15-Amaliy mashgulot topshirish uchun



Download 16,56 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi16,56 Kb.
#586369
Bog'liq
patalogiya 15 topshiriq


15-Amaliy mashgulot topshirish uchun:

1.Insult etiologiyasi va simptomlari?


2.Sezishni pasayishi nima deyiladi?
3.Nevroz etiopatogenezi?


1.Insult (lotinchainsulto — chovut solmoq, hujum qilmoq) — bosh miyada qon aylanishning toʻsatdan buzilib, miya toʻqimasining zararlanishi va funksiyasining izdan chiqishi; miyaga qon quyilishi. Gipertoniya kasalligi, miya tomirlari aterosklerozianevrizmavaskulit va boshqa bir qancha kasalliklar insultga sabab boʻla oladi.


2.Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin:
1) ekstroretseptorlar — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish Sezgilari kiradi;
2) interoretseptorlar — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi Sezgilar kiradi;
3) propriretseptorlar — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.

3.Ta’rifi. Neyrotsirkulyator distoniya (NSD) — yurak-tomirlar sistemasi funksional kasalliklari grugshasidagi polietiologik kasallik bo‘lib, xronik to‘lqinsimon kechish, poliklinik belgilar bilan xarakterlanadi, odatda yaxshi natija va prognoz bilan tugaydi.



NSD «nevroz» kabi funksional kasalliklar gruppasiga kiradi. «Nevroz» tushunchasini meditsinaga 1776 yilda Cullen kiritgan edi. Nevrozlar deganda nerv sistemasinpng patologoanatoma; asosi noma’lum, ya’ni zamonaviy diagnostika metodlari bilan ochiladigan organik zararlanishlari bo‘lmagan kasalliklari tushunilgan.

A.I.Strukov va L.V.Konturskiy (1977) k.ayd qilishlaricha, zamonaviy biologiya va meditsina, ayniqsa molekular biologiya va genetika sohasida erishilgan yutuklar funksional kasalliklar mavjudligini ishonch bilan inkor etishga va har qanday funksiya buzilishiga monand morfologik substratlar topishga imkon beradi. Oldindan aytadigan bo‘lsak shunday bo‘layapti ham. «Neyro­sirkulyator distoniya» terminini birinchi marta 1948 yilda N.N.Savitskiy taklif qiladi. Qator mualliflar nevrozning, xususan neyrotsirkulyator distoniyaning turli masalalariga doyr ishlar bagishlaydilar, biroq hanuzgacha ular oxirigacha o‘rganilmagan, noaniqliklar va jumboqlar ko‘p.
Download 16,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish