16-mavzu : Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari Reja Shaxs to’g’risida umumiy tushuncha «Endopsixika»



Download 261,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.06.2022
Hajmi261,43 Kb.
#678070
  1   2   3   4   5
Bog'liq
shaxs



 
16-mavzu
: Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari
 
Reja 
Shaxs to’g’risida umumiy tushuncha 
«Endopsixika» va «Ekzopsixika» haqida tushuncha 
Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari
 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ 
ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi.
Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, 
nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar 
deb ataladi.
Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, 
chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy 
taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi.
Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida 
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy 
xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy 
munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi 
tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) 
ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy 
qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), 
ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning 
bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va 
irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli 
munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy 
muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bahsli 
fikrdir.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani 
o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va 
uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi 
ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor, 
faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga 
tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi 
voqyelikni egallashga intilgan sa’i-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning 
faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, 
hayotda o’z mavqyei va o’rnini topishda gavdalanadi. 


Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda 
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir 
tanbeh berishning o’zi kimgadir ruhiy hisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi 
qo’zg’atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy 
qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan 
boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo’ladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, 
ya’ni yakkaholligidir.
Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining 
betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, 
psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, 
faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi 
reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning 
birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, 
yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab 
bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqyelikning 
mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va 
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya 
yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda 
har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro hyech bir o’xshamagan rollarni 
ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning “egovi”, injiq, “Zo’ravon” bola o’z 
tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha 
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga 
qo’shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, 
ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan 
masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga 
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli -tuman 
vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) 
namoyon qil adi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport 
musobaqasida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga 
qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson 
fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning 
yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, 
ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli 
vaziyatlarda 
bajariladigan 
rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki 
nomutanosibligi hisoblanadi. 


Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan 
vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqyei ko’p 
ma’no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la 
mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan 
tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqyeining 
individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning 
ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini 
o’rganish orqali beriladi.
O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida 
gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy 
jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. 
Jahon 
psixologiyasi 
fanining 
ilg’or 
taraqqiyparvar, 
gumanistik 
tadqiqotchilarining tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, 
psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy 
sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron 
motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, 
alohida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z 
navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat’iyligi, stereotipligi 
to’g’risidagi fikrni qat’iy tasdiqlashga imkon yaratadi. 
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) 
uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda 
odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni 
ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir 
asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik 
odam qatnashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining 
qiyofasi bilan uyg’unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining 
doimiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy 
xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon 
psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning 
yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi hisoblanib, 
ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir. 
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari 
inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan, tarkib topuvchi murakkab 
birlikdan iboratdir.

Download 261,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish