15-MAVZU: Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari
Reja:
1.Verbal va noverbal muloqot.
2.Yozma muloqot.
3.Muloqot texnologiyasi va texnikasi.
Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa og‘zaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, og‘zaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so 'z muhim o‘rin tutadi. So‘z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar o ‘rtasidagi axborot almashishdangina iborat bo‘lmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari bo ‘lib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko‘z qarash, ko‘z yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni to ‘ldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir so‘zga koplab ma ’no berish mumkin.
Tillarni o‘rgatishda shu til sohibiga xos bo‘lgan noverbal vositalarni ham o 'rgatish lozim. Aks holda chet til to ‘la o‘zlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so 'zlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o ‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos bo‘lgan noverbal vositalardan to‘g‘ri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Noverbal so‘zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bog‘lanadi. Muloqot qabul qiluvchi so 'zlovchini ko ‘rish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida bo‘lishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so‘zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, ko ‘rinishini aniq ko ‘rishi va ovozini ham eshitadigan joyda bo ‘lishi kerak. Bu kuzatish orqali bo ‘larkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan bo ‘lishi mumkin. So 'zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi bo ‘lganda rejalashtirilgan bo ‘ladi. Noverbal muloqot esa, so 'zlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki ko ‘rinishi qabul qiluvchi tomonidan g‘ayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala- partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli bo‘lsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Noverbal muloqotning ahamiyati
Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bog ‘liq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
Haydovchilar yoki yo‘lovchilardan darhol javob bo‘lishi shartligi sababli yo ‘l harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy o ‘rinni tutadi.
Har bir inson odatda tildan ko ‘ra ranglar, rasmlar yoki tovushlarga zudlik bilan javob beradi.
Noverbal simvollar orqali savodsiz odamlarga fikr bildirishning yagona metodi.
Muloqot jarayonidagi psixologik ta ’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta ’sir ko ‘rsata olishdir. Psixologik ta ’sirning uch xil turi ajratiladi:
Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so 'zlar hisoblanadi. Nutq so 'zlashuvdagi o 'zaro muloqot jarayoni bo‘lib, uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o 'zidagi barcha so 'zlar zahirasidan foydalanib, eng ta ’sirchan so 'zlarni topib sherigiga ta ’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi uni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillardir. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to ‘xtashlar, duduqlanish, yo ‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo ‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz"dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta ’sir qilarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |