15- ma’ruza Mavzu: Oyna maxsulotlari ishlab chiqarish. Ma’ruza rejasi



Download 245,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.07.2022
Hajmi245,96 Kb.
#731918
  1   2   3   4
Bog'liq
15-маруза лотин ,



15- Ma’ruza 
Mavzu: Oyna maxsulotlari ishlab chiqarish. 
Ma’ruza rejasi. 
17.1. SHishaning tarkibi va asosiy xossalari. 
17.2. Qurilish oynasi turlari. 
17.3. Xom-ashyo va uni tayyorlash. 
17.4. SHisha xom-ashyosini qaynatish. 
17.5. Qurilish oynasi ishlab chiqarish. 
Sнisha va uning xossalari. Ishqorli va giltuproq ishqorlari – silikatlarni
yuqori haroratda eritishdan hosil bo„lgan quyuq bo„tqa tez sovitilsa, u shishasimon 
moddaga aylana-di. SHisha eritmasi haroratning ortishi bilan suyuqlanmaydi,
balki quyuqligicha qolaveradi. Harorat pasayishi bilan uning quyuqligi ortadi va 
nihoyat qattiq jism –shi-shaga aylanadi. U oddiy haroratda qattiq va juda mo„rt, 
yaltiroq ko„rinishda bo„ladi.
Tasnifiga ko„ra shisha va shisha buyumlar quyidagi 
guruhlarga bo„linadi: kimyoviy tarki-biga qarab oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, 
fosfatli); kislorodsiz (galogenli, nit-ratli) shishalar. Ishlatilishiga qarab,
qurilishbop; texnik (kvarsli atom va nur texnika-sibop shisha optika, chiniqtirilgan, 
ko„p qatlamli va h.k.); shisha atomli, tarozibop shisha. 
SHisha – amorf, ya‟ni bir jinsli modda. Uning siqilish yoki egilishidagi 
mustahkamligi tuzilishiga bog„liq emas. Bir jinsli bo„lganligi sababli
mustahkamligi hamma erida bir xil bo„ladi. Ishlatilishiga ko„ra shisha bir necha 
guruhga bo„linadi. SHular-dan biri hozirgi vaqtda shisha sanoatimizda ishlab
chiqariladigan va asosan qurilishda ishlatiladigan silikat shishadir. Silikat shisha 
natriy, kalsiy, magniy va oz miqdordagi kaliy kabi oksidlardan tashkil topgan 
qumtuproqlardan iborat. SHisha hamma vaqt ham bir xil kimyoviy tarkibga ega 
emas. U shartli ravishda quyidagi oksidlardan tashkil topgan (og„irligiga ko„ra, 
%): SiO2 -64-73.4; Na2O3 -10-15,5; K2O -0-0,4; SO3 -0–0,5; V2O3 –0–0,5. Erish 
jarayonida xom ashyo tarkibidagi har bir oksidning o„ziga xos ta‟siri bor.
Masalan, natriy oksidi va bo„r oksidi erish jarayonini tezlashtiradi, erish 
haroratini pasaytiradi, shishaning kimyoviy chidamliligini kamaytiradi. Kaliy
oksidi shishaning yaltiroqligini, kimyoviy chidamliligini oshirib, nurni ko„p
o„tkazadi. Alyumin oksidi shishaning mustahkamligini, yuqori haroratga va 
kimyoviy chidamliligini oshiradi.
Optik yoki billur shisha olishda shishadan o„tayotgan nurning sinish
burchagini oshirish maqsadida uning tarkibiga qalay qo„shiladi. SHisha ishlab
chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar asosiy va qo„shimcha turlarga bo„linadi. 


Asosiy mineral xom ashyolardan tashkil top-gan shisha tarkibida kvars qumi, soda, 
dolomit, ohaktosh, potash, natriy sulfati mavjud.
Qurilish shishasini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida tarkibida 
temir oksid-lari kam bo„lgan kvars qumi, soda yoki natriy sulfati, potash, ohaktosh 
yoki bo„r ishlatiladi.
Eritish oldidan xom ashyoga 15–20 % shisha kukuni qo„shiladi. SHisha 
buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagicha: xom ashyoni maydalab 
eritishga tayyorlash, shisha bo„tqasini maxsus qozonlarda 1500°S gacha haroratda 
eritish va nihoyat, qoliplash. Asosiy va qo„shimcha
xom ashyolar aralashmasidan tayyorlangan tarkibni 1100–1150°S gacha
qizdirganda, avvalo, qattiq holatdagi silikatlar hosil bo„ladi, keyin eriydi. 

Download 245,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish