15-mavzu. Shlitsali birikmalarda o’zaroalmashuvchanlik. Reja



Download 142,71 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi142,71 Kb.
#889432
Bog'liq
Maruza15



15-mavzu. SHlitsali birikmalarda o’zaroalmashuvchanlik.
Reja:

  1. SHlitsali birikmalarga bo’lgan talablarni me’yorlash.

  2. SHlitsali birikmalarning detallarini nazorat qilish va o’lchash.

  3. SHlitsali birikmalarning o’zaroalmashuvchanligi.

Texnikalarida qo’llaniladigan shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: eng yaxshi markazlashtirish va val bilan birikkan detallarni yo’naltirish; yuqori mustahkamlik va puxtalikka ega bo’lgani uchun bir xil gabaritlarda hamkatta aylantiruvchi momentni uzata olishi va tishining balandligi bo’yicha yuklanishni bir tekisda taksimlanishi. TSilindrik shlitsali birikmalar tish profilining shakliga qarab:to’g’ri yonli, evolьventali va uchburchakli bo’ladi. Tishlar soni juft bo’lgan to’g’ri yonli shlitsali birikmalar keng qo’llaniladi 10-rasm.

10-rasm. To’g’ri yonli shlitsali birikma, hamda uning vtulka va valining ko’ndalang kesimlari.
Foydalanish belgisi bo’yicha to’g’ri yonli shlitsali birikmalar uchta guruxga bo’linadi: yengil, o’rta va og’ir. Yengil seriyadagi birikmalar eng kichik balandlikka va tishlar soniga ega bo’lib, qo’zg’almas va kichik yuklanishda ishlaydigan birikmalar uchun tavsiya etiladi. O’rta seriyadagilar yengil seriyadagiga nisbatan kattaroq balandlikka va tishlar soniga ega bo’lib, o’rta yuklanishlarda ishlaydigan birikmalar uchun tavsiya etiladi. Og’ir seriyadagilar eng katta balandlikka va tishlar soniga ega bo’lib, og’ir sharoitda ishlaydigan birikmalarda ishlatiladi. SHlitsali birik­malar qo’zg’aluvchi (avtomobilь, traktor, kombayn va boshqalarning uzatish qutisining tishli g’ildiraklari) va qo’zg’almas birikmalarga bo’linadi.
Konstruktiv va texnologik talablarga bog’liqholda val bilan vtulkaning o’qdoshligiga bog’liq bo’lgan aniqlikka quyidagi markazlashtirish usullaridan birini qo’llab erishish mumkin. To’g’ri yonli shlitsali birikmalarda uch xil usulda markazlashtirish amalga oshiriladi.
Tashqi diametr "D"bo’yicha markazlashtirish vtulkaga issiqlik (termik) bilan ishlov berilmaganda va uning materiali sidirish operatsiyasini bajarishga va shlitsaning ichki o’lchamlarini aniqhosil qilishga imkon berganda tavsiya etiladi. Val bunda tashqi diametri bo’yicha silliqlanadi. Bu usul ancha sodda va tejamli, uni avtotrak­tor va qishloq xo’jaligi mashinasozligida keng qo’llaniladi. Tashqi diametr bo’yicha dopusk maydonlari IT7, IT8 kvalitetlarda, tishining eni bo’yicha IT8, IT9 va ichki diametri bo’yicha IT11, IT12 kvalitetlarda hosil qilinadi.
Ichki diametr "d"bo’yicha markazlashtirish vtulka materiali yuqoriqattiqlikka ega bo’lganda va vtulka ichki diametri bo’yicha aniq o’lchamni ichki tomondagi silliqlash orqali amalga oshirilganda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Val ichki diametrining shlitsali silliqlash dastgohida silliqlab aniqo’lchamga erishish mumkin. Ushbu usul yuqori aniqlikda markazlashtirishni ta’minlaydi, lekin tayyorlash tannarxi ancha yuqori.
Bunda ichki diametrga dopusk maydonlari IT7, IT8, yon tomonga IT8, IT9 va tashqi diametrga IT11 va IT12 kvalitetlarda hosil qilinadi.
SHlitsa tishlarining yon tomoni «b» bo’yicha markazlashtirish aniq markazlashtirishni ta’minlamaydi, lekin tishlar orasida kuchlarni bir tekisda taqsimlanishini ta’minlaydi. Ushbu usulni katta aylantiruvchi moment uzatishda yoki ishoralari o’zgarib turadigan yuklanishlarda (revers harakatlarda) va qachonki tish yon tomonlari bilan o’yiq yon tomoni orasida eng kichik tirqish bo’lishi talab qilinganda (masalan, traktor va avtomobilь kardan vallaridagi qo’zg’aluvchan shlitsali birikmalarda) qo’llash tavsiya etiladi. Tishining yon tomoni bo’yicha dopusk maydonlari IT7 vaIT8 kvalitetlarda hosil qilinadi.

11-rasm. SHlitsali birikmalarning tashqi (a), ichki (b) va tishining yon tomoni bo’yicha markazlashtirishni ifodalovchi sxemalari.
Tajribada shunday holat bo’ladiki, yuqori kinematik aniqlikdan tashqari ishoralari o’zgaruvchan yuklanishlarga yuqori qarshilikni, aylanish yo’nalishi o’zgarganda shovqinni kamayishini ta’minlashi lozim bo’lgan uzatmalar talab qilinadi. Bunday holatlarda yon tomon va diametrlar bo’yicha markazlashtirishni qo’llash mumkin.
SHlitsali birikmalarda posadkalarotvertsiya tizimida amalga oshiriladi. SHlitsali birikma elementlari diametrlari uchun dopusk maydonlari xuddi silliq tsilindrik birikma diametrlariga o’xshashdir.
To’g’ri yonli shlitsali birikmalar chizmalarda quyidagicha belgilanadi:
1 ) Ichki diametr bo’yicha markazlashtirish

bu yerda d— markazlashtirish diametri; z = 8 - tishlar soni; d = 32 — ichki diametr; D=36 — tashqi diametr; b=6 — tishining eni.
Ushbu birikma vtulkasining belgilanishid-8x32H7x36H12x6D9;
Valning belgilanishi d-8x32f7x36a11x6h9;
2) Tashki diametr bo’yicha markazlashtirish

3) Tishining eni bo’yicha markazlashtirish

SHlitsali birikmalarning yig’iluvchanligini ta’minlash uchun val va vtulkalarni kompleks hamda elementlari bo’yicha nazorat qilish lozim.
Download 142,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish