16-mavzu. Ayirish tizimi kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari Reja



Download 40,5 Kb.
bet11/14
Sana24.06.2022
Hajmi40,5 Kb.
#699739
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Buyraklar turli darajada kattalashadi. Buyraklarning infiltratsiyasi va shishi kuzatiladi. Buyrak yuzasi g‘adir-budir, qattiq konsistensiyada bo‘ladi. Kapsula shishgan, oson ajratiladi yoki ba’zi joylari mag‘iz qavatdagi interstitsial to‘qima bilan qo‘shilgan bo‘ladi.
Buyrak jomi kengaygan va yopishqoq zardob bilan tulishgan bo‘ladi. Zardob tarkibida yiring, to‘qima parchalari, qon parchalari, tuzlarning konglomeratlari uchraydi.
Jom shilliq qavati qalinlashgan, qizargan, yaltiroqligi pasaygan, g‘adir-budir, har-har joyi yaralangan va yopishqoq xira ko‘lrang yoki qo‘ng‘ir suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. Shunga o‘xshash o‘zgarishlarni siydik yo‘lida va hatto siydik xaltasida ham kuzatish mumkin. Yallig‘lanish jarayoni har ikkala buyrakni ham ba’zan bir buyrakni (chap buyrakni) qamrab oladi. Pielonefritning uzoq davom etishi yiringli dumboqchalar va gidronefrozning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Belgilari. Birinchi guruh belgilar organizmning chuqur intoksikatsiyasi bilan o‘tuvchi yiringli-septik jarayon oqibatida kelib chiqadi. Ikkinchi guruh belgilari esa siydik yo‘llarining yallig‘lanishi va obturatsiyalari oqibatida paydo bo‘ladi.
Ko‘pincha kasallik o‘tkir kechadi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan boshlanadi. O‘zgaruvchan isitma xarakterli bo‘ladi. Taxirkardiya va nafasning tezlashuvi kuzatiladi. Ishtaha yo‘qoladi, cho‘chqa va go‘shtxur hayvonlar qayd qiladi. Qorin devori taranglashadi, buyraklar sohasining sezuvchanligi oshadi. Ko‘pincha hayvonning siydik ajratishga o‘rinishi, bukchayib, kam-kam siydik ajratishi, siydik ajratish tugagandan so‘ng ham ancha vaqt bukchaygan holda turishi kuzatiladi. Buyraklarni ichki va tashqi palpatsiya qilishda kuchli og‘riq seziladi. Buyraklar, buyrak jomi va siydik yo‘li kattalashadi. Siydik yo‘li barmoq va hatto qo‘l qalinligidagi ip shaklida seziladi va bu siydik yo‘lining eksudat bilan qisman yoki to‘liq tiqilishidan dalolat beradi. Siydik yo‘li devori qattiq yoki flyuktuatsiyalanuvchi bo‘ladi. Keyinchalik yallig‘lanish oqibatida shishadi, devori qalinlashadi, elastikligi yo‘qoladi va flyuktuatsiya kam kuzatiladi.
Kasallik boshida siydikning rangi kizaradi, loykalanadi, ko‘p oqsil saqlaydi. Cho‘kmada eritrotsitlar, leykotsitlar, buyrak jomi va kanalchalari epiteliyasi uchraydi. Kasallik progressiv tus olishi bilan siydik sarg‘ish-qizil tusga kiradi, ammiak xidi keladi. Siydik reaksiyasi ishqoriy bo‘ladi, rN 8,5 va undan yuqori bo‘ladi, unda yiringli ekssudat, qon, to‘qimalar, tuzlar, siydik kumlari va hatto mayda toshlar ham uchraydi. Bular asosan siydik ajratishning oxirida tashqariga chiqadi.
Kasallikning o‘tkir kechishi septiemiya va uremiya bilan o‘tadi va 1-2 kun ichida hayvonning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kasallik uzoq davom etganda ishtaha pasayadi, oriqlash, buyrak sanchiqlari kuzatilib turadi, dizuretik holat kuzatiladi. Nefroskleroz, buyrak abssessi, paranefrit kabilar ham kelib chiqishi mumkin. Agar bir buyrak kasallib, ikkinchisi hisobiga kompensatsiyalansa, kasallik yashirin o‘tishi ham mumkin.

Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish