16-mustaqil ta’lim topshirig’i



Download 21,77 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi21,77 Kb.
#380684
TuriReferat

16-mustaqil ta’lim topshirig’i

1.”Sharq notiqligi. Uning mashhur vakillari” mavzusiga taqdimot tayyorlash

2. “Nutq mexanizmlari. Nutqiy faoliyat, uning turlari”mavzusida referat tayyorlang

3. Punktuatsiya me’yorini misollar yordamida yozma tarzda tushuntiring.

4. Tanlagan kasbingiz to‘g‘risida publitsistik uslubida matn tuzing.

Javoblar:



3. Punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bo’limdir. Punktuatsiya lotincha so’z bo’lib, “nuqta”, “joy”ma’nolarini anglatadi. Tinish belgilari me’yori-punktuasion me’yor yozma nutqqa xosdir. Tinish belgilari o’z o’rnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, sintaktik tuzilishi ham o’zgaradi. Masalan, Siz yomon odam emassiz.-Siz yomon, odam emassiz.

Qadimgi lotin, grek va got yozuvlarida so’zlar ba’zan bo’sh joy, ba’zan esa nuqtalar vositasida bir- biridan ajratilgan. Yozuvda so’zlarni (nuqta) bilan ajratish O’rta Osiyo xalqlarning oromiy, turkiy runik yozuv yodnomalarida ham qisman uchraydi. Qadimgi yozuvlardagi bu usul, so’zlarni yozuv ishorasi vositasida ajratish usuli-hozirda punktuatsion usul deb ataladi. Yozuv taraqqiyotiga bog’liq holda nuqtalar vositasida ajratish usulining rivojlanishi hozirgi punktuasiyaning kelib chiqishiga asos bo’ldi.



Punktuasiyaning termini uch ma’noda qo’llaniladi:

1)tinish belgilari sistemasi va qo’llanilish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim;

2)punktuasion qonun-qoidalar-normalar yig’indisi to’plami;

3)tinish belgilari.

Punktuatsiya sistemasi. Bu sistema yozma nutqqa xos bo’lib, har bir milliy til tabiatiga, yozuv sistemasiga bog’liq holda o’rganiladi.

Punktuasiya yozma nutq mahsuli. Yozuv orqali ifodalangan har bir gapning mazmuni, ma’no turlari va sintaktik qismlari orasidagi turli munosabatlarni aniqlashda punktuasiyaning o’rni katta.

Punktuasiya ijtimoiy hodisa. Yozuvda dastlabki qo’llanilgan tinish belgilarining qo’yilish o’rni, usuli, vazifasi hozirgi holatidan boshqacha bo’lgan, ularning vazifasi hozirgidek aniq va murakkab bo’lmagan. Masalan: dastlab yulduzcha va rumba tipidagi o’ntadan ortiq ishoralar nuqta vazifasida ishlatilgan.

Punktuasiyaning asosiy vazifalari:

1)o’quvchi o’qigan so’zining ma’nosini tinish belgisiga qarab bilib oladi. Masalan:”O’qidi”.” O’qidi?” ,” O’qidi!” ;

2)yozma nutqdagi maqsad, mazmun va ma’no turlarini aniqlashtirish, farqlash uchun;

3)gap(yozma nutq) strukturasini aniq belgilash, gapni tashkil etuvchi qismlar, gap bo’laklari va gaplarning tuzilishiga xos turli munosabatlari ko’rsatish uchun;

4)yozma nutqni ixcham va ravon ifodalash, stilistik qulaylik uchun. Masalan: Toshkentdan Buxoroga qatnaydigan poezd –“ Toshkent”-“Buxoro” poezdi;

5)ba’zan yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalash uchun punktuasiya zarur bo’ladi.



Nuqta
Xabar mazmunidagi darak, buyruq, undov gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi.

2. Qisqartirilgan ism-familiyalarning birinchi harfidan (yoki ma’lum qismidan) keyin nuqta qo’yiladi: A.Q., A. Qod.

3. Sanash yoki oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo’llangan raqam yoki harflardan keyin nuqta qo’yiladi: 1. 2. 3.; 5.03.99 yil.

Nuqta- eng qadimgi va eng ko’p qo’llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta gap oxirida qo’llaniladi. Uning qo’llanishi logik-grammatik prinsipga asoslanadi. Bunda stilistik yoki differensiasiya prinsiplariga asoslanadi. Nuqtaning shartli qisqartmalaridan so’ng qo’llanishi uning qo’shimcha funksiyasiga kiradi. Masalan:Alisher Navoiy-ulug’ shoir! A. Navoiy-ulug’ shoir!

4. Hamshira – ixtiyoriy vrachning sodiq yordamchisi. Hamshiralarda tashxis qo‘yish, davolash kursini belgilash va retsept yozib berish vakolati yo‘q. Biroq, bu – hamshiralar nisbatan keng tarqalgan kasalliklarni davolash usullarini bilishmaydi, degani emas. Hamshira ukollarni mohirlik bilan o‘tkazadi, davolash va tashxis qo‘yish apparaturasini ishga tushiradi, qon bosimini o‘lchaydi va hokazo. Umuman, davolash jarayonida zarur bo‘ladigan tibbiy texnikalarni ishga tayyorlaydi, laboratoriya tahlillarini o‘tkazadi. Patronaj hamshiralar, oilaviy poliklinika hamshiralari o‘zlariga berkitilgan hududddagi bemorlar, ayollar, bolalar va keksalar ahvolidan xabar olib, zarur bo‘lganda, vrach ko‘rsatmasiga ko‘ra, tibbiy muolajalarni olib borishadi. Bugun tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida oliy hamshiralik ishi bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanmoqda. “Menejer” malakasi bilan “hamshira ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan tibbiyot o‘quv yurtlari bitiruvchilari o‘z darajasida boshqaruvni tashkillashtirishi mumkin.


O‘zingizni shifokorlar qatoridan joy egallashga loyiq deb hisoblaysizmi? Qo‘lingizdan kelishiga ishonchingiz komilmi? Anatomiyani yoqtirasizmi? Qondan qo‘rqmaysizmi? U holda bitta o‘ringa olti-etti va hattoki undan ham ko‘proq kishi da’vogarlik qiladigan tibbiyot o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlanishni boshlang.
Download 21,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish