15-mavzu. Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar



Download 337,51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi337,51 Kb.
#248491
Bog'liq
maruza matni (15)



15-mavzu. Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar 

 

 

F.Teylor  va  Dj.  Freyzerning    din  antropologiyasi  nazariyalari  va  ularning 



umumiy tavsifi.  Dinning xissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari. Diniy 

arxitektura. 

Mustaqil  Uzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  1998  yilda  bo’lib  o’tgan 

bir  guruh  tarixchilar  bilan  bo’lgan  suhbatida,  har  qanday  tsivilizatsiya  ko’pdan-

ko’p  xalqlar,  millatlar,  ellatlar  faoliyatining  va  samarali  ta’sirining  maxsulidir»  -

deb  ta’kidlar  ekan,  «Biz  o’zimizni  millat  deb  bilar  ekanmiz,  o’zbekchiligimiz 

haqida  aniq  tushunchaga  ega  bo’lishimiz  kerak»  degan  muhim  masalani  o’rtaga 

qo’ydi. 


Har  qanday  xalqning  kelib  chiqishi  (etnogenezi)  murakkab  va  dolzarb  muammo 

bo’lib, umum tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu kunlarga 

qadar  xalqning  kelib  chiqishi  yoki  etnogenezi  to’g’risidagi  masala  alohida  fan 

sifatida shakllanib etmagan, ammo yaqin kelajakda o’zida qator ijtimoiy va tabiiy 

fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fanining yuzaga kelishiga shubha 

qilmasa ham bo’ladi. 

Tarix,  arxeologiya,  tilshunoslik,  toponomiya,  etnografiya  kabi  fanlarning  jahon 

miqiyosida qo’lga kiritgan yutuqlarini, ilmiy jihatdan muhim fikr mulohazalari va 

xulosalarini  mensimay,  tor  millatchilik  doirasidan  chiqa  olmay  muloxaza  yuriti 

nafaqat fanda, balki siyosatda ham eng katta zararli xolatlarga olib kelishi mumkin. 

Shu sababli ham o’zbek, tojik, turkman, kirgiz va boshqa Markaziy Osiyo elat va 

xalqlarning  etnogenezi,  ya’ni  kelib  chiqishi  muammolarini  faqat  jaxon  fani 

yutuqlariga tayangan xolda to’g’ri, ob’ektiv va xolisona xalq etish mumkin. 

O’zbek  xalqining  kelib  chiqishi  (etnogenezi)  nixoyatda  murakkabva  juda  uzoq 

tarixga  ega  bo’lgan  jarayondir.  Bu  soxada  fan  xozirgi  kunga  qadar  ma’lum 

yutuqlarga 

erishgan. 

Xususan, 

Farg’ona 

vodiysidagi 

Selung’ur 

va 


Surxondaryodagi  Teshiktoshdan  topilgan  qadimgi  ajdodlarimiz  qoldiqlari 

O’zbekistonda,  Afrika  va  Old  Osiyo  xududlari  bilan  bir  qatorda,  xozirgi  zamon 

odamlarining  paydo  bo’lishi  jarayoni  yuz  bergan  xudud  tarkibiga  kirishi  fanda 



uzil-kesil  isbotlangan.  Ayrim  olimlar  tomonidan  bildirilgan  «Markaziy  Osiyo, 

jumladan  O’zbekiston,  qadimiy  davrlardagi  mongoloid  irq  shakllangan  xududga 

kiradi»,  degan  fikrning  ilmiy  asossizligini  antropologik  ma’lumotlar  tasdiqladi. 

O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganish qancha uzoq ya’ni eng qadimgi 

davrlardan  boshlansa,  shunchalik  uning  tarkibiga  hozirgi  kunga  qadar  saqlanib 

kelinayotgan  irqiy  va  etnik  unsurlarning  mahalliy  xalq  tarkibiga  kirgan  davri  va 

uning nisbiy miqdori to’g’risida kengroq fikrga ega bo’lamiz. 

Keyingi  davrda  o’tkazilgan  tadqiqotlarda,  Markaziy  Osiyoda,  jumladan  xozirgi 

O’zbekiston xududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik jihatdan evropeoid 

irqining  janubiy  yoki  O’rta  Er  dengizi  pushtiga  yaqin  ekanligi  isbotlangan. 

O’zbeklarning  janubiy  evropeoid  irqining  o’ziga  xos  pushti  ekanligi  janubiy 

O’zbekistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste davriga oid 

paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali isbotlash mumkin. 

Mazkur  irqqa  o’xshash  tiplarning  O’rta  Er  dengizi,  Old  va  Janubiy  Osiyoning 

ayrim rayonlarida topilganligi diqqatga sazovordir. 

Surxandaryo  va  Farg’ona  vodiysining  turli  joylaridan  topilgan  har  xil  qurol  va 

buyumlar,  madaniy  qatlamlar  bu  erda  yashagan  aholi,  teshiktoshliklar  singari, 

ovchilik  va  terimchilik  bilan  shug’ullanib,  olovdan  keng  foydalanganliklari 

to’g’risida xulosa qilishga imkon berdi. 

Demak,  arxeologik  va  poleantropologik  tadqiqotlarga  qaraganda,  tarixiy-madaniy 

va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston insoniyat taraqqiyotining 

eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog’liq bo’lgan. Balki paleolit davrida 

Markaziy Osiyoga axoli Old Osiyodan kuchib kela boshlagan va keyinchalik ovchi 

va terimchi qabilalarning ko’chish jarayoni davom qilib turgandir. Bunga Machoy 

g’oridan  topilgan  mezolit  (eramizdan  avvalgi  UP-U!  ming  yilliklar)  davriga  oid 

odam suyagi qoldiqlari va juda ko’p moddiy buyumlar dalil bo’ladi. 

Bu  makondagi  madaniy  qatlamlarga  o’xshash  topilmalar  Toshkent  voxasida, 

Turkistonda  Janubiy  Kozog’iston  va  OlD  Osiyo  mamlakatlaridagi  mezolit 

obidalaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Paleontropologik tadqiqotlar mazkur 

makonlarda  yashagan  axoli  evropeoid  irqiga  mansub  ekanligini  tasdiqlagan. 




Topilmalar  Markaziy  Osiyo  axolisining  eng  qadimiy  davrlardan  qo’shni  elatlar, 

ayniqsa  davrlardan  janubiy  va  g’arbiy  qabilalar  bilan  aloqada  bo’lganligini 

isbotlaydi. 

Arxeologik  tadqiqotlarning  natijalariga  qaraganda  Markaziy  Osiyoda  yashagan 

xalqlarning paydo bo’lishi mazkur xo’jalik-madaniy tiplarning tarixi bilan bevosita 

bogliq  bo’lib,  ularning  etnik  xususiyatlarini  belgilab  bergan.  Markaziy  Osiyoning 

janubida,  shu  jumladan  Farg’onada  eneolit  va  bronza  (Mil.  Avv.  II  ming  yillik 

boshlarida  (sun’iy  sug’orish  dehqonligi,  tosh  qurollar  bilan  birga  ilk  metall 

qurollarining  ishlatilishi,  ham  eshitdan  qurilgan  uylarning,  charxda  yasalgan 

bezakli  sopol  idishlarining  paydo  bo’lishi  maxalliy  qabilalarning  joylashishi  va 

ularning  aloqalari  qanday  bo’lganligidan dalolat  beradi.  Arxeologlarning  fikricha, 

eramizdan  avvalgi  II  ming  yillik  o’rtalarida  Amudaryo  qo’yi  oqimida  paydo 

bo’lgan  Tozabog’yob  madaniyati  Janubiy  Ural  bo’yi  davlatlarida  shakllanib, 

Xorazmga Shimol-Sharq Orolbo’yi orqali kelgan, deb faraz qilinadi. Tozabog’yob 

madaniyatining  tarqalgan  davri  Xorazmda  eng  qadimgi  irigatsiyaning  paydo 

bo’lishiga to’g’ri kelgan. 

Eramizdan avvalgi II ming yillik o’rtalarida Xorazmga Tozabog’yob madaniyatiga 

oid  qabilalarning  kelishi  hind-evropa  va  xind  -eronlik  qabilalarning  shimoli-

g’arbdan  katta  ko’chishi  bilan  bog’liq  bo’lishi  extimoldan  xoli  emas.  Keyingi 

vaqtda  o’tkazilgan  qazilmalar  ham  Markaziy  Osiyoning  janubiy  mintaqalarida 

Tozabog’yob  madaniyatining  ta’siri  kuchayganligidan,  dasht  qabilalarining 

Markaziy Osiyoga yirik ko’chishlardan darak beradi. Bunday qabilalarning janub, 

janubi-shark  tomon  kuchli  harakati  er.  Avval.  II  ming  yillik  oxiri  1  -ming  yillik 

boshlarida  ro’y  berganligi  tarixdan  ma’lum.  Bu  xarakatda  suerg’on  madaniyatiga 

ega  qabilalar  ham  ishtirok  qilgan.  Arxeologik  materiallar  mazkur  chorva 

qabilalarining  (mil.avv.  XMX  asrlarda)  O’zboy,  Atrek,  Tejen,  Murg’ob, 

Amudaryo, Sirdaryo kabi daryolar bo’ylab ko’chib o’tganligini tasdiqlaydi. 

Paleontropologik ma’lumotlarga qaraganda, paleolit davrida Old Osiyodan shimoli 

-g’arb  tomon,  ya’ni  O’rta  Osiyoga  ochilgan  ko’chish  yo’li  keyingi  neolit  va  jez 

(bronza)  davriga  kelib  yanada  kuchayadi.  Yangi  davrda  mazkur  tarixiy  -madaniy 




va etnik aloqalar yanada kuchayganligini arxeologik qazishmalar ham tasdiqlaydi. 

Ayniqsa jez (bronza) davriga oid topilgan ko’p sonli qabrlar o’sha vaqtda yashagan 

aholining antropologik tuzilishini aniqlashga yordam beradi. Antropolog olim T.K. 

Xo’jayov ta’rificha, O’zbekistonga shimoliy-g’arbiy tomondan Evropaning yuqori 

paleolit,  mezolit  va  neolit  aholisi  vakillari  kela  boshlagan,  janubda  esa,  janubiy 

evropeoid  tiplar  kelib,  O’zbekiston  axolisining  ko’pchilik  qismini  tashkil  qilgan. 

Uning  taxminicha,  o’sha  davrdan  boshlab  o’zbek  xalqining  shakllanishida  o’ziga 

xos  evropeoid  komponentlar  asos  bo’lgan.  Mazkur  fikrni  arxeologik  kashfiyotlar 

ham  tasdiqlaydi.  (I.Jabborov.  O’zbek  xalqining  etnografiyasi.  _T.,  «O’qituvchi», 

1994,58-bet). 

Eramizdan  avvalgi  I  ming  yillikda  Markaziy  Osiyoda  ijtimoiy  iqtisodiy 

o’zgarishlar  ro’y  berdi.  Ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi,  shaxar-

qal’alarning  paydo  bo’lishi,  yirik  sug’orish  va  mudofaa  inshootlarining  qurilishi 

dastavval tekin ko’l mexnatisiz mumkin eamas edi. 

Milodiydan  avvalgi  USh-UP  asrlarda  tashkil  topgan  qadimgi  Baqtriya  va 

Xorazmda  yashagan  xozirgi  o’zbek,  tojik  va  qisman  turkmanlarning  ajdodlari 

asosan eroniy tillarning sharqiy shaxobchasi va qisman turkiylashgan sak yoki skif 

tillarida gapirishganlar. 

O’zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig’i irqining shakllanish davri, 

makoni  va  tarixi  masalalarida  fanda  yaqin-yaqingacha  yagona  fikr  yo’q  edi.  Bir 

gurux  olimlar  bu  irq  bundan  6-8  ming  yil  ilgari,  ikkinchi  gurux  mutaxasislar  3 

ming  yil  ilgari  shakllangan  desa,  uchinchi  guruh  olimlari  esa  XVI  asrlarda 

shakllandi,  deb  hisoblar  edilar.  Antropologik  izlanishlar  natijasida  mualliflar  ikki 

daryo oralig’idagi irqning shakllanishi, juda boy antropologik ma’lumotlar asosida, 

bundan  2200-2300  yil  ilgari  boshlanganligini  isbotladilar.  Qator  ilmiy  asarlarda 

o’zbek  xalqining  shakllanishida  bir  qator  muhim  darlar  sanab  o’tilgan.  Bular 

qatorida Ahamoniylar, Iskandar Zulqarnayn Arab xalifaligi, mug’ullar istilosi tilga 

olinadi.  Haqiqatan,  bu  bosqinchiliklar  Markaziy  Osiyo,  jumladan,  O’zbekiston 

xalqlari  madaniyatiga  tiliga,  turmush  tarzga,  tabiiyki,  o’z  ta’sirini  o’tkazgan. 

Ammo  bu  yurishlarning  mahalliy  xalqlarning  brqiy  va  etnik  tarixiga  ta’siri  o’ta 




kam  bo’lganligini  alohida  ta’kidlash  kerak!  Antropologik  nuqtai  nazardan 

qaraganda, 

ular 

mahalliy 



xalq 

qonini 


yoki 

gegetikasini 

tubdan 

o’zgartiraolmaganlar, o’zgartirishlari ham mumkin emas edi. Chunki hech qachon 

kelgindilar  mahalliy  aholidan  ustun  bo’lishi  mumkin  bo’lmay,  balki  ko’psonli 

mahalliy axoli tarkibiga ular ketib, mahalliy aholi, xususan, O’zbekiston hududida 

barcha  tarixiy  davrlarda  (maxsus  antropologik  tadqiqotlarning  ko’rsatishicha 

(mahalliy xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo’lgan. 

Bu masalaga Prezident I.Karimov tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda aniq 

va  ravshan  hamda  mutlaqo  inkor  etib  bo’lmaydigan  o’z  nuqtai  nazarini  bildirib, 

fikrimizcha, oxirgi nuqtani qo’ydi: 

«..  Movarounnahr  sarhadlariga  uzoq  tariximiz  davomida  ne-ne  bosqinchilar  kirib 

kelmagan,  qo’p  yillar,  balki,  asrlar  davomida  yurtimizda  ne-ne  o’zga  sulolar 

hukmronlik  qilmagan,  deysiz.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  ming  yillar  davomida 

yurtimizga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr 

keldi,  Arabistondan  Qutayba,  Mo’g’ilistondan  Chingizxon  keldi,  rus  istilochilari 

keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo’sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki 

kuch-  qudratiga  o’zligini  saqlab  qoldi?  Qadim-qadim  zamonlardan  o’troq 

yashagani,  ilm-ma’rifatga  intilgani,  buyuk  madaniyatga  ega  bo’lgani,  o’z  urf-

odatlarini  muqaddas  bilgani  uchun  emasmi?  ..  »  Islom  Karimov  yana  shuni 

ta’kidlab aytdilarki: 

«.. Dunyo xalqlari va xususan, yurtimiz taraqqiyot yo’lining asosiy qonuniyatlarini 

mantiqiy  taxlil  qilsak,  shu  narsa  ayon  bo’ladiki,  Aleksandr  ham  (uni  Sharqda 

ko’proq  Iskandar  Zulqarnayn  degan  nom  bilan  bilishadi),  Qutayba  ham, 

Chingizxon ham general Chernyaev ham, umuman, kim bo’lmasin, yurtimizga bir 

necha un  ming  yo  bir  necha  yuz  ming  lashkari bilan kelgan, ishg’ol qilgan va  bu 

erdagi siyosiy hokimiyatni qo’lga olgan. Yana takrorlayman: siyosiy hokimiyatni. 

Tamom,  to’g’ri  hukmronliklari  mobaynida  ular  mamlakatimizning  iqtisodiy, 

savdo,  ilmiy  madaniy  imkoniyatlardan  o’z  manfaatlari  yo’lida  foydalanishga  zo’r 

berganlar.  Biroq,  shu  erda  asrlar  davomida  yashab  kelayotgan  mahalliy  aholini, 




uning ko’p ming yillik madaniyatini yo’q qilolmaganlar, qilolmasdilar ham! «Tarix 

-xalq ma’naviyatining asosidir» 

 

O’zbek xalqining etnik shakllanish tarixi asosan uchta tarixiy davrga bo’linadi: 



 

Birinchi davr: Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdan milodiy VIII asrga bo’lgan 

davrni  o’z  ichiga  oladi.  Mil.  Avv.  III-II  asrlarda  Markaziy  Osiyo  dasht 

mintaqalarida hozirgi o’zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllana boshlagan. 

Bu  esa  fanda  yaqingacha  keng  tarqalgan  fikrlar,ya’ni  o’zbeklarga  xos  Markaziy 

Osiyo  ikki  daryo  oralig’i  irqi  avvalo  Volga  daryosi  bo’ylarida  va  Uralda  sarmot 

qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi, degan yoki bir irq 

Baykal  ko’li  atrofida  shakllanib  tayyor  xolda  mahalliy  aholiga  o’z  irqini  tarqatdi, 

degan fikrlardan voz kechishni taqozo etadi. 

Tadqiqotlarga  ko’ra,  Xorazm,  Baqtriya,  Sug’diyona,  Parkana,  Toxariston,  Choch 

xududlarida  o’troq  va  ko’chmanchilik  bilan  shug’ullanib  kelgan  ajdodlarimizning 

turmush  tarzi  bir  biriga  chambarchas  bog’liq  bo’lganligi  aniqlangan.  Shu 

xududlarda  asrlar  davomida  yashab  kelgan  massagetlar  saklar,  xorazmiylar, 

baxtrlar,  sug’diylar,  toxarlar,  davonliklar  o’zbek  xalqining  asosini  (etnogenezi)  ni 

tashkil  etadi.  Olib  borilgan  tadqiqotlar  o’zbeklarga  xos  antropologik  qiyofasi, 

dastavval,  Sirdaryoning  o’rta  xavzasi  tumanlarida,  ya’ni  Toshkent  voxasi, 

Farg’ona  vodiysi,  qisman  Xorazmda  va  janubiy  Qozog’istonning  Chimkent 

viloyati,  Ettisuv  mintaqasida  mil.  Avv.  I  ming  yillik  oxirida  shakllana 

boshlaganligi  aniqlanadi.  Mil.  Avv.  III-II  asrlarda  bu  axoli  bir  necha  yo’nalishda 

Markaziy  Osiyoning  markaziy  va  janubiy  viloyatlariga  kirib  borgan.  Bu 

antropologik  tadqiqot  natijalari  yozma  manbalarda  ma’lum  bo’lgan  xalqlarning 

janubga yurishi va Yunon -Baqtriya davlatining tor-mor etilishi va Buyuk Kushon 

saltanatining barpo bo’lishi davriga mos keladi. 

O’zbeklarning  kelib  chiqishi  qadim  tarixida  saqlar,  massagetlar,  toxarlar  nomi 

bilan mashxur bo’lgan va qadim zamonlarda Markaziy Osiyo hamda uning tevarak 

atrofida ko’chib yurgan xalqlarga Sug’d, Xorazm, Baqtriya, Parkana (Farg’ona) va 




Shoshning  qadimiy  xalqlariga  borib  taqaladi.  O’shanda  ular  yashab  turgan  voxa 

nomi bilan sug’diylar, xorazmiylar, baqtriyaliklar, parkanaliklar, toshkentliklar deb 

atalib tarixda qolgan. 

O’zbek va tojikning xalq bo’lib shakllanishida mil. Avv. Birinchi ming yillikning 

oxirlari  va  milodiyning  dastlabki  asarlarida  Jayxun  va  Sayxun  oralig’iga  ko’chib 

o’tgan bir qator turkiyzabon xalqlar va Jayxunning janubidan ko’chib o’tgan fors 

tilida  so’zlashuvchi  qabilalar,  shuningdek  IV-V  asrlarda  bu  erga  shimol  tarafdan 

ko’chib  o’tgan  xionit  kidarit  va  eftalit  deb  ataluvchi  xalqlar  va  nixoyat,  UGUP 

asrlarda  Markaziy  Osiyoda  o’z  hukmronligini  o’rnatgan  G’arbiy  Turk 

hoqonligining turkiyzabon xalqi katta rol o’ynaydi. 

O’zbek  xalqining  etnik  shakllanishidagi  ikkinchi  muxim  davr  bu  IX-XII  asrlar 

hisoblanadi.  Bu  davrda  Markaziy  Osiyoda,  jumladan  O’zbekiston  hozirgi 

o’zbeklarga  xos  qiyofa  mahalliy  aholining  asosiy  qismini  tashkil  etgan.  Ilgarilari 

bu  jarayonni  faqat  XIXII  asr  etnik  jarayonlari  bilan  bog’lab  qurilgan.  Keyingi 

yillardagi topilgan shu davr materiallarini ikki tarixiy davrga ya’ni IX-X va XI-XII 

asrlarga  bo’lib  o’rganish  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblanmoqda.  IX  asrda 

O’zbekiston  xududida,  tadqiqotlar  natijasiga  qaraganda,  axolining  antropologik 

qiyofasida keskin o’zgarishlar yuz bergan. Bu o’zgarishlar arxeologik qazishmalar 

natijasida ham kuzatilgan. O’zbeklarning elat sifatidagi shakllanish davri fanda XI-

XII asrlar bilan izlanib kelinar edi. Tadqiqot natijalari bu jarayonni IX-X asrlarga 

oid deyilishiga asosdir. 

O’zbeklarning etnik tarkibi IX-XII asrlarda boyidi va takomillashdi. X asir oxiri - 

XI asr boshlarida qoraxoniylar bilan birga Oltoy, Ettisuv va Sharqiy Turkistondan 

Movarounnaxrga 

ko’chib  kelgan  bir  talay  aholining  etnik  jihatdan 

takomillashuviga  ta’sir  qildi.  Qoraxoniylar  davrida  o’zbek  tiliga  asos  bo’lgan 

qorluq-chig’il  lahjasi  rivojlandi  va  yozma  adabiyot  darajasiga  ko’tarildi  va  ushbu 

lahja o’zbek xalqining umumiy tiliga aylandi. 

Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilik», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’at 

at  -turk»,  Hoja  Ahmad  Yassaviyning  «Hikmatlari»  asarlari  o’sha  davrning  ajoyib 

mahsulidir. 



XSh  asr  boshlarida  yurtimizga  Chingizxon  katta  qo’shin  bilan  bostirib  kirdi.  Bu 

qo’shin  tarkibida  mo’g’ullar  bilan  bir  qatorda  ko’plab  turklar  va  turklashgan 

mo’g’ullar bilan bir qatorda ko’plab turklar va turklashgan mo’g’ullar ham bor edi. 

Bu qabilalar, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik tarkibini boyitdi. 

Afsuski,  fanda  mo’g’ul  istilosi  Markaziy  Osiyo  axolisini  keskin  mo’g’ullashtirib, 

o’zgartirib yubordi, degan fikr ham bor. Lekin olimlarimizning olib borgan maxsus 

tadqiqotlari bu  masalaga oydinlik kiritdi. Mo’g’ul istilosi O’zbekiston axolisining 

tashqi  qiyofasiga  sezilarli  izlarini  qoldirmaganligini  ta’kidlamoq  kerak.  Sababi, 

Chingizxon  XP  asr  oxirida  tashkil  etgan  yirik  Mo’g’ul  davlatida  mo’g’ullar  soni 

taxminan 0,7 million kishidan iborat bo’lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka 

olingan  bo’lsa.  Unda  mo’g’ul  qo’shinlari  soni  100-110  ming  kishidan  iborat 

bo’lgan. Lekin o’sha davrdagi 80 million axolisi bo’lgan Xitoyga yurishi davrida 

mo’g’ullar o’z qo’shinlarining ko’p qismini yo’qotganlar. Ular Movarounnaxrning 

bostirib  kelganida  qo’shinlarning  ko’pchiligi  turkiy  xalqlardan  tashkil  opgani 

ma’lum. Bu davrda Muxammad Xorazmshox davlatida 20 million axoli yashagan. 

Tabiiyki  mo’g’ul  qo’shinlari  ko’p  sonli  maxalliy  axoli  tarkibiga  o’z  asoratini 

o’tkaza  olmagan.  Shuning  uchun  ham  maxxalliy  axolida  mo’g’ul  irqi  alomatlari 

deyarli namoyon bo’lmagan. 

O’zbek  xalqining  etnik  shakllanishida  uchinchi  davr  XU  asr  oxiri  -  XVI  asr 

xisoblanadi. 

Bu  davrda  siyosiy  va  iqtisodiy  jixatdan  ancha  bo’shashgan  Markaziy  Osiyoda 

maxalliy  hokim  va  podsholar  orasidagi  taxt  talashishlar,  xalq  ommasining  og’ir 

axvolga tushib qolishi qo’shni kuchlanchi o’zbeklarga qo’l kelgan edi. Temuriylar 

sulolasining  oxirgi  hokimlari,  jumladan  Farg’ona  hokimi  Bobur  va  Xirot  hokimi 

Xusayn  Boyqarolar  Dashti  Qipchoqdan  kelgan  qudratli  Shayboniyxon 

boshchiligidagi ko’p sonli qo’shinlar oldida ojizlik qiladilar. Shunday qilib, hozirgi 

O’zbekistonning  Zarafshon,  Surxandaryo  va  Qashqadaryo  vodiylarida,  Xorazm 

voxasi  va  boshqa  rayonlarda  Shayboniyxon  bilan  kelgan  «o’zbek»  nomli  turkiy 

tildagi  qabilalar  ham  o’rnasha  boshlaydi,  maxalliy  axoli  bilan  aralashib  ketadi. 

Ular yangi zamindor (feodal) larni barpo etib, ko’p erlarni zo’rlab musodara qilib 




olganlar, Amir Temur yillar davomida to’plagan barcha boyliklarni o’z qo’llariga 

kiritganlar. 

O’sha  davrda  adabiy  va  tarixiy  asarlar,  xususan,  «Shayboniynoma», 

«Nusratnoma»,  «Abdullanoma»,  «Alpomish»  kabi  asarlar  o’zbek  tilida  keng 

tarqaladi. 

«O’zbek» atamasi ilmiy jixatdan hali to’liq aniqlanmagan. Dastlab bu so’znoi arab 

muallifi  Usam  ibn  Munqiz  (XP  asr  oxirlari)  asarlarida  uchratamiz.  Keyin 

Rashididdin solnomalarida Jaloliddinning xarbiy navkarlaridan biri ham «o’zbek» 

ismi bilan tilga olinadi. Atoqli tarixchi Hamdulloh Kazviniy (XU asr) Oltin O’rda 

O’zbekxon  bo’lgani,  tegishli  o’lkani  esa  «Mamlakati  o’zbek»  deb  ataydi. 

Nizomiddin  Shomiy  va  Sharafuddin  Ali  Yazdiylar  o’beklarni  Oltin  O’rda  nomi 

bilan  bog’liq degan  fikrni  bildiradilar.  Boshqa  manbalarga        qaraganda,  XU  asar 

oxiri  -  XU!        asr  boshlarida  Abdulxayrxon  va  uning  nabirasi  Shayboniyxon 

qarmog’idagi barcha qadila va elatlar birikmasiga umuman «o’zbeklar» deb nom 

berilgan. Abdulg’ozining «Shajarai turk» asarida yozilganidek, Oq o’rda podshosi 

Tuktaguxon o’lganda so’ng o’n uch yoshli o’g’li O’zbekxon taxtga kelgan. U ota-

bobosining  dasturi  bilan  elni  zabt  etib,  har  kimni  martabasiga  loyiq  hurmat  qilib, 

in’omlar  bergan.  «Barcha  xalq  uch  soxibi  davlatning  sababindin  sharafi  islom 

musharraf  bildilar.  Andin  so’ng  barcha  Juchi  elin  o’zbek  edi  dedilar»  (Abulg’rzi 

Shajarai turk»). 

Prezident  I.Karimov  bir  gurux  tarixchi  olimlar,  ziyolilar  bilan  bo’lgan  suxbatida 

o’zbek  nomining  qachon  paydo  bo’lganligi  to’g’risidagi  masalani  qo’ydi.  «Sovet 

tarixshunoslarining  yozishicha  -  dedi  I.Karimov  -  go’yo  XVi  asrda  bizning 

zaminimizni  qipchoq  xonlari  ishg’ol  qilgandan  keyin  o’zbek  nomi  paydo  bo’lgan 

emish.  Axir, biz  Movarounnaxr  deb ataydigan ikki  daryo  oralig’ida ungacha ham 

xalq yashagan-ku!» 

Biz  Sovet  zamonidan  qolgan  bu  aqidani  qabul  qilsak,  millatimiz  tarixi  mana  shu 

navbatdagi  bosqinchilar  davridan  boshlangan  degan  noto’g’ri  xulosa  kelib 

chiqmaydimi?  Unda  bizning  necha  ming  yillik  tariximiz  qaerda  qoladi? 

Samarqand, Xiva ham, Buxoro ham o’zbeklarniki ekan, bu erlarda o’zbek davlati 




bo’lgan ekan, necha endi o’z tariximizni XU! asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini 

qoldirib  ketgan  davrdan  boshlashimiz  kerak?  Ungacha  ham  bu  erda  o’troq  xalq 

yashaganku!  Bu  erda  ana  shu  o’troq  xalqning  madaniyati  bo’lgan-ku!  Kim 

kelmasin,  masalan,  mo’g’ullar  kelgan,  XSh  asrning  20  yillarida  XIV  asrning  70-

yillariga qadar hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati maxalliy madaniyatiga 

singib ketgan. Bunda maxalliy xalqning madaniyati albatta, asos bo’lgan, ustunlik 

qilgan.  Biz  xalqni  nomi  bilan  emas  balki  madaniyati,  ma’naviyati  orqali  bilamiz, 

tarixining  tag-tomirigacha  nazar  tashlaymiz.  (I.Karimov  Tarixiy  xotirasiz  kelajak 

yo’q» 17 bet) 

XU!-XGX  asrlar  davomida  o’zbeklarning  etnik  shakllanishi  davom  qilib, 

o’zlarining  urug’-qabilaviy  nomlarini  to  bizning  asrimiz  boshlarigacha  saqlab 

kelganlar. Ular nafaqat etnik jixatdan balki turmush tarzi va ijtimoiy tuzumi bilan 

ham o’zaro oz farq qilganlar. Ayrim o’zbek qabilalari o’troq dehqonchilikka to’la 

o’tmagan  ko’chmanchilik  xo’jaligi  va  turmush  an’analarini  saqlab  yarim  o’troq 

xolatda yashaganlar. Ular tillaridagi (shevasidagi) farq jixatdan ham ancha ajralib 

turganlar. 

Ammo  Turki  ston  o’lkasi  va  o’zbek  xonliklari  rus  mustamlakasi  tufayli  jaxon 

kapitalistik  munosabatlari  girdobiga  tortila  boshlanadi.  Shu  davrda  asta-sekin 

milliy  uyg’onish  kurtak  otaboshlaydi.  Milliy  burjuaziya  paydo  bo’ladi.  Ular 

o’zlarining  mafkurachilari  bo’lmish  jadidlar  orqali  milliy  g’urur  va xis-tuyg’ular, 

an’anaviy  turmush  tarzi  va  madaniyat  ravnaqi  uchun  jiddiy  kurash  boshlaydilar. 

Chor  hokimiyatining  mustamlakachilik  siyosati  mazkur  jarayonga  to’siq  bo’lib, 

o’zbek  elining  jaxon  miqiyosidagi  ijtimoiy  chiqishini  cheklab  qo’yadi.  Butun 

Markaziy  Osiyoning  chorizm  davrida  sun’iy  ravishda  Turkiston  general-

gubernatorligi,  Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirligiga  bo’linganligi  ham  maxalliy 

elatlarning, shu jumladan o’zbeklarning milliy birligiga jiddiy to’siq bo’ldi. 

Adabiyotlar. 

1. 


Stolyarenko  V.E.  «Antropologiya  -  sistemnaya  nauka  o  cheloveke:  uchebnoe 

posobie dlya studentov VUZov». - 2-oe izd., Rostov-na-Donu: Feniks, 2004-384 s. 

2. 

Klod Levi-Stross. Strukturnaya antropologiya. - Moskva: Eksmo- Press, 2001. 




3. 

Orlova E.A. Vvedenie v sotsnalnuyu i kulturnuyu antropologiyu. M.,1994  

4. 

Umarov E. Kulturologiya. - T.: 2006. 



5. 

Ashirov.A, Atadjanov SH. Etnologiya: O‘kuv ko‘llanma. - Toshkent., 2007. 

1. 

Ashirov.A.  O‘zbek  xalqining  qadimiy  ehtiqod  va  marosimlari.  -  Toshkent., 



2007. 

2. 


Jabborov I. O‘zbek xalq etnografiyasi. T.: O‘kituvchi, 1994. 

3. 


Madaniy va ma’rifiy ishlar. Lug‘at. T„ 1996. 

4. 


Xolbekov A„ Idirov U. Sotsiologiya. T„ 1999. 

5. 


O‘rolov A„ Xojixonov M. Temuriylar ma’naviyati va madaniyat. Sug‘diyona, 

1996. 


6. 

Mamajonova  M.  Yoshlarni  vatanparvarlik  ruxida  tarbiyalashda  madaniy 

merosning axamiyati. Ijtimoiy fikr. Inson xuquqlari. 2002. № 1. 

7. 


Buddizm: istoriya i kultura. - M„ «Nauka», 1989 

 

 



Download 337,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish