16-amaliy mashg’ulot: md-83 turdagi tarozini infraqizil namlik analizatorini o’rganish. Topshriqlar


Kartoshka, meva va sabzavotlar uchun standartlar



Download 57,48 Kb.
bet4/11
Sana01.04.2022
Hajmi57,48 Kb.
#523698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kartoshka, meva va sabzavotlar uchun standartlar
Kartoshka, meva va sabzavotlar standartlari tuzilishi bo’yicha ko’p jihatdan don va urug’ standartlariga o’xshash bo’ladi. Ular quyidagi qismlardan tashkil topgan: Kirish, texnik talablar, qabul qilish qoidalari, qadoqlash sifatini aniqlash usullari, markirovka, ortish va saqlash.
Yangi oziq-ovqat kartoshkasi sifatini “Jamg’ariladigan va yetkazib beriladigan yangi oziq-ovqat kartoshkasi. Texnik shartlar” maxsus standarti belgilaydi. Kartoshka tayyorlash va yuklab junatish muddatiga qarab ertagi (1sentyabrgacha jamg’ariladigan va yuklab junatiladigan joriy yil xosili) va kechki (1sentyabrdan sunggi) ga bo’linadi. Kechki kartoshka bir botaniq navli bo’lishi lozim. Navning tozaligi 90% dan kam bo’lmasligi darkor.
Ertagi kartoshka uchun yumaloq-yassi tuganaklar o’lchami eng ko’p kundalang diametri bo’yicha kamida 30 mm, cho’zinchoq shakldagi tugunaklar uchun – kamida 25 mm bo’lishi lozim.
Kechki va kechki yuqori qimmatli kartoshka uchun cho’zinchoq shakldagi tugunaklar uchun – kamida 30 mm, janubiy mintaqalar uchun yumaloq-yassi tugunaklar o’lchami – kamida 35 mm, boshqa mintaqalar uchun – kamida 45 mm bo’lishi kerak. Standartga ko’ra asosiy talablardan chekinishlar belgilangan. Chuqurligi 5 mm dan ortiq va uzunligi 50 mm dan ortiq mexanik nuqsonlari (kesigi, uyigi, pachagi) bo’lgan tugunaklarning 5% gacha bo’lishga yo’l qo’yiladi, mayda tugunaklar tarkibi 5% dan oshmasligi kerak. O’sgan, o’simtali, 2 sm2 dan ortiq maydoni ko’kargan tugunaklar tarkibi (2% gacha): qoramtir dog’li (ertagi uchun – yo’l qo’yilmaydi, kechki uchun – 2% gacha), tugunakning 1/4 dan ortiq sirtini qutir yoki sosporoz bosgan (ertagi uchun – yo’l qo’yilmaydi, kechki kartoshka uchun – 2% gacha) tarkibi cheklangan. Fitoftora tarqalgan xududlarda kechki kartoshka turkumlarini tayyorlashda kasal bosgan tugunaklarning 2% dan ortiq bo’lishga yo’l qo’yilmaydi. Tugunaklarga yopishgan tuproqning 1% dan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Standartda qadoqlash, tamg’alash, tashish va saqlashga talablar belgilangan. Ertagi kartoshkani temir yo’l va suv transportida tashish uchun qattiq taraga solinadi. Kechki kartoshkani ommaviy jamg’arish chogida uyumlar xolida tashishga ruxsat etiladi.
Binobarin, kartoshka, meva va sabzavotlar sifati bilan bir biriga o’xshamaydi. Bu qismda mahsulot tovar asosi shu navning sifat tavsifiga ko’ra bo’linadi. Ba’zi sabzavot va mevalar bir maqsad uchun oliy navli, boshqa maqsad uchun esa yomon sifatli bo’lishi mumkin. Masalan, erta pishar karam yangiligida yeyish uchun yaxshi, lekin saqlash yoki qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, bunday mahsulotlar tarkibida suv ko’p bo’lganligidan, ular tez buziluvchi mahsulotlar turkumiga kiritiladi. Meva va sabzavotlar standartlari ruxsat etilgan miqdorlarga ega, bu bilan ular chet el analoglaridan farq qiladi. Qayta ishlash sanoati uchun mo’ljallangan meva va sabzavotlar standartida qayta ishlash sanoati talablariga javob beruvchi texnik yetilganlik belgilangan.
Bu guruh standartlari alohida standartlarni, masalan, olma, patisson, bodring va boshqalarni aniq bir o’lchamga keltirish (kolibrovkalash)ni ko’zda tutadi.
Nitrat va zaharli moddalarning qoldiq miqdori, sabzavotlarning tuproq bilan ifloslanganligi kartoshkaning ko’karganligi (2% dan ortiq emas), kasallanganligi va yangi pishgan meva va sabzavotlarning boshqa ko’rsatkichlari iste’mol uchun yetilganlikning asosiy ko’rsatkichlaridir.
Meva – sabzavot mahsulotlarining ayrim turlari uchun ichki baxolash ko’rsatkichi, ya’ni: ichki (yashirin) kasallikning aniqlanishi, yetilish darajasining belgilanishi (shunga tegishlicha, ovqatga yaroqliligi) ni xam nazarda tutadi. yetilishning 4 ta darajasi aniqlanadi: yig’ib-terib qo’yiladigan, iste’mol qilinadigan (eyishga yaroqlilik), texnik (konservalash) va biologik (fizologik).
Sanoatda qayta ishlash uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga standartlarda texnologik xususiyatni tavsiflaydigan asosiy moddaning tarkibiga (uzumda kand, pomidorda kuruk moddalar, kartoshkada kraxmal va xokozo) doir bazis ko’rsatkichi belgilanadi.
Bir tovar va bir xujalik-botaniq (pomologik, ampelografik) navdagi, bir xil qadoqlangan va markalangan, sifat xaqidagi bir guvoxnoma bilan rasmiylashtirilgan, bir vaqtda topshiriladigan – qabul qilinadigan mahsulotning xar qanday sifati turkum (partiya) deyiladi.
Idishda kelib tushgan barcha meva va sabzavotlarga standartlar namunalarini tanlab olishning yagona uslubini nazarda tutadi. 100 o’ringacha bo’lgan turkumdan o’rab-joylash jixozlarining kamida uchta birligini, 100 o’rindan ortiq bo’lgan xar bir 50 o’rindan qo’shimcha ravishda o’rab-joylash jixozlarining bitta birligidan tanlab olinadi. Tanlab olinganlaridan o’rab-joylash jixozlarining barcha birliklari massasidan kamida 10% i tanlab olinadi. Meva, bosh, ildizmevali ekinlar, tugunaklar miqdori shtangensirkul yoki uning buyiga perpendikulyar tarzda shablon bilan eng katta diametri bo’yicha o’lchanadi va millimetrlarda ifodalanadi (o’lchash uslubi standartda ko’rsatilgan). Aralash kattalikdagi mevalarni, agar standart ularning kalibrlanishini nazarda tutadigan bo’lsa, sifati bo’yicha bir xil emas deb xisoblanadi. Mahsulotning bir nusxasida bir necha nuqson bo’lganida ularning eng ko’p sezilib turgani bo’yicha xisob yuritiladi.
Xar bir fraksiyaning massasi o’rtacha namuna massasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Bunda urtacha namuna massasi tuproq (1% dan ortigi) boshqa ifloslanishlar va chiqqitlar chegirib tashlanib, 100% deb qabul qilinadi. So’ngra orgonaleptik uslubga ko’ra rangi, ta’mi, xidi, pishish darajasi kabi ko’rsatkichlarni aniqlaydi.

Download 57,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish