15-mavzu. Xizmatlar sohasi



Download 34,74 Kb.
bet1/7
Sana24.04.2023
Hajmi34,74 Kb.
#931409
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-мавзу.Маъруза 1


15-mavzu. XIZMATLAR SOHASI
15.1. Xizmatlar tushunchasi va xizmatlar sohasining tavsifi
Xizmatlar sohasi milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi boʻlib, bozor munosabatlarining rivojlanishi koʻp jihatdan xizmatlar sektori taraqqiyotiga bogʻliq. Xizmatlar iqtisodiyotining shakllanganligi bozor munosabatlarining qaror topganligini bildiruvchi muhim belgilardan biridir.Ilgari xizmat ko'rsatish ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatining ichki tarkibiy boʻlagi hisoblangan bo'lsa, bugungi kundaxizmatlar sohasi mustaqil sektor sifatida iqtisodiy yuksalishgafaol salmoqli hissa qo'shmoqda. Bu mazkur sohada ishlab chiqarish kuchlarining yuqori darajada rivojlanayotganligini ham bildiradi.Xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o'rni va roli bir tomondan, bu sektorning YalMdagi ulushi kattaligi bilan oʻlchansa, ikkinchi tomondan, bu sohada iqtisodiy o'sishning muhim omillari ilmiy-innovatsion bilimlar, nomoddiy jamg'arish, axborot texnologiyalari mujassamlashgan. Zamonaviy jamiyatning xizmat turlari va miqyosiga boʻlgan ehtiyojini bundan 30 - 40 yil avvalgi jamiyat ehtiyojlari bilan qiyoslab boʻlmaydi. Xizmatlar turlarining koʻpligi ilmiy-texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligining oshishi, bo'sh vaqtning koʻpayishi natijasidir.Rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning 70-75 foizini xizmatlar sektori tashkil etadi. Industrial iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar iqtisodiyoti doimo garmonik rivojlanadi. Chunki xizmatlar iqtisodiyotida moddiy ishlab chiqarish, muomala-ayirboshlash jarayoni va xizmatlar oqimi bir butunlikka aylanadi. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning shunday tarmog'iki, unda ishlab chiqarilgan xizmatlar yaratilish jarayonining oʻzida iste'mol qilinadi, foydali samaraga shu zahotiyoq erishiladi. Xizmatlar tovarning shunday bir shakliki, unda ishlab chiqarish, taqdim etish va iste'mol qilish bir vaqtning o'zida roʻy beradi. Xizmatlarning turli-tumanligi sababli xizmatlar tushunchasini ta'riflash, xizmatlar sohasini tavsiflash va tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Xizmatlar - bu nomoddiy koʻrinishga ega boʻlgan, ta'minotchi tomonidan iste'molchiga koʻrsatiladigan muayyan faoliyat natijasidir. Xizmatlarni jamg'arib qo'yib boʻlmaydi,ularning doimiy o‘zgarmaydigan sifatini ta'minlash qiyin, shuningdek, xizmat ko'rsatuvchidan ajralgan holda u yuzaga chiqmaydi. Koʻpincha xizmatlarni aholiga xizmat ko'rsatish bilan cheklab qo'yish hollari ham uchrab turadi. Bu xizmatlar tushunchasini tor ma'noda tushunish hisoblanadi. Iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadlarida iste'mol qiladi. Aholi esa xizmatlarni yakuniy bosqichda iste'mol qiladi. Aholi va korxonalar xizmatlarini iste'mol qilish darajasi ortib borishi iqtisodiyotda xizmatlar sektorining roli va o'rni kuchayayotganligini bildiradi. Xizmatlarning ahamiyati ularning aholi uchun muayyan iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratib berish imkoniyatlari o‘zgarayotganligi bilan ham baholanadi. Xizmatlar sohasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Moddiy xizmatlar ishlab chiqarish - transport, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal, maishiy xizmatlar vaboshqalar.
2. Nomoddiy xizmatlar ishlab chiqarish boshqaruv, ta’lim, sogʻliqni saqlash, fan, san'at, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, audit, sug'urtalash, moliyaviy xizmatlar va boshqalar.
Aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar esa oʻz vazifasiga koʻra
quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Moddiy xizmatlar.
2. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar.
Moddiy xizmatlar iste'molchilarning moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlardir. Ularga uy-joy kommunal xizmatlari, buyumlarni yasash va ta'mirlash ishlari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport xizmatlari kiradi.
Ijtimoiy-madaniy xizmatlar nomoddiy xizmatlar hisoblanadi. Ular iste'molchining ma'naviy, intellektual ehtiyojlarini, ularning me'yordagi turmush kechirishini ta'minlashga yo'naltirilgan xizmatlar boʻlib, tibbiy xizmatlar, madaniyat, turizm va ta'lim xizmatlari shular jumlasidandir.
Postindustrial jamiyatlar xizmatlar ustun rivojlangan jamiyatlar hisoblanadi. Bu sohada iqtisodiyotda band aholining 65-75 foizi mehnat qiladi. Bu mamlakatlarda xizmatlar sektori quyidagicha tasniflanadi: umumiy ovqatlanish, moliyaviy xizmatlar, axborot xizmatlari (AT-konsalting), uy-joy-kommunal xizmatlari, maishiy xizmatlar, ijara xizmatlari, turizm xizmatlari, yuridik xizmatlar, mehmonxona xizmatlari, qoʻriqlash xizmatlari, tarjima xizmatlari, savdo xizmatlari, transport xizmatlari, koʻngilochar xizmatlar, tibbiy xizmatlar, muhandislik-qurilish xizmatlari, sartaroshxona xizmatlari, transportlarga texnik xizmat ko'rsatish xizmatlari ta'lim xizmatlari, raqamli va maishiy texnikaga xizmat ko'rsatish, obodonlashtirish xizmatlari va boshqalar.
Boshqa bir tasnifga ko'ra, xizmatlar sektoriga quyidagilar kiritiladi:
- transport xizmatlari;
-ovqatlanish va istiqomat qilishni ta’minlash xizmatlri (mehmonxona, restoran, oshxona va boshqalar);
-aloqa va axborot sohasida xizmat koʻrsatish;
-moddiy-texnika resurslari ta'minoti, ularni tayyorlash va saqlash xizmatlari ;
-bozorning amal qilishini ta'minlaydigan kredit, moliya va sug'urta, koʻchmas mulk operatsiyalari va boshqa xizmatlar;
-ta'lim, madaniyat va san'at;
-fan va ilmiy xizmatlar;
-sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport;
-uy-joy xoʻjaligiga koʻrsatiladigan xizmatlar (uy-joy xo'jaligini saqlash va ta'mirlash, maishiy va kommunal xizmatlar);
-kishilarning oʻziga koʻrsatiladigan shaxsiy xarakterdagi xizmatlar (nomoddiy maishiy xizmatlar, sartaroshxona, atelye, fotoatelye, poyabzal tozalash va boshqalar); davlat boshqaruvi xizmatlari.
Xizmatlar sohasi rivojlanishining muhim bir obyektiv asosi shuki, ular eng kam xarajatlar evaziga amalga oshiriladi va sarf-xarajatlar qisqa vaqtda oʻzini qoplaydi.
Quyidagilar xizmatlar sohasi tez rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlari hisoblanadi:
1. Yuqori daromadlilik va likvidlilik; xizmatlar ularni ishlab chiqarish jarayonining oʻzida iste'mol qilinadi.
2. Xizmatlarda material sig‘imining nisbatan kamligi.
3. Koʻrsatilgan xizmatlarga qisqa vaqtda haq olinishi va haq toʻlanishi.
O‘zbekistonda xizmatlar sohasi 13 ta asosiy turga ajratilgan: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterli dasturlash xizmati, moliyaviy (bank, sug'urta va moliyaviy lizing xizmatlari transport, qurilish, texnologik uskunalarni ta'mirlash va texnik texnik xizmat ko'rsatish, savdo va ovqatlanish xizmatlari, ta'lim xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi texnikalarini ta'mirlash va sog'liqni saqlash xizmatlari, turistik, maishiy va boshqa xizmatlar.
Aholiga pulli xizmat ko'rsatish statistikasida xizmatlarning quyidagi asosiy turlari ajratib koʻrsatilgan:
- maishiy xizmat;
- transport xizmatlari;
-aloqa xizmatlari;
-uy-joy kommunal xizmatlari;
-xalq ta'limi sohasi xizmatlari;
-madaniyat xizmatlari;
-ekskursiya va sayohatlar,
-jismoniy tarbiya va sport;
-sog'liqni saqlash xizmatlari;
-sanatoriya-kurort va sog'lomlashtirish;
- huquqiy xarakterdagi va bank muassasalari xizmati;
- boshqa xizmatlar
Mamlakatimizda bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko'rsatish bilan shugʻullanuvchi firmalar, tadbirkorlar va tashkilotlar soni tez koʻpayib bordi. Bu xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaratib, xizmatlar sifatiga boʻlgan talabni ham kuchaytirdi. Hozirgi kunda marketing va reklama, muhandislik-qurilish xizmatlari, sug'urta, lizing operatsiyalari, buxgalteriya va auditorlik xizmatlari tez ommalashib
borayapti. Yuridik, buxgalteriya, psixologik, ta'lim, axborot texnologiyalari xizmatlarining ahamiyati ham ortmoqda.

Download 34,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish