edi. Bundan xavfsiragan parlament qirolichaga bir necha marotaba daf qilishni talab qilgan edi. Ammo qirolicha Mariya Styuartni uy qamog‘ida ushlab turishni afzal ko‘radi. Nihoyat 1587-yil Yelizaveta yakuniy qarorga keladi. Uning bunday qarorga kelishiga diplomat Uolsing harakati sabab bo‘ladi. U Mariya Styuartni xiyonatchi ekanligini isbotlab beradi.
XV asr II yarmida xalqaro maydonga Rus davlati chiqadi. Dastlab bu davlatning nomlanishi oddiygina edi: “Moskva Buyuk knyazligi”. XV asrning 80-yillarida Rus davlati asta-sekin Yevropa siyosatida muhim rol o‘nay boshladi.
1486-yil Sileziyalik Nikolay Poppel Muqaddas Rim imperatorining elchisi sifatida keladi. U yashirincha Ivan III ga imperatorning “qirollik” taklifini aytadi. Bu bilan imperator g‘arbiy davlatlar ichida o‘ziga bog‘liq bir davlatni yaratmoqchi edi. Ivan III ning javob yorlig‘ida o‘zini “Butun Buyuk Rus davlotining hukmdori” deb atagan. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zini ikkinchi darajali davlatlar ichida “podshoh” deb atagan. Uning o‘g‘li Vasiliy III 1518-yil birinchi marta yorlig‘ida o‘zini rasman podsho deb atgan. Uning nevarasi Ivan IV esa 1547-yili rasman toj kiyadi.
Yangi siyosiy kuchlar boshqa masalalar bo‘yicha ham G‘arbiy Yevropaning nazarini bu yerga qaratishga sabab bo‘ladi. 1453-yili Konstantinopolning turklar tomonidan bosib olinishi Yevropa davlatlari oldida turklar xavfini kuchaytiradi. Rus davlatini Turkiyaga qarshi kurashga tortish g‘arb diplomatiyasining orzusi bo‘lib qolgan. Turkiyaning o‘rta yer dengizi bo‘ylarida kuchayishi birinchi navbatda Italiyani xavf ostiga qo‘yadi. Shuning uchun XV asr 70-yillarida Venetsiya Respublikasi va Papa shimoliy-sharqqa umid ko‘zi bilan qarardi. Buning uchun Rim va Venetsiyada papa homiyligida turgan Vizantiya malikasi Zoya (Sofiya) Paleologni Rus hukmdoriga turmushga berish loyihasi tuziladi. Yunon va Italiyan ishbilarmonlari vositachiligida reja 1572-yilda amalga oshadi. Moskvaga kelin bilan birgalikda papa Sikst IV ning legati Bonuibre keladi. U ushbu nikoh vositasida kelajakda papa bilan Rus davlati o‘rtasida diplomatik munosabatini o‘rnatish kabi vakolat berilgan edi. Venetsiya kengashi Ivan III ni “Xristianlarning umumiy dushmani” sultonga qarshi birgalikda kurash va nikoh vositasida Sharqiy imperiyani rus knyazi ta’siri ostiga o‘tkazishni maqsad qilgan. 1519-yildayoq Papa hokimiyati Vasiliy III ni o‘z merosi Konstantinopol uchun va xristianlikning umumiy dushmaniga qarshi bo‘lgan turklarga qarshi kurashadigan butun Rus yeri hukmdori deb tan oladi.
Ammo diplomatik harakatlar hech qanday natija bermagan. Ivan III Rim va Venetsiya chaqiriqlariga javob bermagan. Birinchi navbatda Polsha-Litva podsholigi tomonidan bosib olingan yerlarni qaytarib olishi kerak edi. Kiyev Rusiga qarashli shimoliy-sharqiy hududlarni Moskva knyazligi ostida birlashtirish vazifasi ko‘ndalang turardi. Shuning uchun Buyuk knyazlik Litvaga yuridik bo‘ysunishni qat’iy rad qilingan edi. Ayni paytda polyak-litva hukumati Moskva Buyuk knyazlarini “Buyuk Rus yeri” ga hukmronligiga qarshi edi.
Ivan III va Vasiliy III lar o‘zlarining xalqaro siyosatlarini ushbu asosiy vazifadan kelib chiqib yuritganlar. Antiturk ligasi shuning uchun ham Rossiyani o‘ziga torta olmadi. Shuning uchun “Konstantinipol merosxo‘rligi” dan ko‘ra, “Moskvadan” deb elchiga javob bergan.
Aksincha, Rus davlati Qora dengizdagi savdoni yaxshi yo‘lga qo‘yishi uchun Usmoniylar bilan tinchlik munosabatlaridan manfaatdor edi. XV asrning 90-yillarida Rus davlati va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi darajada edi.
Ivan III ning “Rim imperiyasi” bilan munosabatda nafaqat do‘stlik munosabatlarini quvvatladi, aksincha ushbu munosabatda Maksimilianga qarshi raqobatda va Vengriya masalasida polyak hukmdori Yachellonaga qarshi kurash masalasida foydalangan. Ivan III hududni bo‘lib olishda quyidagicha rejani tavsiya etadi: Vengriya Maksimilianga, Litva va unga qarashli rus yerlari bilan birga Rus davlatiga berish. Maksimilian o‘z maqsadiga tinch yo‘l bilan erishishni maqsad qiladi. Muvaqqat bo‘lib turgan german-polyak munosabatlari natijasida german-rus ba’zi o‘zgarishlari bo‘ladi. Maksimilian bunday chigal vaziyatda Polsha bilan foydali kelishuv yo‘lini topa olmaydi va hatto Polsha-Rossiya kelishuvida vositachilikni taklif qiladi.
Litva bilan urushning kelib chiqishi Moskvani Qrim xoni Mengli Girey bilan mustahkam aloqalar tuzishiga olib keldi. Qrim yurti turk sultonining vassali edi. Ivan III ittifoq tuzish uchun hatto xonni podsho deb atashga va har yili sovg‘a jo‘natishga rozi bo‘ladi. Va nihoyat kutilgan ittifoq tuziladi va qrimliklar Litva knyazligiga hujum boshlanadi, hatto Kievgacha yetib boradilar. Bu hujumlar Kiev knyazligiga nafaqat moddiy zarar yetkazadi, balki uning mudofaa qobiliyatiga ham zarar keltiradi. Qrim xonligi bilan ittifoq Oltin O‘rda hukmronligidan butunlay qutulish uchun ham kerak edi. Ivan III Oltin O‘rdaga nafaqat qurol kuchi bilan, balki diplomatik yo‘l bilan ham kurashgan.
Oltin O‘rdaga qarshi kurash uchun Qrim bilan ittifoqqa No‘g‘ay va Sibir xonliklari ham jalb etiladi. Xon Ahmad Sibir xoni Ibaxa bilan bo‘lgan 1481-yildagi jangda o‘ldirilgan. 1502-yilda Oltin O‘rda Mengli Girey tomonidan butunlay vayron qilinadi.
Oltin O‘rdaga qarshi kurashda Qrimda ittifoq vositasida Ivan III XV asr I yarmida o‘rta Volgabo‘yida tashkil topgan Qozon xonligini vassallikka o‘tkazishga harakat qilgan.
Ivan III davrida Rus davlatining Boltiqbo‘yi dengizi orqali tashqi savdo liniyasini tashkil etishni maqsad qilgan. Dengizga chiqmasdan tashqi savdoni tashkil qilish foydasiz harakat edi. Bu davrda Rus davlati uchun kerak bo‘lgan texnikalari dushman bo‘lgan Litva va Livoniya ordenining ruslarni Boltiq dengizi portlariga chiqishiga to‘sqinlik qilgani uchun yetib kelmasdi. Italyan rassomlari va hunarmandlari Moskvaga kelishi uchun Moldoviya va Qrim orqali kelishi kerak edi. Bu juda uzoq vaqtni olar edi. Novgoroddagi Ganza savdo ittifoqiga kurashni saroyni buzilishi va Daniya bilan ittifoq bu to‘siqni buzish uchun amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda Yur’ev yepiskopligidan (Dnepr viloyati) uchun 1503-yilda soliq olish to‘g‘risidagi shartnomaning tuzilishi Livoniyada rus siyosiy ta’sirining kuchayayotganligini ko‘rsatar edi.
Ivan III ning ehtiyotkorlik va ustalik bilan olib borgan siyosati tufayli XVI asr boshlariga kelib Rus davlati Yevropadagi xalqaro munosabatlarda faxriy o‘rin ola boshladi.
Rus davlatining xalqaro munosabatlarda yanada keng quloch yoyishi Ivan III nabirasi Ivan IV davrida ro‘y berdi. Grozniy hukmronligining dastlabki yillarida tashqi siyosat asosan Sharqqa qaratildi. 1551-yilda Sviyanda strategik bazaning qurilishi Qozon xonligi yerlarini qo‘shib olish uchun bir qadam edi. Qozon xonligi Rus davlati bilan uniyasi dastlab rus podshosi boshchiligida muzokaralarga muvaffaqqiyatli boradi. Ammo so‘nggi vaqtda Qozonda bunga qarshiliklar guruhi paydo bo‘ladi. 1552-yilda Qozon harbiy yo‘l bilan bosib olinadi. Qozondan keyin 1555-yil Sibir xonligi tinch yo‘l bilan Rus davlati vassalligini tan oladi. 1556-yil Astraxan qarshiliksiz taslim bo‘ladi. Astraxanning qo‘shib olinishi Rus davlati bilan Kavkaz o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rnatilishini ta’minlagan. Keyinchalik Ivan IV ning o‘g‘li davrida Gruziya, turk va forslar bilan ham mustahkam aloqalar o‘rnatiladi. Qozonning bosib olinishi bilan XVI asrning 60-yillarida O‘rta Osiyo va Kaspiy bo‘yi mamlakatlari: Yurgen (Xiva xonligi) Toshkent, Samarqand, va turkmanlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatiladi.
Ivan IV tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi faqatgina Sharqqa emasdi. Tashqi siyosatda asosiy vazifa G‘arbda mustahkamlanish edi. XVI asr o‘rtalarida Rossiyaning kuchli markazlashgan davlatga aylanishi uchun madaniy jihatdan rivojlangan G‘arb bilan mustahkam aloqalar o‘rnatishi kerak edi. Mamlakatning iqtisodiy va harbiy manfaatlari G‘arbdan mutaxassislar keltirilishini zaruratga aylantirgan. Ushbu munosabatni amalga oshirish uchun Rossiyani blokada qilgan Polsha, Litva va Livoniyaning qarshiligini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin yorib o‘tishi kerak edi. Bu Rossiyaning Angliya bilan 1553-yildagi Oq dengiz orqali munosabatlarini o‘rnatar edi. Lekin Shimoliy Muz okeani orqali doimiy savdo aloqalarini o‘rnatish imkoniyati yo‘q edi. Rus kemalari Boltiq dengiziga chiqishi kerak edi. Ivan IV o‘z bobosining bu masaladagi siyosatini davom ettirgan. Dastlab, Qozonda bo‘lganidek, bu masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qilgan. Ivan III va Livoniya o‘rtasidagi sulh 1553-yilda tugar edi. Yangi shartlar: Yur’ev (nemislarning Derpt, estonlarning Tartu viloyati) va hududlarini Rossiyaga qo‘shilishi Ivan IV hukumati tomonidan taklif etiladi.
1558-yilda boshlangan Livoniya urushi tez orada Umumevropa masalasiga aylanadi. Boltiq dengizida manfaati bor davlatlar: Litva, Polsha, Shvetsiya va Daniyalar urushga faol ravishda aralashadilar. “Rossiya xavfi” hali urushda ruslar armiyasi haqida xabarlari bo‘lmagan german knyazlarini ham xavotirga soladi.
Muqaddas Rim Imperiyasi tarkibiga kiruvchi davlatlar kengashida Livoniya masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan. Imperiya knyazlari orasida Rossiyaga qarshi urushga kirish tarafdorlari ko‘p edi. Aksincha, Ganza shaharlari savdogarlari Rossiya bilan savdo qilish uchun tinchlikni ta’minlash tarafdori edilar. Imperator Maksimilian II murosa yo‘lini tanlab, blokada e’lon qilish bilan cheklanadi. Ittifoq ichida Ispaniya va Fransiya Boltiq bo‘yini bosib olish tarafdori edilar. Polyak-Litva diplomatiyasidan foydalangan turk sultoni va Qrim xoni esa Qozon bilan Astraxanni qaytarib olish uchun foydalangan. 1569-yili Litva feodalllari Polsha bilan federativ “Rech Pospolita” uniyasiga birlashishga rozi bo‘ladilar. Bunga ko‘ra, Litva feodallari tomonidan bosib olingan G‘arbiy Rus va ukrain hududlari polyak hukmronligi ostiga o‘tadi. Livoniya urushi davrida rus hukumati keng diplomatik faoliyat olib borishga harakat qilgan. Urushning dastlabki yillarida hukumat ikki frontda urush olib borishdan imkon boricha qochgan. Ivan Grozniy Daniya bilan do‘stlik munosabatlarini o‘rnatib, Turkiya bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan. Maqsad turklarning Kavkazga hujumini oldini olish edi. Ivan IV birinchi navbatda Litvadan tortib olingan rus yerlari Polotskni uezdi bilan qo‘shib olish, polyak taxtini bo‘lib olish uchun imperatorga muzokaralarni taklif etadi. Taklifga ko‘ra, Rech Pespolitani bo‘lib olish, “polyak taxti”ga imperator o‘g‘lini o‘tkazish, Rossiya esa rus yerlari bo‘lgan Litva hududlari va Livonoya yetarli edi. Ivan IV ning Daniya bilan tuzgan kelishuviga ko‘ra, Livoniyada vassal davlat tashkil etilib, taxtga Daniya qirolining akasi, gersog Magnus o‘tqaziladi.
24 yil davom etgan urush uchun Rossiyaning resurslari yetarli bo‘lmaganligi sababli, Ivan Grozniy Boltiqbo‘yiga chiqish haqidagi rejasidan voz kechishga majbur bo‘ladi. 1582-yili Yama shahrida Rim papasining vakili ishtirokida Rech Pospolita bilan sulh shartnomasi tuziladi. Sulxga ko‘ra, xar ikki tomon urush davrida bosib olingan yerlaridan voz kechadilar. Shunday qilib, uzoq davom etgan urushdan armiyasining jasorati va rus diplomatiyasi mahoratiga qaramasdan Rossiya uchun noqulay xalqaro vaziyat tufayli Ivan IV ning G‘arb masalasi amalga oshmadi.
Rech Pospolita ham Pskov, Novgorod va Smolena atroflarini bosib olish da’vosidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Polyak-litva diplomatlari o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun 1600-yilda Rus davlati va Rech Pospolita uniyasini tuzish taklifini ilgari suradilar. Boris Godunov hukumati bu taklifni rad qiladi.
XVI asrda Rus davlati uchun Yevropadagi xalqaro vaziyat muhim rol o‘ynagan. 1547-yil Ivan IV ning “podsho” unvonini olishi huquqiy jihatdan xristian davlatlari orasida da’vogar davlatga aylantirdi. 1555-yilda protestant Angliya “imperator” unvonini taklif etadi. Yagona Muqaddas Rim imperiyasi sharoitida bunday unvonni olish masalasi biroz qiyinroq edi. 1576-yili imperator Maksimilian II Grozniyga Turkiyaga qarshi ittifoq tuzishni taklif etadi. Evaziga unga kelajakda “Sharq hukmdori” unvonini berishini taklif qiladi. Ivan IV “Yunon hukmdori” taklifiga ko‘nsada, dastlab o‘zini tezlik bilan “Butun Rus” shohi deb tan olinishini talab qilgan. Imperator bu taklifga rozi bo‘ladi. Papa hokimiyati u yoki bu hukmdorga qirol unvonini berayotgan bo‘lsada, o‘zining yakka hukmdorlik tamoyilidan chekinmas edi. Bu masalada, Papa hokimiyati Rus davlati da’vosini hisobga olgan holda, polyak qirolini quvvatlar edi. Polyak qiroli Sigizmund II Avgust papani Rus davlati mavqeini tan olish Moldovan va valaxlarni Ivan IV tarafiga o‘tib ketishi haqida ogohlantirgan edi. Ivan Grozniy esa podsho unvonini olgach, Polsha-Litva davlatiga o‘zining mavqeini tan oldirishga harakat qilgan. Lekin Polsha XVI asr davomida bu talabga rozi bo‘lmagan. Ivan IV ning vorislaridan biri Ljedmidriy I “Imperator” unvoniga da’vogarlik qilsada, uni taxtga o‘tqazgan Sigizmund uni rasman knyaz deb tan olgan edi, xolos.
Boris Godunov Boltiq dengizi masalasida Ivan Grozniy siyosatini davom ettirgan. Ammo u Polsha va Shvetsiya xavfi tufayli Boltiqbo‘yida faol harakat qilishdan o‘zini tiydi. Tatar va turklar bilan urush tufayli bu xavf biroz kamaygach, Rossiya tezlik bilan Shvetsiyaga zarba berishga qaror qiladi. Boris Godunov shvedlar tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olish, asosiysi Narva orqali dengizga chiqishni maqsad qiladi.
1590-yil yanvarda rus polklari Yamni egallab, Koporeni qamal qiladilar va Narvaga qarab Yuradilar.
Shvedlar bahor yaqinlashib kelganligi tufayli muzokarani tuzadilar. Chunki daryo muzlarining erishi tufayli rus armiyasining harakati cheklanib qolar edi.
Narva ostonasida tuzilgan sulhga ko‘ra, Shvedlar o‘zlari egallagan Ivangorod va Kopore qal’alar, dengiz bo‘yidagi Narva va Neva daryolari orasidagi hududlar Rossiyaga berilishi kerak edi. Lekin Rossiya Narva portini egallash va u orqali dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘la olmadi.
Shved qiroli Yuhan III o‘z mag‘lubiyatini tan olmagan va revanshga tayyorlana boshlagan. Rech Pospolita bilan oldindan kelishib, Qrim xoni bilan ittifoq tuzadi. Shvetsiya Livoniya urushida juda katta armiya tuza olgan edi va1591-yilda Rossiya chegaralarida 18 ming askari mavjud edi. Qrim xoni esa Usmoniylar imperiyasi madadida hujumga 100 ming otliq tashlagan.
Rus qo‘mondonligi qrimliklar va turklar xavfga qarshi butun kuchlarini poytaxt mudofaasiga tayinlaydilar. 1591-yil yozida qrimliklar va turklar hamda tatarlarning birlashgan qo‘shinlari ruslar tomonidan mag‘lubiyatga uchratiladi.
Moskva ostonalaridagi tatarlar mag‘lubiyati davrida, shvedlarning Novgorod va Pskovga muvaffaqqiyaqiz hujumi amalga oshiriladi. Feldmarshal Fleminga boshchiligidagi ko‘pming kishilik qo‘shini Pskov atrofidagi unchalik katta bo‘lmagan Gdov qal’asini qamal qiladi, lekin uni egallay olmaydi. Shvedlarning alohida otryadlari Novgorodga chiqadilar. Qirol qo‘shinlarini muvaffaqqiyati shu bilan cheklanadi. Chegaradagi rus-shved qo‘shinlari to‘qnashuvlari bir necha yil davom etgan. 1595-yil mayda Rus elchilari Tyavzinda Shvedsiya bilan “Abadiy tinchlik” to‘g‘risida shartnoma tuzadilar. Shvedlar Rossiyaga Karel sharti bilan Livoniya urushi davrida qo‘lga kiritilgan rus yerlarini qaytarish majburiyatini oladilar. Ruslar Neva va Narva daryolarining dengizga quyilish joyi orqali dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, lekin bu yerda port qurish huquqiga ega emasdilar. Shved floti Boltiq dengizidagi hukmronligini saqlab qoldi. Shved vakillari Ivangorodda rus yerlarini dengizdan blokada qilish tamoyilini tasdiqladi. Ivangorodni Rossiyaning dengiz darvozasiga aylantirish haqidagi rejasi muvaffaqqiyaqizlikka uchradi.
Tvyazin sulhi G‘arb bilan savdoni kengaytirish orqali rivojlanishi mumkin bo‘lgan mamlakat iqtisodiy manfaatlariga katta zarar keltiradi. Moskva diplomatiyasi Shvetsiyaning qudratiga yetarli darajada baho bermaganligi uchun Boltiq dengizi Sharqiy tomonida yon berishga majbur bo‘ldi. Rech Pospolita va Shvetsiya o‘rtasidagi uniya Moskva o‘ylaganidek zaif emas, balki mustahkam bo‘lib chiqdi. Boris Godunov bunga amin bo‘lgach, sulhni ratifikaqiya qilishni rad etadi. Lekin bu vaziyatni o‘zgartirmaydi: Boltiq dengiziga chiqish masalasi hal etilmaganicha qoldi. Boris Godunov Livoniya urushi davrida boy berilgan hududlarni qisman qaytaradi. Ammo Boltiq dengiziga chiqish masalasi hal etilmaydi.
Sharqiy masalada esa Boris Godunov bir qancha muvaffaqqiyatlarga erishdi. Rossiya tatarlarni mag‘lubiyatga uchratib, Janubiy chegaralar xavfsizligini mustahkamladi. Qisqa vaqt ichida yangi chegara qal’alari quriladi: Voronej (1585), Livna (1586), Eleq (1592), Belgorod, Oskol va Kursk (1596).
Boris Godunov davrida davlat ilk marta asosiy kuchini Sibir tomonga yo‘naltirdi. Mashhur Yermak boshchiligidagi harbiy ekspediqiya Buyuk Sibir epopeyasining boshlanishi edi, xolos. 1584-1585-yillari Uralga jo‘natilgan o‘qchilar otryadi u yerda mustahkamlana olmadilar. Shu davrda Sibir xoni Kuchumxon raqibi Saidxon tomonidan mag‘lubiyatga uchratiladi va poytaxt Kishlikni bo‘shatib beradi. 1587-yili ruslar Kishlik yaqinida Tobolsk shaxriga asos soladilar.
Saidxon asirga olinadi va poytaxt bo‘shab qoladi. Uralda uzil-kesil o‘rnashib olish uchun ruslar Ob daryosi bo‘ylarida ko‘plab qal’alar quradilar. Tayganing odam yetmas joylarida ko‘plab mustahkam rus shaharlari qad ko‘tardi: Berezov, Obdorsk, Surgut, Nerim, Tara va hokazo.
Download 34,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish