15. Bosim ostida ishlaydigan apparatlar muhofazasi. Reja



Download 1,89 Mb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#770505
1   2
Bog'liq
15-maruza

Suv va bug‘ qozonlari texnologik jarayonlarda ishlatiladigan, hamda binolarni isitish tizimida issiqlik tashuvchi sifatida qo‘llaniladigan issiq suv va bug‘ hosil qilish uchun xizmat qiladi (17.2 va 17.3 – rasmlar).
Kompressor qurilmalari korxonalarda turli maqsadlarda qo‘llaniladigan siqilgan havoni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ular ko‘chma va muqim turadiganlarga bo‘linadi. Muqim turadiganlaridan obyektda kompressor stansiyalari tashkil qilinadi. Ishlab chiqarishdagi turli xil qo‘l asboblarini harakatlantirish, havo silindrlari bilan yuklarni ko‘tarish, bo‘yoq va yelim sepish jarayoni va boshqa xilma-xil ishlar siqilgan havo bosimi bilan amalga oshiriladi (17.4 va 17.5 – rasmlar).
Avtoklavlar temir - beton buyumlarga katta bosim ostida bug‘ bilan ishlov berish, katta bosim ostida taxta va yog‘och materiallarga yonishga qarshi suyuqliklarni singdirish va boshqa ishlar uchun xizmat qiladi.

17.2 – rasm. Suv isitish qozoni:
1 - idish; 2 - manometrlar; 3 - saqlash klapanlari; 4 - boshqarish pulti; 5 -yonilg‘i uzatishni rostlash asboblari; 6 - ventilator qurilmasi; 7-ventilator qurilmasini boshqarish pulti.

17.3 – rasm. Bug‘ hosil qilish qozoni:
1 - idish; 2 - ogohlantirish qurilmalari; 3 - bug‘ uzatish ventili; 4 - saqlash klapanlari; 5 - manometrlar; 6 - suv uzatish ventili; 7 - nazorat-o‘lchash asboblari; 8 - ventilator; 9 - elektr dvigateli; 10 - boshqarish asboblari shchiti.

17.4 – rasm. Kompressor stansiyasining ichkaridan ko‘rinish:
1 - ikki bosqichli havo siqish kompressori; 2 - havoni siqishning ikkinchi bosqichi silindri; 3 - siqilgan havoni sovutish qurilmasi; 4 - havoni siqishning birinchi bosqichi silindri; 5 - siqilgan havoni uzatish quvuri; 6 - kompressorga havo uzatish quvuri; 7 - kompressor elektr dvigateli.

17.5 – rasm. Havo yig‘gichning (resiverning) umumiy ko‘rinishi: 1 - siqilgan havoni qabul qilish patrubkasi; 2 - pasport ma’lumotlari; 3 manometr; 4 - saqlash klapani; 5 - havo ventili; 6 - ko‘tarish uchun ilgak; 7qopqoq; 8 - siqilgan havoni uzatish patrubkasi; 9 - qobiq; 10 - lyuk; 11 - asos; 12 - cho‘kindilarni oqizish ventili; 13 - tayanch.

2. Bosim ostidagi idishlarni ishlatishga, yig‘ishga, ta’mirlashga va belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishga bo‘lgan asosiy talablar “Sanoatgeokontexnazorat” tomonidan qabul qilingan bir qator texnik hujjatlarda keltirilgan. Bularga quyidagi texnik hujjatlar kiradi (hujjatlar ketma-ketligi qabul qilingan yiliga bog‘liq ravishda keltirilgan):


1. “Suyuq gazlarni bosim ostida saqlanadigan sharsimon sig‘imlar va gazgolderlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma”. Bu yo‘riqnoma “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007 yil 20 noyabrdagi 209-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2007 yil 6 dekabr, 2015-331/11-sonli xat. Hujjat matni rus tilida berilgan.
2. “Bosim ostida ishlaydigan bug‘ va suv isitiladigan qozonlar, idishlar, bug‘ va suv quvurlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma”. Bu metodik qo‘llanma “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007 yil 28 dekabrdagi 253-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. Hujjat matni rus tilida berilgan.
3. “Тexnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 28 oktabrdagi 211-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009 yil 1 dekabr 6-15/23-9626/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.
4. “Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 5 dekabrdagi 259-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2009 yil 30 dekabrdagi 6-15/11-10659/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.
5. “Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010 yil 6 iyuldagi 199-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2010 yil 2 avgust 6-24/23-6554/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.
6. “Statsionar kompressor qurilmalari, havo o‘tkazgich quvurlari va gaz quvurlarining tuzilishi hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011 yil 3 noyabrdagi 239-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2011 yil 14 noyabr, 6-24/11-12053/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.
7. “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011 yil 23 noyabrdagi 258-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2011 yil 23 dekabrda 6-24/1113112/6-son bilan texnik hujjat sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni rus tilida berilgan.
Yuqorida keltirilgan qoidalar quyidagi portlash xavfi bilan belgilanadigan, quyida keltirilgan parametrlarga ega bo‘lgan, bosim ostida ishlatiladigan idishlar va qurilmalar uchun ishlab chiqilgan:
− 70 kPa (0,7 atm) dan ortiq bosim ostida ishlatiladigan idishlar va zich yopiladigan qurilmalar;
− 50 °C haroratda 70 kPa dan ortiq bosimga ega bo‘lgan yoki shunday bosim yordamida bo‘shatilishi zarur bo‘lgan suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan bochka va sisternalar;
− 70 kPa dan ortiq ishchi bosimga ega bo‘lgan qisilgan, suyultirilgan va eritmalar tarkibidan ajralib chiqayotgan gazlar saqlanadigan ballonlar;
− yuqori haroratda issiq suv yoki bug‘ tayyorlash uchun ishlatiladigan qozonlar (bosim qanday bo‘lishidan qati nazar); − siqilgan gaz tayyorlash kompressorlari.
Portlashga xavfsiz, o‘yuvchi bo‘lmagan va zaharsiz moddalarning bosimi ostida, devorining tashqi yuzasi temperaturasi 200 °C gacha bo‘lgan, keltirilgan hajmining (V, l) bosimga (P, MPa) ko‘paytmasi 1000 l•MPa dan ortiq bo‘lmagan idishlar; hamda portlashga xavfli, o‘yuvchi va zaharli moddalarning bosimi ostida, yuqorida ko‘rsatilgan haroratda, PV ko‘rsatgichi 50 l•MPa dan ortiq bo‘lgan idishlar “Sanoatgeokontexnazorat” organlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Bosim ostidagi idishlarning parametrlari yuqoridagi talablar doirasiga to‘g‘ri kelmasa ularni texnik ro‘yxatdan o‘tkazish, nazorat qilish, ishlatish va saqlash korxona va obyekt ma’muriyati tomonidan davlat standartlari va me’yoriy-texnik hujjatlaridagi xavfsizlik talablari va qoidalarini hisobga olgan holda olib boriladi. Bu o‘ta mas’uliyatli jarayonlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor quyidagi standartlar talablari va qoidalariga qaratilishi kerak [41]:
1. GOSТ 12.2.085-2002 MХSТ. “Bosim ostida ishlovchi idishlar. Saqlovchi klapanlar. Хavfsizlik talablari”.
2. GOSТ 12.2.096-83 (1988) MХSТ. “Ishchi bosimi 0,07 MPa gacha bo‘lgan bug‘ qozonlari. Хavfsizlik talablari”.
3. GOSТ 12.2.016-81 (1987) MХSТ. “Kompressor qurilmalari. Umumiy xavfsizlik talablari”.
Korxonalarda va obyektlarda bosim ostidagi idishlarni ishlatish, ularning xavfsizligini ta’minlash, davriy ravishda sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinlanadi. Ular tomonidan olib borilgan ishlar maxsus jurnallarga yozilib rasmiylashtiriladi.

3. Yuqorida keltirilganidek, bosim ostida ishlaydigan idishlarga bug‘ hosil qilish va suv isitish qozonlari, kompressorlar, hamma turdagi gaz ballonlari, bug‘ o‘tkazgichlar va yuqori bosimli gazlarni o‘tkazuvchi quvurlar kiradi. Bu bosim ostida ishlaydigan idishlarning asosiy xususiyati ularning germetik yopilishidir, ya’ni zich yopilganligidir.


Bosim ostidagi suyuqlik va gazlarning qurilmalar va idishlarning har xil detallari va quvurlar ulangan qismlari orqali sizib chiqmasligini ta’minlash germetiklik (zich yopilganlik) deb ataladi.
Zich yopilgan qurilma ichidagi holat, jarayon yoki mahsulot tashqi muhitdan butunlay ajratilgan holatda bo‘ladi. Bunday holat har qanday gaz va suyuqlik bilan ishlaganda zaruriy shart hisoblanadi. Shuningdek, bu holat havosiz muhitda ham qo‘llaniladi. Demak, yuqorida keltirilgan idishlarning hammasi, germetiklik asosida ishlaydi.
Germetik yopilgan idish va qurilmalardagi gaz va suyuqliklar katta bosim ostida, yuqori haroratda yoki juda past, hatto absolyut haroratga yaqin bo‘lgan haroratga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu holat o‘ta havosizlantirilgan sharoitda ham bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kuchli bosim va energiya bilan ishlovchi idishlar, juda katta potensial xavfga ega. Agarda biror bir sabab bilan ularning germetikligida yoki konstruksiyasining boshqa tomonida buzilish yuz bersa bu idishlarda portlash sodir bo‘lishi mumkin. Portlash esa katta falokat va vayronagarchiliklarga olib keladi.
Havoli yoki suvli bosim ostidagi idishlar germetikligi buzilishi natijasida portlash sodir bo‘lishining asosiy mohiyati bug‘ va gazlarning to‘satdan, juda qisqa vaqt ichida adiabatik kengayishidir, ya’ni fizik portlash sodir bo‘lishidir.
Bunday holat zich yopilgan idishda saqlanayotgan yonuvchi gazning u yerdan sizib chiqishi natijasida vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, agar u yerda atsetilen gazi saqlanayotgan bo‘lsa, unda ajralib chiqqan gaz havo bilan aralashib yengilgina uchqundan alangalanib ketishi yoki portlashi mumkin. Bundan tashqari, zich yopilganlikning buzilishi natijasida texnologik jarayonda ishlatilayotgan gaz havo muhitiga tarqalishi natijasida, agar unda saqlanayotgan gaz yuqori haroratga ega bo‘lsa, kuyib qolish, past haroratli bo‘lsa, sovuq urishi, agar saqlanayotgan suyuqlik tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lsa, nurlanish, agar modda zaharli bo‘lsa, zaharlanish holatlari yuz berishi mumkin. Shuningdek, idishda saqlanayotgan modda katta bosim ostida bo‘lsa, zich yopilganlikning buzilishi natijasida kuchli oqim hosil bo‘ladi va bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarishda bosim ostidagi idishlar bilan avariya holatlari sodir bo‘lgan. Masalan, 12 atm bosim ostida havo saqlanayotgan 1 m3 hajmli idishning 0,1 sekund ichida portlashida 28100 kVt quvvat hosil bo‘ladi.
Bug‘ qozonining germetikligi buzilib bosim kamayishi natijasida uning ichidagi barcha suv bir soniyada bug‘ga aylanadi va bug‘ning hajmi suv hajmiga nisbatan 1700 martaga oshadi. Hajmning keskin oshishi natijasida qozon devorlariga juda katta bosim yuzaga keladi, qozonda katta falokat keltirib chiqaruvchi adiabatik kengayish, ya’ni fizik portlash sodir bo‘ladi. Qozonxona devorlari buziladi, uning ayrim bo‘laklari 300 ... 400 m masofaga uchib ketishi mumkin.
Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan voqea ko‘rsatadiki, avtoklavda sodir bo‘lgan portlash natijasida uning 1,1 tonnalik eshigi 270 m masofaga uchib ketgan.
Massasi 75 tonnalik avtoklav reaktiv kuch ta’siri ostida 10 masofaga siljigan. Avtoklav joylashgan bino butunlay vayron bo‘lgan.
Agar idishning zich yopilganligi buzilib, 15 mm ga yaqin teshik hosil bo‘lsa, bosimi 20 MPa ga teng bo‘lgan idishdan otilib chiqayotgan oqim hosil qilgan reaktiv kuch 3,5 kN ni tashkil qiladi va bu kuch 70 kg massadagi ballonga 5,9 m/s2 boshlang‘ich tezlanish berishi mumkin. Bu tezlanish ballonni bir necha metr masofaga uloqtirib yuboradi. Uloqtirilgan ballon katta buzilishlar, ikkilamchi avariya holatlarini, yong‘inlarni va odamlar jarohatlanishlarini keltirib chiqaradi.

4. Ishlab chiqarishda bosim ostidagi idishlar katta potensial xavfga ega bo‘lganligi sababli ularni tayyorlashga va konstruksiyasiga yuqori talablar qo‘yiladi. Bosim ostidagi idishlarni loyihalash, tayyorlash va ularni ishlatish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilib amalga tatbiq qilingan “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”, “Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Тexnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”, “Statsionar kompressor qurilmalari, havo o‘tkazgich quvurlari va gaz quvurlarining tuzilishi hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari” kabi me’yoriy – texnik hujjatlar talablari asosida bo‘lishi kerak.


Хavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan bosim ostida ishlaydigan idishlarni tayyorlashga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
a) idishning konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablar;
b) idish tayyorlanadigan metall sifatiga qo‘yiladigan talablar;
v) idishni tayyorlashda payvandlashga qo‘yiladigan talablr (payvandchining ismi-sharifi yoziladi yoki maxsus belgi qo‘yiladi);
g) parchinlash ishlariga qo‘yiladigan talablar;
d) idishning pasporti tayyorlanadi (unda asosiy parametrlar ko‘rsatiladi: Pish, Psin, N, tk , devorlar qalinligi).
Bunda asosiy e’tibor uni tayyorlash uchun ishlatiladigan materialning sifatiga qaratilgan bo‘lib, u barcha texnik talablar bo‘yicha sanoatda xavfsizlikni ta’minlash nazorati talablariga javob berishi lozim. Payvandlangan joylari albatta mustahkam, nazorat qilish va tekshirish uchun qulay joyda bo‘lishi zarur. Idishlar ko‘rinishi toza, ishlatishga qulay va mustahkam, xavfsizligi to‘la ta’minlangan bo‘lishi, ochib tozalash va ta’mirlash imkoniyatini berishi kerak. Muqim o‘rnatilgan idishlar EUТQ talablari asosida yerga ulangan bo‘lishi zarur.
Bosim ostidagi idishlarni tayyorlash uchun ularga ishlatiladigan metall va boshqa materiallar sifatiga alohida e’tibor berilishi kerak. Ulardagi payvand choklarining mustahkamligi va egiluvchanligi idishlarning uzoq vaqt xavfsiz ishlashi imkoniyatini beradi.
Har qanday bosim ostida ishlaydigan idishlarni tayyorlashda, ta’mirlagandan keyin qayta yig‘ishda, shuningdek, ishlatish jarayonida idishni tayyorlagan zavod qo‘ygan barcha xavfsizlik talablarini bajarish nihoyatda muhim. Shuning uchun ham bunday idishlarni tayyorlashda va ishlatishda “Sanoatgeokontexnazorat” tomonidan ishlab chiqilgan maxsus chegaralovchi qoidalarga amal qilinishi xavfsizlikni ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Bosim ostida ishlatiladigan idishlardan foydalanganda ham ularning xavfsizliklarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Umumiy bosim ostida ishlatiladigan idishlar va qurilmalarning muqim o‘rnatiladigan yoki ko‘chirib yuriladigan turlari mavjud. Bosim ostida ishlatiladigan idishlarning nihoyatda yirik va katta hajmli turlari ham mavjud, ularni bir joyga muqim o‘rnatib foydalaniladi. Bunday muqim o‘rnatilgan idishlar portlaganda juda katta baxtsizliklar ro‘y berib, binolar vayron bo‘lishi, odamlar jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun ham bosim ostida ishlatiladigan idishlarning hajmi qanday bo‘lishidan qat’i nazar ularning tuzilishi pishiq, ishlatganda xavfsiz va uning holatini tekshirib turish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Idishlarning konstruksiyasi ta’mirlash, havo yordamida yoki suyuqliklar bilan yuvish, tozalash talablariga javob berishi kerak.
Issiq gazlar bilan qizishi mumkin bo‘lgan idishlarning tashqi devorlari maxsus sovutish tizimiga ega bo‘lishi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan haroratdan oshib ketmasligini ta’minlashi kerak.
Bosim ostidagi muqim o‘rnatilgan idishlar elektr tizimlari bilan jihozlangan bo‘lsa, unda idish va ularning yerga ulash qurilmalari elektr qurilmalarini o‘rnatish talablariga javob berishi shart.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga va nazoratga olinadigan idishlar o‘rnatilgandan keyin korxona rahbarlari bergan yozma ariza asosida hisobga olinadi. Bu arizaga bosim ostida ishlaydigan idish to‘g‘risidagi ma’lumotlar: qurilmaning pasporti, qurib bitirilgach, ishning to‘la bajarilganligini tasdiqlovchi akt, bosim oshganda ishlatiladigan idish ulanishi kerak bo‘lgan qurilmaning chizmasi, bosimi va saqlovchi qurilmalari ilova qilinadi.
Muqim o‘rnatilgan bosim ostida ishlaydigan idishlarda xavfli vaziyat asosan ularning noto‘g‘ri tayyorlanishi yoki o‘rnatilishi, ish bajarish jarayonlarining buzilishi, ishlatish qoidalariga amal qilmaslik, saqlovchi qurilma va asboblarning buzuqligi, shuningdek, idishning zanglab yemirilishi natijasida ro‘y beradi. Bundan tashqari bosim ostida ishlatiladigan idishlar qopqoqlarining va asosiysi ishchi qismlarining darz ketishi, ba’zi bir sabablarga ko‘ra devorlarning yorilib ketishi natijasida portlash yoki boshqa hodisa ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan “Sanoatgeokontexnazorat” qoidalarida bosim ostida ishlaydigan idishlarni tayyorlash, o‘rnatish, ularni hisobga olish, texnik holatini aniqlash, saqlash va ishlatishga qaratilgan maxsus talab va chegaralar belgilab qo‘yilgan.

5. Bosim ostida ishlatiladigan idishlarning bosimi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yoriy chegaradan ortib ketmasligini ta’minlash uchun har xil saqlovchi va muhofazalovchi qurilmalardan foydalaniladi. Bularga texnologik quvurlarga o‘rnatilgan va bosim ma’lum darajadan ortib ketganda o‘z-o‘zidan berkilib qolishni ta’minlaydigan klapanlar, saqlovchi qurilmalar, bosimni me’yorlashtirish vositalari va teskari klapanlar kiradi (17.2 – rasmga qarang).


Maxsus saqlovchi qurilmalar (membranali, sitilib chiqib ketuvchi) parchalanib yoki ko‘chib ketishi natijasida favqulodda holatni bartaraf qilsada, lekin o‘zi ham ishdan chiqqanligi sababli ishlatishga yaroqsiz holga keladi. Ularning o‘rniga yangi saqlovchi qurilmalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bu holat ma’lum bir vaqt va kuch talab qiladi. Ishni bajarish vaqtida xavfli holatlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Prujinali va richagli saqlovchi qurilmalar esa bu kamchiliklardan xoli, ular ishchi yoki avariya holatlariga avtomatik ravishda o‘tib, uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan.
Har xil bosim ostida ishlaydigan idishlarning xavfsizligini ta’minlashda ishlatiladigan saqlovchi qurilmalar u yerdagi sharoitni hisobga olgan holda va deyarli har qanday noqulay holatlarda ham xavfsizlikni ta’minlaydigan shartlarda tanlab olinadi. Saqlovchi qurilmaga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu qurilmaning berkitilgan holatida zich yopilganligini va ochilgan vaqtda siqilgan moddani chiqarib yuborishiga bo‘ladigan qarshilikning iloji boricha kam bo‘lishligi talab etiladi. Shuning uchun ham bosim ostida ishlaydigan qozonlarga o‘rnatilgan ta’minot jo‘mraklari ochilganda undan chiqadigan gaz yoki suyuqlik tekis oqim sifatida va chiqish joyida bosim kuchini yo‘qotgan holda chiqadi. Aks holda, ta’minot jo‘mrakning yoki boshqa saqlovchi qurilmaning ishchi yuzalarida ma’lum miqdorda yemirilish yuz berishi tufayli, uning zichligini ta’minlashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. Bunday yemirilishlar ta’minot kranlaridagi suyuqlik oqimini muvofiqlashtirish jarayonini qiyinlashtiradi va bu oqimni boshqarish imkoniyatini yo‘qotadi.
“Sanoatgeokontexnazorat” ishlab chiqqan qoidalarga asosan, har bir bosim ostida ishlaydigan idish yoki suv isitish, bug‘ hosil qilish qozonlariga albatta saqlovchi qurilmalar, manometrlar (bitta ishchi manometr va bitta nazorat manometri), suv hajmini ko‘rsatuvchi asboblar, ta’minot jo‘mragi va teskari klapanlar (bular qozonni suv bilan ta’minlash joyiga o‘rnatiladi), shuningdek suvni to‘kish jo‘mraklari o‘rnatilgan bo‘ladi ( 17.6 va 17.7 – rasmlar).

17.6 – rasm. Qozondagi suv sathini ko‘rsatuvchi asboblar:
a - tekis shishali asbob; b - aylana shishali asbob. 1, 2 va 3 - mos ravishda bug‘, suv va to‘kish kranlari; 4 - shisha idish; 5 - qozondagi suv sathi.



17.7 – rasm. Qozondagi bosimni ko‘rsatuvchi manometrlar:
a - quvurchali; b - plastinkali; v - nazorat manometrini o‘rnatish; 1 - nazorat manometri; 2 - nazorat manometri uchun flanets; 3 - uchta yo‘lli kran; 4 - sifon quvurcha.
Bug‘ hosil qiluvchi qozonlar va havo yig‘uvchi resiverlarga o‘rnatilgan saqlovchi qurilmalar, ularda yig‘ilgan bug‘ yoki havoning bosimi belgilangan miqdordan oshib ketgan taqdirda, odam ishtirokisiz ochilib ortiqcha bosimni chiqarib yuborish bilan umumiy bosim ma’lum chegarada bo‘lishini ta’minlab turadi. Ortiqcha bosim chiqarib yuborilgandan keyin klapan avtomatik ravishda ishchi holatga qaytishi, ya’ni teshikni yopishi lozim.
Хavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan bug‘ va suv qozonlaridagi nazorat asboblarining turi va soni quyidagicha bo‘lishligi tavsiya etiladi:
− suv sathi balandligini ko‘rsatuvchi asboblar (kamida 2 ta);
− suv va bug‘ termometrlari;
− bug‘ bosimini o‘lchovchi asboblar;
− avtomatik tovush va yorug‘lik signali beruvchi asboblar; − saqlovchi qurilmalar (klapanlar).
Qozonlardagi xavfsizlik klapanlarining soni va o‘lchamlari uning bug‘ bo‘yicha unumdorligiga bog‘liq:
− 100 kg/soat gacha unumdorlikda – 1 ta klapan; − 100 kg/soat dan yuqori unumdorlikda – 2 ta klapan.
“Sanoatgeokontexnazorat” qoidalariga asosan har bir bug‘ qozoni va siqilgan havoni jamlovchi qurilmaga eng kamida ikkita saqlovchi qurilma o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunda har ikkala saqlovchi qurilma teshiklari ko‘ndalang kesimi d quyidagicha bo‘lishi kerak: 25 ≤ d ≤125 mm.
Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish