15-bob. Yaim. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti va ularning o‘zaro bog‘liqligi


Milliy hisoblar tizimidagi asosiy indikatorlar orasidagi



Download 181,5 Kb.
bet7/9
Sana13.06.2022
Hajmi181,5 Kb.
#661176
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-mavzu lotin

15.5. Milliy hisoblar tizimidagi asosiy indikatorlar orasidagi
o‘zaro munosabatlar

MHTda YAIM va YAMD ko‘rsatkichlaridan tashqari ular asosida yana bir qancha o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan ko‘rsatkichlar hisoblanishi mumkin.


YAIMda, yalpi ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida, bir jiddiy kamchilik mavjud: u joriy davrdagi ishlab chiqarishni, ushbu davrda foydalanilgan investitsion tovarlar o‘rnini qoplashga ishlatilgan qismini ham qamrab olganligi sababli, bo‘rttirib ko‘rsatish tendensiyasidan xoli emas.
Masalan, 2012 yil 1 yanvar holatiga xalq xo‘jaligida 40 trln. so‘mlik investitsion tovarlar mavjud edi. Faraz qilaylik, 2012 yil davomida ishlab chiqarilgan 96 trln. so‘mlik YAIMni ishlab chiqarish jarayonida 16 trln. so‘mlik mashina va uskunalar iste’mol qilindi. SHunday qilib, 2012 yilning 31 dekabr holatiga jamg‘arilgan investitsion tovarlar hajmi 24 trln. so‘mni tashkil qiladi.
2012 yilda ishlab chiqarilgan barcha 96 trln. so‘mlik YAIMning barchasi jamiyat farovonligini oshirishga olib keldi deb e’tirof etish mumkin-mi? Yo‘q, albatta. CHunki, 16 trln. so‘mlik investitsion tovarlar ushbu yilda iste’mol qilingan mashina va uskunalar o‘rnini qoplashga sarflangan. Agar YAIM hajmidan yil davomida iste’mol qilingan investitsion tovarlar qiymatini chegirib tashlasak, yillik ishlab chiqarishning yalpi emas, balki sof hajmini aniqlaymiz: 96 - 16 = 80 (trln. so‘m).
Ushbu ko‘rsatkich iste’mol va kapital jamg‘arish uchun ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda YAIMga nisbatan ancha takomillashtirilgan ko‘rsatkichdir. MHTda sof ichki mahsulot (SIM) quyidagicha hisoblanadi: SIM = YAIM - asosiy kapital iste’moliga ajratmalar. Bizning misolimizda: SIM = 96 - 16 = 80 (trln. so‘m).
Ushbu ko‘rsatkich yordamida, uy xo‘jaliklari, kompaniyalar, davlat va xorijliklarni ham qo‘shganda, keyingi yillarda ishlab chiqarish imkoniyatlarini pasaytirmasdan, iqtisodiyot iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan umumiy yillik ishlab chiqarish hajmini ifodalaydi.
Daromadlar bo‘yicha SIMni hisoblashda YAIMdan amortizatsiya ajratmalari (asosiy kapital iste’moli) chegirib tashlanadi, xarajatlar usulida esa, hisob-kitoblarda yalpi xususiy investitsiyalar o‘rniga, undan eskirgan asosiy kapitalni qoplashga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ayirish natijasida hisoblangan sof ichki investitsiyalar olinadi.
Iqtisodiy-statistik tahlil ishlarida ushbu sof ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish uchun jamiyat qancha resurslar sarflaganini aniqlash muhim rol o‘ynaydi. SIM tarkibida joriy iqtisodiy resurslar ulushini ifodalamaydigan yagona element bo‘lib biznesga bilvosita soliqlar hisoblanadi. Davlat biznesni sof bilvosita soliqlarga tortish evaziga ishlab chiqarishga hech narsa kiritmaydi. SHu sababli davlatga iqtisodiy resurs etkazib beruvchi sifatida qaralmaydi. SHunday qilib, mehnat haqi, renta to‘lovlari, ushbu yilda ishlab chiqarilgan YAIM hisobiga olingan foydadan foizlarning umumiy hajmini hisoblash uchun SIMdan biznesga bilvosita soliqlar chegirib tashlanishi kerak.
SHu zayilda olingan ko‘rsatkich milliy daromad (MD) deb yuritiladi. Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai nazaridan MD joriy ishlab chiqarishda qatnashish hisobiga olingan daromadlarni ifodalaydi. Kompaniyalar nuqtai nazaridan MD ishlab chiqarish omillari yoki resurslar narxlarini o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi: MD ushbu yildagi ishlab chiqarish hajmini yaratishga sarflangan iqtisodiy resurslarning bozor narxlaridagi qiymatini ifodalaydi.
MDni shuningdek YAIM tarkibidagi daromadlar yig‘indisi sifatida aniqlash mumkin, biroq bunda YAIMdan farqli o‘laroq, unga amortizatsiya ajratmalari va biznesga bilvosita soliqlar qo‘shilmaydi.


SHaxsiy daromad (olingan daromad) va MD (ishlab topilgan daromad) shu bilan farqlanadilarki, mehnat bilan ishlab topilgan daromadning bir qismi - ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar (ijtimoiy sug‘urtaga soliqlar), korporatsiyalar foydalariga soliqlar va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari – amalda uy xo‘jaliklariga etib bormaydi. Bundan farqli o‘laroq, uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushgan daromadlarning bir qismi – masalan, transfert to‘lovlari – mehnat natijasi bo‘lib hisoblanmaydi. Transfert to‘lovlariga quyidagilar kiradi: qarilik va baxtsiz xodisalarni sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlar; ijtimoiy dasturlarga asoslangan ishsizlik bo‘yicha to‘lovlar; faxriylarga turli to‘lovlar, masalan, mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqalar; ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va xususiy nafaqalar (pensiyalar); iste’molchilarga davlat tomonidan foiz to‘lovlari.
Nima sababdan biz davlat qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini joriy ishlab chiqarishda ishlab topilmagan daromad sifatida qaraymiz? Axir xususiy kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlari MDga ishlab topilgan daromad tarzida qo‘shiladi-ku.
Bunday istisnoning sababi nima? Sababi – davlat qarzining asosiy qismi, odatda, urushlar, mamlakat mudofaasini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning pasayishi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lganligidadir.
Aeroportlar va magistral yo‘llar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hukumat kamomadidan farqli o‘laroq, harbiy xarajatlar va ishlab chiqarishning pasayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan kamomad iqtisodiyot uchun ishlab chiqarish aktivlarini (xizmatlarni) yaratmaydi. SHunday qilib, bunday qarz uchun to‘langan foiz qandaydir ishlab chiqarish va daromadlar hajmining oshishini ifodalamaydi. Huddi shunday mulohaza iste’mol bo‘yicha qarzdorlikka foiz to‘lovlarining transfert to‘lovlariga kiritilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ishlab topilgan daromadni o‘lchaydigan MDdan haqiqatda olingan shaxsiy daromad ko‘rsatkichiga o‘tishda MDdan ishlab topilgan, lekin olinmagan uch turdagi daromadlar chegiriladi hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi bo‘lib hisoblanmaydigan daromadlar qo‘shiladi:
MD(ishlab topilgan daromad) - ijtimoiy sug‘urtaga badallar - korporatsiyalarning foyda solig‘i - korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi + transfert to‘lovlari = SHaxsiy daromad (olingan daromad).

Ixtiyordagi daromad (ID)ni aniqlash uchun shaxsiy daromaddan individual soliqlarni ayirish lozim. Individual soliqlarga jismoniy shaxslar to‘laydigan daromad solig‘i, shaxsiy mulkka soliq va vorislik uchun soliqlar kiradi. Ularning ichida etakchi o‘rinni jismoniy shaxslar to‘laydigan daromad solig‘i egallaydi.


ID –uy xo‘jaliklari oqibatda foydalanishlari mumkin bo‘lgan daromaddir. Uy xo‘jaliklari IDning bir qismini iste’mol tovarlari va xizmatlarini xarid qilish uchun sarflasalar, undan ortib qolgan boshqa qismini jamg‘arib boradilar.



Download 181,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish