15-mavzu: limfa aylanish tizimining anatomo-topografiyasi qon hosil qiluvchi va immun organlar, ichki sekretsiya bezlari tuzilishi. Reja


Ko’krak devori va ko’krak bo’shligi organlaridagi limfa tugunlari



Download 34,54 Kb.
bet4/9
Sana25.06.2022
Hajmi34,54 Kb.
#703048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word — копия (11)

Ko’krak devori va ko’krak bo’shligi organlaridagi limfa tugunlari
Qovurg’alararo limfa tugunlari - ln.n. intercostalis qovurg’alararo bo’shliqning qovurg’a boshiga yaqin qismiga joylashadi. Ildizi elka muskullari, plevra va diafragmada, oqimi ko’krak yo’lidir. Uzunligi qoramollarda 0,3-0,5 sm, otlarda 0,3-0,6 sm bo’ladi.
Yuqorgi oraliq limfa tugunlari - ln.n. mediastinalis dorsalis juda mayda bo’lib, aorta bilan umurtqa orasidagi plevra ostida joylashadi. Ildizi umurtqa pog’onasining ustki qismi muskullarida, oqimi ko’krak yo’lidir.
Oldingi tomon oraliq limfa tugunlari - ln.n. mediastinalis cranialis ham mayda bo’lib, yurakning old tomonida, kekirdakning yuqorisida va pastda joylashadi. Ildizi elka, kurak muskullari, bo’yin, ko’krak, yurak va aortada, oqimi esa ko’krak yo’li, o’ng limfa yo’lidir. Uzunligi hamma hayvonlarda 1,5-3 sm gacha bo’ladi.
O’rta qism oraliq limfa tugunlari - ln.n. madiastinalis media aorta va qizilo’ngach oralig’ida joylashadi. Ildizi kekirdak, qizilo’ngach va jigarda, oqimi bronx limfa tugunlaridir. Uzunligi qoramollarda 0,5-5 sm, bir tuyoqlilarda 0,2-6 sm bo’ladi.
Keyingi qism oraliq limfa tugunlari - ln.n. mediastinalis caudalis o’pkaning orqa tomonida aorta va qizilo’ngach orasida joylashadi. Ildizi o’pka va qizilo’ngachda, oqimi esa old tomon oraliq limfa tugunlaridir. Uzunligi qoramollarda 10-15 sm, bir tuyoqlilarda (1-7 gacha) 1-25 sm keladi; cho’chqalarda, itda bo’lmaydi.
Bronxlardagi limfa tugunlari - ln.n. bronchiales bir nechta mayda tugunchadan iborat bo’lib, kekirdakning o’pkaga bo’lingan qismida joylashadi. Ildizi yurak, o’pka, kekirdakda, oqimi esa old tomon oraliq limfa tugunlaridir. Qoramollarda o’ng va chap tugunchalardan iborat bo’lib, uzunligi 2,5-5 sm keladi. Cho’chqalarda 8-10 ta tugun birlashib, uzunligi 5-10 sm keladigan paket hosil qiladi.
O’pka limfa tugunlari - ln.n. pulmonalis o’pka bronxlarida bo’ladi. Qoramollarda uzunligi 0,1-1,5 sm, bir tuyoqlilarda (50-60 ta), uzunligi 0,3-1 sm gacha bo’ladi, qoramollarning yurak xaltasi ustida ham limfa tugunlari uchraydi.
Qorin va tos devorlaridagi limfa tugunlari
Bel limfa tugunlari - ln.n. lumbales aortici bir nechta mayda tugunchadan iborat bo’lib, aorta va keyingi kovak vena atrofida joylashadi. Ildizi aorta, bel, siydik-jinsiy organlarda, oqimi bel sisternasidir. Uzunligi qoramollarda (12-25 tagacha) 0,5-2 sm, bir tuyoqlilarda (30-160 ta) 0,3-3,5 sm bo’ladi.
Yonboshning o’rta qism limfa tugunlari - ln.n. iliaci medialis yonboshning tashqi arteriyasi boshlanadigan qismda joylashadi. Ildizi bel, qorin, orqa oyoqlarda, oqimi bel sisternasidir. Uzunligi qoramollarda (1-2 ta) 0,5-5 sm, otlarda (3-25 ta) 0,2-5,5 sm, itda 3-5 ta tugun bo’ladi.
Yonboshning yon tomon limfa tugunlari - ln.n. iliaci lateralis yonbosh suyagiga yaqin joylashadi. Ildizi bel, tos, diafragma va buyrakda, oqimi yonboshning o’rta va bel limfa tugunlaridir. Uzunligi qoramollarda (1-2) 1,5-2,5 sm, otlarda 4-20 ta tugun bo’lib, har qaysisi 0,2-3,5 sm keladi.
Yonboshning tashqi limfa tugunlari - ln.n. iliaci externi qorin devorining ichki yuzasida joylashadi. Ildizi tos va orqa oyoqlarda, oqimi bel sisternasidir. Uzunligi qoramollarda 5-8 sm, cho’chqalarda 1-3 sm, otlarda bo’lmaydi.
Tos limfa tugunlari - ln.n. hypogasterici yonboshning ichki arteriyalari oralig’ida joylashadi. Ildizi tos devorida, oqimi yonbosh limfa tugunidir. Uzunligi qoramollarda (bitta) 0,5-4,5 sm, otlarda (5-10 tagacha) 0,3-2 sm, cho’chqalarda 2,5 tagacha tugun bo’ladi.
Dumg’aza limfa tugunlari - ln.n. sacralis tosning keng payi ustida joylashadi. Ildizi jinsiy a’zolarda, oqimi yonboshning o’rta qismi limfa tugunidir. Uzunligi qoramollarda 1 sm, cho’chqalarda 1-3 tagacha, otlarda 1-5 tagacha bo’ladi.
Qo’ymich limfa tuguni - ln.n. ischiadicus faqat qoramollarda bo’ladi, uzunligi 2,5-3,5 sm bo’lib keng pay ustida joylashadi, tos devoridan limfa suyuqligini yig’ib oladi. Otlarda yopiq teshik atrofida ham limfa tugunlari uchraydi.
Qorin va tos bo’shligi organlaridagi limfa tugunlari
Qorin limfa tugunlari - ln.n. coeliaci qorin arteriyasi atrofida joylashadi. Limfa oqimi bel sisternasidir. Uzunligi qoramollarda (5 tagacha) 2 sm, cho’chqalarda 0,2-2,5 sm bo’ladi.
Jigar limfa tugunlari - ln.n. hepatici jigar qo’qasida uchraydi. Bular bir nechta (qoramollarda 5-8 ta, otlarda 4-10) mayda tugunchadan iborat bo’lib, jigar venasi atrofida joylashadi.
Taloq limfa tugunlari - ln.n. lienalis taloq qo’qasida joylashib, cho’chqalarda 1-8 tagacha, otlarda 30 tagacha bo’ladi.
Charvi limfa tugunlari - ln.n. omentalis qorin-taloq payida joylashib, otlarda 14-20 tagacha bo’ladi.
Oshqozon limfa tugunlari - ln.n. gasterici oshqozonning kardial yuzasida joylashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda bir nechta tugunchadan iborat bo’lib, har qaysi bo’limda uchraydi, uzunligi 0,4-4 sm, cho’chqalarda tugunchalar to’plami bir tuyoqlilarda uzunligi 0,2-6 sm keladigan 35 tagacha mayda tuguncha bo’ladi. B.J.Jaynarov (1979) tekshirishlari natijasida qorako’l qo’ylarda shirdon, to’rqorin, qatqorin va katta qorin efferent limfa tomirlari oshqozon limfa stvolini hosil qiladi. Bu stvolning diametri 0,5-3,5 mm ga teng bo’lib, bel sisternasiga quyiladi.
Oshqozon osti bezi o’n ikki barmoq ichak limfa tugunlari - ln.n. pancrici duodenalis o’n ikki barmoq ichakda joylashib bir nechta mayda tugunchadan iborat bo’ladi.
Ichak paraning oldingi tomon limfa tugunlari - ln.n. mesenterici cranialis ichak pardasida joylashadi. Oqimi bel sisternasidir. Bir tuyoqlilarda 70-80 ta tugunchadan iborat bo’lib, har birining uzunligi 0,3-4 sm keladi.
Achchik ichak limfa tugunlari - ln.n. jejunalis achchiq ichak pardasida joylashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda 50 tagacha, bir tuyoqlilarda 90 tagacha limfa tuguni bo’lib, har qaysisining uzunligi 0,3-6 sm keladi.
Ko’richak limfa tugunlari - ln.n. caecalis kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ko’richak va yonbosh ichaklarda uchraydi, bir tuyoqlilarda bir nechta (1000-1400 tagacha) mayda tugunchadan iborat bo’lib, har qaysisining uzunligi 0,2-2,5 sm keladi.
Chambar ichak limfa tugunlari - ln.n. colici chambar ichak pardasida joylashib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho’chqalarda chambar ichak o’ramida, bir tuyoqlilarda esa 6000 tagacha bo’ladi va har qaysisining uzunligi 0,1-2,5 sm keladi.
Ichak pardasining orqa tomon limfa tugunlari - ln.n. mesenterici caudalis ichak pardaning orqa tomon arteriyasi atrofida joylashadi. Bir tuyoqli hayvonlarda 1600-1800 gacha bo’lib, har qaysisining uzunligi 0,1-5 sm keladi.
To’g’ri ichak limfa tugunlari - ln.n. rectalis topgri ichakning yuqorgi yuzasida joylashadi.
Orqa chiqaruv teshigi limfa tugunlari - ln.n. anales orqa chiqaruv teshigining atrofidagi teri ostida joylashadi.
Buyrak limfa tugunlari - ln.n. renales buyrak arteriyasi atrofida joylashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda 3-5 ta, bir tuyoqlilarda 10-18 ta bo’ladi.

Download 34,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish